• MA´RUZA MATNI Matkarimov Davron Urganch – 2012
  • Ўзбекистон республикаси олий ва




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/57
    Sana01.04.2024
    Hajmi0.58 Mb.
    #183610
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
    Bog'liq
    moliyaviy hisob
    tab, Xorijda Informatika fani o’qitilish jarayoni(Koreya), Falsafa Akmalbek, IQTISODIYOT NAZARIYASI 500 ta test 1-1000 gacha tayyor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘zbekiston respubl, Asosiy vositalar hisobi, 59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
    OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
     
    « 
     
     
    IQTISODIYOT FAKULTETI 
    «KASB TA’LIMI» KAFEDRASI 
     
     
     
    «Moliyaviy hisob» 
    fanidan
     
    MA´RUZA MATNI 
     
    Matkarimov Davron 
     
     
     
     
    Urganch – 2012 



    KIRISH 
    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida investision faollikni sezilarli darajada 
    pasayishi, korxonalarning investisiya resurslari kamayishi, ularni industriyadan keyingi jamiyat 
    iqtisodiyotiga texnologik shitob bilan kirib borishining asosi hisoblangan katta hajmdagi va uzoq 
    muddatli investisiyalarni amalga oshiradigan haqiqiy investorlar bo`lmagani bois asosiy fondlarning 
    eskirishi namoyon bo`ldi. 
    Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov «O`zbekiston o`zining ishonchli va to`lov 
    qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo`yicha har 
    tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda. 
    2007—2008 yillar davomida o`zlashtirilgan chet el investisiyalari hajmi 2,5 barobardan 
    ko`proq oshganining o`zi ham buni tasdiqlab turibdi. 
    Umuman, 2009 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investisiyalarni 
    hisobga olganda, kapital qo`yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining 
    kamida 25 foizini tashkil etadi»
    1
    deb ta’kidlaganlaridek, qisqa vaqt mobaynida bozor 
    munosabatlarining qaror topishi va rivojlanishi uchun ob’ektiv ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va 
    siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. Jumladan, xo`jalik yuritishning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari 
    paydo bo`lishi, tadbirkorlikka erkinlik hamda korxonalarga o`z moliyaviy resurslaridan 
    foydalanishda mustaqillik berilishi, vatanimiz va chet el investorlarining investisiyalarini jalb qilish 
    uchun huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratilganligi, ho`jalik yurituvchi sub’ektlarning 
    iqtisodiy aloqalari uyg`unlashuvi, yangicha moliya vositalari va omillarining vujudga kelishi uzoq 
    muddatli investisiyalashning ilgari amalda bo`lgan tashkiliy mexanizmini tubdan isloh qilmokda. 
    E’tiborlaringizga havola etilayotgan ushbu ma’ruza matnlarida xo`jalik yurituvchi 
    sub’ektlarda moliyaviy hisobni tashkil qilish tartiblari ko`rsatib berilgan. To`plamga kiritilgan har 
    bir mavzu oxirida unga doir tayanch atama va iboralar, o`z o`zini nazorat qilish maqsadida testlar, 
    situasion 
    masalalar 
    berilgan, 
    shuningdek 
    mavzu 
    savollarini 
    chuqur 
    o`zlashtirishga 
    ko`maklashadigan me’yoriy hujjatlar, davriy adabiyotlar va boshqa manbalar ro`yxati keltirilgan. 
    1
    И.А.Каримов. И.Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида 
    уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари.-Т.: Ўзбекистон, 2009 й.10-бетлар. 
    .



    1-MAVZU: BUXGALTERIYA HISOBINING KONSEPTUAL ASOSLARI VA UNI TASHKIL 
    KILISHNING UMUMIY TARTIB KOIDALARI 
    Reja: 
    1. Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari. 
    2. Buxgalteriya hisobini tashkil kilish va yuritishni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar. 
    3. Buxgalteriya hisobining axborotlaridan foydalanuvchilar. 
    4. Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilishi – moliyaviy va boshkaruv hisobi. 
    5. Hisobot kursatkichlariga kuyiladigan talablar. 
    6. Buxgalteriya hisobini yuritishda hisob siyosatining urni va axamiyati. 
    7. Hisob siyosatining uslubiy asoslari va uni kullash tartibi.
    1.Buxgalteriya hisobining konseptual asoslari. 
    Ijtimoiy tarakkiyotning ishonchli zaminini yaratish ijtimoiy munosabatni demokratiyalashni, 
    odamlarning tashabbusi va amaliy faoliyatiga chinakam erkinlik berishni, yuksak unum bilan 
    mexnat kilish omillarini ishga solishni talab kiladi. Bu vazifalarni muvaffakiyatli bajarish uchun 
    ishlab chikarishni xar tomonlama jadallashtirish va uning iktisodiy samaradorligini oshirish 
    borasidagi belgilangan chora-tadbirlar katorida xalk xujaligini boshkarishni yanada 
    takomillashtirish xujalik mexanizmini bozor iktisodiyotiga moslash imkoniyatlaridan tulik 
    foydalanish imkonini beradigan samarali va ixcham bulgan boshkarish tizimini yaratish aloxida 
    axamiyatga egadir. 
    Iktisodiy usullarning boshkarish tizimiga utish sharoitida xujalikni yuritishning yangi 
    usullariga ya’ni, birinchi navbatda anik tula xujalik hisobini joriy etish imkonini beradigan uzining
    xarajatlarini uzi koplash, uzini uzi mablag bilan ta’minlash, davlat korxonalari bilan bir katorda 
    kichik, mustakil jamoa, kushma va shaxsiy korxonalarni yaratish tizimiga asta-sekin utish talab 
    etiladi. 
    Rejalar va topshiriklarning kanday bajarilayotganligi ustidan uzluksiz va kattik nazorat 
    urnatmay turib, xujalikni maksadga muvofik boshkarish mumkin emas. 
    Ishlab chikarishni boshkarish deganda eng avvalo belgilangan vazifalarni amalga oshirish 
    maksadida kishilar jamoasiga maksadga muvofik ravishda ta’sir etish tushuniladi. Buning uchun 
    tadbirlar ishlab chikiladi, ishlab chikilgan rejalar va topshiriklarga asosan ushbu vazifalarni bajarish 
    yullari aniklanadi, vazifalarning bajarilishini ta’minlaydigan ishlab chikarish tashkil kilinadi, uning 
    ustidan nazorat yuritiladi va tezlikda tartibga solib turiladi. Boshkarish tizimi, umuman olganda, 
    boshkarish uchun zarur bulgan karorlarni kabul kilish va ularning bajarilishini ta’minlashdan iborat. 
    Boshkarish karorlarini ishlab chikish uchun albatta, tegishli axborotlar bulishi shart. Xar bir 
    boshkarish karori (echim) boshkarish masalalariga taallukli tegishli axborotlarni taxlil etish asosida 
    kabul kilinadi.
    Xar bir boshkariluvchi ob’ekt tomonidan foydalaniladigan axborotning barcha tarkibi undagi 
    boshkarishning axborot tizimini tashkil kiladi. Bu axborot tizimi boshkarish tizimining barcha 
    ustunlariga zarur bulgan boshkarish axborotni yigish, ishlash va topshirish usullari va texnika 
    vositalarining yigindisidir. Boshkarish axboroti tarkibida iktisodiy axborot xam uzining mikdori 
    jixatidan, xam boshkaruv karorlarni kabul kilishga ta’siri jixatidan salmokli urin egallaydi. 
    Sub’ektlarning xujalik faoliyatini yuritish uchun uzaro boglik bulgan ma’lumotlar 
    yigindisidan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar sub’ektning va uning ayrim tarmoklari faoliyatiga 
    mikdoriy va sifatiy tavsifnoma beradi va shu ma’lumotlar asosida ularning ishlashi rejalashtiriladi, 
    hisob va hisobotlari uyushtiriladi va bajarilgan ishlar baxolanib, tegishli tartibda ragbatlantiriladi. 
    Iktisodiy ma’lumotlar rejali va hisobot ma’lumotlariga bulinadi. 
    Bozor iktisodiyoti sharoitida sub’ektlarning faoliyatini rejalashtirish demokratik prinsipga 
    muvofik ilmiy asosda rejalarni ishlab chikarishni takozo kiladi va mexnat jamoasining keng 
    ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Bunda xar bir sub’ekt tarmokning uzoq muddatli vazifalaridan 



    kelib chikib va xududni kompleks rivojlantirish rejalarini hisobga olib uzining ishlab chikarish va 
    ijtimoiy tarakkiyotining istikbollarini ishlab chikadi. 
    Hisobot ma’lumotlari ma’lum bir davrda erishilgan xakikiy natijalarni aks ettiradi, uning 
    asosiy kismi buxgalteriya hisobida kursatiladi. Xozirgi paytda barcha iktisodiy axborotning deyarli 
    3
    /4 kismini buxgalteriya hisobi beradi. 
    Sub’ektlarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish lozimki, u iktisodiy ma’lumotlar 
    tizimini iloji boricha tula aks ettirishni ta’minlashi kerak. 
    Buxgalteriya hisobi ayrim sub’ektlarda sodir bulayotgan xujalik mablaglari va jarayonlarining 
    xarakatini ma’lum xujjatlar bilan asoslangan xolda ruyxatga olish va pulda baxolab 
    umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimidir. U sub’ektning xujalik faoliyatini 
    boshkarish va unda xujalik hisobini joriy ettirishning muxim vositasi hisoblanib, sub’ektning 
    mablaglaridan tugri va unumli foydalanish va uning butligini ta’minlash ustidan xam dastlabki, 
    xamkorlik) va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi. 
    Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy kiymatliklar, pul mablaglarining xarakati 
    kuzatiladi va nazorat kilinadi, maxsulot ishlab chikarish va sotish bilan boglik xarajatlar aniklanadi, 
    xujalik faoliyatining moliyaviy natijalari va sub’ektlarning umumiy mulki xakidagi ma’lumotlar 
    yigiladi. 
    Buxgalteriya hisobi xar kanday tizimda xam kuyidagi uchta funksiyani bajaradi 1) axborot 
    berish, 2) nazorat kilish, 3) boshkaruv yechimlarini ishlab chikish. Bu funksiyalarni bajarishda 
    buxgalteriya hisobi xar xil usullar, texnika va shakllardan foydalanishi mumkin. SHuning bilan 
    birga, buxgalteriya hisobi xar xil ijtimoiy tizimlarda muayyan ijtimoiy tizimning maksadlariga 
    karab xar xil vazifalarni bajarishi mumkin. 
    Keyingi paytlarda ba’zi iktisodiy adabiyotlarda funksiya bilan vazifa tushunchasi 
    chalkashtirilib talkin kilinmokda, vaxolanki funksiya suzi lotincha yunalish, faoliyat, majburiyat 
    yoki ishni anglatib, u yoki bu narsa nima uchun xizmat kiladi? degan savolga javob beradi, vazifa 
    esa funksiya emas, balki amalga oshirilishi yoki yechilishi lozim bulgan narsani anglatadi. 
    Buxgalteriya hisobining vazifalarini yaxshi tushunib olish uchun uning ob’ektlarini bilib olish 
    lozim buladi. Sub’ektlardagi buxgalteriya hisobining ob’ektlarini kuyidagi turt guruxga bulish 
    mumkin: 
    Sub’ektning mablag (resurs)lari: mexnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablaglari, 
    tayyor maxsulot, ustav fondi (kapitali), boshka xar xil jamgarmalar, kelgusidagi xarajatlar va 
    tulovlarning zaxiralari, sub’ektlarning jamgargan foydasi hisobidan yaratilgan xar xil zaxira 
    (rezervlar)lar va xokazolar. Bu mablaglar ishlab chikarish jarayoni uchun tegishli sharoit yaratib be-
    radi. 
    Sub’ektlarda sodir bulayotgan muxim jarayonlar: tovar-moddiy boyliklarni tayyorlash va sotib 
    olish, maxsulot ishlab chikarish, tayyor maxsulot, bajarilgan ish va kursatilgan xizmatlarning 
    relizasiyasi, kapital kurilish va boshka jarayonlar. 
    Hisoblashish muomalalari: budjet, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridorlar, ishchi va 
    xizmatchilar, davlat banki va boshka banklar xamda boshka tashkilot va shaxslar bilan 
    hisoblashishlar.
    Buxgalteriya hisobi iktisodiy adabiyotlarda ma’lum xujalik sub’ekti tugrisidagi moliyaviy 
    axborotni ulchash, ishlash va topshirishni amalga oshirish tizimi deb xam ta’riflanadi. 
    Buxgalteriya hisobi xujalik faoliyati bilan karorlar kabul kiluvchilar urtasida aloka boglash 
    uchun xizmat kiladi. U xujalik faoliyatini, uning ma’lumotlaridan keyinchalik foydalanish 
    maksadida ma’lum tartibda kayd kilib ulchaydi, olingan ma’lumotlarni ishlab, ma’lum vaktgacha 
    saklaydi, sungra ularni kerakli axborotga aylantirish uchun kayta ishlab chikadi va keyinchalik bu 
    axborotni hisobotlar vositasida karorlarni kabul kiluvchilarga foydalanish uchun topshiradi. Ba’zi 
    iktisodiy adabiyotlarda buxgalteriya hisobini boshkaruv axborot tizimining moliyaviy markazi deb 
    xam ta’riflashadi. U boshkaruv xodimlariga xam va tashki foydalanuvchilarga xam sub’ekt faoliyati 
    xakida tula ma’lumotga ega bulishlik imkoniyatini yaratadi. 
    Xayotda kupincha buxgalteriya hisobi bilan hisobchilik tushunchasi chalkashtirib yuborilgan. 
    Vaxolanki hisobchilik - buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni, xujalik muomalalarini kayd kilish 
    va hisob xujjatlarini saklash jarayonidir. Bu beixtiyor va kayta-kayta bajariladigan ish buxgalteriya 



    hisobining bir kismidir. Buxgalteriya hisobi esa uzida axborotdan foydalanuvchilarning talablariga 
    javob beradigan axborot tizimini yaratishni xam kamrab oladi. Uning asosiy maksadi axborotni 
    taxlil kilish, tushuntirish va foydalanishdir. Buxgalteriya hisobi tizimlar ijrosini aks ettirish, 
    smetalar tuzish, muomalalarni taxlil kilish, auditorlik tekshiruvlar utkazish, soliklarni uz vaktida 
    hisoblash va uni rejalashtirishdan iborat. 
    SHuning uchun hisobchi bilan buxgalterni mutlako solishtirib bulmaydi. CHunki hisobchi 
    buxgalteriya hisobida amalga oshiriladigan ba’zi vazifalarni jumladan, arifmetik hisoblash, jamlash, 
    kuchirish, ruyxatga olish, xujjatlarni tuldirish va undagi yozuvlarni tekshirish va boshka shu kabi 
    ikkinchi darajadagi ishlarni bajarsa, buxgalter xujalik muomalalariga tegishli buxgalteriya 
    provodka(utkazma)larini berish, ularni tegishli hisob registrlariga yozish, reja va smetalarni tuzish, 
    maxsulotning rejadagi va xakikiy tannarxini aniklash, ularning xar biri bo`yicha rentabellik dara-
    jasini aniklash va buxgalteriya hisobi va hisoboti axborotlarini taxlil va audit kilib, undan mantikiy 
    xulosalar chikaruvchi, boshkaruv karorlarini ishlab chikib, xayotga tadbik eta biladigan 
    mutaxassisdir. SHuning uchun xam rivojlangan mamlakatlarda bunday buxgalterlarni diplomli 
    buxgalterlar deb atab, ularni hisobchilardan ancha yukori kuyishadi va ularning mexnatlarini 
    ragbatlantirishda shu afzalliklarini hisobga olishadi. 
     
    2. Buxgalteriya hisobini tashkil kilish va yuritishni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar. 
    Buxgalteriya hisobi iktisodiyotning xar bir rivojlanishi boskichida xalk zimmasiga tushgan 
    barcha xujalik va barcha siyosiy vazifalarni bajarish xizmatidadir. SHuning uchun buxgalteriya 
    hisobi boshkarish va nazorat kilish vositasi va xujalik faoliyati xakida anik va juda sifatli axborot 
    manbai sifatida ayniksa xozirgi paytda muxim vazifa hisoblangan moddiy, mexnat va moliyaviy 
    resurslardan okilona xamda tejab-tergab foydalanish ustidan kat’iy nazoratni amalga oshirish, 
    xujasizlik va isrofgarchilikka karshi kat’iy kurash olib borish, bunday xodisalarning oldini olish 
    choralarini kurish, ugriliklar va konunlarni kupol ravishda buzish xollarining oldini olish va ochib 
    tashlash kabi vazifalarni amalga oshirishda katta axamiyat kasb etadi. SHuning uchun buxgalteriya 
    hisobining shu kunlardagi asosiy maksadi bozor iktisodiyotini boshkarish va oyokka turgazish 
    sharoitida boshkaruv karorlarini tayyorlash, asoslab berish va kabul kilish, sub’ektlarning
    moliyaviy-xujalik faoliyati xakida sifatli uz vaktida tayyorlangan axborot bilan ta’minlashdan 
    iborat. 
    YUkorida aytilganlarga asoslanib, buxgalteriya hisobining vazifalariga kuyidagilarni kiritish 
    mumkin: 
    - asosiy fondlar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablaglarining kelib tushishi va ularning 
    xarakatini tula va uz vaktida aks ettirilishini ta’minlash; 
    - maxsulot ishlab chikarish, ularni sotish, mexnat unumdorligi, foyda, rentabellik, mexnat 
    xaki fondi, kapital sarflar, budjet va boshka tashkilotlar bilan hisoblashish va boshka kursatkichlar 
    bo`yicha rejaning bajarilishini anik aks ettirish, kuzatish va ularning natijalarini topish; 
    - sub’ektning va uning ayrim bulimlaridagi ishlab chikarish, kurilish-montaj va boshka 
    ishlar bilan boglik xarajatlarni tula aks ettirish, nazorat kilish xamda ishlab chikarilgan maxsulot, 
    bajarilgan ish va xizmatlarning iktisodiy jixatdan asoslangan hisobot kalkulyasiyasini tuzish; 
    -sub’ekt va uning ayrim bulimlarining raxbarlarini moliyaviy-xujalik faoliyatining barcha 
    bulinmalariga doir tula va anik iktisodiy axborot bilan tezlikda ta’minlab turish; 
    - ta’sischilar, aksiyadorlar, sarmoya egalari, yukori tashkilot, moliya, solik, statistika va 
    boshka buxgalteriya hisoboti ma’lumotlaridan foydalanuvchi tashkilot va shaxslarga uz vaktida 
    topshirish uchun anik hisobotlarni yaratish; 
    - boshkaruv karorlarini iktisodiy jixatdan asoslab berish uchun umumlashtirilgan 
    axborotning tartiblashtirilgan okimini taminlash
    - tula xujalik hisobini sub’ekt mikyosida xamda uning ayrim ishlab chikarish bulinmalari 
    va brigadalarida joriy etish va mustaxkamlash; 
    - sub’ektning mablaglaridan tula va unumli foydalanish, undagi mulklarning butligini 
    ta’minlash, iktisodiy tejash tartibiga rioya kilish, sub’ekt jamoasining ijtimoiy-iktisodiy 



    rivojlanishini jadallashtirish ustidan nazorat yuritish uchun tegishli axborotlar bilan ta’minlash. 
    Bu vazifalarni tula-tukis bajarish uchun buxgalteriya hisobchilikning ilgor shakllaridan 
    foydalanishi lozim buladi. 
    Mamlakatimizning sub’ektlarida buxgalteriya hisobi 1996 yil 30 - avgustida Uzbekiston 
    Respublikasining Prezidenti tomonidan tasdiklangan "Buxgalteriya hisobi tugrisida"gi Uzbekiston 
    Respublikasining konuniga asoslanib tashkil etiladi. 
    Bu Konunga kura Respublikamizning sub’ektlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tartibga 
    solish, buxgalteriya hisobining standartlarini ishlab chikish va tasdiklash Respublika Moliya 
    vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobini yuritish tartibi esa me’yoriy xujjatlarda 
    keltirilgan tegishli koidalariga asoslanadi. SHu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari 
    uchun buxgalteriya hisobini soddalashtirib yuritish standarti xam, buxgalteriya hisobining milliy 
    standartlari bilan belgilanadi. 
    Buxgalteriya hisobini yuritishning ushbu koidalari bu boradagi jaxon standartlariga 
    moslangan bulib, rivojlangan bozor iktisodiyoti sharoitidagi mamlakatlarning sub’ektlarida 
    yuritilayotgan buxgalteriya hisobi va hisoboti uchun zarur bulgan eng asosiy tamoyillari 
    /konsepsiyalari/ni mamlakatimizning sub’ektlarida joriy etishga karatilgan. 
    Umuman olganda, rivojlangan mamlakatlarda xozirgi paytda buxgalteriya hisobining 20 dan 
    ortik tamoyillari mavjud. 
    Ma’lumki, rejali-ma’muriy iktisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi 
    yukorida turuvchi vazirliklar, idoralar, statistika va solik organlari kabi davlat boshkaruv organlari 
    uchun axborotlarni yigish va ishlashdan iborat edi. Korxona faoliyati tugrisidagi eng muxim 
    masalalar, jumladan, rejalashtirish, narx-navolarni belgilash, mol sotib olish va ularni 
    iste’molchilarga yetkazib berish, korxona xodimlarining belgilash va boshka shu kabi masalalar 
    yukorida turuvchi davlat organlari tomonidan xal kilinar edi. Korxonalar davlat mulkchiligini 
    boshkarishning aloxida bir boskichi sifatida karalar, buxgalteriya hisobi esa mulkning but saklanishi 
    tugrisidagi axborot bilan ta’minlar edi. 
    Davlat yagona mulk egasi va korxonaning investori bulib hisoblanar edi. Bunday sharoitda 
    korxonaning hisoboti davlat topshiriklarini bajarish, davlat budjetiga kilinadigan ajratmalarning 
    tugriligini tekshirish va statistika axborotlarni yigish vositasi bulib xizmat kilar edi. SHuning uchun
    buxgalteriya hisobi va hisoboti oldiga kuyiladigan asosiy vazifalar kuyidagilardan iborat edi:
    -kat’iy birxillik (unifikasiyalanganlik); 
    -ishlab chikarish topshiriklarining bajarilishini aks ettiradigan kursatkichlarga muljal kilish; 
    - solik solish bazasini va budjetga boshka ajratmalarni hisoblash ; 
    Sub’ektlarning faoliyati bozor iktisodiyotida oldingiga karaganda ancha fark kiladi. Bu farklar 
    kuyidagilar bilan boglik: 
    1) Bozor iktisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi uzgarib, davlat mulkchiligi jamiyatdagi 
    mulkchilikning fakat bir turiga aylanadi, sub’ekt faoliyatidan manfaatdor bulgan kuplab yangi 
    mulkchilik yuzaga keladi, chunki ular bu sub’ektga uz mablaglarini kuyadilar. 
    2) Sub’ektlar rakobatchilikda yengib chikish va samarali moliyaviy natijalar beradigan 
    karorlarni kabul kilishga xarakat kiladilar va shu maksadda bozor kon’yukturasini urganadilar, uz 
    faoliyatini mustakil rejalashtiradilar, mol yetkazib beruvchi va xaridorlarni topadilar, narx-navolarni 
    mustakil belgilaydilar va xokazo. 
    3) Budjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashkari endilikda sub’ektlar fakat 
    xaridorlar va tovarlarni sotish bozorlari uchun rakobatchilik kurashida katnashibgina kolmay, undan 
    tashkari, tijorat banklarining kredit resurslari xamda potensial investorlarning shunday mablaglari 
    uchun rakobatchilik kurashini olib boradilar. 
    SHuning uchun sub’ektda birinchidan boshkaruv karorlarini chikarish va ularning natijalarini 
    baxolash uchun uz vaktida va tulik bulgan axborotni olish extiyoji tugiladi. Ikkinchi tomondan, 
    sub’ektlar tegishli axborotni shu sub’ektlarga uz mablaglarini kuygan mavjud investorlar va bulgusi 
    investorlarga xam topshirishi kerak buladi. SHu bilan birga bozor iktisodiyoti sharoitida solik 
    ajratmalarining tugriligi xakida xam hisobot berish saklanib koladi. 
    SHunday kilib, buxgalteriya hisobi bozor iktisodiyotiga utish munosabati bilan hisobchilik va 
    statistika funksiyalarini bajaruvchi vositasidan sub’ektlarning faoliyati tugrisidagi axborotni yigish, 



    ishlash va topshirish kuroliga aylanadi. Bu axborotdan manfaatdor tomonlar uz ixtiyoridagi 
    vaktincha ortikcha mablaglarni samaralirok investisiya kilish tugrisidagi asoslangan karorlar kabul 
    kilish uchun foydalanadilar. 
    Bozor iktisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda buxgalteriya hisobini biznes tili deb atashadi. 
    Uni urganish xar kanday tilni urganishga juda uxshab ketadi va buxgalteriya hisobida ishlatiladigan 
    kupchilik suzlar xayotda kullaniladigan xuddi shunday suzlarga karaganda boshkacha ma’noga ega 
    bulganligi sababli uni urganish biroz kiyinrok tuyuladi. 
    Xar kanday til xam buxgalteriya hisobidek, jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojiga 
    javoban rivojlanib va uzgarib boradi. Buxgalteriya hisobida kullanib kelinayotgan koidalar xam 
    yoki ularning bir kismi jamiyatning uzgarib borayotgan extiyojlarga karab uzgartirilishi mumkin. 
    3. Buxgalteriya hisobining axborotlaridan foydalanuvchilar. 
    Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan xayotda juda keng mikyosda foydalaniladi. Bu 
    axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruxga bulish mumkin: 1) sub’ektning boshkaruvchilari; 2) 
    sub’ektdan tashkarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bulganlar; 3) sub’ektning moliyaviy 
    xujalik faoliyatidan tugridan-tugri moliyaviy kizikishda bulmagan shaxslar, guruxlar yoki agentlar.
    Sub’ektning boshkaruvchilarini odatda ma’muriyat deb nomlashadi. Ma’muriyat korxona
    yoki tashkilotning faoliyatini boshkarish va uning oldida turgan maksadlariga erishish uchun tula 
    javob beradigan shaxslar guruxiga aytiladi. Sub’ektning maksadlari, kuchi turli-tuman bulishi 
    mumkin, lekin rakobatchilikning juda kiyin bulgan sharoitlarida kompaniyaning muvaffakiyati va 
    rakobat bordoshligi ma’muriyatdan barcha kuchni ikkita eng muxim bulgan maksadga, ya’ni 
    foydalilik (rentabellik) va likvidlikni ta’minlashga karatilishini talab kiladi. Foydalilik investisiya 
    kilinadigan kapitalni ishga jalb kilish va ushlab kolish uchun zarur bulgan foydani yetarli darajada 
    ishlab topish kobiliyatini anglatadi. Likvidlik esa korxona yoki tashkilotlarning uz karzlarini tulay 
    olish yoki boshka majburiyatlarini uz vaktida bajaraolish imkoniyatlarini anglatadi. Bevosita 
    (tugridan-tugri) moliyaviy manfaatdor bulgan foydalanuvchilar investorlar xakikiy investorga 
    aylanadigan xozirgi paytda va kelgusida shaxs va tashkilotlardan iborat bulib, ular sub’ektning 
    moliya hisobotlarini taxlil kilib, kompaniyaning «Kelgusidagi moliyaviy istikbollari kanday, unga 
    mablaglarni kuyishga arziydimi yoki yukmi?» kabi savollarni yechishga xarakat kiladilar. 
    Kreditorlar sub’ektning foizlarni tulashga va uz vaktida karzlarini uzishga yetarli mablaglarining 
    borligini aniklashga xarakat kiladilar. 
    Egri (bilvosita) moliyaviy manfaatdor bulgan foydalanuvchilar xar xil davlat xizmatchilari va 
    jamoat guruxlaridan iborat bulib, ular sungi paytda buxgalteriya hisobi axborotlaridan 
    foylanuvchilarni tashkil kilmokda. 
    Tashki foydalanuvchilarni asosan kuyidagi kursatkichlar kiziktiradi:
    Sub’ektning aktivlari va passivlarining tarkibi: 
    Sub’ektning likvidligi: 
    Uzining va jalb kilingan kapitalning xissasi: 
    Aktivlarning aylanish tezligi: 
    Barcha aktivlar va realizasiya kilingan maxsulotning rentabellik darajasi; 
    Sub’ektning ixtiyorida koladigan sof foyda: 
    Tulangan dividendlarning xissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi bulsa). 
    Buxgalteriya hisobining xalkaro standartlaridan birida buxgalteriya hisobi va hisobotning 
    ma’lumotlari undan foydalanuvchilarning talablariga moslangan va tushunarli bulishligi, agar ular 
    ma’lumotlarni tushunaolmasalar buxgalteriya xodimlari ogzaki yoki xat bilan tushuntirib berishlari 
    lozimligi ta’kidlangan. Mamlakatimizning bozor iktisodiyotiga utishi munosabati bilan unga xos 
    bulgan yangi iktisodiy tushunchalar, mulkchilikning yangi turlari va ilgari bizga tanish bulmagan 
    yangi iktisodiy xodisalar xayotimizga kirib keldi. Masalan, bozor iktisodiyoti sharoitidagi 
    mulkchilikning yangi turlari bulgan xususiy, shaxsiy, jamoa, aksiyadorlik, shirkat va boshka shu 
    kabi tashkilotlarning yuzaga kelishi, xujalikni yuritishdagi xar xil tavakkalchiliklar va bekorliklar, 
    jumladan xaridorning pul utkazmay kuyishi, maxsulot iste’molchilarining topilmay kolinishi, 



    narxlarning keskin uzgarib ketishi va xokazolarga duch kelishi mumkin. Bundan tashkari, 
    buxgalteriya hisobida kimmatbaxo kogozlarga invastinsiyalar kilish, uz aksiyalarini chikarish va 
    sotish, valyuta va xarakatsiz mulklarga doir muomalalar, dividendlar olish va tulash kabi bizga 
    ilgari tanish bulmagan yangi turdagi xodisalar yuzaga keladi. 
    Mana shu yangi xodisalar va hisob obe’ktlarini hisobga olib, ularga tugri talkin berish 
    uchun buxgalteriya hisobi shu ma’lumotlarni yigish, ishlash umumlashtirishning samarali tizimiga 
    ega bulishligi kerak. SHu munosabat bilan 1989 yilning iyun oyida Moskvada, keyinchalik 
    Toshkentda Transnasional kompaniyalar bo`yicha Markaziy bank va Birlashgan millatlar tashkiloti 
    tomonidan Buxgalteriya hisobi muammolari bo`yicha xalkaro seminar va konferensiyalar utkazilib, 
    sobik S va shu jumladan Uzbekistonda buxgalteriya hisobini xalkaro stndartlarga mos ravishda 
    yurgazish masalalari muxokama kilindi, buxgalteriya hisobini yangicha yuritishga doir kator 
    xujjatlar ishlab chikildi va ulardan biri, buxgalteriya hisobini tashkil etishning eng asosiy 
    kurollaridan biri bulgan va Sning kupchilik regionlarida, Uzbekiston Respublikasida xam 1992 
    yildan boshlab joriy etilgan yangi schyotlar rejasidir. Bu schyotlar rejasida bozor iktisodiyotiga xos 
    bulgan deyarli barcha yangi tushunchalar hisobga olingan bulib, uni ishlab chikishda barcha 
    Mustakil Davlatlar Xamdustligi (MDX) mamlakatlari va rivojlangan bozor iktisodiyotidagi 
    davlatlarning olim va mutaxassislari katnashgan. 
    Undan tashkari, hisobot davri uchun tuziladigan hisobot shakllarining soni, ulardagi 
    kursatkichlar ancha kiskartirilib, kapital bozorini rivojlantirish, xususiylashtirish, ichki va tashki 
    investisiyalar okimini oshirish, xususiy sektor faoliyatining samaradorligini baxolash uchun
    ishonchli axborot asosini yaratish imkonini bermokda. 
    Bozor iktisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining axborotidan asosiy foydalanuvchilarning 
    manfaatini kuyidagi tarzda ifodalash mumkin. 
    Umuman olganda, buxgalteriya hisobi fani boshka iktisodiy fanlar singari jamiyatning 
    rivojlanib borishi bilan u xam xujalikni boshkarishning asosiy kurollaridan biri sifatida doimo 
    rivojlanib boradi. Buni masalan, buxgalteriya hisobining boshka soxadagi uzgarishlar va 
    takomillashishini inobatga olmay turib, schyotlar rejasining uzgarishlarida xam kurish mumkin. 
    Jumladan schyotlar rejasidagi eng katta uzgarish 1960 yilning 1-yanvarida sodir bulgan. Bunda 
    buxgalteriya hisobining sintetik schyotlarining soni ancha kiskartirilib, ularning kodi (rakami) uch 
    rakam (000)li belgidan ikki (00) rakamli belgiga aylantirilgan. Bu esa buxgalteriya hisobini sodda-
    lashtirshdan tashkari, uni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishda uz vaktida juda kul kelgan. 
    Schyotlar rejasida keyingi kisman uzgarishlar 1985, 1986 va 1987 yillarda yuz bergan. Bu 
    uzgarishlar xujalik mexanizmida sodir bulgan uzgarishlar va takomillashtirishlar munosabati bilan 
    yuz bergan. 
    Schyotlar rejasining oxirgi uzgarishi fakat bizning Respublikamizda 1995 yil 1 yanvardan 
    boshlab Maxsulot (ish, xizmat) ishlab chikarish va realizasiyasi bo`yicha xarajatlar tarkibi va 
    moliyaviy natijalarnining tarkib topishi xakidagi Nizomning xayotga tadbik etilishi munosabati 
    bilan sodir buldi. Mazkur Nizom uz faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning 
    ishlab chikargan maxsuloti (ish, xizmat)ning tannarxiga kushiladigan xarajatlarning bir xilligini 
    ta’minlash maksadida ishlab chikilgan. 
     

    Download 0.58 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва

    Download 0.58 Mb.
    Pdf ko'rish