|
BOB.Narx tushunchasi va bozorda narx belgilash nazariyasi
|
bet | 2/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 62,23 Kb. | | #242760 |
Bog'liq bbbbb1.BOB.Narx tushunchasi va bozorda narx belgilash nazariyasi
1.1 Narxn tushunchasi va uning mohiyati, shakllantirishi
Narx – bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.
Qiymat – bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.
Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bozor narxlari munosabati nuqtai nazaridan ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasida bog'lovchi, talab va taklifni muvozanatlash mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. Narx - tovar qiymatining pul ifodasi. U turli funksiyalarni bajaradi: hisobga olish, tarqatish va rag'batlantirish.
Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir.
Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat.
Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi.
Ommaviy tartibda tovarlarni sotuvchi monopoliyalar o‘z manfaatlari yo‘lida taklif kam bo‘lganda narxning oshishi tendensiyasidan foydalanadilar. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi. Monopsoniya mayda tovar ishlab chiqaruvchilardan tovarlarning katta hajmini sotib olib, talab bo‘yicha narx qonunidan o‘ziga xos tarzda foydalanadi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor etish» hatti-harakatlari orqali izohlanadi.Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini faqatgina asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning o‘zi faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari tomonidan o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir.
Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Supermarket, Gipermarketlardagi tovar narxining oddiy kichik chakana savdo do‘konidagi narxlardan yuqoriligi yirik savdo markazlaridagi servisning yuqoriligi bilan izohlanadi.
|
| |