|
BOB Elektroagregat korxonasining iqtisodiy siyosati va narx belgilash amaliyoti
|
bet | 6/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 62,23 Kb. | | #242760 |
Bog'liq bbbbb2. BOB Elektroagregat korxonasining iqtisodiy siyosati va narx belgilash amaliyoti
2.1.Davlatning narx siyosati va Boshqarish usullari
Narx tushunchasi va uning mohiyatiNarx bozor kategoriyasi tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Narx nazariy jihatdan olganda tovar qiymatining puldagi ifodasi, qiymatning bozordagi ko‘rinishidir.
Narx bamisoli barometr kabi bozor holatini ko‘rsatib turadi, narx pasayib ketsa, tovar bozori kasodlikka yo‘liqqan bo‘ladi, tovar nafsiz bo‘lib, uni boshqa tovar bilan almashtirish yoki uning sifatini tubdan yaxshilash zarurligi pul tarkibiga qo‘yiladi. Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari ko‘rsatib beradi. Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’i nazar (tovar, xizmat) beshta asosiy funksiyani bajaradi: Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi; Hisob-kitob, o‘lchov funksiyasi; Iqtisodiy regulyator funksiyasi; Raqobat vositasi funksiyasi; Ijtimoiy himoya funksiyasi.
Bozor narxining asosiy xususiyatlari ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liqdir. Narx belgilash maqsadlari: bozor ulushini ko‘paytirish, qisqa vaqt ichida eng ko‘p foyda olish, yuqori foyda normasini uzoq muddat saqlab qolishdan iborat.
Narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, balki ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi. Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarnig taqsimlanishiir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘plab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir.
Narx va iste'molchilar o'rtasida juda yaqin munosabat mavjud bo'lib, uni iqtisodiy tamoyillar bilan izohlash mumkin: talab qonuni, talabning narx egiluvchanligi, bozor segmentatsiyasi. Talab qonuni shuni ko'rsatadiki, iste'molchilar odatda yuqori narxlardan ko'ra arzon narxlarda ko'proq tovarlar sotib oladilar. Biroq, har bir mahsulot "narx-miqdor" munosabatlariga javob bera olmaydi. Ayrim mahsulotlarga bo'lgan talab shundayki, ma'lum sharoitlarda yuqori narxlar ko'proq aylanmani ta'minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ma'lum segmentlari uchun mo'ljallangan - bu qimmatbaho avtomobillar , kemalar, zargarlik buyumlari, mo'yna va boshqalar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan shartlardir
Narx ravonligi istehmolchilarning xarid kilinadigan tovarlar mikdori nuktai nazaridan narx uzgarishlariga uta sezuvchanligini belgilaydi. Amalda talab ravonligini uch kurinishi, yahni ravon talab, noravon talab xamda yakka (unitar) talabga bulish mumkin. Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi uzgarishlarga uta sezuvchan buladi.
|
| |