|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarga narx belgilash mexanizmi va narx siyosatini boshqarish
|
bet | 3/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 62,23 Kb. | | #242760 |
Bog'liq bbbbbNima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?
Bu quyidagilar bilan izohlanadi:
Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi. 2,Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi. 3,Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim.
Narx – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib boradi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan shartlardir.Qiymat funksiyasi hisobida ishlab chiqarish va sotish uchun ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari, ishlab chiqarishning taxminiy xarajatlari va foydalari aks ettiriladi. Rag'batlantiruvchi funksiya resurslarni tejash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish va h.k. Taqsimlash funksiyasi ayrim tovar guruhlari va turlari bo'yicha aksiz solig'i narxini, qo'shimcha qiymat solig'ini va davlat byudjetiga, mintaqaga va boshqalarga tushadigan markazlashtirilgan sof tushumning boshqa shakllarini hisobga oladi.
Narx klassifikatsiyasi.
Narxlarni turli iqtisodiy xususiyatlariga ko'ra tasniflash mumkin. Narxlarning shakllanish darajasi bo'yicha tasniflanishi. Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning eng muhim tasniflaridan biri bu ularning davlatning tartibga soluvchi ta'siridan ozod bo'lish darajasidir. Narxlarning muhim qismi - bu har qanday hukumat ta'siridan qat'i nazar, bozor talabi va taklifi ta'sirida rivojlanib boradi.
Tartibga solinadigan narxlar, shuningdek, talab va taklifga qarab shakllanadi, ammo davlat tomonidan qandaydir ta'sir ko'rsatilishi mumkin. Davlat narxlarning o'sishi yoki pasayishiga to'g'ridan-to'g'ri cheklovlar orqali ta'sir qilishi mumkin. Davlat va ma'muriy organlar vakili bo'lgan davlat ma'lum tovar turlariga o'rnatilishi va belgilangan narxni chiqarishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosan ikki turdagi narxlar mavjud: erkin va tartibga solinadigan.
Bozor munosabatlarining eng maqbul xususiyati erkin narxlardir, ammo uni har doim ham to'liq amalga oshirish mumkin emas. Davlat, agar kerak bo'lsa, narxlash jarayoniga aralashishi va o'zgaruvchan iqtisodiy sharoitga qarab, sozlanishi yoki belgilangan narxlarga o'tishi mumkin.Sanoat mahsulotlarining ulgurji narxlari - ulgurji savdo tartibida mulk egalaridan qat'i nazar, korxonalar, kompaniyalar va tashkilotlarning tovarlarni sotib olish va sotish narxlari. Ushbu turdagi narx sanoatning ulgurji narxlari va ulgurji savdo (sotish) narxlariga bo'linadi. Korxonaning ulgurji narxlari - ular ishlab chiqargan mahsulotlarini iste'molchilarga sotadigan, ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qoplab, o'z faoliyatini davom ettirish va rivojlantirishga imkon beradigan foyda olishlari uchun mahsulot ishlab chiqaruvchilarning narxlari.Sanoatning ulgurji (sotish) narxi - kompaniyalar va tashkilotlar, iste'molchilar tovar ishlab chiqaradigan korxonalar yoki marketing (ulgurji) tashkilotlar uchun to'laydigan narxlar. Xarid qilish narxlari - qishloq xo'jaligi mahsulotlarini sotadigan korxonalar, fermerlar va aholi narxlari (ulgurji). Odatda kelishilgan narxlar o'zaro kelishuv asosida o'rnatiladi.
Chakana narxlar - chakana savdo korxonalari, korxonalar va tashkilotlarda tovarlar sotiladigan narxlar. Bularga sanoat tashkilotlarining tarqatish xarajatlari va ularning foydalaridan iborat sanoatning ulgurji (sotish) narxi, aktsizlar, qo'shilgan qiymat solig'i va savdo imtiyozlari kiradi. Auksion narxi - kim oshdi savdosida sotiladigan tovarlar narxi. U bozor narxidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin (undan bir necha baravar yuqori), chunki u mahsulotlarning noyob va noyob xususiyatlari va xususiyatlarini aks ettiradi, shuningdek kim oshdi savdosini o'tkazayotgan shaxsning mahoratiga ham bog'liq bo'lishi mumkin
Korxonada narxlash bir-biriga bog'liq bo'lgan bir necha bosqichlardan iborat bo'lgan murakkab jarayon:
- bozor ma'lumotlarini yig'ish va tizimli tahlil qilish;
- ma'lum vaqt oralig'ida narx siyosatining asosiy maqsadlarini belgilash;
- narxlash usullarini tanlash;
- ma'lum bir narx darajasini belgilash;
- narxga chegirmalar va qo'shimcha to'lovlar tizimini shakllantirish.
Narx – bu raqobat, resurslarni qayta taqsimlash, kapital harakatining vositasidir. Narx – tovar, buyum va xizmatlar qiymatining puldagi ifodasi. Narx bu tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namoyon bo‘lish shakli.Qiymat – bu xaridorning mahsulotdan ko‘rgan foydasi, foydalanish darajasi. Xaridorning mahsulotni xarid qilishi uning xohishi, didi va to‘lov qobiliyatiga bog‘liq, bundan tashqari agar xaridorga bitta birlik mahsulot kerak bo‘lsa, unda bitta turdagi to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Agarda unga bir nechta mahsulot kerak bo‘lsa, unda har bir mahsulot uchun boshqa to‘lash qobiliyati bo‘ladi. Chunki mahsulotning keyingi donasi kamroq qadrli bo‘ladi. Bu haqiqat bizni agregatlashgan bozor talab chizig‘iga olib keladi.Mahsulotning narxiga xaridor uni olishga tayyorligi va mahsulotning nafligi ta’sir ko‘rsatadi. Agar xaridorda alternativ mahsulotni tanlash imkoniyati bo‘lsa, unda xaridor tomonidan mahsulotni sotib olish yoki olmaslik qaroriga nisbiy narx ta’sir qiladi. Bu vaziyatda xaridor o‘zi uchun eng ma’qul va ko‘proq foydali bo‘lgan mahsulotni sotib oladi.Narx – “marketing-miks” kompleksining vositalaridan biri hisoblanadi. U hech qachon marketing — miksning boshqa vositalaridan ayrilgan holda ko‘rilmasligi kerak. Korxona biron bir “narx muammosini” tahlil qilganda ko‘p hollarda uning sababi narx emas, balki narx bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat ko‘rsatkichlarining zaifligi hisoblanadi.Bozor xo‘jaligi faqatgina erkin raqobatli narxlar sharoitida samarali faoliyat yuritishi mumkin. Bunday narxlar raqobatli tanlov, talab va taklif nisbati, bozor muvozanatining tiklanishini hisobga olgan holda sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi savdo va oldi-sotdi shartnomasi natijasida hosil bo‘ladi. Narx-navo, ya’ni baho bozorning unsurlari ichida eng murakkab elementidir. U har doim o‘zgarib turadigan, harakatchan mexanizm bo‘lib bozordagi vaziyat o‘zgarishlariga tez va chaqqonlik bilan moslashib boradi.Narx va narx belgilash siyosati marketingning bosh tarkibiy qismlaridan biridir. Oxirgi yillarda narx bo‘yicha olib borilgan keng ko‘lamli ishlar natijasida mikroiqtisodiyot va marketing orasidagi masofa kamaymoqda. Mahsulotning narxi va nafliligi o‘rtasidagi nisbat har bir iqtisodiy kelishuvning asosidir.Narx marketing va firma faoliyatining boshqa o‘zgaruvchilari bilan uzviy aloqada bo‘ladi. U tovarning hayotiylik sikli davomida o‘zgarib turadi. Marketingda baho siyosatining mohiyati, bozorda aniq ulushga erishish, ko‘zda tutilgan foydani olish va boshqa strategik va tezkor masalalarni yechish uchun firma tovarlariga narx belgilash va narxlarni o‘zgartirib turishdan iborat.Bozor narxlarining asosiy xususiyati - ularning doimo o‘zgarib turish qobiliyatidir. Bu tabiiydir, chunki narxlar talab va taklifni o‘zaro bog‘lovchi vositadir. Bizga ma’lumki, ularning har ikkalasi ham harakatchandir. Shuning uchun marketing strategiyasida shunchalik harakatchan narxlar siyosatidan foydalaniladi. Bu siyosat tovarning bozordagi harakatini tovar hayotiylik davrining turli bosqichlarini tartibga solish va boshqarishni, bozorga yangi iste’mol tovarlari va ishlab chiqarish vositalarini kiritishni, eskirgan modellarni bozordan siqib chiqarishni ta’minlaydi. Narxlar hech qachon sababsiz o‘zgarmaydi. Masalan, biror kamchiligi bo‘lgan va ma’naviy eskirgan tovarlar pasaytirilgan baholarda, hattoki, tushirilgan baholar, deb ataluvchi narxlarda sotiladi. Yuqori narxlar esa yuqori sifatli, yangi iste’mol qobiliyatiga ega bo‘lgan tovarlarga o‘rnatiladi. Rivojlangan iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlarda marketingdagi narxni tashkil qilish muammolarini faqatgina o‘zi faqat bozor subyektlari: sanoat va savdo firmalari, korxonalari asosiy strategik yondashishlarigina ishlab chiqilishi bejiz emas, chunki narxlarning tomonidan o‘rnatiladi va davlat tomonidan tartibga solinadi. Tovarning raqobatbardoshligi va bozordagi o‘rni narx darajasiga bog‘liq. Buning natijasi sotiladigan tovarlar massasida korxona ulushining oshishidir.Narx – mahsulot sifatining indikatori sifatida.Bozor sharoitida narx siyosati o‘ziga xos bo‘lib, turli narxlarning mavjudligi bozor qonuniyatidir. Narx shakllanishida tovar bahosi uning sifatini bildiruvchi muhim indikator sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar narxi qancha yuqori bo‘lsa, talab tushadi va aksincha, past narxda tovarga bo‘lgan talab oshadi. Xarid qilish haqida qaror qabul qilishga tovar narxi miqdoriy ko‘rsatkich sifatida xizmat qilib, xarid budjetiga qarab u yoki bu narxdagi tovarni sotib oladi. Har doim ham narx tovar sifatini obyektiv baholaydi, deb bo‘lmaydi. Savdo do‘konlarining turiga qarab ishlab chiqaruvchidan olingan tovarlarga turli narxlar belgilanadi.
Uzoq vaqt davomida bizning iqtisodiyotimizda barqaror narxlar holatini haqiqatda tovar va xizmatlar bilan ijtimoiy ta’minlash belgilaydi, degan fikr hukmron edi. O‘zgarmas narxlar barqaror ishlab chiqarish rivojiga va talabni qondirishga to‘sqinlik qiladi. Bugungi kunda narxlar tizimi ancha chalkashki, uni tushunib yetish birmuncha murakkab, eng asosiysi u xo‘jalik yuritishning yangi bozorlar sharoitiga moslashmog‘i lozim.Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida narxlar ahamiyatining ortib borishi kuzatilmoqda, chunki mana shu davrda umumiy ishlab chiqarish hajmi, xarajatlar oshishi iqtisodiy qiyinchiliklar bilan uyg‘unlashib ketmoqda. Moliyaviy va bank boshqarish tizimlarining susayishi, transport va milliy iqtisodiyot tarmoqlarining kuchsizlanishi narx raqobatini oshirib yubordi. Narxlar darajasi ko‘p hollarda xaridor tomonidan belgilanadi. Savdogar uchun marketing tizimida narx siyosatini olib borish birmuncha cheklangan. Ma’lumki, yuqori daromadli rivojlangan ba’zi bir mamlakatlarda narxning pasayishi sifatning yomonligidan dalolat beradi. Shuning uchun narx pasayishi shu davlatlarda korxona mavqeyini bozorda mustahkamlamaydi, balki uni raqobatdoshlilik darajasini pasaytiradi. Xaridorlar ana shu davlatlarda yuqori sifatli mahsulotlarni yuqori narxda sotib olishga intiladilar. Hozirda narx raqobati asta-sekin narxsiz raqobatlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermoqda. Marketingda narx siyosatini boshqarish masalasi u amal qilib turgan narx strukturasiga bog‘liq. Albatta, marketing - miks vositalari o‘rtasida juda katta farq mavjud. Kommunikativ va distribyutorlik siyosati kabi vositalar mahsulotning bozordagi yutug‘i uchun kerak bo‘lgan shartlardir.Marketing — miks ichida mahsulot narxiga katta vazifa yuklanadi. Faqat narxgina xaridorning iqtisodiy “qurbonligi” (aniq bir mahsulot sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan va boshqa mahsulotlardan voz kechish) ni belgilaydi. Xaridor uchun narx bu “qurbonlik” hisoblanadi. Uni xaridor biron bir foyda yoki nafliligiga ega bo‘lish uchun to‘laydi. Biron bir mahsulot uchun yuqori narx to‘lash xaridor uchun boshqa biron bir mahsulotdan voz kechishni bildiradi. Shuning uchun u sotuvchi taklif qilgan narxni mahsulot nafliligi bilan va boshqa alternativ mahsulotlar narxi bilan solishtiradi. Shunday qilib, har xil xaridorlar uchun mahsulot nafliligi bo‘lishi bizni bozor segmentatsiyasiga va har xil narxlarga olib keladi. Xaridorlarning talablari, raqobatchilar tomonidan mahsulotlar doimo o‘zgarib turishini inobatga olgan holda muntazam ravishda narxlarni qayta ko‘rib chiqib turish lozim.Narx marketing kompleksining boshqa uchta unsuri (tovar, savdo, harakatlantirish) bilan daromad keltirish borasida farqlanadi. Bu hol poyafzal do‘konlari egalariga, poyafzallar uchun yuqoriroq narx qo‘yish imkonini beradi. Ikkinchi tomondan, sotuvchilar poyafzal fabrikalariga qo‘shimcha buyurtmalar beradilar, chunki ularni ko‘proq sotish ularning daromadlarini oshiradi. Fabrikani aynan poyafzal ishlab chiqarishdan manfaatdor qilish uchun ularga poyafzal do‘konlarining egalari ilgarigiga qaraganda balandroq narx taklif qilishlari lozim. Fabrikalar ishlab chiqarishni kengaytirish uchun har xil charm va uning o‘rnini bosuvchi boshqa resurslarni ko‘proq sotib olishlari, shuningdek, qo‘shimcha ishchi kuchini yollashlari lozim bo‘ladi. Ishlab chiqarishning ushbu omillariga talabning ortishi ularning baholari oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida ularni taklif qilishning o‘sishini rag‘batlantiradi. Shu tariqa ishlab chiqarishning bir bo‘g‘unidan boshqasiga poyafzalga talab oshganligi haqida axborot yetkazib turiladi. Poyafzal uchun kerakli bo‘lgan tovarlarga ehtiyojning ortishi mo‘yna (jun) sanoati, furnituralar ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirishni, ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi.Narxlar faqat iste’moldagina emas, balki ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlardan ham darak beradi. Masalan, yong‘in chiqishi natijasida ko‘p zavodlar to‘xtab qoldi, deylik u holda ishlab chiqarish kamayib ketadi. Ushbu hol ularning narxini oshishiga olib keladi, bu o‘z navbatida poyafzal fabrikalari egalari uchun poyafzallarni ilgarigi miqdorda tayyorlashni befoyda qilib qo‘yishi mumkin. Talab ilgaridek qolganda poyafzal ishlab chiqarishni qisqartirish va sotuvchilar uchun ularga balandroq chakana narxlar belgilash imkonini yaratadi. Tovarning oshgan narxi uni iste’mol qilishni qisqartirishdan darak beradi. Charm ishlab chiqarishni qisqartirish haqidagi xabar shu tariqa poyafzal iste’molchisiga yetib boradi. Ammo uning uchun poyafzal narxi nima sababdan oshganligi muhim emas. U sabablaridan qat’iy nazar tovar narxi oshganligiga bir xilda qaraydi.Narxlarning boshqa muhim vazifasi - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchini rag‘batlantirishdir. Narxlarning o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarni ham, iste’molchini ham chorasini ko‘rishga, ayni vaqtda bunday chora imkoniyat yaratishga undaydi. Bizning misolimizda poyafzalga talabning ortishi ularni ishlab chiqarishni ko‘paytirishga rag‘batlantiradi. Lekin bu xomashyo materiallarini, xullas, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur hamma narsalarni xarid qilish, ko‘paytirishni talab etadi. Poyafzal fabrikalarida bunday imkoniyat paydo bo‘ladi ham, zero poyafzalga bo‘lgan talab va narxning oshishi ular qo‘shimcha daromad olishi va bu daromad ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflanishi mumkin. Bu esa poyafzalning narxi balandroq bo‘lganda poyafzal fabrikalari egalariga o‘z daromadlarini yanada oshirish imkonini beradi. Shunisi ham muhimki, narxlar mexanizmi ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdorini ko‘paytirishgina emas, ishlab chiqarishning eng tejamli usullarini ishlashni ham rag‘batlantiradi. Poyafzal ishlab chiqaruvchilarning daromadi sotishdan tushgan pul bilan ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtasidagi tafovutdan iborat bo‘lganligi sababli eng kam xarajat qilgan holda mahsulot ishlab chiqarish ular uchun foydali bo‘ladi. Poyafzal ishlab chiqarishda foydalaniladigan charmning biron xili borgan sayin kamyob va qimmat bo‘lib boradi, deb faraz qilaylik. Bu hol uni tejashga va uni o‘rnini bosa oladigan arzonroq materialni izlashga rag‘batlantiradi.
Narxlarning uchinchi vazifasi ikkinchisi bilan chambarchas bog‘liq. Bu daromadlarning taqsimlanishidir. Tovar ishlab chiqarish sharoitida xo‘jalik faoliyati ishtirokchilari oladigan daromadlar ular o‘z shaxsiy yoki ishlab chiqarish iste’mollarini ko‘zlab sotadigan yoki sotib oladigan tovarlar va xizmatlarning narxlariga bevosita bog‘liqdir. Narxlarning o‘zgarishi iqtisodiy ne’matlar sotuvchilari va xaridorlari turli guruhlarining daromadlari miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Bozorga jamiyat uchun eng zarur ne’matlarni yetkazib beruvchilar, shuningdek, ushbu paytda mo‘l-ko‘l bo‘lgan ne’matlarni sotib oluvchilar ham yutadilar. Poyafzalchilik mehnatiga bo‘lgan talab oshsa (taklif o‘zgarmay qolgan darajada), ularning ish kuchining narxi, demak, daromadlari ham ortadi. Mehnat bozorida taklif oshadigan (doimiy talab sharoitida) bo‘lsa, uning aksi bo‘ladi: ish kuchining narxi pasayadi.
Narxlarning to‘rtinchi vazifasi alohida korxonalarga va xo‘jalik sohalariga ishlab chiqarish omillarini taqsimlashdir. Narxlar xo‘jalik yurgizishning muhim vositasidir. Marketingni boshqarish jarayonida marketologlar narxlarning barcha turlaridan, asosan ulgurji narxlar, mahsulot tashish tariflari va hisob narxlari bilan ish ko‘radilar. Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin: a) Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari:
Ulgurji.Chakana.Xarid va boshqalar.
b) Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamda
davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxlar:
Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar
Erkin narxlar
Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar
c) Narxning boshqa xillari (masalan, bozor narxi, xalqaro narxlar va h.k.).
Xaridorga realizatsiya qilinadigan tovar miqdoriga bog‘liq holda narxlarning quyidagi turlari farqlanadi :
Ulgurchi narxlar — bu ishlab chiqaruvchi korxonalar va ulgurji savdo qiluvchi tashkilotlar o‘z mahsulotlarini sotadigan narxlar. Ulgurji narxlar qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda va muomalasida sarf bo‘lgan xarajatlardan va korxona bilan tashkilotlarining sotish foydasidan tashkil topadi. Barcha korxonalar odatda har qanday tovarlarni ulgurji narxlarda xarid qiladilar. Ulgurji narxlar xo‘jalik hisobini mustahkamlashga, korxonalarning rentabelli ishlashiga ham xizmat qiladi.
Tovar va xizmatlarning ulgurji narxlari - bu preyskurant narxlardir. Bir xil davlat va kooperatsiya korxonalari o‘z mahsulotlarini boshqa davlat va kooperatsiya korxonalari, tashkilotlariga ana shu preyskurant narxlarida sotadilar. Ular nominal narx, deb ham ataladi. Bunday narxlar ba’zis narx hamdir.
Yangi ulgurji narxlar tarmoqlarga ishlab chiqarish xarajatlarini to‘la hisobga olish va normal foyda ko‘rish imkonini beradi. Shu munosabat bilan sanoat va milliy iqtisodiyotning ko‘pgina tarmoqlarining undirma zarar ko‘rishlarini bartaraf etadi. Yangi narxlarda narxga qo‘shib berish yoki narxni kamaytirish juda keng qo‘llaniladi, bu esa mahsulot sifatini oshirishga rag‘batlantiradi.
Chakana narxlar- bu chakana savdo tovarlarini sotadigan narx.
Xarid narxi- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlari, qishloq xo‘jalik korxonalari va qishloq ahlidan xarid qilinadigan narx. Bu ulgurji narxning alohida turi.
Tartibga solinadigan narxlar – talab va taklifning o‘zgarishi ta’siri ostida shakllanadi, lekin davlat organlari narxning o‘sishi yoki pasayishini chegaralaydi. Ularga:
chegaralangan narxlar, mahsulotni sotish uchun eng yuqori chegarasi belgilangan narxlar kafolatlangan narxlar, barcha ishlab chiqaruvchilar uchun mahsulot sotib olishning yagona narxlari tavsiya qilinadigan narxlar, u yoki bu tovarga tavsiya etiladigan, majburiy emas.
Erkin narxlar – bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan narxlar. Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar.
Ularga:Talab asosida shakllanadigan
Taklif asosida shakllanadigan Ishlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi.Qat’iy belgilangan narxlar – davlat organlari qarorlari asosida belgilanadigan narxlar. Qat’iy narx – bu shartnoma tuzilayotganda qayd etilgan va shartnomaning jami amal qilish muddati davomida o‘zgartirilishi mumkin bo‘lmagan narx (shartnomakelishuvigako‘ra).
Bozor narxi – oldi-sotdi olib borishda, ayrim bozorlarda qo‘llanuvchi baholar.Maqsadga yo‘naltirilgan narx siyosati turli xil narxlarni belgilashni ko‘zda tutadi. Qabul qilingan belgilariga ko‘ra narxlar turlar bo‘yicha tasniflanadi. Ulardan eng muhimlariniko‘rib chiqamiz.
Tariflar - bu xizmatlar uchun narxlar. Masalan, elektroenergiya, aloqa xizmati uchun tariflar, temir yo‘l tariflari. Davlat tariflari rejalashtirilgan narxlarning bir shaklidir. Temir yo‘lda, avtomobillarda va boshqa transport vositalarida yuk tashish tarifidan transport tashkilotlari o‘zaro hisob-kitob qilishda ham, transportdan foydalangan davlat, kooperatsiya korxonalari bilan hisob-kitob qilishda ham shu tarifdan foydalanadilar.Davlat tomonidan narxlarning boshqarilishi darajasi va ularni tartibga solishning boshqa vositalariga ko‘ra quyidagi narxlar farqlanadi:Boshqariladigan narxlar bu – darajasi boshqaruvning mos keluvchi organlari tomonidan nazorat qilinadigan narxlar. Ularning orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega bo‘lmagan narxlar), jalb etilgan narxlar (ma’lum darajadagi narxlar). Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda qo‘llaniladi.Xarid qilish - sotish bahosi – shartnomaga asoslangan yetkazib berish shartlari bilan belgilanuvchi narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilanifodalanadi.Jahon bahosi - tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.Monopol baho monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho.Transfert bahosi - bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.Harakatlanuvchi narx - shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra).Sirpanuvchi narx - bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorlanadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mavsumiy) narxlar farqlanadi.Doimiy narx - bu amal qilish muddati kelishilmagan narx.Vaqtinchalik (mavsumiy) narx - bu vaqtning ma’lum davrida (mavsumda) amal qiluvchi narx.Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, brutto narxlar farqlanadi. Netto narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto narx (yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, belgilangan narx (tovarlar bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta).Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot ishlab chiqarilgan rayondan iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab narxlar (Franko, FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq qiladi.
Franko-mahsulot yetkazib beruvchining ombor narxlarida mahsulotni yetkazib beruvchi omboridan to iste’molchi omboriga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk tashish-tushirish xarajatlarini iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot yetkazib beruvchi esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot yetkazib beruvchi omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. Mahalliy sanoat mahsulotlari, shuningdek, ba’zi qurilish materiallari va boshqalar ham ana shunday narxlarda sotiladi. Iste’molchi materiallarni o‘z transport vositalari bilan yetkazib beruvchining omboridan tashib olganida ham o‘sha franko narxlar qo‘llaniladi.Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari mahsulot yetkazib beruvchining materialni jo‘natish stansiyasigacha (pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan joyda uni tushirish, iste’molchining omborigacha tashib borish xarajatlari bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu narxlar amalda mol yetkazib beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib olib borilish javobgarligidan ozod etadi.Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish stansiyasiga (pristanga, portga) tashib borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha yo‘llarga chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga (kemalarga) ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan transport tashkilotlari tomonidan joriy qilingan (masalan, mahsulotni taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi zimmasiga yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish stansiyasidan iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan barcha tashish, ortish-tushirish xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi baholarida) iste’molchi ko‘taradi.Narxning shakllanish nazariyasi asoslarini mikroiqtisodiyot fani tariflab beradi. U akademik fan bo‘lib, uning ko‘pgina tushunchalari, asoslari, modellari haqiqiy ko‘rsatkichlarida aks etmaydi yoki amaliyotda qo‘llanilishi qiyin (ko‘pgina hollarda bu modellardan foydalanib ham bo‘lmaydi). Shu sababli mikroiqtisodiy nazariyani amaliyotda qo‘llashda cheklovlar mavjud. Bu fanning asosiy ko‘rsatmalariga tayangan holda tashkilot ma’lum vaqt ichida amalga oshirilishi shart bo‘lgan maqsadlari uchun narx bo‘yicha o‘z harakatlarini ishlab chiqadi.Baho siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish zarur: xarajatlar, talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari. Umuman olganda narx maqsadlari uch sohaga nisbatan qo‘llaniladi:
- tovar aylanmasi hajmini aniqlash; - maksimal foyda olish; - raqobat sohalari.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent amaliy fanlar universiteti bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarga narx belgilash mexanizmi va narx siyosatini boshqarish
|