Umumiy maydon haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarib quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz:
Masshtab qilib 1 sm ni 4 deb olsak, u holda tomonlari 1,68 sm; 3,48sm; 5,08 sm va 6,45 sm ga teng kvadratlar chizamiz (4.9-grafik).
666.0
413
193
45
1994 1996 1998 2000
4.9-grafik. O‘zbekistonda fermer ho‘jaliklariga biriktirilgan yer maydonining o‘sishi.
O‘rtacha bir fermer xo‘jaligi yer maydoni haqidagi ma’lumotlarni kvadrat ildizdan chiqarsak:
Masshtab qilib 1 sm:2 olsak, u holda radiusini 1,38 sm; 1,85 sm; 2,20 sm va 2,32 sm qilib doiralar chizamiz (4.10-grafik).
  
1994 1996 1998 2000
4.10-grafik. O‘zbekistonda o‘rtacha 1 fermerga biriktirilgan maydonning o‘sishi.
4.8. Tasvirli (suratli) diagrammalar
Grafiklarning ta’sirchanligini kuchaytirish uchun diagrammalar o‘rganilayotgan hodisalarning tasvirlari (suratlari) ni chizish yo‘li bilan tuziladi. O‘lchov birligi qilib shartli ravishda tasvirlanayotgan hodisa surati (figurasi) olinadi. Masalan, temir yo‘lda yuk aylanmasining o‘sishini tasvirlash uchun yuk vagonlari chiziladi. Buning uchun 1 ta vagon qanchadir yuk aylanmasi hajmini bildiradi deb belgilab, tasvirlanuvchi ma’lumotlarni shu masshtabga bo‘lib, chizilishi kerak bo‘lgan vagonlar soni aniqlanadi. O‘zbekistonda temir yo‘l yuk aylanmasining ortishi quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalangan:
4.6-jadval
O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi
-
Ko‘rsatkichlar |
1990
|
1995
|
2000
|
2005 prognoz
| Mlrd.t/km |
56,5
|
16,9
|
15,0
|
20,5
|
Shartli vagon soni
|
3,3
|
1
|
0,9
|
1,20
|
|