• 4.9. Statistik xaritalar
  • Asosiy tushunchalar va atamalar
  • Qisqacha xulosalar.
  • Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar.
  • Asosiy adabiyotlar
  • II-QISM. ANALITIK STATISTIKA V bob. STATISTIK TASNIFLASH VA GURUHLASH USLUBIYATI 5.1. Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
  • 5.2. Statistik guruhlash
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




    Download 7,16 Mb.
    bet15/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   275

    Bitta vagon 16,9 mlrd. t/km yuk aylanmasini bildiradi deb belgilasak, u holda yuqoridagi ma’lumotlarni tasvirlash uchun 1990 yil - 3,3 vagon, 1995 - 1,0 vagon, 2000 yil – 0,9 vagon, 2005 yil - 1,2 vagon (4.11-grafik).



    Masshtab: 1 vagon - 16,9 mlrd.t t/km
    1990


    1995

    2000


    2005


    4.11-grafik. O‘zbekiston temir yo‘lida yuk aylanmasining dinamikasi (mlrd.t/km)


    4.9. Statistik xaritalar
    Jo‘g‘rofiy tuzilishga ega bo‘lgan statistik qarorlar statistik xarita shaklida tasvirlanadi. Bu xaritalar o‘rganilayotgan hodisalarning hududiy taqsimlanishida qanday xususiyat va qonuniyatlar mavjudligini oydinlashtiradi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlarni iqtisodiy mintaqalar bo‘yicha joylashtirish va rivojlantirish masalalarini o‘rganishda, iqtisodiy resurslardan foydalanishni hududiy kesimda qarab bu boradagi miqdoriy nisbatni va qonuniyatlarni belgilashda juda qo‘l keladi.

    Statistik xaritalar iqtisodiy jo‘g‘rofiy xaritalardan farq qiladi. Iqtisodiy-jo‘g‘rofiy xaritalar ishlab chiqaruvchi kuchlarni sifat jihatdan tavsiflab va chamalab (baholab), ularning jo‘g‘rofiy joylanishini katta aniqlik bilan mufassal tavsiflaydi. Statistik xaritalar esa shu masalalarga oid statistik ma’lumotlarni umuman hududiy kesimda fazoviy miqdoriy nisbatlarni yaqqolroq tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, iqtisodiy jo‘g‘rofiy xaritalar iqtisodiy resurslarning joylanishini sifat tomondan ta’riflab bersa, statistik xaritalar esa uni miqdor jihatidan ifodalaydi. Bu o‘rinda statistik xaritalarni, umuman jo‘g‘rofiy kesimda tuzilgan statistik jadvallar mazmunini tasviriy ifodalash deb ta’riflash mumkin bo‘lar edi. Ammo ular bunday jadvallarga nisbatan bir muncha sermazmundir, chunki tasviriy til jadval tiliga qaraganda jo‘g‘rofiy jadvallarda ifodalangan miqdor va nisbatlarni fazoda belgilab olish uchun yaxshiroq moslashgandir. Demak, statistik xaritalar jo‘g‘rofiy tartibda tuzilgan jadvallarni zo‘raytirib beradi.

    Statistik xarita shunday konturli jo‘g‘rofiy xaritaki, unda faqat ma’muriy bo‘linmalarning konturlari (ayrim hollarda yana suv arteriyalari) mavjud bo‘lib, ular chegarasida statistik ma’lumotlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi.10

    Statistik xaritalar ko‘zlangan maqsad va vazifalarga qarab uch turga – xaritogramma, xaritodiagramma va markazgrammalarga bo‘linadi. Agarda biror hodisaning hududlar bo‘yicha taqsimlanishini tasvirlash zarur bo‘lsa, u holda xaritogramma qo‘llaniladi. Ammo maqsad ayrim mintaqalarni berilgan belgilar asosida to‘laroq ta’riflashdan yoki mintaqalararo aloqalarni tasvirlashdan iborat bo‘lsa, u holda xaritodiagramma tuziladi.




    Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o‘rganilayotgan hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi.

    Xaritogramma - shunday statistik xaritaki, unda o‘rganilayotgan hodisaning hududiy taqsimlanishi uning ma’lum oraliqdagi qiymatlariga moslab olingan shartli belgilar (shtrixlar, rang, nuqtalar va h.k.) bilan tasvirlanadi. Bu belgilar har bir bo‘linma konturi ichiga ko‘rsatkichning qiymatiga qarab joylashtiriladi. Xaritogarmma tusli va nuqtali turlarga bo‘linadi.

    Hodisaning intensivligini (masalan, aholi zichligi) hududlar bo‘yicha taqsimotini ta’riflovchi qatorlar tusli xaritogarmma ko‘rinishida tasvirlanadi.

    Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlarning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga ega emasdir. Demak, shunday hollarda tusli xaritogarmmalarni tuzish mumkin.

    O‘rganilayotgan hodisaning ayrim hududlarda tarqalishi, ya’ni uning tumanlar bo‘yicha taqsimlanishi nuqtali xaritogrammalar shaklida tasvirlanadi. Bu holda tasvirlanayotgan miqdorlar (sonlar)ning yig‘indisi iqtisodiy mazmunga egadir. Faqat shunday holatda nuqtali xaritogrammalarni tuzish mumkin.



    Markazgrammalar deganda jadvallar to‘la holda joylashtiriladigan xaritogrammalar tushuniladi. Masalan, viloyatlar bo‘yicha aholi dinamikasi haqidagi ma’lumotlarni statistik-jo‘g‘rofiy jihatdan tasvirlash uchun bunday markazgrammalar tuzish mumkin. Bu holda konturli xaritalarda ma’lumotlar tegishli hududiy bo‘linmalar (viloyatlar) bo‘yicha tasvirlanadi.
    Asosiy tushunchalar va atamalar
    Statistik jadval, jadval egasi va kesimi, jadval oddiy, jadval guruhiy, jadval kombinatsion, statistik grafiklar, masshtab va shkala, diagramma ustun va tasma shaklli, diagramma siniq chiziqli, diagramma buramali(speralli), diagramma sektorli, diagramma yuzali, diagramma qiyofali, xaritogramma, xaritodiogramma va markazgramma.
    Qisqacha xulosalar.
    1. Statistik ma’lumotlar jonsiz sonlar ustuni va qatorlari bo‘lib, ularning orqasida yashirinib yotgan hodisalarni bilish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni anglash va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash ma’lumotlardan foydalanuvchi shaxslarning ularni o‘qiy olish, sonlar tilini bilish qobiliyatiga bog‘liq. Statistikaning vazifasi esa ularga barcha qulay sharoitlarni tug‘dirib ko‘maklashishdan iborat. Bu jarayonda uning zimmasiga tushadigan yukni tovar bozorida faoliyat qilayotgan savdogarning vazifasiga qiyoslash mumkin. Bozorda o‘z molini xaridorgir qilib ko‘rsatish maqsadida sotuvchi uni to‘la ma’noda tovar qilib e’tirof etishga, ya’ni barcha oliy omonlarini ko‘rsatishga intilganidek, statistik ham o‘z faoliyatining mahsuli bo‘lmish ma’lumotlarni yaqqol, ko‘rkam, jozibali qilib, barcha mantiqiy-mazmuniy tomonlarini oydinlashtirib taqdim etishi kerak. Shu maqsad uchun statistik ma’lumotlarni jadvallar shaklida ifodalash va grafikda tasvirlash xizmat qiladi.

    1. Jadvallar statistik ma’lumotlarni ixcham shaklda, o‘ziga xos xususiyat va bog‘lanishlarni yaqqol qilib taqdim etish imkoniyatini bersa, statistik grafiklar ularni ko‘rkam, jozibali, o‘ziga tortuvchan,o‘zaro nisbatlari, o‘xshashlik va farqlarini ko‘zga ilinarli qilib tasvirlaydi. Natijada son tilini bilish, ularni o‘qish va talqin etish osonlashadi.

    2. Jadval va grafiklarni tuzish san’atdir, ammo samarali ilmiy vosita sifatida ular xizmat qilishi uchun bu san’atdan to‘g‘ri foydalana bilish lozim. Sonlar bilan ishlashni bilmaydigan shaxslarga ular, qanchalik yaxshi ishlov berilgan bo‘lmasin, juda oz ma’no kasb etadi yoki butunlay hech narsani anglatmasligi mumkin. Statistik raqamlar bilan birinchi to‘qnashishdayoq, ular sarosimaga tushib qoladi. Agarda buning ustiga biror kimsa tezroq uqdirish maqsadida bu sonlarni hadeb qayta -qayta eslatib turadigan bo‘lsa, parokandalik vaziyati yanada kuchayadi. Bunday holatlarda odam jadvalning ma’lum qismigagina e’tibor qilishga moyil bo‘ladi, undan biror ma’no chiqarishga intiladi, ammo bu holda urg‘u belgisini noo‘rin qo‘yish xavf-xatari ortadi. Umumlashtirilmagan xomaki ma’lumotlarga duch kelgan odamzod kayfiyatini bepoyon chakalakzor o‘rmonda kompassiz adashib qolgan kishining holati bilan qiyoslash mumkin. Xo‘sh, bu holatdan qanday chiqish kerak? Qaysi tomon sharqu, qaysi tomon g‘arb? Barglar orasidan taralayotgan yorug‘lik nuriga qarab yo‘l tutsa, u o‘rmondan tashqariga olib chiqishi yoki aksincha uning yanada qalin chakalakzor zulmatiga olib borishi mumkin.

    Shuning uchun ma’lumotlar mohiyatini anglash, bilish jarayonini yengillashtirish uchun ularni sodda va asl ma’nosida taqdim etish kerak. Demak, jadvallarni tuzayotganda ma’lumotlarning tabiatiga e’tibor berish zarur va yana shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim ma’lumotlar birmuncha oson yo‘l bilan umumlashtirilsa va soddalashtirilsa boshqalari esa, aksincha ancha-muncha qiyinchilik tug‘diradi. Masalan, korporatsiya rahbarlari moliyaviy barqarorlik haqida darak olish bilanoq, ularda qaysi bo‘lim qanday ko‘rsatkich bilan faoliyat qilayotganini bilish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Shu sababli moliyaviy natijalar haqidagi jadvalda har qaysi bo‘lim bo‘yicha foyda yoki zarar hajmini ko‘rsatish va ularni mahsulot turlari bo‘yicha taqsimlash yetarlidir. Ammo bunday jadvalni ortiqcha ma’lumotlar bilan to‘ldirib yuborish mumkin emas, jumladan foyda keltirgan bo‘limlar haqida qo‘shimcha buning sabablarini yorituvchi ma’lumotlar berish noo‘rindir, chunki ularga boshliqlar muhtoj emas. Qanchalik jadvallar sodda shaklda tuzilsa, shunchalik ulardagi ma’lumotlarni talqin etish oson bo‘ladi.

    Ammo bunday soddalashtirish me’yorda bo‘lishi kerak, bu esa jadval va grafiklar tuzish qoida-tartiblarida belgilanadi.

    4. Statistik ma’lumotlarni tasvirlovchi diagramma va chizmalarga nazar tashlash, ular ustida fikrlashga qaraganda nafaqat oson va qulay, balki shu bilan birga tafsilotlarni yozma yoki og‘zaki bayon qilishga nisbatan ko‘proq taassurot qoldiradi. Kuzatuvchi o‘zining ko‘rib sezish qobiliyatidan foydalanib shakllardagi, tashqi qiyofadagi va jismoniy kattaliklardagi o‘xshashlik va farqlarni tezroq ilg‘ab oladi, ikir-chikirlaridan esa chetlanadi. Ammo diagramma va tasvirlar yordamida statistik ma’lumotlarni soddalashtirish va yuzakilashtirishning ma’lum chegarasi (optimal me’yori) mavjud. Bu me’yor grafiklarda ifodalangan tasviriy mutanosibliklar haqiqatda ma’lumotlarda kuzatiladigan nisbatlar va xususiyatlarga qanchalik mos kelishi bilan belgilanadi. Undan oshirib yuborish muayyan tasviriy vositalarini suiiste’mol qilish ya’ni ulardan yomon niyatda foydalanish hisoblanadi. Nazar tashlash, ko‘rish odamzod idrokini chalg‘itishi, noto‘g‘ri fikrga olib kelishi mumkin.


    A


    B

    C

    X

    Y

    Z

    C


    D

    B

    A

    E


    D

    4.1-chizma. 4.2-chizma. 4.3-chizma.


    4.1-chizmada XYZ chizig‘ida qaysi kesim XY yoki YZ uzun? Ko‘rinishda XY kesimi uzunroqqa o‘xshaydi, aslida esa ikkala kesim tengdir. 4.2-chizmada AE chizig‘i EB chizig‘iga qaraganda uzunroqqa o‘xshaydi, aslida ular teng. 4.3-chizmada CD tik chiziq yotiq AB chizig‘idan uzunroq ko‘rinadi, haqiqatda esa ular teng. Hurmatli o‘quvchilarimiz chizg‘ich bilan o‘lchab tekshirib ko‘radilar degan umiddamiz. Bevosita birgina diagramma va tasvirlarning o‘zi ko‘zning aldanishiga, chalg‘ishiga sabab bo‘libgina qolmasdan, ularga yuzaki nazar tashlash, sinchiklab qaramaslik ham bunday soxta tassurotga sabab bo‘ladi. Aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmasdan puch hayollarga berilib, xomaki fikrlarning tasdiqini diagramma va tasvirlar orqali yuzaga chiqarish uchun intilish aslo noto‘g‘ri harakatdir. Bunday ojizlik odamzod tabiatida uchrab turadigan nuqsonlardan biri bo‘lib, diagramma va tasvirlar tuzish qoidalari esa ularning oldini olish uchun samarali chora hisoblanadi.
    Nazorat va mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar.


    1. Statistik jadvallar deganda nimani tushunasiz? Ular so‘z bilan bayon etishga qaraganda afzalliklarga egami?

    2. Statistik jadval qanday unsurlardan tarkib topgan? Uning ega va kesimi deganda nima tushuniladi? Jadval maketi deganda-chi?

    3. Statistik jadvallarning qanday turlarini bilasiz?

    4. Oddiy jadvallar nima? Gruppoviy-chi? Kombinatsion jadval-chi?

    5. Talabalar davomati qayd qilinadigan jurnal qanday jadval turiga misol bo‘ladi? Reyting daftarchangiz-chi? Reyting jurnali-chi?

    6. Kursdoshlaringiz o‘zlashtirishi bilan davomati o‘rtasidagi bog‘lanish natijalari keltirilgan jadval qaysi jadval turiga misol bo‘ladi?

    7. Kursdoshlaringiz fanlarni o‘zlashtirish jarayonini tasvirlaydigan kombinatsion jadval maketini tuzing?

    8. Kombinatsion jadval gruppaviy jadvalga nisbatan qanday afzalliklarga va nuqsonlarga ega?

    9. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti shakllanish jarayonini tasvirlash uchun oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadval maketlarini tuzing.

    10. O‘zbekiston Respublikasining 2005 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari degan statistik yilnomada keltirilgan jadvallardan qaysilari oddiy, gruppaviy va kombinatsion jadvallarga misol bo‘ladi.

    11. Gruppangizda 20 talaba bo‘lib, 11 kishi qizlar, 9 kishi o‘g‘il bolalar, qizlar orasida a’lochilar 7 ta, o‘g‘il bolalar ichida esa 3 ta, o‘g‘il bolalar ichida 40% darslarga yomon qatnashgan, qizlar orasida esa 15%, buning ustiga yomon qatnashganlar ichida 50% o‘g‘il bola va 10% qiz bola yil davomida mustaqil o‘z ustida kam ishlagan. Bu ma’lumotlarni jadval shaklida bayon eting.

    12. Yuqoridagi (11chi) ma’lumotlar asosida turli diagrammalar tuzing.

    13. Statistik grafiklar deganda nima tushunasiz?

    14. Grafik unsurlarini sanab chiqing va ularning funksiyasini tushuntirib bering.

    15. Grafiklar qanday turlarga ajraladi?

    16. Hodisalarning vaqt bo‘yicha o‘zgarish ko‘rsatkichlari qanday diagrammalar yordamida tasvirlanadi? Ularning tuzilishi-chi? Ular orasida o‘zaro bog‘lanish-chi?

    17. Aholi jon boshiga paxta va don ishlab chiqarish hajmini mamlakatlararo, viloyatlararo va ho‘jaliklararo taqqoslash uchun qanday diagramma turidan foydalanish mumkin?

    18. Chiziqli diagrammalarning qanday turlari mavjud va ular qanday tartibda tuziladi? Bu diagrammalar yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?

    19. Ustun (yoki tasma) shaklli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlash mumkin?

    20. Sektorli diagrammalarni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering. Ular yordamida qanday jarayonlarni tasvirlaysiz?

    21. Doira va kvadrat shaklli diagrammalar qachon qo‘llanadi? Ularni tuzish tartibini bir misolda tushuntirib bering.

    22. Iqtisodiy nazariyadan sizga ma’lum bo‘lgan Lorens egri chizig‘i qanday diagramma turiga misol bo‘ladi? Uni tuzish tartibini bilasizmi?

    23. O‘zbekiston aholisining jinsi-yoshi bo‘yicha taqsimotini qandan diagramma shaklida tasvirlash mumkin? Aholi jinsi-yoshi piramidasini chiza olasizmi?

    24. Tasvirli diagrammalar qanday tartibda tuziladi? Reklamalarda ular qo‘llaniladimi?

    25. Xaritogramma va xaritodiagramma nima va qanday maqsadda tuziladi?

    26. Markazgramma nima, u xaritogrammadan qanday farq qiladi?

    27. Jadval 4.1 ma’lumotlarini turli diagrammalar orqali tasvilang.

    28. O‘zbekiston Respublikasining 2005 yilda ijtimoiy- iktisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatgichlari degan statistik to‘plamda viloyatlar bo‘yicha chorvachilik mahsulotlarni yetishtirish (go‘sht, sut va tuxum) hajmi ko‘rsatilgan (38 va 39 betlar). Ularni xaritogramma va xaritodiogramma shaklida tasvirlang.


    Asosiy adabiyotlar


    1. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт, 2003, 157-179 бетлар.

    2. Общая теория статистики. Под.ред. Р.А.Шмайловой. М.: Финансы и статистика, 2005.

    3. Макарова Н.В. Статистика в Excel. – М.: Финансы и статистика, 2003, 368 с.

    4. Абдуллаев Ё.А. Статистиканинг умумий назарияси. Дарслик. – Т.: Ўќитувчи, 2002.

    5. Д.Ф.Лифшиц. Статистические таблицы. М.: Госстатиздат, 1968

    6. Герчук Я.П. Графики в математико-статистическом анализе. М.: Статистика, 1972.

    7. МЭСИ (www.mesi.ru).

    8. www.stat.uz.


    II-QISM. ANALITIK STATISTIKA
    V bob. STATISTIK TASNIFLASH VA GURUHLASH USLUBIYATI
    5.1. Statistik tasniflashning mohiyati va ahamiyati
    Tasniflash va guruhlash statistik to‘plamlar tuzish va ularni chegaralash bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ommaviy hodisa va jarayonlarni o‘rganish hamda statistik axborotlarni yaratishning muhim qurolidir. Bu usul statistik kuzatish natijasida olingan besanoq, tarqoq, tasodifiyot girdobida o‘ralashib qolgan hom boshlang‘ich materiallar asosida ixcham bir-biri bilan uzviy bog‘langan, ma’lum tartib qoidalarga, qonuniyatlarga bo‘ysungan, tuzilmaviy shakllarga ega to‘plamlar barpo etish imkonini beradi.


    Tasniflash – bu o‘rganilayotgan hodisalarni tartiblash maqsadida ularning muhim belgilariga qarab guruhlarga, turkumlarga va hokazolarga ajratishdir.

    Statistikada tasniflash deganda o‘rganilayotgan narsalar va hodisalarni tartiblash maqsadida ularning tabiati, o‘xshashlik va farqlovchi xususiyatlariga qarab ma’lum qismlarga, guruhlarga, sinflarga, turkumlarga, turlarga taqsimlash tushuniladi. Taqsimlash asosi qilib olingan belgi yoki belgilar to‘dasi tasniflash belgisi, ularning har bir sohibi tasniflash birligi deb ataladi.

    Statistik tasniflash hamma sohalarda qo‘llaniladi va turlicha nomlar bilan yuritiladi. Sotsial-iqtisodiy statistikada ijtimoiy-iqtisodiy tasniflashlar tizimi ishlab chiqilgan, ularning milliy va xalqaro standartlari ham mavjud. Iqtisodiy tasniflashlarni EHM yordamida amalga oshirish uchun tasniflagichlar yaratilgan.




    Tasniflagich - bu ma’lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning tartiblashtirilgan ro‘yxatidir.

    Statistikada tasniflagich deb ma’lum tasniflashga muvofiq kodlar bilan nishonlangan obyektlarning (iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari, korxonalar, faoliyat turlari, tovar va xizmatlar, budjet daromadlari va xarajatlari, kasb-hunarlar, asosiy fondlar va h. k.) tartiblashtirilgan ro‘yxati (sanoqnomasi) yuritiladi. Kod - bu tasniflash guruhlari va obyektlarini belgilash uchun qabul qilingan shartli nishon yoki alomatlar to‘plami. U obyekt nomi o‘rnini bosadi va uni identifikatsiyalash (tasniflashdagi o‘rnini, qaysi tavsif guruhiga mansubligini aniqlash) vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

    Hodisa va obyektlarni ma’lum sinf va guruhlarga mansubligini belgilash uchun tasniflagich uchun batafsil yo‘riqnoma va lug‘atlar tuziladi.

    Nomenklaturada tasniflagichga qo‘shimchalar kiritiladi va u har taraflama batafsillashtiriladi. Nomeklatura - bu obyektlar va ularning guruhlarini standart shakldagi ro‘yxatidir (sanoqnomasi). Masalan, tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasida tashqi savdo obyekti bo‘ladigan tovar va xizmatlar ularning guruhlari va turlari bo‘yicha batafsil nomma-nom ko‘rsatiladi.

    Tasniflash odatda atributiv belgilar asosida tuziladi va barqarorlik xislatiga ega bo‘lib, uzoq muddat davomida xizmat qiladi. U faset yoki ieriarxik (pog‘onama-pog‘ona) usuli yoki ikkala usul birikmasi yordamida barpo etiladi. Shu jihatdan tasniflagichlarni faset yoki ieriarxik tuuilma turlariga ajratish mumkin.


    Faset - har bir tasnif birliklarini nomma-nom yozib chiqish ro‘yxati.

    Faset - (fr. Facette) so‘zi lug‘aviy jihatdan biror narsaning, masalan geometrik shakl, oyna va hokazo qirrasini anglatadi. Tasniflashda bu so‘z ro‘yxat, ma’lum tartibda nomma-nom sanash ma’noga ega. Har bir faset tasniflash obyektlarini bir belgi asosida ketma-ketlik tartibida sanab chiqish yo‘li bilan tuziladi. Faset shaklida tuzilgan tasniflashga dunyo mamlakatlarini xalqaro standart tasniflanishi misol bo‘la oladi. Unda butun dunyo mamlakatlari uch fasetda - 1) bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar; 2) bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar va 3) bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab ro‘yxati beriladi.


    Ierarxik tasniflash - bu birliklarning bir-biriga bo‘ysungan holda tasniflarini tuzish demak.

    Tasniflashning ierarxik (pog‘onama-pog‘ona) tuzilmaviy usulida obyektlar majmuasi bir-biriga bo‘ysungan tasnif guruhlariga ma’lum ketma-ketlikda taqsimlanadi. Dastlab ular bir belgi asosida yirik guruhlarga, keyin ikkinchi belgi asosida har bir yoki ayrim yirik guruh doirasida kichik guruhlarga, so‘ngra ularning chegarasida sinflarga, va shu tartibda turlicha darajali qismlarga ajratiladi. Natijada tasniflash obyekti batafsil tavsiflana boradi.

    Iqtisodiy tasniflashlar tizimi statistik axborotlarni tartiblash, tahlil qilish, saqlash va samarali izlashning muhim vositasidir. Qo‘llanish uchun majburiy hisoblanadigan asosiy tasniflashlar standart kuchiga ega. Ular odatda statistika tashkilotlari tomonidan axborot iste’molchilari bilan kelishgan holda yaratiladi va xalqaro darajada garmonizatsiyalash (uyg‘unlashtirish) predmeti hisoblanadi.

    O‘zbekiston davlat statistikasida quyidagi asosiy iqtisodiy tasniflagichlar qo‘llanadi: tovar va xizmatlar, iqtisodiy faoliyat turlari, korxona va tashkilotlar, xalq xo‘jaligi tarmoqlari, boshqaruv hujjatlari, davlat boshqaruv tashkilotlarining belgilari, budjet daromadlari va xarajatlari, mulk shakllari, tashkiliy-huquqiy shakllar, ma’muriy-hududiy bo‘linmalar obyektlari, mahsulotlarni (xizmatlar, ishlar) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlari, asosiy aktivlar (fondlar) va boshqa narsalarning tasniflagichlari. Eskirib qolgan tasniflagichlar yangi sharoitga moslashtirilib xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilmoqda, yangilari esa yaratilmoqda.


    5.2. Statistik guruhlash
    Iqtisodiy tasniflagichlar uzoq davr davomida qo‘llanib, joriy va yillik statistik tekshirishlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi. Ulardan farqli o‘laroq, guruhlash muayyan tekshirish maqsadlari uchun, ayrim masalalarni unda yoritish uchun amalga oshiriladi. Ko‘pincha guruhlash miqdoriy belgilar asosida tuziladi. Ular atributiv belgilar asosida ham quriladi, ammo bu holda ko‘proq taqsimot qatorlari shakliga ega bo‘ladi, muqobillik qoidasiga binoan tuzish ham tez-tez uchrab turadi.


    Statistik guruhlash - bu o‘rganilayotgan hodisalarni muhim belgilariga qarab bir xil (turdosh) guruhlarga birlashtirishdir.

    Statistikada guruhlash deb o‘rganilayotgan hodisalarni (obyektlarni, birliklarni) muhim belgilariga asoslanib turdosh (sifatdosh) guruhlarga (to‘plamlarga) birlashtirish yuritiladi. Masalan, aksioner kompaniyalarni dividend to‘lash darajasiga qarab guruhlarga ajratish.

    Guruhlash statistik kuzatish natijasida to‘plangan ma’lumotlarni keyinchalik qayta ishlash va turli statistik to‘plamlarni hosil qilish zaminida yotadi. Tuzilgan har bir guruh (to‘plam) uchun umumiy va o‘rtacha ko‘rsatkichlar hisoblanadi, ularni bir-biri bilan taqqoslab guruhlar orasidagi farqlarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi, turli belgilar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar tahlil qilinadi. Agarda to‘plangan ma’lumotlarni jamg‘arib umumiy ko‘rsatkichlar olish bilan chegaralansak, u holda ular turli statistik to‘plamlarga tegishli bo‘lishi mumkin, natijada ularning tuzilishi va xususiyatlarini aniqlay olmaymiz.



    Guruhlashning ahamiyati shundaki, u ma’lumotlarni umumlashtirish va tasavvur qilish uchun ixcham, yaqqol shaklda taqdim etishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, guruhlash ma’lumotlarga turli jihatdan ishlov berish va tahlil qilish uchun asos yaratadi. Buning uchun guruhlarni bunyod etish belgisi yoki belgilarini tanlash, tuziladigan guruhlar soni va ularning chegaralarini aniqlash ilmiy tartib-qoidalarga tayanishi kerak. Statistika bunday ilmiy prinsiplarni yaratgan, ular ichida eng asosiylari quyidagilardan iborat (5.1-tarh).


    5.1.-tarh. Guruhlashning asosiy qoidalari.




    Guruhlashda miqdoriy o‘zgarishlar orqali sifat o‘zgarishlarini oydinlashtirish uchun guruhlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishini ta’minlash zarur.


    Guruhlash belgilari qilib ko‘zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan muhim belgilar ya’ni o‘rganilayotgan hodisalarning tub bog‘lanishlarini ifodalovchi belgilar olinishi kerak. Shu bilan birga guruhlashni konkret sharoitga moslashtirish, ya’ni sharoit o‘zgarishiga qarab guruhlashni tuslantirib, uning belgilarini o‘zgartirish - bir sharoitda guruhlarni bir belgi asosida tuzib, ikkinchi sharoitda boshqa unga mos keladigan belgilarga tayanish zarur.

    Masalan, ekstentiv takror ishlab chiqarish sharoitida ishchilar soni korxona miqyosini belgilash uchun muhim belgi hisoblansa, intensiv sharoitda, ya’ni ilmiy-texnika jarayoni sharoitida u ikkilamchi bo‘lib qoladi, chunki ishlab chiqarish miqyosi yangi texnika qo‘llanishi, yuqori mehnat unumdorligi darajasi bilan belgilanadi. Agarda lalmikor yerlarda don ishlab chiqarish hajmi ekin maydonga asosan bog‘liq bo‘lsa, sug‘orma yerlarda ekin maydonga ko‘proq ishlov berib (o‘z vaqtida sug‘orish, o‘g‘itlar berish va h.k.) yuqori hosil olishga bog‘liqdir. Shuning uchun fermer ho‘jaliklari faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishda lalmikor sharoitda don ishlab chiqaruvchi ho‘jaliklarni ekin maydoni bo‘yicha, sug‘orma dalachilik sharoitida faoliyat qilayotgan ho‘jaliklarni esa don hosildorligi (1 ga maydondan olingan hosil) bo‘yicha guruhlash ayni muddaodir.


    Ayrim guruhlarni ta’riflovchi ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishi uchun ularga mansubli birliklar soni yetarli miqdorda bo‘lishi kerak.

    Ayrim guruhlar uchun hisoblanadigan umumiy ko‘rsatkichlar tipik va barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun har bir guruhga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda (5 birlikdan kam bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak, chunki bu holda umumiy ko‘rsatkichlarda tasodifiy kuchlar ta’siri o‘zaro qirqiladi va qonuniyat, tipik jihat yaxshiroq namoyon bo‘ladi. Boshqa tomondan, biror guruh to‘plam birliklarining yarmidan ko‘proq qismini qamrab olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, aks holda guruhlashning muhim prinsipi (qoidasi) - bir guruhga tegishli birliklar orasidagi farqlar har xil guruhlarga tegishli birliklar orasidagi farqlardan katta bo‘lmasligi haqidagi talab buziladi, demak, bunday guruh turdosh bo‘lmagan birliklarni ham o‘z ichiga oladi.


    Guruhlar soni ko‘p - variantli yechim asosida belgilanishi kerak.



    Guruhlar sonini to‘g‘ri belgilash guruhlash samarali bo‘lishi uchun muhim garovdir. Bu masalani ko‘pvariantlik qoidaga tayanib yechish eng yaxshi yo‘l hisoblanadi. Guruhlash variantlari orasidan eng qoniqarligini ajratib olayotganda tanlash mezoni qilib olish mumkin. Bu yerda -o‘rganilayotgan belgining guruhlararo dispersiyasi, - o‘rtacha ichki (qoldiq) dispersiya. Guruhlar sonini belgilayotganda, yuqorida ta’kidlangandek, barcha guruhlarga tegishli birliklar soni yetarli miqdorda bo‘lishi, biror guruhga hamma birliklarining yarmidan ko‘prog‘i tegishli bo‘lmasligi va o‘rtada joylashgan guruhlarda chetki guruhlarga nisbatan birliklari soni ko‘proq bo‘lishi zarurligini e’tiborga olish kerak.

    Ayrim darsliklarda11 guruhlar sonini G.A. Sterjess formulasi va G. Bruks hamda N. Karuzers formulasi K=5lgN (bu yerda: lg - o‘nlik logarifm, ln - natural logarifm, N-berilgan to‘plam birliklar soni, K - guruhlar soni) yordamida aniqlash tavsiya etilgan. Ammo bu formulalar variatsion qatorlarni tuzish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan to‘plam birliklar soni 100 dan ko‘proq N100 va guruhlash bir belgi asosida tuzilganda foydalanish mumkin. Formulalardan foydalanish uchun yana bir shart ayrim birliklarda guruhlash belgisi bir ohangli o‘zgaruvchan qiymatlarga ega bo‘lishi kerak.


    Guruhlar oralig‘ining chegarasi - bu ayrim guruhlarga tegishli birliklar sonini to‘g‘ri aniqlash garovidir.

    Guruhlar oralig‘ining chegarasi masalasiga kelsak, uni ikki shaklda yechish mumkin: biri - hamma guruhlar uchun oraliqni teng miqdorda belgilash, ikkinchisi - uni tengmas shaklda, ko‘payib yoki ozayib keluvchi miqdorlarda ifodalash. Birinchi holda guruh oralig‘i quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



    Bu yerda: xmax - guruhlash belgisining eng katta qiymati;

    xmin -uning eng kichik qiymati,

    k-tuziladigan guruhlar soni.

    Guruhlar oralig‘i teng bo‘lmagan shaklda belgilanayotganda ularni teng miqdorda birliklar bilan to‘ldirish ayni muddao hisoblanadi. Bu holda berilgan to‘plam guruhlarga teng sonda birliklarni taqsimlash yo‘li bilan ajratiladi, ya’ni m = N:k

    Bu yerda: m - harbir guruhga tegishli birliklar soni;

    N-umumiy to‘plam birliklari soni;

    k-tuziladigan guruhlar soni.

    Buning uchun dastlab to‘plam birliklari guruhlash belgisining qiymatlari asosida ranjlashtiriladi, ya’ni tartib soni bo‘yicha ularning qatori (ro‘yxati) tuziladi, so‘ngra har «m» ta birliklar sanalib, ulardan birinchi, keyin ikkinchi va h.k. guruhlar tuziladi.


    Download 7,16 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

    Download 7,16 Mb.