• XIII bob . IQtisodiy balanslar
  • 13.1. Statistikada balans usulining mohiyati va ahamiyati
  • Statistikada balans - bu o‘zaro bog‘langan, muvofiqlashtirilgan ko‘rsatkichlar va hisoblashlar tizimidir.
  • Iqtisodiy balans turlari va ularni tasniflanish
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




    Download 7,16 Mb.
    bet269/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   275

    Asosiy adabiyotlar





    1. Ефимова Н.В. Практикум по общей теории статистики. 2-из. – М.: Финансы и статистика, 2006, 336 с.

    2. Соатов Н.М., Тиллахўжаева Г.Н. Бозор жараёнларининг индекс таҳлили – Т.: ТДИУ, 2005, 250 б.

    3. Соатов Н.М. Статистика. Дарслик. – Т.: Тиббиёт нашриёти, 2003, 567 – 628-б.

    4. Макарова Н.В. Статистика в Eхcel. – М.: Финансы и статистика, 2003, 368 с.

    5. Г.В.Ковалевский. Индексный метод в экономике. -М.: Финансы и статистика, 1989, 239-б.

    6. П.Кёвеш. Теория индексов и практика экономического анализа. Перев. с анг. -М.: Финансы и статистика, 1990, 303 б.

    7. Р.А.Аллен. Экономические индексы. Перев. с анг. -М.: Статистика, 1980, 256 б.

    XIII bob. IQtisodiy balanslar
    Balans so‘zi fransuzcha “balance” so‘zidan kelib chiqib, tarozi degan lug‘aviy ma’noga ega. Balanslashtirish - demak, barqarorlikni ta’minlash, tomonlarni tenglashtirish, bir-biriga muvofiqlashtirish, ixtiloflikni yo‘qotib muvozanat holga keltirishdir.
    13.1. Statistikada balans usulining mohiyati va ahamiyati
    Iqtisodiyot juda murakkab ko‘p qirrali tushuncha bo‘lib, u turli tuman faoliyat turlarini, ho‘jalik yurituvchi subyektlar va ularning say-harakatlarini, ular orasidagi o‘zaro munosabatlarni, kundalik turmushimizda sodir bo‘ladigan besanoq hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Zohiriy hodisa va jarayonlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar ko‘pincha additiv shaklda kechadi. Ular, bir tarafdan, birin-ketin sodir bo‘lib bir-biriga qo‘shilib, kattalashib boradi, ikkinchi tomondan esa asta-sekin bir-biridan ayirilib, umumiylikdan ajralib kichiklashib turadi. Iqtisodiy tizim hodisalarida kuzatiladigan bunday qarama-qarshi say-harakatlar, o‘zgarishlar ularni doimo muvofiqlashtirib turishni, o‘zaro bog‘lab yagona muvozanat holatga keltirishni talab qiladi. Iqtisodiy balanslar ana shunday maqsad uchun xizmat qiladi. Ular iqtisodiyot qarama-qarshi tomonlarini bir-biriga moslashuv jarayonlarini tasvirlaydi.


    Statistikada balans - bu o‘zaro bog‘langan, muvofiqlashtirilgan ko‘rsatkichlar va hisoblashlar tizimidir.

    Statistikada balans deganda o‘zaro bog‘langan va bir-birini taqozo etuvchi hisoblashlar va ko‘rsatkichlar tizimi tushuniladi. Har qanday balansni tuzish jarayoni ikki qarama-qarshi qutblarni, o‘zaro zid tomonlarni bir-biriga tenglashtirib moslashtirish, uzviy muvofiqlashtirib muvozanat holga keltirishdan iborat.

    Bu yerda kirim va chiqimlarni, turli resurslar: moddiy, tabiiy, moliyaviy, mehnat va boshqalar bilan ulardan foydalanishni, mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi va ularga talablarni, tovar va xizmatlar eksporti va importini, tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan to‘lovlar va kirimlarni, iqtisodiy aylanmaga chiqarilgan pullar va tovarlar qiymatini, ishlab chiqarish bilan iste’mol va jamg‘armalarni muvofiqlashtirish nazarda tutiladi. Ammo balans usulining mohiyatini iqtisodiy hodisalarning ikkita o‘zaro bog‘langan tomonlarini bir-biriga miqdoriy muvozanatlashtirishga olib borib taqash mumkin emas. U jamiyat hayotida haqiqatda mavjud bo‘lgan barcha iqtisodiy bog‘lanishlar va proporsiyalarni aniqlash va ta’minlash usulidir. Mohiyatan bu usul nafaqat bozor iqtisodiyotining turli tomonlari va jarayonlari yagonaviyligiga tayanadi, balki shu bilan birga undan kelib chiqadi. Balans usuli mikroiqtisodiy darajada ham, makroiqtisodiy miqyosda ham keng qo‘llanadi. Mikroiqtisodiy darajada bu usul yordamida ho‘jalik yurituvchi subyektlarning daromadlari va xarajatlari orasidagi proporsiyalar, faoliyatga jalb qilingan turli xil mablag‘larning tuzilishi va joylanishi bilan ularning tashkil topish manbalari va foydalanish ko‘rsatkichlari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar o‘rganiladi. Korxona va tashkilotlarda yuritiladigan buxgalteriya hisobining barcha hisoblama (schet)lari balans usuliga tayanadi.

    Mamlakat va mintaqalar miqyosida turli xil makroiqtisodiy balanslar tuziladi, ular iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari rivojlanishidagi proporsiyalarni, ishlab chiqarish, iste’mol va jamg‘arish orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarining shakllanishi va tuzilishi hamda ulardan foydalanish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aks ettiradi.

    Bozor iqtisodiyotining tub xususiyatlari moddiy va tarmoqlararo balanslar bilan bir qatorda moliyaviy balanslar tuzish zaruriyatini yuzaga chiqaradi.

    Moliyaviy balanslarni pulda ifodalangan moddiy balanslar bilan almashtirib yuborish, ularni bir-biriga tenglashtirish mumkin emas. Moliyaviy balanslar - bu shunday balanslarki, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning moliyaviy tarafini va pul - moliya resurslarining harakatini tasvirlaydi. Bu balanslarga misol qilib, davlat budjeti ijrosi, korxonalar, tashkilotlar, vazirlik va idoralarning daromadlari va xarajatlari balansi, uy ho‘jaliklarining pul daromadlari va xarajatlari balansi, Markaziy Bankning kredit - kassa rejalarining ijrosi, mamlakatning umumiy moliyaviy balansini ko‘rsatish mumkin. Makroiqtisodiy miqyosda tuziladigan moliyaviy balanslar yalpi milliy daromad barpo etish, taqsimlash va foydalanish jarayonining turli jihatlarini oydinlashtirish, iqtisodiy - doiraviy aylanmaga faol ta’sir etish, milliy iqtisodiyot va uning sektor hamda tarmoqlari, viloyatlar va iqtisodiy hududlar, ma’muriy-hududiy tuzilmalar rivojlanishida ilmiy asoslangan proporsiyalarni ta’minlash imkonini beradi.

    Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va proporsiyalarni aniqlash, to‘g‘ri va teskari tarmoqlararo va hududlararo o‘zaro bog‘lanishlarni belgilash uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va taqsimlash tarmoqlararo va hududlararo shaxmat balanslari katta ahamiyatga ega. Ular zaminida chiziqli tenglamalar tizimini EHM yordamida tuzish va yechish yotadi. Balans usulini doimo takomillashtirish va qo‘llanish doirasini kengaytirish muhim nazariy va amaliy masaladir.


      1. Iqtisodiy balans turlari va ularni tasniflanish

    Iqtisodiy hodisalar holati, tuzilishi, harakati, foydalanish va rivojlanish jarayonlarini bir-biri bilan uzviy o‘zaro bog‘lanishda o‘rganish uchun turli tuman balanslar tuziladi. Ayniqsa, makroiqtisodiy statistikada balans usuli juda keng ko‘lamda qo‘llaniladi. Balanslar makroiqtisodiy hisoblashlar va ko‘rsatkichlarni ilmiy asosda ishlab chiqish va tahlil qilishning asosiy uslubidir.

    Iqtisodiy balanslar o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, ifodalanish shakllari, qamrab olinish miqyosi, holati va rivojlanish darajasi, vaqt oralig‘iga tegishli va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Bu esa ularni tasniflash, turlarga ajratish uchun imkoniyat yaratadi.


    Dinamik balans - bu iqtisodiy hodisalar harakati natijasida ularning holati, tuzilishi hamda ulardan foydalanishdagi o‘zgarishlarni bir-biriga muvofiqlashtiruvchi quroldir.

    Balanslar iqtisodiy hodisalar tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishlarini muayyan holatda yoki rivojlanishda tavsiflashlari mumkin. Shunga qarab ular dinamik va statik balanslarga bo‘linadi. Dinamik balanslar o‘rganilayotgan hodisalar harakatlanishi natijasida ularning tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishlaridagi o‘zgarishlarni tasvirlaydi. Masalan, aholi soni va tuzilishining yillik balansi, ho‘jalik yurituvchi subyektlarning soni va tuzilishining yillik demografik balansi, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlarining chorak va yillik balanslari, ayrim tovar resurslari va yoqilg‘i turlarining natural balanslari, ishchi kuchlar harakati va ish vaqtidan foydalanish balanslari, milliy hisobchilikda amalga oshiriladigan turli balanslama hisoblashlar va h.k.

    Umumiy ko‘rinishda bu balanslarni quyidagicha ifodalash mumkin:15


    B+K=-Ch (13.1)

    Bu yerda: V - davr boshiga zaxira (masalan, yil boshiga hodisa miqdori, qoldig‘i);

    K - davr davomida kirim (masalan, yil davomida hodisa miqdorining ko‘payishi);

    O - davr oxiriga zaxira (masalan, yil oxiriga hodisa qoldig‘i, miqdori);

    Ch-davr davomida chiqim (masalan, yil davomida hodisa miqdorining kamayishi).

    Bu balansning kirim va chiqim qismlari o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, harakatlanish xususiyatlariga va tekshirish maqsadlariga qarab turlicha tafsilotga ega bo‘ladi. Masalan, aholi umumiy yillik balansida V aholining yil boshiga soni O uning yil oxiridagi soni bo‘lsa, K - yil davomida tug‘ilgan bolalar soni, yil davomida boshqa joylardan kelganlar soni, Ch - yil davomida vafot etgan kishilar soni, yil davomida boshqa joylarga ketganlar soni. Ammo bu balansda aholining yashash joyi, jinsi va yoshi bo‘yicha taqsimlanishini ham aks ettirish zarur bo‘lsa, u holda aholining yil boshi va oxiridagi soni har bir guruh uchun ajratib ko‘rsatiladi. Kirim esa yil davomida tug‘ilgan bolalar soni, qishloqlardan shaharlarga va aksincha shaharlardan qishloqlarga kelgan ayollar va erkaklar soni, bir yoshdan ikkinchi yoshga ko‘chgan ayollar va erkaklar sonidan tarkib topadi. Chiqim esa yil davomida muayyan yoshda qishloq va shaharlarda vafot etgan, qishloqlardan shaharlarga va aksincha shaharlardan qishloqlarga ketganlar hamda katta yoshga kichik yoshdan ko‘chgan ayollar va erkaklar sonidan tuziladi. Ho‘jalik yuritiuvchi subyektlarning demografik balansida yil boshi va oxiriga bor bo‘lgan korxonalar soni mulk va tashkiliy-huquqiy shakllari bo‘yicha taqsimlab beriladi. Kirim qismi quyidagi moddalardan tashkil topadi: davlat korxona va tashkilotlarini privitatsiyalash, yangi korxonalarni ishga tushirish - jami va shu jumladan, davlat registrida a) hisobot davrida b) o‘tgan davrlarda qayd qilingan, mulk va tashkiliy-huquqiy shakllarni o‘zgartirish. Balansni chiqim tomoni joriy davr davomida faoliyat to‘xtatish va davlat registridan chiqarish, bir mulk va tashkiliy -huquqiy shakldan ikkinchisiga o‘tish moddalarini o‘z ichiga oladi.

    Ayrim tovar resurslarining (taklif) yillik natural balansida yil boshi va oxiriga bo‘lgan zaxiralardan tashqari kirim qismida: yil davomida milliy iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va mulk shakllarida ishlab chiqarish, import, transfertlar olish, chiqim qismida: yil davomida iqtisodiy va tabiiy yo‘qotish va talofatlar o‘z ifodasini topadi.



    Statik balans muayyan payt holatida murakkab hodisalar tuzilishi va joylanishi bilan ularni tarkib topish manbalari foydalanish ko‘rsatkichlarini o‘zaro muvofiqlash jarayonini tasvirlaydi.

    Statik balanslar muayyan paytda murakkab hodisalar tuzilishi va joylanishi, ularni shakllanish manbalari va foydalanish qanday holatda ekanligini tasvirlaydi. Masalan, aholi ro‘yxatida belgilab qo‘yilgan hisobga olish paytida muayyan uy-joyda mavjud bo‘lgan kishilarni yoki doimiy yashovchilarni qayd qilish mumkin. Bu holda doimiy aholi va mavjud aholi soni bir-biriga teng bo‘lmaydi. Chunki doimiy yashovchilardan ayrimlari ro‘yxat paytida boshqa joylarda bo‘lishi (vaqtincha ketgan aholi), mavjud kishilar ichida esa vaqtincha boshqa joylardan kelganlar (vaqtincha yashovchi aholi) bo‘lishi mumkin. Natijada doimiy yashovchilardan ro‘yxat paytida mavjud bo‘lganlar soni (13.1a) tenglik bilan ifodalanadi:
    B-K=-Ch (13.1a)

    Bu yerda V - uy joyda ro‘yxat paytida mavjud bo‘lgan aholining umumiy soni.

    K - o‘sha paytdagi vaqtincha kelganlar soni.

    O - muayyan uy-joyda doimiy yashovchi aholining umumiy soni.

    Ch - ulardan ro‘yxat paytida yo‘q bo‘lganlar soni.

    O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning iqtisodiy tabiati va xarakteri jihatidan iqtisodiy balanslar demografik balanslarga, iqtisodiyotda tabiiy resurslardan foydalanish balanslariga, mehnat, moddiy va moliyaviy balanslarga bo‘linadi.

    Tabiiy resurslardan foydalanish balanslariga O‘zbekiston yer maydoni, shu jumladan qishloq xo‘jaligida foydalanish va undan sun’iy sug‘orish uchun yaroqli yerlar zaxirasidan ho‘jalikda foydalanish balansi, iste’mol uchun yaroqli oqma va yer osti suvlari zaxirasidan iqtisodiyot tarmoqlarida va aholi iste’moli uchun foydalanish O‘zbekiston suv xo‘jaligi balansi, o‘rganilgan yer osti boyliklari zaxirasidagi ho‘jalikda foydalanish jarayonini ta’riflaydigan foydali qazilmalar balanslari kiradi. Ularning ko‘rsatkichlar tizimi va tuzish uslubiyati maxsus fanlar tomonidan ilmiy ishlab chiqilgan. Masalan, O‘zbekiston yer balansi va suv xo‘jaligi balansini tuzish uslubiyati qishloq xo‘jaligi statistikasida bayon etiladi.

    Mehnat balanslari mehnat resurslari va ulardan foydalanish, ishlovchi kuchlar harakati va ulardan foydalanish, ish vaqti fondlari va ulardan foydalanish, ish haqi fondlari va ulardan foydalanish balanslari, mehnatning (ishlovchi kuchlarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti va mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanish) tarmoqlararo va hududlararo balanslarini o‘z ichiga oladi. Umuman bozor iqtisodiyoti nazariyasi jihatidan qaraganda mehnat balanslari toifasiga aholining daromadlari va xarajatlari balansini ham kiritish mumkin, chunki aholi mehnatdagi statusi (holati) jihatidan yollanma ishchilardan, mulk egalaridan, tadbirkorlardan, xususiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilardan va boshqa mehnatga qobiliyatli shaxslardan tarkib topadi, ular yaratgan va olgan daromadlar aholi daromadlarini bunyod etadi. Mehnat balanslarini tuzish va tahlil qilish masalalari mehnat statistikasida batafsil yoritiladi. Ushbu kitobda mehnat resurslari balansini qarab chiqamiz, xolos.

    Moddiy balanslar juda katta turkumni tashkil etadi. Sovet tuzumi qulashidan oldin 2000 dan ortiq moddiy balanslar tuzilgan. Ular tarkibiga asosiy fondlar, ishlab chiqarish quvvatlari, kapital qo‘yilmalar balanslari, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida tovar-moddiy ashyolar zaxirasi va ulardan foydalanish, sanoat va qishloq xo‘jaligi tovar resurslari va ulardan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonida va aholi shaxsiy iste’moli uchun foydalanish, investitsion fondlar va ulardan jamg‘arish uchun foydalanish balanslari va boshqa moddiy balanslar kiradi. Ularning ko‘rsatkichlar tizimi va tuzish tartibi maxsus iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari statistikasiga bag‘ishlangan darslik va o‘quv qo‘llanmalarda batafsil bayon etiladi. Ushbu kitobda asosiy fondlar balanslarini ko‘rib chiqish bilan chegaralanamiz.

    Moliyaviy balans turlari ham ko‘p, ularni tuzish uslubiyati va tahlil qilish yo‘llari moliya statistikasida batafsil yoritiladi.

    Iqtisodiy hodisalarni qamrab olish miqyosiga qarab balanslar mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy balanslarga ajraladi. Ularning mohiyati ustida yuqorida biroz to‘xtaldik. Mikroiqtisodiy balanslar orasida eng muhimi korxona faoliyatini har taraflama umumlashtirib ta’riflaydigan buxgalteriya balansi hisoblanadi.

    Makroiqtisodiy balanslarga kelsak, ularning o‘zaro uyg‘unlashgan holda tuzish va tahlil qilish milliy hisoblamalar tizimining uslubiy asosini tashkil etadi. Balans ko‘rsatkichlari tegishli vaqtiga qarab iqtisodiy balanslar joriy va yillik balanslardan tarkib topadi. Joriy balanslar sodda shakl va qisqa dasturda, umumiy ko‘rsatkichlar asosida tuziladi. Ko‘rsatkichlarni aniqlashda chamalama hisoblashlar, kamini zaxiriy baholash yo‘li bilan to‘ldirish usuli keng qo‘llanadi. Yillik balanslar batafsil dasturda, iqtisodiy hodisa va jarayonlarning turli tomonlarini ta’riflovchi ko‘rsatkichlardan foydalanib tuziladi. Bu holda statistik axborot asosi bo‘lib maxsus tekshirishlar va hisobotlar xizmat qiladi, ayrim ko‘rsatkichlarni aniqlashda kamini baholab aniqlash usuli ham ishlatiladi.

    Iqtisodiy ko‘rsatkichlar qanday shaklda ifodalanishiga qarab balanslar natural va shartli natural hamda pulda (qiymatda) ifodalangan balanslarga bo‘linadi. Natural balanslar ayrim bir turli hodisalar tuzilishi va o‘zaro bog‘lanishlarini o‘rganishda qo‘llanadi. Masalan, chigitli paxta yoki paxta tolasi resurslari va ulardan foydalanish balansi, po‘lat resurslaridan foydalanish balansi va h.k. Shartli natural balanslarga misol qilib to‘yimlik birliklarda tuziladigan chorvachilik yem-xashak resurslari va ulardan foydalanish balansini, shartli kaloriyalarda tuziladigan yoqilg‘i resurslari va ulardan foydalanish balansini ko‘rsatish mumkin. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‘pchilik balanslar pulda ifodalangan ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Makroiqtisodiy balanslar shunday balanslar toifasiga kiradi.



    Har qanday iqtisodiy balans ma’lum darajada tizim hisoblanadi, chunki u o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlardan tarkib topadi. Ammo milliy hisobchilikda tuziladigan balanslar o‘zaro integrallashtirilgan bo‘lib, har biri iqtisodiy doiraviy aylanmaning ayrim jihatlarini o‘zaro bog‘lanishda yoritadi va bir birini taqozo etadi va to‘ldiradi. Demak, iqtisodiy balanslarni oddiy balanslarga va integrallashgan balanslar tizimiga ajratish mumkin. Va nihoyat, ularni tuzilish shakliga qarab jadval (matritsa) shaklli balanslar va shaxmat shaklli balanslarga bo‘linadi. Birinchi toifadagi balanslarga asosiy fondlar balansi, tovar resurslari balansi misol bo‘ladi, ikkinchi guruhga esa - tarmoqlararo va hududlararo balanslarni ko‘rsatish mumkin. Shunday qilib, iqtisodiy balanslar turlarini izohlash yakunida, ularni quyidagicha tasniflash mumkin (13.1-tarh).

    13.1-tarh. Iqtisodiy balanslar turlari


    Download 7,16 Mb.
    1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

    Download 7,16 Mb.