• Qisqacha xulosalar
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N




    Download 7,16 Mb.
    bet71/275
    Sana19.09.2020
    Hajmi7,16 Mb.
    #11452
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   275

    Asosiy tushuncha va atamalar
    O‘rtacha miqdor, o‘rtachalarni qo‘llash shart-sharoitlari, arifmetik o‘rtacha miqdor, oddiy va tortilgan, geometrik o‘rtacha miqdor, geometrik o‘rtacha nisbiy miqdor, geometrik o‘rtacha daraja, shartli moment va birinchi moment, o‘rtachalarning matematik xossalari, garmonik o‘rtacha miqdor, kvadratik o‘rtacha miqdor, kubik o‘rtacha miqdor, darajali o‘rtacha miqdor, o‘rtachalarning majorantligi, moda va mediana, kvantililar, kvartili va kvintili, detsili va peretsentili, mediana va moda hamda arifmetik o‘rtacha orasidagi o‘zaro nisbat.
    Qisqacha xulosalar
    O‘rtachalar to‘plam taqsimotida belgi darajasini yoki birliklar joylanish markazini ta’riflovchi me’yorlardir. Ular statistik to‘plam va taqsimot qatorlarini umumlashtirib tavsiflaydi, ayrim o‘rtachalashtirilayotgan miqdorlarga nisbatan u yoki bu tomonga tafovutlanib, ularni baravarlashtiradi, hodisalarning rivojlanish va taqsimlanish qonuniyatlarini miqdoran ifodalaydi.

    O‘rtalashtiruvchi miqdorlarning ikki turkumi mavjud: 1) o‘rtachalar; 2) taqsimot qatorining o‘rta ko‘rsatkichlari. O‘rtachalar, o‘z navbatida, har xil turlarga va shakllarga bo‘linadi, jumladan arifmetik o‘rtacha, geometrik o‘rtacha, garmonik o‘rtacha, darajali o‘rtachalar va h.k. Taqsimot qatorining o‘rta (markaziy) ko‘rsatkichlari ham bir qancha turlarga ega: mediana, moda va kvantililar shular jumlasidan hisoblanadi.

    O‘rtacha miqdorlarning eng sodda va amaliyotda ko‘p qo‘llanadigan turi arifmetik o‘rtachadir. U sifat jihatidan aniq mazmunga ega bo‘lgan, muayyan to‘plamni ta’riflovchi, ikkita jamlama o‘lchamlarni taqqoslashga asoslanadi: biri qator miqdorlarining yig‘indisi bo‘lib to‘plam bo‘yicha belgining umumiy qiymatini, ikkinchisi ularning sonini ya’ni to‘plam birliklari sonini ifodalaydi. Ammo taqsimotlarning tuzilishi va qonuniyatlarini o‘rganish quroli sifatida arifmetik o‘rtacha o‘zining umumlashtiruvchi funksiyasini doimo mukammal ado etishga qodir emas. Faqat normal taqsimotlardagina bu funksiyani u bekami-ko‘st bajaradi.

    Lekin alhaq voqelikda, ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda aksariyat hodisalar o‘ng yoqlama assimetrik taqsimotlarga ega, chunki ular birgina tasodifiyat girdobida shakllanmasdan, balki ko‘pdan ko‘p omillarni o‘zaro va sharoit bilan uzviy birikishi, bir-biriga va oqibat jarayoniga to‘g‘ri va teskari aloqadorlikda ta’siri natijasida yuzaga chiqadi. Taqsimot assimmetriyasi qator xadlarining bir-biri bilan ketma-ket nisbatlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunday o‘ng yoqlama assimetrik taqsimotlarda umumlashtiruvchi funksiyani geometrik o‘rtacha arifmetik o‘rtachaga nisbati mukammalroq bajaradi.



    Geometrik o‘rtacha taqsimot miqdorlarining logarifmlariga tayanadi. Ma’lumki, bu holda katta va kichik miqdorlar orasidagi farqlar kamayadi. Shu sababli to‘plam taqsimotida o‘z ifodasini topgan boshlang‘ich sifat farqlar ham ularni logarifmlash natijasida sifat-miqdor jihatdan bir asosga, taqqoslama «normal» holatga keladi. Demak, geometrik o‘rtacha assimmetrik taqsimotlarda, ayniqsa, o‘ng yoqlama og‘ma shakllarda, qator o‘rtacha darajasini sifat jihatidan aniqroq ta’riflaydi. Shunday qilib, geometrik o‘rtacha nafaqat o‘rtacha o‘sish suratlarini hisoblashda balki taqsimot qatorlarida ularning o‘rtacha darajalarini aniqlashda keng qo‘llanilishi lozim.

    O‘rtacha miqdor hisoblash jarayonini o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarini ularning o‘rtacha darajasi bilan almashtirish jarayoni deb qarash mumkin. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu jarayonda tomonlar muvozanati o‘zgarmasligi kerak. Bunga ma’lum ayniyat mezoni orqali erishish mumkin, u o‘rtachani aniqlovchi belgi deb ataladi. Arifmetik o‘rtachada bunday mezon funksiyasini qator miqdorlarining umumiy yig‘indisi ( ) geometrik o‘rtachada ularning umumiy ko‘paytma natijasi () garmonik o‘rtachada o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarning teskari qiymatlarining yig‘indisi (), kvadratik o‘rtachada ularning kvadratlari yig‘indisi () va umuman k-darajali o‘rtachalarda o‘rtalashtirilayotgan miqdorlarning k-darajaga ko‘tarilgan qiymatlarining yig‘indisi () bajaradi. O‘rtacha shakli va mohiyatini aniqlovchi belgi yoki mezon o‘rganilayotgan hodisalarning sifatiga, tub mohiyatiga, ichki xossalari va bog‘lanishlariga asoslanishi kerak.

    Download 7,16 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   275




    Download 7,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N

    Download 7,16 Mb.