|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N
|
bet | 72/275 | Sana | 19.09.2020 | Hajmi | 7,16 Mb. | | #11452 |
O‘rganilayotgan ommaviy hodisa yoki jarayonlarning ichki xossa va aloqalari additiv bog‘lanishga ega bo‘lib, ularning oddiy arifmetik yig‘indisidan statistik to‘plam shakllangan bo‘lsa, taqsimot qatori esa muayyan to‘plam birliklarida u yoki bu belgining namoyon bo‘lish miqdorlaridan tuzilsa, u holda ushbu miqdorlarning yig‘indisi ( ) o‘rtacha mohiyatini aniqlovchi belgi (mezon) sifatida qaralishi kerak. Bunday sharoitda (ya’ni to‘plam birliklari soni va ularda belgining miqdoriy qiymatlari ma’lum bo‘lganda) arifmetik o‘rtacha qo‘llanadi.
Agarda ommaviy hodisa yoki jarayonning ichki xossalari va aloqalari multiplikativ bog‘lanishga ega bo‘lib, ular murakkab, ko‘p o‘lchovli geometrik shaklga o‘xshash bir butun to‘plam shakllantirsa, qator miqdorlarini esa muayyan shakl hajmini belgilovchi tomonlar (qirralar) o‘lchovlari sifatida qarash uchun obyektiv asos mavjud bo‘lsa, u holda yagona to‘plamni tasvirlovchi ko‘p o‘lchovli geometrik shaklning umumiy hajmi ( ) o‘rtachani aniqlovchi belgi hisoblanadi. Ushbu mezon nuqtai nazardan ya’ni umumiy hajm o‘zgarmasligini ta’minlab, to‘plam bo‘yicha belgining o‘rtacha darajasi (taqsimotning o‘rtacha miqdori) aniqlanishi kerak. Bu holda geometrik o‘rtacha qo‘llanadi.
Ommaviy hodisa ichki xossa va aloqalari additiv bog‘lanishga ega bo‘lsayu, ammo to‘plam hajmi niqoblangan shaklda ya’ni birliklar yig‘indisi emas, balki ularda o‘rganilayotgan belgi oladigan miqdoriy qiymatlar yig‘indisi sifatida ifodalansa, taqsimot qatori esa ushbu miqdorlardan tuzilsa, u holda o‘rtacha mohiyatini aniqlovchi belgi sifatida o‘rtalashtirilayotgan miqdorlar teskari qiymatlarning yig‘indisini qarash lozim. Bu holda garmonik o‘rtacha qo‘llanadi, chunki o‘rtacha to‘plam hajmiga nisbatan to‘g‘ri proporsional, mazkur mezonga nisbatan esa teskari proporsional bog‘lanishga ega.
Taqsimot tuzilishi va qonuniyatini o‘rganishda jumladan egiluvchanlik, cho‘qqilanish va birliklarni ma’lum oraliqlarda to‘planish darajasini ta’riflovchi o‘rtacha miqdor bilan bir qatorda mediana, moda va kvantililar muhim ahamiyat kasb etadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti soatov n. M., Tillaxo‘jayeva g. N
|