• 3.2.1-jadval Korxonalarning kreditga layoqatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga bo‘linishi
  • Likvidlik koef.(L.k) L.k 1,5 1
  • Muxtoriyat koef.(M.k) M.k 60% 30% M.k
  • Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqu-lodda hollarda yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stav-kasini undirish bilan mol-mulk garovga qo‘yilgandagina kreditlanadi.
  • kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va bo‘lajak qarz oluvchi bilan suhbatlashish




    Download 0,61 Mb.
    bet55/151
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,61 Mb.
    #105428
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151
    Bog'liq
    B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org

    kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va bo‘lajak qarz oluvchi bilan suhbatlashish;



    • qarz oluvchining kredit qobiliyatini va qarz berish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;



    • kredit narxini belgilash;


    • kredit shartnomasini tayyorlash va uni tuzish.


    Tijorat banklari ichki kredit siyosati asosida chiqarilgan yo‘riqnoma bo‘yicha korxonalarni kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib: qoplash koeffitsiyenti, likvidlik koeffitsiyenti va o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyentlari hisobla-nadi (3.2.1- jadval).


    3.2.1-jadval


    Korxonalarning kreditga layoqatlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinflarga bo‘linishi



    T/r


    Nomi




    1-sinf


    2-sinf


    3-sinf


    1.


    Qoplash koef. (Q.k)


    Q.k 2


    1


    0,5


    2.


    Likvidlik koef.(L.k)


    L.k 1,5


    1< L.k <1,5


    0.5


    3.


    Muxtoriyat koef.(M.k)


    M.k 60%


    30%< M.k<60% 15%>M.k<30%


    Agar korxona 1-sinfga kiritilsa, unda umumiy asoslarda kredit-lanadi. Ularga nisbatan kredit berishning imtiyozli tartibi ham naz-arda tutilishi mumkin, ya’ni ishonchli kredit berilishi, qo‘shimcha ma’lumotlar va hisob-kitoblarsiz kredit berilishi hamda boshqa imtiyozlar taqdim etilishi mumkin.
    67
    Agar korxona 2-sinfga kiritilsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt manfiy qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ega bo‘lsa, beqaror (barqaror emas) deb hisoblash lozim, bunday korxonalar bilan kredit shartnomalari tuzilganida uning faoliyati va kreditning qaytarilishi ustidan nazoratning qo‘shimcha choralari ko‘zda tutilishi kerak. Xususan, garov huquqi qattiqlashtirilishi, foiz stavkalari oshirilishi, kafolatlar berilishi hamda kreditdan foydalanish miqdorlari va muddatlari cheklanishi kerak.
    Agar korxona 3-sinfga kiritilsa, bu korxonalarga faqat favqu-lodda hollarda yuqori tashkilot kafolatlari yoki oshirilgan foiz stav-kasini undirish bilan mol-mulk garovga qo‘yilgandagina kreditlanadi.
    Kreditga layoqatlilikni mustahkamlash yo‘llari deganda, bu iloji boricha asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni yuqori bo‘lishini ta’minlashdir. Demakki, har bir ko‘rsatkich bo‘yicha yuqorilikka erishishdir. Buning uchun korxona barqaror ishlab chiqarish jarayonini birinchi galda tashkil etishi lozim. Pul mablag‘larining ortishi korxonaning birlamchi to‘lovlarni oshirish uchun kerak. Mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni kamaytiradi va korxonada ishlab chiqarish maromiyligi buzilmasligiga olib kelishi mumkin.


    O‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti bo‘yicha esa, yuqori natijalarga erishish uchun o‘z mablag‘lari manbaini ortishini ta’minlash kerak. Chunki aylanmada ishlati-ladigan mablag‘larda o‘z aylanma mablag‘lari ulushi qancha ko‘p bo‘lsa, uning kreditga layoqatliligi o‘rtadi. Uzoq muddatli aktivlar ortishi salbiy ta’sir etsada, ularning ortish sur’atini o‘z aylanma mablag‘lari mavjud summasini ortish sur’atidan pastroq bo‘lishini ta’minlash zarur.
    Yana korxonada o‘z aylanma mablag‘larini immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘ymaslik zarur, ya’ni ularning o‘z maqsadidan boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Chunki ular immobilizatsiyasiga yo‘l qo‘yilsa, ularning balans bo‘yicha hisoblangan qiymatidan haqiqatda aylanmada qatnashayotgan aylanma mablag‘lari kam chiqadi. Buning natijasida esa, aylanma mablag‘lari aylanish koeffitsiyenti pasayadi, oqibatda o‘z aylanma mablag‘lari yetishmovchiligi yuzaga keladi.
    68

    Kreditga layoqatlilik tahlilida aylanma mablag‘lari immobilizat-siyasini ham hisobga olish kerak. Kreditga layoqatlilikni mustah-kamlash yo‘llaridan yana foyda va rentabellik ko‘rsatkichlarini oshirish hisoblanadi. Korxona sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan hisobot yilida ortishini ta’minlash lozim, buning uchun esa unga salbiy ta’sir etuvchi omillar kamayishi va ijobiy ta’sir etuvchi omillar ko‘payishini ta’minlash kerak.


    Mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimini takomil-lashtirish lozim. Hozirgi vaqtda amaliyotda qo‘llanilayotgan korxonalarning kreditga layoqatliligi asosiy ko‘rsatkichlari davr talabiga javob bermay qolmoqda.



    Download 0,61 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   151




    Download 0,61 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    kredit olish uchun berilgan kredit buyurtmasini ko‘rib chiqish va bo‘lajak qarz oluvchi bilan suhbatlashish

    Download 0,61 Mb.