III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
61 
III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA 
MILLIY 
IQTISODIYOT 
TARMOQLARIGA 
XORIJIY 
INVESTIT-
SIYALARNI JALB QILISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI 
3.1. Milliy iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb 
etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari 
 
Ma‘lumki, dunyo mamlakatlari orasida xorijiy investitsiyalarini o‗z milliy 
iqtisodiyotga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shu 
bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun bo‗lsa, 
boshqacha qilib aytganda, foyda olish ehtimoli yuqori bo‗lsa, tabiiyki, ularning 
aynan o‗sha davlat iqtisodiyotiga o‗z sarmoyasini kiritishga qiziqishi ortmoqda. Bu 
esa, bozor iqtisodiyotining nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi yechim 
hisoblanadi, ya‘ni qayerda samara (foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo‗lsa, 
tadbirkorlar o‗sha erdagi bozorga ko‗proq intiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, 
bugun O‗zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‗tayotgan davlatlar ichida eng yuqori 
investitsiya muhiti yaratgan mamlakatlardan biri bo‗lib qoldi. Bu muhit, shubhasiz, 
iqtisodiyotimizga to‗g‗ridan-to‗g‗ri jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalar oqimi 
hajmini yanada ko‗paytiradi. 
Davlatimiz iqtisodiy siyosati ko‗proq to‗g‗ridan-to‗g‗ri investitsiyalarni jalb 
etishga va uni rag‗batlantirishga qaratilganligi bois, turli shakldagi investitsiyalar 
oqimi yildan-yilga ortib bormoqda. Chunki, mamlakatimizda olib borilayotgan 
islohotlar doirasida aynan sarmoyadorlarning o‗zlari bevosita ishtirok etishi 
hisobga olingan va buning uchun yetarlicha shart-sharoitlar mavjud. Ayniqsa, 
respublika hududlaridagi boy mineral xom ashyo resurslari, etarli miqdordagi 
malakali ishchi kuchlari, sog‗lom atrof-muhit, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
barqarorlik kabi omillar shubhasiz, xorijiy investitsiyalar oqimining yanada 
ko‗payishiga, respublika mintaqalarida faoliyat yuritadigan korxonalar rivojiga 
xizmat qilmoqda. 


62 
Erishilgan yutuqlar bilan birga, TTXIlarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb 
qilish borasida to‗siq va kamchiliklar ham mavjud. Buning yaqqol misoli qilib, 
infratuzilmaning 
sust 
rivojlanganligi, 
O‗zbekistonning 
investitsiyaviy 
jozibadorligini 
jahon 
OAVlarida 
reklamasi 
yo‘lga 
qo‘yilmaganligi, 
investitsiyalarning viloyatlararo taqsimotida yuqori differensiyalashganligi, valyuta 
konvertatsiyasiga to‘laligicha erishilmaganligi va hakozolarni keltirishimiz 
mumkin. Shu nuqtai nazardan ham xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar 
faoliyatini faollashtirish va bevosita xorijiy investitsiyalar oqimini ko‗paytirish 
maqsadida manzilli tadbirlar amalga oshirilishi kerak. 
Xorijiy investitsiyalar oqimiga ta‘sir qiluvchi omillardan biri sifatida 
marketing tadqiqoti samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi natijasida ko‗plab 
ishlab chiqarilgan mahsulotlar omborlarda qoldiq bo‗lib qolayotganligini 
ko‗rsatilmokda. Bu muammoni faqat investitsiyalarning o‗ziga bog‗liq, 
yechimini izlamasdan, aholi va korxonalarning iste‘mol qobiliyatini tadqiq 
etish, ishlab chiqarilgan tovar (xizmat)larga nisbatan talab darajasini oshirish 
nuqtai nazaridan qaralishi maqsadga muvofiqdir. 
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning mamlakatimiz hududiy 
tarkibida notekislik saqlanib qolmokda. Ayni paytda investitsion muhit borasida 
hududlardagi asosiy muammolarning mavjudligi investitsiyalash imkoniyatlari
cheklanishi, va amaradorligi pasayishiga sabab bo‗lmoqda, chunki investitsion 
muhitdagi moliyaviy muammolarning hal etilmaganligi ayrim hududlarni oqsoq 
hududlar qatoriga tushishiga sabab bo‗ladi. Hamda asosiy kapitalga 
investitsiyalarning hududlar bo‗yicha tarkibi tahlili, ularning dinamikasi o‗sishi 
barqarorlik an‘anasiga ega bo‘lib borayotganligini ko‘rsatmoqda (3.1-jadval).
Ushbu 3.1-jadvalda keltirilgan tahlillar natijasi shuni ko‗rsatadiki, asosiy 
kapitalga investitsiyalarning hududlar bo‗yicha tarkibida 2016 yil yakuniga ko‗ra, 
Sirdaryo viloyati 2,2 %ni, Jizzax viloyati 2,5 %ni Xorazm viloyati 2,9%ni tashkil 
qilgan holda asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi va investitsion jozibadorlik 
borasida eng past darajadagi hududlardan bo‗lib qolmoqda. 

Download 1,06 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish