• Soliqlar bo’yicha beriladigan imtiyozlarning turlari Soliq to‘lashdan vaqtinchalik ozod qilish
  •   savdo zonalarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/36
    Sana26.11.2023
    Hajmi1,06 Mb.
    #106016
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
    Bog'liq
    iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
    75 
    savdo zonalarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. 
     
     
     
     
     
    3.1-rasm. Soliq bo’yicha beriladigan imtiyozlarnig turlari
    42
     
     
    Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, davlat ayrim tizimlarni shakllanishiga, 
    yangi hududlar va ishlab chiqarishni o‘sishida boshlang‘ich manbalarini tashkil 
    etilishiga yoki ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga e‘tibor qaratish lozim. 
    Davlat hisobidan 
    investitsiyalarini 
    moliyalashtirishda, 
    ularning 
    strategik 
    rivojlanishda ahamiyatga ega bo‘lgan, lekin kelajakda tez samara bera olmaydigan 
    tarmoqlar va ilmiy tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilishi lozim. 
    Butun dunyoda davlat mablag‘lari asosan yo‘l qurilishi, shahar 
    obodonchiligi va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi kabi umumiy 
    miqyosdagi ishlarga sarflanadi. Bozor iqtisodiyotining bozor mexanizmi sharoitida 
    davlatning roli asta-sekin torayib borib, davlat miqyosi darajasidagi vazifalar 
    qoladi. Ya‘ni, ijtimoiy sohaning boshlang‘ich ta‘limi, sog‘liqni saqlashning tez 
    tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasi, davlat boshqaruvi va boshqalarni moliyalashtirish 
    byudjet hisobida qoladi. 
    Bugungi 
    kunda 
    xorijiy 
    investitsiya 
    ishtirokidagi 
    korxonalarining 
    daromadlarini soliqqa tortishda bir qator imtiyozlar berilgan bo‘lsada, bizning 

    42
    Magistrant tomonidan iqtisodiy adabiyotlar asosida tayyorlandi. 


    Soliqlar bo’yicha beriladigan 
    imtiyozlarning turlari 
    Soliq 
    to‘lashdan 
    vaqtinchalik 
    ozod qilish 
    Soliq 
    stavkasini 
    kamaytirish 
    Soliqqa 
    tortiladigan 
    bazani 
    toraytirish 
    Soliq majburiyatini 
    bajarishni 
    kechiktirish(soliq 
    krediti) 


    76 
    fikrimizcha, birinchidan, bu soliq imtiyozlarining muddati, hajmi, qo‘llanish shart-
    sharoiti aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi, ikkinchidan, bu yengilliklar xorijiy investorlarga 
    yaxshi tanish va tushunarli bo‘lib kamida besh-o‘n yilga belgilanishi, uchinchidan, 
    soliq imtiyozlari o‘zgarmas va qat‘iy bo‘lishi lozim . Shundagina bu imtiyozlar o‘z 
    samarasini berishi mumkin. 
    Ma‘lumki, dunyo mamlakatlari orasida chet el investitsiyalarini o‘z milliy 
    iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shu 
    bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada 
    bo‘lsa, boshqacha qilib aytganda, foyda olish ehtimoli kattaroq bo‘lsa, tabiiyki, 
    ularning aynan o‘sha davlat iqtisodiyotiga o‘z sarmoyasini kiritishga qiziqishi 
    ortmoqda. Bu esa, bozor iqtisodiyotining nisbiy samaradorlik qonuniga mos 
    keluvchi yechim hisoblanadi, ya‘ni qayerda samara (foyda) olish imkoniyati 
    nisbatan yuqori bo‘lsa, tadbirkorlar o‘sha yerdagi bozorga ko‘proq intiladi. Shu 
    nuqtai nazardan qaraganda, bugun O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan 
    davlatlar ichida eng yuqori investitsiya muhiti yaratgan mamlakatlardan biri bo‘lib 
    qoldi. Bu, shubhasiz, iqtisodiyotimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb etilayotgan xorijiy 
    investitsiyalar oqimini yanada ko‘paytiradi. 
    Davlat iqtisodiy siyosati ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb 
    etishga va uni rag‘batlantirishga qaratilganligi bois, turli shakldagi investitsiyalar 
    oqimi yildan-yilga oshib borayapti. Chunki, mamlakatimizda olib borilayotgan 
    islohotlar doirasida aynan sarmoyadorlarning o‘zlari bevosita ishtirok etishi 
    hisobga olingan va buning uchun bizda yetarlicha shart-sharoitlar mavjud. 
    Ayniqsa, respublika mintaqalaridagi boy mineral xom ashyo resurslari, yetarli 
    miqdordagi malakali ishchi kuchlari, sog‘lom atrof-muhit, siyosiy, ijtimoiy-
    iqtisodiy barqarorlik kabi omillar shubhasiz, xorijiy investitsiyalar oqimining 
    yanada ko‘payishiga, respublika mintaqalarida faoliyat yuritadigan korxonalar 
    rivojiga xizmat qiladi. 
    Yuqoridagi boblarda ta‘kidlab o‘tilgan huquqiy-me‘yoriy asoslarning yana 
    bir muhim jihati - bu uning xususiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilganligidir. 
    Ma‘lumki, chet el ishbilarmon doiralari, yirik mulk egalarining O‘zbekistonga 


    77 
    qiziqishi, qolaversa, avvaldan O‘zbekistonda o‘z mulki va sarmoyasiga ega 
    bo‘lgan ko‘plab chet el tadbirkorlari o‘z bizneslarini yanada kengaytirish niyatida 
    ekanliklari hech kimga sir emas. Shularni hisobga olganda, aynan xususiy 
    investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishga qaratilgan shartlar bu uzoq strategik 
    ahamiyatga molik to‘xtamdir. 
    Xususiylashtirilayotgan korxonalarning investitsiya jozibadorligini oshirish, 
    xorijiy investorlarni jalb etish uchun qo‘shimcha rag‘batlantirishlarni tashkil qilish 
    maqsadida nazorat aktsiya paketlarini sotib olmasada, korxonalarga salmoqli 
    hajmlarda investitsiyalar investitsiyalar kiritayotgan investorlarga professional 
    boshqaruvchi kompaniyalarga beriladigan davlat aktsiyalar ulushini boshqarish 
    huquqini tanlovlarsiz berish ko‘zda tutilgan. Farmonning yana bir asosiy xususiyati 
    – bu investitsiya kiritish shartlari va joylarining aniq belgilab qo‘yilganligidir. 
    Ortiqcha ishchi kuchi bo‘lmagan mintaqalar - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 
    Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida, Navoiy, 
    Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining qishloq aholi punktlarida yangi 
    korxonalarni joylashtirish ko‘zda tutilgan. Bunday holat xususiy saromyaga ega 
    bo‘lgan chet el tadbirkorlar faoliyatini yanada rag‘batlantirish maqsadiga ega. 
    Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb etishga manfaatdor har 
    qanday davlat o‘zining investitsiya siyosatini takomillashtirib boradi. Bu siyosat 
    xorijiy investitsiyalarni jalb etishning o‘ziga xos yo‘nalishini, shuningdek ularni 
    jalb etishni rag‘batlantirish tizimini aniqlab beradi va investitsiya faoliyatining 
    huquqiy tartibini belgilaydi. 
    Iqtisodiy adabiyotlarda va jahon tajribasida xorijiy investitsiyalarni 
    muvofiqlashtirishda turlicha tartib va usullarning bo‘lishi qayd etilgan. Masalan: 
    milliy tartib; adolatli va teng huquqlilik tartibi; qulay muhit barpo etish tartibi; 
    transparent (shaffoflik) tartibi va boshqalar. Shu bois jahon amaliyotida 
    qo‘llanilayotgan bu kabi tartib va usullarni qiyosiy tahlil etish bizningcha 
    maqsadga muvofiqdir. 
    Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida amaliyotda sinalgan investitsiya 
    siyosatining samaradorligini baholashning umumlashtiruvchi mezonlari va 


    78 
    huquqiy tartiblarining turlicha variantlaridan shakllangan ob‘yektiv qonunlar 
    asosida iqtisodiyotni rivojlantirish tajribasi to‘plangan. 
    Sanoati rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik xorij 
    kapitali va investitsiyani maxsus qonunlarsiz ham yetarlicha himoyalash 
    imkoniyatini beradi. Bu yerda xorijiy investitsiyalar ham milliy ichki 
    investitsiyalar 
    kabi 
    umumiy 
    qonunlar 
    asosida 
    muvofiqlashtiriladi. 
    Bu 
    mamlakatlardagi aniq ishlab chiqilgan qonuniy baza chet el investorlarining 
    to‘laqonli faoliyatini, ya‘ni yangi kompaniyalarni tashkil etishda erkin faoliyatni 
    (ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni, mulk huquqi kafolati), foyda olish (soliq 
    siyosatidagi yengillik va imtiyozlar), nizolarni tartibga solish (mehnat 
    qonunlaridagi shaffoflik, monopoliyaga qarshi aniq tadbirlar) kabilarni 
    kafolatlaydi. 
    G‘arb mamlakatlarida hukumat kapital qo‘yilmalarni faollashtirish 
    strategiyasida ko‘proq xorijiy investitsiyalarni muvofiqlashtirishning egri usulidan 
    (soliq, amortizatsiya, moliya-kredit siyosati) foydalanishni afzal ko‘rishadi. 
    So‘nggi ikki o‘n yillikda g‘arbda investitsiya qarorlarini qabul qilishda va amalga 
    oshirishda mahalliy hududlarning javobgarligi va roli oshib bormoqda. Qator 
    mamlakatlarda (AQSh, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Germaniya) mahalliy organlar 
    xorijiy investitsiyalarni va investorlar faoliyatini muvofiqlashtirishda yetarlicha 
    mustaqillikka egadir. Bu yerda investitsiya bozorini muvofiqlashtirishning asosiy 
    vositasi sifatida daromad solig‘i (foyda solig‘i) qo‘llaniladi. Bu soliq stavkasining 
    o‘zgarishi firma va kompaniyalarning investitsiya faoliyatiga bevosita ta‘sir etadi. 
    Umuman so‘nggi 20 yil mobaynida rivojlangan mamlakatlarda investitsiya 
    faoliyati keng kompyuterlashtirish, resurslarni tejash, yangi zamonaviy 
    texnologiya, shuningdek mahalliy xokimiyatni roli va javobgarligini oshirish 
    asosidagi yangi boshqaruv tizimi asosidagi iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga 
    yo‘naltirilgan. Mahalliy hokimiyatlarga investitsiya dasturlarini boshqarishda, 
    ekologik siyosatni yurgizishda va hududiy rejalashtirishda asosiy rol belgilangan. 
    Jahon tajribasi shundan guvoh beradiki, investitsiya dasturi va loyihalarining 


    79 
    muvaffaqiyatli amalga oshishi uning ishtirokchilari o‘rtasida optimal proportsiyani 
    ta‘minlashga bog‘liqdir. 
    Rivojlangan mamlakatlarda hududiy investitsiya siyosatini olib borish o‘ta 
    muhim masalalardan sanaladi. Davlat doimiy ravishda har bir hududning iqtisodiy 
    imkoniyati, rivojlanish darajasini e‘tiborga olgan holda investitsiya siyosatini olib 
    boradi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida federal darajada maxsus xorijiy 
    investitsiyalarni 
    rag‘batlantirish dasturlari ishlab chiqilmagan. Xorijiy 
    investitsiyalar uchun tavsiya etiladigan barcha imtiyoz va yengilliklar shtatlar 
    darajasida ishlab chiqilgan. Bu esa o‘z navbatida xorijiy investitsiyalarni jalb etish 
    bo‘yicha shtatlar o‘rtasida erkin raqobatni vujudga keltiradi. Har bir 50 shtat milliy 
    va xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha o‘zining maxsus ishlab chiqqan 
    dasturiga ega. 
    Har bir shtat aniq maqsadga qaratilgan xorijiy investitsiyalarni 
    rag‘batlantirish bo‘yicha bir necha xil dasturlarni ishlab chiqadi. Ular quyidagi 
    maqsadlarda bo‘lishi mumkin: ish joylarini tashkil etish; shtatni va alohida shtat 
    hududlarining iqtisodiyotini rivojlantirishni rag‘batlantirish; zamonaviy ilg‘or 
    texnologiyani joriy etish va fan texnika taraqqiyoti yutuqlariga erishish va h.k. 
    AQShda shtatlar miqyosida xorijiy investorlar uchun beriladigan imtiyozlar 
    - bu soliq imtiyozlari, moliyaviy yordam, infratuzilmani rivojlantirishda 
    hamkorlik, kadrlar tayyorlash, ijara haqi va elektr to‘lovlarini kamaytirish, past 
    foizlarda kredit shaklida bevosita moliyaviy resurslar ajratish kabilardan iborat. 
    Har bir shtatning mustaqil investitsiya siyosatini olib borishi, erkin 
    raqobatning vujudga kelishiga, shu hududda ishlab chiqarishning, tadbirkorlikning 
    rivojlanishiga zamin yaratadi. 
    So‘nggi yillarda qator mamlakatlarda hududni iqtisodiy rivojlantirish 
    korporatsiyalarini tashkil etish tajribasi keng qo‘llanilmoqda. Bu korporatsiyalar 
    mazkur hududda joylashgan firmalarning ishtirokida maxsus fondlarni 
    shakllantiradi. Bu fond mablag‘lari hududda infratuzilmani rivojlantirishga, yangi 
    qurilishlarga yo‘naltiriladi. 
    Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, chet el investorlariga turli yengillik va 


    80 
    imtiyozlarni joriy etish bo‘yicha Xitoy davlati tajribasi ham ahamiyatlidir. Xitoy 
    hukumati investitsiyalar oqimini hududlar darajasida, mahalliy hokimiyatga katta 
    vakolat bergan holda muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib kelmoqda. 
    Markaziy organlar umumiy investitsiya siyosati doirasida qaysi sohaga 
    investitsiyalarni yo‘naltirish zarurligini aniqlab beradi. Mahalliy organlar esa bir 
    vaqtda investitsiyalarni rag‘batlantirish dasturlarini ishlab chiqadi. Chet el 
    investitsiyalarini jalb etish uchun ―soliq kanikuli‖ va yengilliklari, import ta‘riflari 
    bo‘yicha engilliklari kabi turlicha rag‘batlantirish usullari ishlab chiqilgan. 
    Ayniqsa ko‘pgina erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilgan korxonalarga nisbatan 
    bunday engillik va imtiyozlar ko‘proq ishlatiladi. 
    Hozirda Xitoy hukumati mamlakatning ichki tumanlariga ko‘plab, xorijiy 
    investitsiyalarni jalb etish uchun, ularga uzoq muddatga soliq to‘lashdan ozod 
    etish, foydasini har qanday to‘siqlarsiz olib chiqib ketish kabi shart-sharoitlarni 
    yaratmoqdalar. Mahalliy hokimiyatlar mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun 
    chet el kapitalini jalb qilishni rag‘batlantirish dasturlarini markaziy organlarning 
    ruxsatsiz hayotga tatbiq etishlari mumkin. 
    Xitoy davlatining investitsiyalar bo‘yicha qonunlari Yaponiya, Janubiy 
    Koreya, Tayvan, Singapur kabi davlatlarining qonunlariga ko‘p jihatdan o‘xshash 
    holda ishlab chiqilgan. Shuning bilan birgalikda ta‘kidlash lozimki, turlicha 
    davlatlarning qonunlarida chet el investorlari faoliyatiga cheklanmalar ham 
    belgilangan. Deyarli barcha davlatlarda chet el kapitali kiritilishi mumkin 
    bo‘lmagan tarmoqlar mavjuddir. Bir qancha davlatlarda chet el investitsiyalari 
    uchun ayrim tarmoqlar to‘liq yopiqdir. 
    Xorijiy investorlarning faoliyati bo‘yicha cheklovlarni muvofiqlashtirishda 
    mahalliy organlarning ishtiroki ham salmoqlidir. Bir qancha davlatlarda mahalliy 
    hududdagi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, xorijiy investorlarning faoliyatida 
    turlicha cheklovlarni belgilaydi. Masalan AQShda ayrim shtatlarda foydali 
    qazilmalarga chet el kapitalini jalb etish man etilgan bo‘lsa, ayrim shtatlarda yer 
    uchastkasini sotib olishda cheklovlar belgilangan. Biroq, Jahon tajribasi 
    ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina davlatlarda hududiy investitsiya siyosatidagi moliyaviy-


    81 
    iqtisodiy imtiyozlarning va yengilliklarning berilishi hududlarning iqtisodiy 
    rivojlanishlariga zamin yaratmoqdalar. 
    Respublikamizda ham viloyatlarning, tumanlarning investitsion faoliyatdagi 
    faolligini va mustaqilligini oshirish hududlarga chet el investitsiyalarini jalb 
    etishda bir muhim mezon bo‘lishi mumkin. 
    Jahon amaliyotida investorlarning manfaatlarini himoya qilish va kafolatini 
    ta‘minlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: milliy qonuniyatlarning chet el 
    investorlariga nisbatan mos me‘yorlarini qabul qilish; ko‘p tomonlama 
    shartnomalarning me‘yorlarini muvofiqlashtirish; kapital qo‘yilmalarni o‘zaro 
    himoyalash 
    va 
    rag‘batlantirish bo‘yicha davlatlararo ikki tomonlama 
    shartnomalarni muvofiqlashtirsh; aniq olingan investitsiya loyihalari bo‘yicha 
    davlatlararo va xorijiy investorlar bilan kelishuvnomalarni muvofiqlashtirish. 
    Respublikamizda bu qayd qilingan usullarning barchasidan foydalanilsada, lekin 
    bizning fikrimizcha etarli darajada emas.
    Yuqorida 
    qayd 
    etganimizdek, 
    bizning 
    fikrimizcha, 
    respublikamiz 
    investitsiya faoliyatida mahalliy hokimiyatlarning mustaqilligini va rolini oshirish 
    va maxsus investitsiyalarni rag‘batlantirishning mahalliy dasturlarini ishlab chiqish 
    va hayotga tatbiq etishni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek 
    hududlarda investitsiyalarning manbasi sifatida munitsipial va korporativ 
    obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va ulardan oladigan daromadlar bo‘yicha 
    imtiyozlarni belgilash investitsiya oqimini ko‘paytirishga olib kelishi mumkin.
    Investitsiya loyihalarini xorijiy investorlar ishtirokida investitsiyalashni 
    tashkil etish quyidagi yo‘nalishda bo‘lgani maqsadga muvofiqdir: 
    - xorijiy investorning loyihani realizatsiya qilishdagi mas‘uliyatini 
    kuchaytirish, ularning loyihani boshidan oxirigacha milliy investorlarning 
    ulushidan kam bo‘lmagan miqdorda kapitali bilan samarali ishtirok etishini 
    ta‘minlash va bunday mas‘uliyat va majburiyatlar me‘yoriy hujjatlarda, jumladan 
    shartnomada qat‘iy qilib belgilanishi va amal qilishi kerak; 
    - O‘zbekistan sharoitida ilg‘or va zamonaviy uskuna va texnologiya 
    ehtiyojni hisobga olgan holda xorijiy investorlarni uz texnologiyasi va uskunalarni 


    82 
    o‘zlashtirish tajribalarini milliy kadrlarga o‘rgatish zimmasini yuklash va ularning 
    bunday majburiyatlarni bajarishga mafaatdorligini oshirish zarur; 
    - investorlar manfaatlarining bir biriga mos kelmasligi, ya‘ni xorijiy 
    investorlarning maqsadi yuqori darajada foyda olish, o‘zbek investorlari esa foyda 
    olish bilan birga ilg‘or texnologiya va ish tajribasiga ega bo‘lish ekanligini hisobga 
    olgan holda loyihani realizatsiya qilmasdanoq shartnomada tomonlarning ulushi 
    qanday valyutada, qanday o‘lchov birligida baholanishi, foydani taqsimlash tartibi 
    aniq va qat‘iy belgilanishi maqsadga muvofiqdir. 
    Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar iqtisodiyotini 
    o‘rganishdagi xorij tajribalari quyidagi holatlarga befarq bo‘lmaslikni talab etadi: 
    xorijiy 
    investitsiyalardan 
    olingan 
    daromadning 
    katta 
    qismi 
    qayta 
    investitsiyalanmay, korxonalarning xorijiy hamkor-egalari orasida taqsimlanishiga; 
    xorijiy investitsiyalarning tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishida asosan kapital tez 
    aylanadigan sohalarga kiritishga moyilligiga; xorijiy investorlar resurslarni bozor 
    infratuzilmasi yaxshi rivojlangan, aholisi to‘lovga qodir bo‘lgan markazlar hamda 
    xom ashyo mintaqalariga joylashga intiladi. 

    Download 1,06 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      savdo zonalarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir

    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish