O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
 
III bob bo‘yicha xulosa 
Fikrimizcha, 
respublikamiz 
investitsiya 
faoliyatida 
mahalliy 
hokimiyatlarning mustaqilligini va rolini oshirish va maxsus investitsiyalarni 
rag‘batlantirishning mahalliy dasturlarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etishni 
kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek hududlarda investitsiyalarning 
manbasi sifatida munitsipial va korporativ obligatsiyalarni muomalaga chiqarish va 
ulardan oladigan daromadlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilash investitsiya oqimini 
ko‘paytirishga olib kelishi mumkin. Mahalliy hokimliklarning xorijiy 
investorlarni hudud to‗g‗risida to‗liq investitsion muhitga oid ma‘lumotlar 
bilan ta‘minlashda faol ishtirok etmayotganligi – xorijiy investorlarni 
to‗laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, 
hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil xom-ashyo va mehnat salohiyati 
to‗g‗risida ma‘lumotlar) bilan ta‘minlash uchun har bir hudud bo‗yicha 


83 
―Viloyat investitsiya salohiyati‖ veb-portalini tashkil etish, investitsiya 
faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida 
va 
xorijiy 
mamlakatlarda) 
o‗tkazish aynan hududiy investitsiyaviy 
jozibadorlikni oshishiga hamda hududlarda iqtisodiy rivojlanishga muhim 
omillardan biri bo‘ladi degan umiddamiz. 


84 
XULOSA VA TAKLIFLAR 
Bugungi kunda mamlakatimizni jadal isloh etish va modernizatsiya qilish 
izchil ravishda davom ettirilib, bunda milliy iqtisodiyotni izchil va bardavom 
rivojlantirish asosiy dastagi hisoblangan xorijiy investitsiyalarga juda katta e‘tibor 
qaratilmoqda. 
Ushbu maqsadda xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotning xalqaro 
savdoda raqobatga bardosh beradigan tarmoqlariga jalb etish, aholini ish bilan 
ta‘minlashga xizmat qiluvchi loyihalarni, mahalliy bozorga xizmat qilishga 
mo‗ljallangan investitsiyalar bilan bir qatorda ishlab chiqarish va xizmat 
ko‗rsatishning istiqbolli sohalarda ko‗proq eksportga yo‗naltirilgan investitsion 
loyihalarni amalga oshirishni rag‗batlantirish va qo‗llab-quvvatlashning bozor 
mexanizmlarini takomillashtirish zarur.
Jahon iqtisodiyoti globallashib, biznes yo‗lidagi to‗siqlar tobora kamayib, 
mamlakatlar iqtisodiyoti erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan 
kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur‘atlar bilan o‗smoqda. Investitsiyalashning 
ustuvor yo‗nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan investitsiya qarorlarini 
qabul qilish, investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi 
moliyaviy manbalarni, barcha shart-sharoitlarini hisobga olgan holda jalb qilish 
milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. 
Investitsiyalar ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga 
xizmat qiluvchi va milliy xo‗jalikdagi takror ishlab chiqarish jarayonlarini 
ta‘minlovchi rolni bajaradi. Davlatning investitsiya siyosati esa maqsadli ravishda 
iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‗nalishlarini jadallashtirishga qaratilgandir. 
Milliy iqtisodiyotning jahon xo‗jaligidagi mavqeini mustahkamlash, milliy ishlab 
chiqaruvchilarning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini yanada ko‗tarish, 
sanoatning texnik tarkibini zamonaviylashtirish muammolari ham davlat 
siyosatining boshqa omillari qatorida investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi. 
O‘zbekistonning imkoniyatlarini o‘rganib chiqqan holda, quyidagi xulosaga 
keldik. Mamlakatimizda nafaqat tarixiy-me‘moriy yodgorliklar bo‘yicha 


85 
sayyohlik, balki eko va bioturizm, sog‘lomlashtirish oromgohlari, faol sayyohlik 
yo‘nalishlari, rafting turlari bo‘yicha turizm hududlarini tashkil etish mumkin. 
O‘zbekiston sog‘lomlashtirish oromgohlarini qurish uchun kerakli bo‘lgan 
tabiiy resurslarga boy, havosi toza bo‘lgan tog‘lar, mineral suvlar, buloqlarga ega. 
Bunday joylarda oromgohlar zamonaviy standartlarga javob beradigan darajada 
qurilsa, albatta xorijiy turistlar oqimi ko‘payadi. Xorijiy sayyohlar tashrifining 
ko‘payishi mamlakatga kirib keladigan investitsiyalar hajmining ortishiga sabab 
bo‘ladi. 
Mamlakatimizda eko va bioturizm turlarini tashkil etish uchun ham yetarli 
sharoitlar mavjud. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joylashgan ―Baday-
to‘qay‖ davlat qo‘riqxonasi, Qashqadaryo viloyatidagi ―Xisor‖, Surxondaryodagi 
―Surxon‖ davlat qo‘riqxonasi, Jizzaxdagi ―Zomin‖ oromgohi, Toshkent 
viloyatidagi ―Chorvoq‖ va ―Chotqol‖ davlat milliy tabiat istirohat bog‘lari juda 
boy va betakror hayvonot hamda o‘simlik dunyosi, jozibador manzaralari bilan 
kishini o‘ziga jalb qiladi. Shunday ekan, biz ulardan unumli va oqilona 
foydalangan holda, xorijiy sayyohlarni jalb etishga ahamiyat berishimiz lozim. 
O‗zbekistonda milliy iqtisodiyot barqarorligini oshirishda xorijiy 
investitsiyalardan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagilarni taklif 
qilamiz: 
1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ichki muhitni yaxshilash, soliq 
yukini 
kamaytirish 
va 
soliq 
tizimini 
yanada 
soddalashtirish, 
xorijiy 
investitsiyalarni ro‗yxatga olish tizimini soddalashtirish; 
2. Xorijiy sarmoyadorni qiziqtiruvchi sohalar, ob‘yektlarni aniqlash va ular 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar majmuini shakllantirish, biznes rejalar va ularni 
iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va iqtisodiy jihatdan manfaatli 
bo‗lgan sohalarga chet el kapitalini jalb qilish; 
3. Eksportda qayta ishlangan, tayyor mahsulotlar salmog‗ini ko‗paytirish, 
ayniqsa, paxta va qishloq xo‗jaligi mahsulotlarni qayta ishlashni oshirish va bu 
sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish; 
4.Import o‗rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab 


86 
chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish uchun yirik ishlab chiqaruvchi 
korxonalar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari bilan 
samarali aloqasini ta‘minlash zarur, ya‘ni yirik korxonalarga yarim tayyor 
mahsulotlar, butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilari bo‗lishlari zarur; 
5.Chet el investorlari uchun qulay investitsion muhitni yaratib berish va ular 
uchun kafolatli qonunchilik tizimini yanada takomillashtirish; 
6.Eksportga ishlaydigan kichik va o‗rta korxonalarni ko‗paytirish va 
ularni samarali faoliyat yuritishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish va davlat 
tomonidan imtiyozli kredit liniyalari hajmini oshirish; 
7.Investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi banklar
investitsiya fondlari va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‗batlantirish va 
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali 
yo‗lga qo‗yish; 
8.Infratuzilmaga oid muammolar, shu jumladan, korxonalarning elektr 
energiya, tabiiy gaz, suv va yoqilg‗i mahsulotlari bilan ta‘minlashda uzilishlar 
mavjudligi – eksportyor korxonalarni uzluksiz ravishda elektr energiyasi va tabiiy 
gaz bilan ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va nazoratga olish; 
9.Mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud to‗g‗risida to‗liq 
investitsion muhitga oid ma‘lumotlar bilan ta‘minlashda faol ishtirok 
etmayotganligi 
– xorijiy investorlarni to‗laqonli ravishda axborot 
(investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, 
iqtisodiy tahlil xom-ashyo va mehnat salohiyati to‗g‗risida ma‘lumotlar) bilan 
ta‘minlash uchun har bir hudud bo‗yicha ―Viloyat investitsiya salohiyati‖ 
veb-portalini tashkil etish, investitsiya faoliyatiga oid konferensiyalar, 
seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda) 
o‗tkazish; 
10.Xorijiy 
investorning loyihani amalga oshirishdagi mas‘uliyatini 
kuchaytirish, ularning loyihani boshidan oxirigacha milliy investorlarning 
ulushidan kam bo‗lmagan miqdorda kapitali bilan samarali ishtirok etishini 


87 
ta‘minlash va bunday mas‘uliyat va majburiyatlar me‘yoriy hujjatlarda, jumladan, 
shartnomada qat‘iy qilib belgilanishi va ularga amal etishi shart; 
Xorijiy amaliyotining ko‘rsatishicha, investorlarning samarali faoliyat 
yuritishi uchun infratuzilma zarur bo‘lib, uni rivojlantirish yirik kapital 
qo‘yilmalarini talab etadi. Masalan, Xitoyda 1 dollar chet el investitsiyasini jalb 
etish uchun 5,5 dollar milliy resurslarni transport tizimi, barqaror suv va energiya 
ta‘minoti, shinam turar-joy uchun sarflash zarur bo‘lgan. 
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko‗rsatayotgan korxonalarni jadal 
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta‘minlash, yuksak texnolo-
giyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‗-
qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar 
tarmog‗i hamda boshqa yo‗nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish
quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga 
ustuvor e‘tibor berilmoqda. 
Bu imtiyozlarni berishdan maqsad - xorijiy investitsiyalarni ko‗proq jalb 
qilish orqali iqtisodiyotimizning real sektori salohiyatini oshirish, yurtimiz
hududlarida yangi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish
korxonalarini tashkil etish, yangi ish o‗rinlarini ko‗paytirish, pirovard natijada 
mamlakatimizni 
barqaror 
va 
mutanosib 
tarzda 
iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
rivojlantirishdir. 
Istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni moliyalashtirish 
manbalarini quyidagi yo‗nalishlarga jalb qilish maqsadga muvofiqdir: 
– davlat budjeti mablag‗larini – fan-texnika taraqqiyotiga (yangi navlarni 
yaratish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish), irrigatsiya va melioratsiya 
tadbirlariga;
– korxonalar mablag‗larini – tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va qayta 
ishlash korxonalarini tashkil etishga; 
– aholi jamg‗armalarini – bandsizlikga barham berish, qo‗shimcha ishchi 
o‗rinlarini yaratish va umuman ijtimoiy rivojlantirish tadbirlariga; 


88 
– xorij investitsiyalarini – ekologik toza, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar 
ishlab chiqarishni rag‗batlantirish, agroresurslardan samarali foydalanish, eksportni 
qo‗llab-quvvatlashga; 
– xalqaro maydonda mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, milliy 
iqtisodiyotning yetakchi tarmoq, kompaniya va tashkilotlarining investitsion 
imkoniyatlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni keng targ‗ib etish, tahlil qilish, baholash 
va tasdiqlash kabi tadbirlarni kuchaytirish; 
– raqobatbardosh mahsulotni ta‘minlovchi yangi ishlab chiqarish va 
tarmoqlarni yaratishga, diversifikatsiya jarayonlariga erishish uchun ishlab 
chiqarishga fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini boshqarishning ilg‗or 
usullarini joriy etgan holda qayta ishlab chiqarish zaxiralarini tejashni tashkil etish; 
– mamlakatimizdagi bozor axborot xizmatini rivojlantirish, marketing 
xizmati faoliyatini va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilishning me‘yoriy asoslarini yaratish.
O‗zbekistonda investitsion muhitni takomillashtirish, xorijiy kapitalni jalb 
qilish uchun qulay makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish bo‗yicha ish olib borish 
muhim hisoblanadi va bu borada quyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsadga 
mufoviq deb hisoblaymiz.
Birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o‗sishiga 
ta‘sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar xajmini yanada 
ko‗paytirish. Ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya‘ni 
xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish. Uchinchidan, chet el 
investorlariga 
yanada 
qulay 
investitsiya 
muhitini 
yaratish 
maqsadida 
rag‗batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini 
kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish. To‗rtinchidan, 
xorijiy iqtisodiy sub‘yektlar bilan o‗zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish 
tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil 
etish. Qolaversa, bu omillar mamlakat iqtisodiyotini barqaror rivojlanishida muhim 
hisoblanishi mumkin. 

Download 1,06 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish