3.2. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/36
Sana26.11.2023
Hajmi1,06 Mb.
#106016
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
71 
3.2. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb 
qilishni samarali tashkil etish masalalari 
 
Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab 
chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni 
amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish 
va taraqqiyot jamg‘armasi alohida o‘rin egallaydi. Mazkur jamg‘armaning tarkibiy 
o‘zgarishlardagi tobora ortib borayotgan rolini inobatga olgan holda, yaqin yillarda 
uning hisobida 10 milliard dollardan ziyod mablag‘ jamlandi. 
Kelgusi yillardagi ustuvor yo‘nilishlardan biri mamlakatimizda, eng avvalo, 
jalb qilinayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, chet el 
investorlari uchun kafolatlar yaratish hamda ularning ishonchini mustahkamlash 
maqsadida yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirishdan iborat. 
Bu vazifalarni amalga oshirish 2017-2022 yillar davomida 13 milliard 
dollardan ziyod yoki o‘tgan besh yildagiga nisbatan 1,7 barobar ko‘p to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ta‘minlaydi. Ushbu mablag‘lar eng 
ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va xomashyo resurslarini chuqur qayta 
ishlash hamda raqobatdosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ta‘minlaydigan, 
mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga 
xizmat qiladigan yangi sanoat korxonalarini tashkil etish bo‘yicha chet el 
investorlari ishtirokidagi 320 tadan ortiq yirik investitsiya loyihasini amalga 
oshirishga yo‘naltiriladi. 
Bunday loyihalar haqida so‘z borganda, avvalo Surgil koni bazasida Ustyurt 
gaz-kimyo majmuasini barpo etish, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan 
metan bazasida suyultirilgan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish, Muborak gaz-kimyo 
majmuasini qurish, Qandim guruhi konlarini o‘zlashtirib, gazni qayta ishlaydigan 
zavod barpo etish, Navoiy viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqaradigan 
zamonaviy kompleks qurish, avtomobil dvigatellari, katta hajmda yuk tashiydigan 
―MAN‖ avtomobillari, ―Mersedes Bents‖ shassisi bazasida ko‘p o‘rinli avtobuslar, 
―Klaas‖ kompaniyasi bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab 


72 
chiqarishni tashkil etish, texnik va polikristall kremniy ishlab chiqarish, tayyor 
mahsulot ishlab chiqarishning to‘liq sikliga ega bo‘lgan vertikal integ-
ratsiyalashgan tekstil majmualarini, tayyor dori preparatlarini ishlab chiqaradigan 
korxonalarni barpo etish va boshqa loyihalarni qayd etish mumkin. 
Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishda O‘zbekiston yirik xalqaro moliya 
institutlari, hukumat tashkilotlari va xorijiy banklarni, birinchi navbatda 
mamlakatimiz bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro 
hamkorlik aloqalarini kengaytirishga katta qiziqish bildirayotgan Osiyo taraqqiyot 
banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Yaponiya, Janubiy Koreya va XXR 
taraqqiyot banklari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlarini jal etish 
masalasiga katta ahamiyat beradi. 
Aynan ana shu hamkorlikning moliyaviy ko‘magida kelgusi yillar davomida 
O‘zbek milliy avtomagistrali uchastkalarini qurish, ichimlik suvi bilan ta‘minlash 
tizimlarini barpo etish va rekonstruktsiya qilish, qishloq xo‘jaligi erlarining 
meliorativ holatini yaxshilash, polivinilxlorid va kaustik soda ishlab chiqarish 
bo‘yicha yangi majmua barpo etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil 
shinalarini ishlab chiqarishni tashkil etish kabi ko‘plab loyihalar amalga oshiriladi. 
Bizga ma‘lumki, Respublikamiz iqtisodiyotini qaytadan qurish va 
jadallashtirish uchun chet el investitsiyalardan foydalanish samarasi ortib borar 
ekan, iqtisodiyotimizni moliyalashtirishda chet el investitsiyalarni ahamiyati juda 
beqiyos o‘rinni egallaydi. 
O‘zbekistonda davlat mustaqilligining qaror topishidagi qisqa davrda 
investitsiya faoliyatining qonunchilik asosi yaratadi. Bu qonun hujjatlarida chet el 
investitsiyalarini jalb etishga keng huquqiy kafolatlari va imtiyozlari tizimi o‘z 
aksini topdi. Yaratilgan qulay investitsiya muhiti birinchi navbatda mamlakatdagi 
siyosiy va iqtisodiy barqarorlik bilan tavsiflanadi. Qabul qilingan qonun hujjatlari 
bu muhitning negizini tashkil etadi. 
Shu bilan birga chet el investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb qilish uch guruh 
omillariga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Birinchidan, investitsiya quvvatini mavjudligi. Uni tabiiy, mehnat zahiralari, 


73 
shuningdek ishlab chiqarish, iste‘mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va 
infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi. 
Ikkinchidan, mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. 
Bularga: umumiqtisodiy, bozor me‘yoriy - huquqiy, axborot bilan ta‘minlash, 
ekologik, ijtimoiy, etnografik va ijtimoiy madaniy sharoitlar kiradi. 
Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi omillaridir. Ular chet el 
investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining qulay 
afzalliklaridan foydalanish bo‘yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi. 
Barcha guruhlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Misol uchun 
yetarli darajada jalb qiluvchi bo‘lmagan investitsiya sharoitlari, hatto yuqori 
quvvatli investitsiya loyihlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib 
yuboradi. 
Investitsiya tavakkalchiligi-o‘tish iqtisodida bo‘lgan, chet el investitsiyalarni 
jalb qilish bo‘yicha sharoitlarni shakllantirayotgan davlatlar uchun riskning muhim 
turlaridan biridir. Shuning uchun ham tavakkalchilikni, uning manbalarini va uning 
oldini olish usullarini aniqlash rivojlanayotgan mamlakatlar uchun hayotiy vazifa 
bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekistondagi mavjud investitsiya muhiti, fikrimizcha, investorlarning 
investitsiya risklarini baholash asosida chet el investitsiyalari kirib kelishiga 
qulayliklar yaratish kerak. Chet ellik investorlar qabul qiluvchi mamlakatdagi 
investitsiya muhitini, uning xavfsizligi, siyosiy risklar darajasi va ularning 
sug‘urtalanishi, investitsiyalash maqsadlarga muvofiqligi, iqtisodiyotning 
boshqalarga qaraganda qulayligi nuqtai nazardan baholaydilar. 
Bugungi kunda respublikada muayyan darajada chet el kapitalini qabul 
qilish tizimi shakllangan. Bunda chet el kapitaliga nisbatan davlat siyosatini ifoda 
etadigan huquqiy normalar, qoidalar va muassasalar majmui nazarda tutiladi. Chet 
el kapitalini qabul qilish tizimi investitsiya muhitining tarkibiy qismiga kiradi va 
ayni paytda mustaqil hisoblanadi, chunki bu tizimni o‘zgartirish xususiyatiga ega. 
Bu tizimning elementlari quyidagilardan iborat: chet el kapitali uchun soliq va 
bojxona imtiyozlari berish, foydani boshqa iqtisodiyotga o‘tkazishning qulay 


74 
rejimi, milliylashtirishdan kafolatlar, ro‘yxatdan o‘tkazishning oddiy tartib 
qoidalari, konsessiyalar berish, erkin iqtisodiy zonalar barpo etish, aksiyadorlik 
kapitalida hissani cheklash, majburiy eksport kvotasini joriy qilish, narxlarni 
nazorat qilish, tashqi savdo operatsiyalarini litsenziyalash va boshqalar. 
Fikrimizcha, respublikada yaratilgan qulay investitsiya muhitini rivoj-
lantirish uchun rag‘batlantirish omillarini kuchaytirish talab etiladi. Shu munosabat 
bilan ishlab chiqarishga investitsiyalarni rag‘batlantirish uchun tadbirkorlik 
tuzilmalariga jadallashgan amortizatsiya usullarini qo‘llashda to‘la erkinlik berish 
kerak. Jamg‘arish va investitsiyalashni rag‘batlantirish uchun, bizning 
nazariyamizda, investitsiya bo‘yicha soliq kreditlarining turli shakllaridan kengroq 
foydalanishni yo‘lga qo‘yishi zarur. 
Qulay investitsiya muhitini rivojlantirishda soliqlarning rag‘batlantiruvchi 
rolini kuchaytirish beqiyos ahamiyatga ega. Soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini 
to‘rt jihatdan olib qarash mumkin, buni quyidagi rasmda ko‘rishimiz. Qayd 
qilingan rag‘batlar u yoki bu darajada chet el investitsiyalari ishtirokidagi keng 
doiradagi korxonalar uchun tatbiq etiladi. 
Rag‘batlantiruvchi soliq imtiyozlarining amal qilishini, shuningdek 
investitsiyalarni inson kapitaliga, texnologik o‘sish va texnika blimlari sohalarini 
rivojlantirishga, kengaytirishga ham joriy qilish kerak. Bularning barchasi 
O‘zbekistonda investitsiya muhitini modellashtirish masalasini kun tartibiga 
qo‘yadi. Bu model xorijiy investorga ta‘sir ko‘rsatadigan omillar to‘g‘risida 
mukammal ma‘lumot to‘plash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni yaqqol 
baholash hamda chet ellik sheriklar harakatlari motivatsiyasini anglash, chet el 
investitsiyalarini tartibga solishning asosiy vositalarini bir xil qilish imkoniyatlarini 
yaratadi. Xullas, milliy investitsiya muhiti bevosita chet el investitsiyalari oqimi 
uchun qulay va maqbul bo‘lishi kerak. Buning uchun jami investitsiya risklari, 
xavfsizlik, daromadlilik, chet el investitsiyalari likvidligi, investitsiyalash 
maqsadlari inobatga olinishi zarur va bular asosida baholanishi shart. Bu borada 
qulay mahalliy sharoitlar, investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlari, kontsessiyalar 
tashkil etish, eksport sanoati rayonlari, bojxona bojlari amal qilmaydigan va erkin 



Download 1,06 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  3.2. Respublika iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb

Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish