• 2010 y. 2015 y. 2016 y. O‘zbekiston 33715,3 40737,3 49476,8 100,0 100,0 100,0
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/36
    Sana26.11.2023
    Hajmi1,06 Mb.
    #106016
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36
    Bog'liq
    iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida milliy iqtisodiyot tarmoqlariga
    Axborot-kutubxona katalogi va fondi. Ganiyeva B.I, Mustaqil ish mavzulari
     


    63 
    3.1-jadval 
    Mintaqalar bo’yicha asosiy kapitalga kiritilgan 
     investitsiyalar tarkibi
    40

     
    mlrd. so‘m 
    foizda 
    2010 
    2015 
    2016 
    2010 y. 2015 y. 2016 y. 
    O‘zbekiston
    33715,3 40737,3 
    49476,8 
    100,0 
    100,0 
    100,0 
    Qoraqalp.Res 
    3840,3 
    5757,0 
    3730,2 
    4,5 
    14,1 
    7,5 
    Viloyatlar:
    Andijon 
    1407,5 
    1637,8 
    1882,2
    1,8 
    4,0 
    3,8 
    Buxoro 
    3308,3 
    3878,4 
    5822,7 
    4,1 
    9,5 
    11,8 
    Jizzax 
    1026,7 
    1027,9 
    1252,7 
    0,6 
    2,5 
    2,5 
    Qashqadaryo 
    3944,4 
    5224,3 
    6334,0 
    8,4 
    12,8 
    12,8 
    Navoiy 
    1544,4 
    1690,7 
    2839,1 
    9,5 
    4,2 
    5,7 
    Namangan 
    1620,0 
    1926,6 
    2362,6 
    2,2 
    4,7 
    4,8 
    Samarqand 
    2185,7 
    2767,1 
    3362,2 
    2,3 
    6,8 
    6,8 
    Surxondaryo 
    1377,4 
    1552,4 
    1891,8 
    1,1 
    3,8 
    3,8 
    Sirdaryo 
    920,4 
    1001,8 
    1091,2 
    1,1 
    2,5 
    2,2 
    Toshkent 
    3633,9 
    3929,2 
    3808,4 
    8,4 
    9,6 
    7,7 
    Farg‗ona 
    1963,0 
    2072,7 
    2346,8 
    2,5 
    5,1 
    4,7 
    Xorazm 
    1220,6 
    1397,8 
    1451,4 
    1,3 
    3,4 
    2,9 
    Toshkent sh. 
    5642,8 
    6747,3 
    10738,7 
    41,9 
    16,6 
    21,7 
    Ilmiy tadqiqotlarni ko‗rsatishicha, mamlakatimiz hududlariga xorijiy 
    investitsiyalarni jalb qilishda quyidagi qator muammolar mavjud bo‘lib, 
    ularning yechimini ishlab chiqishni taqazo etmoqda: 
    - investitsiya infratuzilmasining yetarlicha rivojlanmaganligi banklar, 
    investitsiya fondlari va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‗batlantirish va 
    investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali 
    yo‗lga qo‗yish; 
    -tadbirkorlarning biznes-ko‗nikmalari, shu jumladan, 
    investitsiya 
    loyihalari bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari etarli emasligi; 
    - hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat ko‗rsatuvchi 
    markazlar tashkil etish va foliyatini rivojlantirish;
     
    -investitsiya 
    takliflari 
    va 
    loyixa 
    texnik-iqtisodiy 
    asoslarining 
    belgilangan talablarga javob bermasligi – tadbirkorlarga investitsiya 

    40
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida tayyorlandi. 




    64 
    loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat 
    palatasi va boshqa mas‘ul idoralar tomonidan amaliy yordam ko‗rsatilishini 
    mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish; 
    -loyiha tashabbuskorlari moliyaviy-iqtisodiy holatining nochorligi – 
    investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
    bo‗yicha dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining 
    moliyaviy-iqtisodiy holatining maxalliy hokimliklar va tijorat banklari 
    tomonidan chuqur tahlil qilinishi; 
    -mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud to‗g‗risida to‗liq 
    investitsion muhitga oid ma‘lumotlar bilan ta‘minlashda faol ishtirok 
    etmayotganligi 
    – xorijiy investorlarni to‗laqonli ravishda axborot 
    (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, 
    iqtisodiy tahlil xom-ashyo va mehnat salohiyati to‗g‗risida ma‘lumotlar) bilan 
    ta‘minlash uchun har bir hudud bo‗yicha ―Viloyat investitsiya salohiyati‖ 
    veb-portalini tashkil etish, investitsiya faoliyatiga oid konferentsiyalar, 
    seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda) 
    o‗tkazish. 
    Ayrim korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilishda 
    ham mavjud muammolar bo‘lib, ular samarali sa‘y-harakatlarni taqazo etadi: 
    - xom-ashyo sotib olishga aylanma mablag‗lar etishmasligi – korxonaning 
    moliyaviy-iqtisodiy ahvolini o‗rganib chiqib, uni moliyaviy sog‗lomlashtirish, 
    qarzlarini restrukturizatsiya qilish bo‗yicha muvofiqlashtirish ishlarini olib borish 
    orqali eksport istiqbolini bajarishga amaliy yordam ko‗rsatish; 
    - qishloq xo‗jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda xom-
    ashyoning etishmasligi (pomidor, o‗rik, va b.) – ishlab chiqarish kuchlarini oqilona 
    joylashtirish 
    va 
    xom-ashyo 
    bazasi bilan bog‗liq masalalarni loyiha
    tashabbuskorlari bilan birga ishlab chiqish; 
    - infratuzilmaga oid muammolar, shu jumladan, korxonalarning elektr 
    energiya, tabiiy gaz, suv va yoqilg‗i mahsulotlari bilan ta‘minlashda uzilishlar 


    65 
    mavjudligi – eksportyor korxonalarni uzluksiz ravishda elektr energiyasi va tabiiy 
    gaz bilan ta‘minlash bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va nazoratga olish; 
    - texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan 
    mahsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi – 
    texnologik asbob-uskunalarni zamonaviylashtirish maqsadida xalqaro ko‗rgazma-
    savdolarda ishtirok etishni ta‘minlash, tejamkor texnologiyalarni tanlash va ularni 
    moliyalashtirish manbalarini aniqlash; 
    - korxonalarda marketing xizmatining to‗g‗ri tashkil qilinmaganligi, tovar 
    ishlab chiqaruvchilarning chet el bozorlari , ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari 
    to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan ta‘minlanmaganligi, korxonalarda marketing bilan 
    shug‗ullanuvchi xodimlar bilimining, malakasining etarli darajada emasligi – 
    kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining ishlab chiqarish hamda 
    eksport salohiyati, marketing va mahsulotlarni sotishga bag‗ishlangan amaliy 
    o‗quv mashg‗ulotlari, seminarlar va ko‗rgazmalarni tashkil etishni muntazam 
    yo‗lga qo‗yish lozim. 
    Qo‗shma korxonalar faoliyat yuritishdagi yana bir muhim muammo bu 
    milliy valyutamiz so‗mni barqarorligi va mustahkamligi bilan bog‗liqdir. 
    O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganlaridek: 
    ―Bugungi eng muhim vazifa valyutamizni baquvvat, dunyoda obro‗li valyutaga 
    aylantirishdir. U yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo‗lishi lozim. So‗mning 
    barqarorligini ta‘minlash va qadrini oshirish - umummilliy vazifa. 
    Respublikamizdagi barcha fuqarolarning farovonligi ana shu vazifaning hal etili- 
    shiga bog‗liq‖
    41

    Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsion loyihalarni, ularning barcha 
    hujjatlari, texnik iqtisodiy asosini sifatli va talab darajasida ishlab chiqaruvchi 
    professional loyiha injiniring kompaniyalarining sanoqli ekanligi va yaxshi 
    rivojlanmaganligi, ularning malakali kadrlar bilan ta‘minlanmaganligi ham jiddiy 
    muammo bo‗lib qolmoqda. Ushbu kompaniyalar tomonidan ko‗rsatilayotgan 
    xizmatlar talab darajasida emas. Ular xorijiy moliyaviy institutlar shartlariga mos 

    41
    Karimov I. O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida. T.:O‗zbekiston, 1995, 200-b. 




    66 
    kelmaydi, ularning ekspertizada loyihaning asoslanmagan tomonlari-kamchiliklari 
    ko‗zga tashlanib qolmoqda. Bu loyiha hujjatlarining asosli ravishda 
    tayyorlanmaganligi, hisob-kitoblarda noaniqliklar mavjudligi bilan izohlanadi. 
    Xorijiy investorlar mablag‗lari bu kichik biznes va tadbirkorlik sub‘ektlariga 
    beriladigan beg‗araz insonparvarlik yordami emas. Shuning uchun har bir 
    tadbirkor loyihaning moliyaviy rejasini tuzishda xorijiy investor o‗rnida o‗zini his 
    qilishi va shunga yarasha mablag‗lar harakati prognozini to‗g‗ri hisoblab chiqishi 
    zarur. Boshqacha qilib aytadigan bo‗lsak, xorijiy investor ham mahalliy hamkorga 
    o‗xshab, ma‘lum vaqtdan so‗ng foyda olish maqsadida mablag‗larini ma‘lum bir 
    sohaga joylashtiradi. Agar u investitsiya rentabelligiga erishmasa, loyihadan 
    ko‗zlangan foydani olmasa, xorijiy investorning loyihaga bo‗lgan qiziqishi 
    susayadi. Bu boshqa investorlarning respublikamizda kichik va o‗rta biznes 
    sohasiga bo‗lgan fikri, munosabatiga salbiy ta‘sir etishi mumkin. 
    Shuningdek, respublikamizda o‗z ish faoliyatini amalga oshirmoqchi 
    bo‗lgan xorijiy investorlarning o‗z majburiyatlarini bajarmaslik holatlari ham 
    uchramoqda. Xorijiy investorlarning o‗z zimmasiga olgan majburiyatlarini 
    bajarmasligi, jumladan, qo‗shma korxona nizom jag‗armasiga o‗z vaqtida 
    badallarni kiritmasligi, badal kiritish va asbob-uskuna yetkazib berish bo‗yicha 
    kafolatlarni o‗z vaqtida taqdim etmasligi, asbob-uskuna yetkazib berish va montaj 
    qilishda kamchilik va xatolarga yo‗l qo‗yish holatlari ham mavjud. 
    Mamlakatda telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari jahon standartlariga
    javob bera olmasligi, reklama-axborot ta‘minotidagi taqchillik mavjudligi ham
    xorijiy investorlar faoliyat yuritishiga muayyan to‗siq bo‗lmoqda. 
    Mahsulot bozori, nufuzli raqobatchilarning narx va ishlab chiqarish siyosati, 
    xom ashyo materiallariga bo‗lgan imkoniyatlar, yangi ishlab chiqarishni tashkil 
    etish natijasida kelib chiqishi mumkin bo‗lgan ekologik holatni baholash bo‗yicha 
    ma‘lumotlarning etishmasligi jiddiy muammo bo‗lib qolmoqda. 
    Mamlakatda qulay investitsion faoliyatni yaratish bo‗yicha amal qilib 
    kelayotgan qonuniy-huquqiy baza, xorij sarmoyasi uchun yaratilgan imtiyoz va 
    qulayliklarni targ‗ibot-tashviqot qilish ishlari sust kechmoqda. Joylardagi huquqni 


    67 
    muhofaza qilish muassasalari tomonidan respublikada investitsion faoliyatni 
    tartibga solish va himoya qilish qonuniy bazasiga amal etilishi sust nazorat qilish 
    holatlari uchramoqda. 
    Mustaqillik yillarida respublikada xorijiy firmalar va qo‗shma korxonalarni 
    imtiyozli ravishda soliqqa tortishning e‘tiborga loyiq huquqiy asosi yaratildi, 
    investitsiya va tadbirkorlikni himoya qilishga doir boshqa choralar ko‗rildi. 
    Ammo, xorijiy kapitalni jalb qilish holati hozircha yetarli emas, xorijiy kapitalli 
    kompaniyalarni ochish ishida bir qator kamchiliklar ham mavjud, valyuta 
    almashtirish operatsiyalarida nomukammallik va cheklanganlik, tadbirkorlik uchun 
    infratuzilmani takomillashtirish (yo‗llar, aloqa, yuqori toifadagi mehmonlar va 
    boshqalar), qator mahalliy xo‗jalik tuzilmalari tomonidan imzolangan shartnoma 
    majburiyatlari va unga bo‗lgan arbitraj yo‗qligi muammosi - Respublika iqtisodiy 
    voqeligining boshqa salbiy jihatlari xorijiy investitsiyani jadal jalb qilish va uni 
    zudlik bilan yaxlit erkin iqtisodiy hududga aylantirishga xalaqit bermoqda. 
    Strategik muhim, birinchi navbatda, infratuzilmani shakllantirish, ishlab 
    chiqarishni rekonstruktsiya qilish va modernizatsiya etishga qaratilgan loyihalarni 
    amalga oshirishga ichki resurslarni jalb etishda O‗zbekiston Respublikasi Tiklanish 
    va taraqqiyot jamg‗armasi alohida o‗rin egallaydi. Mazkur jamg‗armaning tarkibiy 
    o‗zgarishlardagi tobora ortib borayotgan rolini inobatga olgan holda, yaqin yillarda 
    uning hisobida 10 mlrd. dollardan ziyod mablag‗ jamlanadi. 
    Kelgusi yillardagi ustuvor yo‗nilishlardan biri mamlakatimizda, eng avvalo, 
    jalb qilinayotgan to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, chet el 
    investorlari uchun kafolatlar yaratish hamda ularning ishonchini mustahkamlash 
    maqsadida yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirishdan iborat. 
    Ma‘lumki, xorijiy investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb qilish quyidagi uch 
    guruh omillariga ham bog‗liq bo‗ladi:
    - birinchidan, investitsiya quvvatini mavjudligi. Uni tabiiy, mehnat zahiralari, 
    shuningdek ishlab chiqarish, iste‘mol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va 
    infratuzilmaviy quvvatlar tashkil qiladi; 
    - ikkinchidan, mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. 


    68 
    Bularga: umumiqtisodiy, bozor me‘yoriy-huquqiy, axborot bilan ta‘minlash, 
    ekologik, ijtimoiy, etnografik va ijtimoiy madaniy sharoitlar kiradi;
    - uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi (riski) omillaridir. Ular xorijiy 
    investorlarning investitsiya quvvati va investitsiya sharoitlarining qulay 
    afzalliklaridan foydalanish bo‗yicha vazifalariga qarama-qarshi turadi. 
    Ushbu guruhlar bir-biri bilan o‘zaro chambarchas bog‗liqdir. Misol uchun 
    yetarli darajada jalb qiluvchi bo‗lmagan investitsiya sharoitlari, hatto yuqori 
    quvvatli investitsiya loyihlarini amalga oshirish imkoniyatlarini ham pasaytirib 
    yuboradi. 
    Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida, davlat ayrim tizimlarni shakllanishiga, 
    yangi hududlar va ishlab chiqarishni o‗sishida boshlang‗ich manbalarini tashkil 
    etilishiga yoki ishlab chiqarishni qo‗llab-quvvatlashga e‘tibor qaratish lozim. 
    Davlat hisobidan 
    investitsiyalarini 
    moliyalashtirishda, 
    ularning 
    strategik 
    rivojlanishda ahamiyatga ega bo‗lgan, lekin kelajakda tez samara bera olmaydigan 
    tarmoqlar va ilmiy tadqiqot ishlarini qo‗llab-quvvatlashga qaratilishi talab 
    etilmoqda. 
    Butun dunyoda davlat mablag‗lari asosan yo‗l qurilishi, shahar 
    obodonchiligi va ishlab chiqarish infratuzilmalarining rivojlanishi kabi umumiy 
    miqyosdagi ishlarga sarflanadi. Bozor iqtisodiyotining bozor mexanizmi sharoitida 
    davlatning roli asta-sekin torayib borib, davlat miqyosi darajasidagi vazifalar 
    qoladi. Ya‘ni, ijtimoiy sohaning boshlang‗ich ta‘limi, sog‗liqni saqlashning tez 
    tibbiy xizmat ko‗rsatish sohasi, davlat boshqaruvi va boshqalarni moliyalashtirish 
    budjet hisobida qoladi. 
    Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, chet el investorlariga turli yengillik va 
    imtiyozlarni joriy etish bo‗yicha Xitoy davlati tajribasi ham ahamiyatlidir. Xitoy 
    hukumati investitsiyalar oqimini hududlar darajasida, mahalliy hokimiyatga katta 
    vakolat bergan holda muvaffaqiyatli muvofiqlashtirib kelmoqda. 
    Markaziy organlar umumiy investitsiya siyosati doirasida qaysi sohaga 
    investitsiyalarni yo‗naltirish zarurligini aniqlab beradi. Mahalliy organlar esa, bir 
    vaqtda investitsiyalarni rag‗batlantirish dasturlarini ishlab chiqadi. Chet el 


    69 
    investitsiyalarini jalb etish uchun ―soliq kanikuli‖ va yengilliklari, import ta‘riflari 
    bo‗yicha engilliklari kabi turlicha rag‗batlantirish usullari ishlab chiqilgan. 
    Ayniqsa shu yo‘sinda erkin iqtisodiy zonalarda tashkil etilgan korxonalarga 
    nisbatan bunday engillik va imtiyozlar ko‗p berilmoqda. 
    Xorij tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, investor uchun ko‘plab shart-sharoitlar 
    yaratilgan. Xitoy hukumati tomonidan mamlakatning ichki rayonlariga ko‗plab, 
    xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun, ularga uzoq muddatga soliq to‗lashdan 
    ozod etish, foydasini har qanday to‗siqlarsiz olib chiqib ketish kabi shart-
    sharoitlarni yaratmoqdalar. Mahalliy hokimiyatlar mahalliy iqtisodiyotni 
    rivojlantirish uchun chet el kapitalini jalb qilishni rag‗batlantirish dasturlarini 
    markaziy organlarning ruxsatsiz hayotga tatbiq etishlari mumkin. 
    Jahonning ko‗pgina davlatlarda hududiy investitsiya siyosatidagi moliyaviy-
    iqtisodiy imtiyozlarning va yengilliklarning berilishi hududlarning iqtisodiy 
    rivojlanishlariga zamin yaratmoqdalar. 
    Respublikamizda ham viloyatlarning, tumanlarning investitsion faoliyatdagi 
    faolligini va mustaqilligini oshirish hududlarga xorijiy investitsiyalarini jalb 
    etishda bir muhim mezon bo‗lib kelmoqda. 
    Jahon amaliyotida investorlarning manfaatlarini himoya qilish va kafolatini 
    ta‘minlashning quyidagi usullaridan foydalaniladi. Xususan:
    - milliy qonuniyatlarning chet el investorlariga nisbatan mos me‘yorlarini 
    qabul qilish;
    - ko‗p tomonlama shartnomalarning me‘yorlarini muvofiqlashtirish; k 
    - kapital qo‗yilmalarni o‗zaro himoyalash va rag‗batlantirish bo‗yicha 
    davlatlararo ikki tomonlama shartnomalarni muvofiqlashtirsh; 
    - aniq olingan investitsiya loyihalari bo‗yicha davlatlararo va xorijiy 
    investorlar bilan kelishuvnomalarni muvofiqlashtirish. 
    Respublikamizda bu qayd qilingan usullarning barchasidan foydalanilsada, 
    lekin bizning fikrimizcha etarli darajada emas.
    Yuqorida qayd etilgan xollar, bizning fikrimizcha, respublikamiz investitsiya 
    faoliyatida mahalliy hokimiyatlarning mustaqilligini va rolini oshirish va maxsus 


    70 
    investitsiyalarni rag‗batlantirishning mahalliy dasturlarini ishlab chiqish va 
    hayotga tatbiq etishni kengaytirish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek hududlarda 
    investitsiyalarning manbasi sifatida munitsipial va korporativ obligatsiyalarni 
    muomalaga chiqarish va ulardan oladigan daromadlar bo‗yicha imtiyozlarni 
    belgilash investitsiya oqimini ko‗paytirishga omil bo‘lishi mumkin.
    Xorijiy 
    investitsiyalarni 
    jalb 
    etish 
    murakkablashgan 
    sharoitda, 
    jamg‗armalarni to‗plashning samarali mexanizmlaridan voz kechmagan holda 
    asosiy e‘tiborni davlatning investitsiya rolini kuchaytirish asosida ichki 
    investitsiyalarni faollashtirish choralari tizimini ishlab chiqishga qaratilishi zarur. 
    Bu holda jamgarmalarni investitsiyalarga joylash kabi shartni amalga oshirish 
    muhim o‗rin tutadi. Iqtisodiy sub‘ektlarning o‗z jamgarmalarini investitsiyalarga 
    joylashga moyilligini qo‗yilayotgan mablaglarni qaytarib ololmaslik xavfi va 
    investitsiyalash oqibatida olinadigan daromad darajasi bilan belgilanadi.
    Mamlakatning investitsion jozibadorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan bunday 
    sabablarni bartaraf etish uchun quyidagi muammolarni hal etish lozim:
    - infratuzilma darajasining pastligi (audit, sugurta, konsalting, baholash, 
    huquqiy madad, telekommunikatsiyalar, transport va mehmonxona xizmati);
    - fond bozorining sust rivojlanganligi, depozit xizmatining nomukammalligi, 
    bozorga tegishli ma‘lumotlarning yetishmasligi, fond qimmatli buyumlarining past 
    likvidliligi;
    - korxonalarda menejmentning yo‗lga qo‗yilmaganligi;
    - erishilgan bitimlarning bajarmaslikka yo‗l qo‗yilishi, investitsiya loyihalarini 
    kelishish amaliyotining murakkabligi, hisobga olish tizimining buxgalteriya va 
    moliya hisobi va hisoboti standartlarining xalqaro tizimiga muvofiq emasligi va 
    h.k. 



    Download 1,06 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   36




    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti magistratura bo’limi qo’lyozma huquqida

    Download 1,06 Mb.
    Pdf ko'rish