O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

“Yaxshi yopilgan bir burda non – 
insoniyatning eng buyuk kashfiyotidir”.
K.A.Timiryazev – akademik
INNOVATSIYALI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA 
IQTISODIY FANLARNI O‘QITISh
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
asosida ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning asosiy 
yo‘nalishlarini anglab ollsh lozim. Ular quyidagi yo‘nalishlardir:


86
• ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;
• ta’lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
• ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
• ota-ona, o‘qituvchi-o‘quvchining ta’lim jarayoniga bo‘lgan yangicha 
qarashlarini shakllantirish;
• bu tub islohotlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi – yangi PTni 
amaliyotga tatbiq etish.
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo‘nalish – innovatsiyali 
pedagogikani maydonga olib chiqdi. «Innovatsiyali pedagogika» termini 
va unga xos bo‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQSHda XX asrning 
60-yillarida paydo bo‘ldi. Innovatsiyali faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, 
V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina, V.A.Slastenin, 
A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsiyali 
faoliyat yangilik va ilg‘or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtayi 
nazaridan yoritilgan.
X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M.Mayez, 
A.Xeyvlok, D.CHen, R.Edem ishlarida innovatsiyali jarayonlarni boshqarish, 
ta’limdagi o‘zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning «hayoti va faoliyati» 
uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti amerikalik innovatik 
olim E.Rojers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni 
qatnashchilarining toifalari tasnifini, uning yangilikka bo‘lgan munosabatini, 
uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Oliy maktab o‘qituvchisining innovatsiyali faoliyati oliy maktab 
pedagogikasining bosh muammolaridan biridir.
Innovatsiya (inglizcha innovation) – yangilik kiritish, yangilikdir.
A.I.Prigojin innovatsiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka – tashkilot, 
aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi 
maqsadga muvofiq o‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir.
Tadqiqotchilar (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy, A.G.Kruglikov, 
A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va b.) innovatsiyali jarayonlar tarkibiy qismlarini 
o‘rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual 
mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o‘zaro ta’siri 
mikrosathi.
Birinchi yondashuvda, hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g‘oya 
yoritiladi. Ikkinchi yondashuvda, alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning 


87
o‘zaro ta’siri, ularning birligi, raqobati va natijada birining o‘rnini ikkinchisi 
egallashidir. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan 
jarayon ekanligidan kelib chiqadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayonining sxemasi 
beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi g‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish 
bosqichi, u kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi.
2. Ixtiro qilish, ya’ni yangilik yaratish bosqichi.
3. Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llay bilish bosqichi.
4. Yangilikni yoyish, uni keng tatbiq etish bosqichi.
5. Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu 
bosqichda yangilik o‘zining yangiligini yo‘qotadi, uning samara beradigan 
muqobili paydo bo‘ladi.
6. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo‘llanish 
doirasini qisqartirish bosqichi.
7. V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan 
yangilik yaratish, keng yoyish va foydalanish jarayoni majmuyi, uning 
maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish, 
deb biladi.
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, 
B.V.Sazonov, V.S.Tolstoy) innovatsiyali jarayonlarning ikki muhim shaklini 
farqlaydilar.
Birinchi shaklga, yangilik kiritishning oddiy jarayonlari kiritiladi. Bu 
ilk bor mahsulot o‘zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir.
Ikkinchi shaklga, yangilikni keng ko‘lamda ishlab chiqish taalluqlidir.
Yangilik kirtish ham, ichki mantiq ham vaqtga nisbatan qonuniy 
rivojlangan va uning atrof-muhitga o‘zaro ta’sirini ifodalaydigan dinamik 
tizimdir.
Pedagogik innovatsiyada «yangi» tushunchasi markaziy o‘rin tutadi. 
Shuningdek, pedagogika fanida xususiy, shartli, mahalliy va subyektv 
yangilikka qiziqish uyg‘onadi.
Xususiy yangilik V.A.Slasteninning aniqlashicha, joriy 
zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini 
yangilashni ko‘zda tutadi.
Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma’lum 
unsurlarning yig‘indisi shartli yangilik hisoblanadi.


88
Mahalliy yangilik aniq obyektda yangilikning foydalanishi bilan 
belgilanadi.
Subyektv yangilik ma’lum obyekt uchun obyektning o‘zi yangi bo‘lishi 
bilan belgilanadi.
Ilmiy yo‘nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. 
Yangilik - bu vosita: yangi metod, metodika, texnologiya va b.
«Innovatsiya» - bu ta’lim: ma’lum bosqichlar bo‘yicha rivojlanadigan 
jarayon.
V.I.Zagvyazinskiy «yangi» tushunchasiga ta’rif berib, pedagogikadagi 
«yangi» faqatgina bu g‘oya emas, balki hali foydalanilmagan yondashuvlar, 
metodlar, texnologiyalardir. 
R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o‘qitish va tarbiya berishda 
avval ma’lum bo‘lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib 
boruvchi nazariya va amaliyotga eltuvchi pedagogik voqelikning o‘zgarib 
turishi mumkin bo‘lgan mazmuni sifatida qaraydi.
Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsiyali jarayon 
tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga 
pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish 
shart-sharoiti, yangilikning me’yorlari, uni o‘zlashtirish va foydalanishga 
tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari 
kiradi.
Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o‘zlashtirish va baholash 
bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o‘zlashtirish 
jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va 
novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish 
va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni 
yangini tatbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. 
M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari ham e’tiborga molikdir. 
U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini ko‘rsatadi:
• faoliyat tuzilmasi – motiv – maqsad – vazifa – mazmun – shakl – 
metodlar – metodika komponentlari yig‘indisi;
• subyektv tuzilma – innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, 
mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;


89
• mazmun tuzilmasi – o‘quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da 
yangilikning paydo bo‘lishi, ishlab chiqilishi va o‘zlashtirilishi;
• bosqichlikka asoslangan hayotiy davriylik tuzilmasi – yangilikning 
paydo bo‘lishi – ildam – o‘sish – yetuklik – o‘zlashtirish – diffuziya (singib 
ketish, tarqalish) – zamonaviylashtirish;
• boshqaruv tuzilmasi – boshqaruv harakatlari 4 ta turining o‘zaro 
aloqasi: rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish;
• tashkiliy tuzilma – diagnostik, oldindan ko‘ra bilish, sof tashkiliy, 
amaliy, umumlashtiruvchi, tatbiq etuvchi.

Download 0,86 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish