O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

Ma’ruza. Ma’ruza o‘qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, 
pedagogik faoliyatda yetakchi o‘rinni egallaydi. U o‘qituvchi mehnatining 
oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Uni bir tomonlama aloqaning ko‘rinishi, 
deb ham ataladi. Bunda o‘qituvchining faolligi va tinglovchilarning 
nofaolligi ko‘zda tutiladi. Biroq munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza 
eng faol PT elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi 
juda yuqori bo‘lishiga erishish mumkin. 
Iqtisodiyot o‘quv predmetlarini, odatda, ko‘proq ma’ruzalar tarzida 
bayon etiladi. Chunki bunday kurslar tabiatan ko‘proq nazariy yoki 
umumlashtiruvchi xarakterga ega bo‘ladi. Pedagogik terminologiya 
nuqtayi nazaridan ularni bilish, aqliy umumlashtirish mashg‘ulotlari, 
deb hisoblash mumkin. Bunda metodikaning barcha boshqa metodlari 
kamroq samarali bo‘lib qoladi. Ma’ruzani tashkil etish paytida o‘qituvchi 
o‘quv predmetining eng muhim jihatlarini alohida ta’kidlash evaziga 
muvaffaqiyat qozonishi mumkin. Ma’ruzada tinglovchilar boshqa samarali 
metodlar bilan o‘qitilgandagi kabi bilim oladilar. Faol metodika yordamida 
o‘qilgan ma’ruzalar davomida tinglovchilarni faollashtirish evaziga o‘qitish 
jarayonining teng huquqli ishtirokchilariga aylantirish mumkin. Bunda o‘quv 
materiali tez va soz o‘zlashtiriladi. 


115
Ma’ruzani faol tadbirga aylantirish uchun uning mavzusi va tuzilmasi 
orasidagi bog‘lanishning yechimini topish zarur bo‘ladi. Ma’ruzalar 
o‘quv predmetining bosh masalasi ko‘nikma hosil qilish emas, balki bilim 
o‘zlashtirish bo‘lganidagina samara beradi. O‘qitishning barcha mavjud 
masalalarini uch guruhga ajratish mumkin: 
- bilimlar;
- ko‘nikmalar;
- ko‘rsatmalar.
O‘qitish masalalaridan kelib chiqqan holda uning metodi tanlanadi. 
Agar ta’lim jarayonida tavsiflash, yodga tushirish, sanab o‘tish, kategoriyalar 
bo‘yicha taqsimlash, ta’riflar keltirish, baholash va tushuntirish kabi didaktik 
maqsadlar amalga oshirilishi lozim bo‘lsa, ma’ruza shaklidagi o‘quv 
mashg‘ulotlarining tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Hayot, kundalik 
turmush, muhim voqealar bilan aloqadorlikda bayon etilgan ma’ruza 
materiali oson o‘zlashtiriladi. Suzishni yoki avtomobil boshqarishni ma’ruza 
mashg‘uloti yordamida o‘rgatib bo‘lmasligi ravshan. Shu boisdan, uquv va 
ko‘nikma hamda malaka egallanishi birinchi o‘rinda turadigan faoliyatda 
ma’ruzaning tutgan o‘rni juda kichik. Nazariy bilimlar va dunyoqarash 
ahamiyatiga ega bo‘lgan ma’lumotlar ma’ruza yordamida berilishi maqsadga 
muvofiq.
Ma’ruza davomida o‘qituvchining xatti-harakatlari, imo-ishoralari, nutq 
komponentlari muhim rol o‘ynaydi. Ma’ruzachi auditoriya bilan yaxshi aloqa 
o‘rnatishi uchun uning dinamik siljib turishi tavsiya etiladi. Ovoz ohangining 
o‘zgarishi va o‘rinli pauzalar ham yordamchi omillarga aylanadi. Bayon 
mo‘’tadilligining o‘zgarishi, o‘rinli kalimalarning galma-gallanishi, qiziqarli 
ma’lumotlarning bezak tarzida ishlatilishi katta ahamiyatga ega. Ma’ruzaning 
to‘laqonliligi ko‘rgazmali vositalardan qay darajada foydalanilishiga ham 
bog‘liqdir. Rasmlar, jadvallar, plakatlar, diagrammalar, moddiy obyektlar 
va AKTning turli elementlaridan o‘rinli foydalanish ma’ruzaning ta’lim 
beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi quvvatini oshiradi. 
Har qanday ma’ruza tarkiban uch qismdan iborat bo‘ladi: 
– kirish;
asosiy qism;
– xulosa. 


116
Ma’ruza turlari pedagogning mahoratiga bog‘liq ravishda turfa 
ko‘rinishlar va mazmunga ega bo‘ladi. Ma’ruzaning pedagogik samarasi 
o‘qitishning barcha tashkiliy shakllariga qiyoslanganda eng yuqori bo‘ladi. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish