|
Ilmiy konferensiya mashg‘ulotini quyidagicha o‘tkazish tavsiyaBog'liq Pedagogik texnologiyalar OmonovIlmiy konferensiya mashg‘ulotini quyidagicha o‘tkazish tavsiya
etiladi:
I. O‘qituvchining kirish so‘zi. Bunda o‘qituvchi mashg‘ulotning
mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi «Olimlar» bilan
talabalarni tanishtiradi.
108
II. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. «Olimlar» mavzu yuzasidan tayyorlagan
ma’ruzalarini ko‘rgazmali qurollar asosida bayon qiladilar.
III. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda «Olimlar» va guruhdagi boshqa
talabalar o‘rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o‘tkaziladi.
IV. Ilmiy konferensiya yakuni. O‘qituvchi mavzu yuzasidan eng muhim
tushuncha va g‘oyalarni ta’kidlab, darsni yakunlaydi.
V. Talabalarni baholash. Mashg‘ulotda faol ishtirok etgan talabalar
rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga muvofiq baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
VII. Mashg‘ulotni umumiy yakunlash.
«Kasb ta’limi metodlari» mavzusida o‘tkaziladigan ilmiy konferensiya
mashg‘uloti quyidagi loyiha bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
Mavzu: «Kasb ta’limi metodlari».
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Talabalarni mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
Bu mashg‘ulotni o‘tishdan bir hafta oldin talabalar 4 ta guruhga
ajratiladi va ularga pedagogika fani sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan
«Olimlar» maqomi beriladi.
III. Yangi mavzuni o‘rganish. talabalar guruhi o‘z mutaxassisliklariga
tegishli bo‘lgan quyidagi mavzulardan biri bo‘yicha ma’ruza tayyorlaydi:
1. Kasb ta’limi metodlari va ularning tavsifnomasi.
2. Reproduktiv va muammoli izlanish metodlari.
3. Ishlab chiqarish jarayonida interfaol metodlar.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha «Olimlar» maqomini olgan talabalar
o‘zlariga tegishli mavzu bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar asosida qo‘shimcha
materiallardan foydalangan holatda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach,
talabalar o‘rtasida bahs va munozara o‘tkaziladi. Quyida didaktik o‘yin
texnologiyasining konferensiya metodidan foydalanilgan mashg‘ulotning
texnologik xaritasi keltirilgan.
|
| |