Innovatsiya jarayoni – tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab
olgan tizimdan iboratdir.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiyasi jarayon kechishining 4
ta asosiy qonuniyati farqlanadi:
• pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz maromsizlik qonuni;
• nihoyat amalga oshishi qonuni;
• pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni;
• qoliplashtirish (streotiplashtirish) qonuni.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsiyali
texnologiyalar, pedagogik va ATni o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan
qiziqish va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishining
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni
faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy
texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga,
mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib
chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan
bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta’lim
jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb
egalarini tayyorlashda zamonaviy o‘qitish metodlari – interfaol metodlar,
innovatsiyali texnologiyalarning o‘rni va roli benihoya kattadir. PT va
pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar talabalarni
bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiyali texnologiyalar PJ hamda o‘qituvchi va talaba faoliyatiga
yangilik, o‘zgarishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol
90
metodlardan to‘liq foydalaniladi. Interfaol metodlar - bu jamoa bo‘lib
fikrlash deb yuritiladi. Ular pedagogik ta’sir etish usullari bo‘lib, ta’lim
mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o‘ziga xosligi
shundaki, ular faqat pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat ko‘rsatishi
orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:
– talabani dars davomida befarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod
etish va izlanishga majbur etish;
– talabalarni o‘quv jarayonida bilimga bo‘lgan qiziqishlarining doimiy
ravishda bo‘lishini ta’minlash;
– talabaning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish;
– pedagog va talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatining tashkil
qilinishi.
PT masalalari, muammolarini o‘rganayotgan o‘qituvchilar, ilmiy-
tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, PT – bu faqat axborot
texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o‘qitish jarayonida qo‘llanishi zarur
bo‘lgan AKT, kompyuter, masofali o‘qish, yoki turli xil texnikalardan
foydalanish deb belgilanadi. PTning eng asosiy negizi – bu o‘qituvchi va
talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda
erishishlari tanlagan texnologiyalariga bog‘liqligidadir, ya’ni o‘qitish
jarayonida, maqsad bo‘yicha kafolatlangan natijaga erishishda
qo‘llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida
hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erishsa,
o‘quv jarayonida talabalar mustaqil fikrlasa, ijodiy ishlashsa, izlanishsa,
tahlil eta olishsa, o‘zlari xulosa qila olishsalar, o‘zlariga, guruhga, guruh
esa ularga baho bera olsa, o‘qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun
imkoniyat va sharoit yaratsagina, o‘qitish jarayonining asosi yuzaga chiqadi.
Har bir dars, mavzu, o‘quv predmetining o‘ziga xos texnologiyasi bor. O‘quv
jarayonidagi PT – bu yakka tartibdagi jarayon bo‘lib, u talabaning ehtiyojidan
kelib chiqqan holda bir maqsadga yo‘naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan
va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan PJdir.
O‘qituvchi va talabaning maqsaddan natijaga erishishda qanday
texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning
asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning
91
bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya
tanlanadi. Shu bilan bir qatorda, o‘qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish
zarur, bu jarayonda o‘qituvchi o‘quv predmetining o‘ziga xos tomonini,
mavjud moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni, AKT vositalarini, eng
asosiysi, talabalarning imkoniyat va ehtiyojini hamda ularning hamkorlikdagi
faoliyatini tashkil eta olish qobiliyatlarini hisobga olishi kerak. Shundagina
kerakli va kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda,
talabani ta’limning markaziga olib chiqish lozim.
O‘qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va
uni tasavvur etish uchun navbatdagi dars jarayonini loyihalashtirib olish
kerak. Bunda o‘qituvchining darsning texnologik xaritasini tuzib olishi katta
ahamiyatga ega, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir
dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talabalarning
imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik
xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o‘qituvchi pedagogika,
psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va ATdan xabardor bo‘lishi,
shuningdek, juda ko‘p metod va usullarni bilish kerak bo‘ladi. Har bir
darsning rang-barang, qiziqarli bo‘lishi avvaldan puxta o‘ylab tuzilgan
darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni va
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari
asosida zamonaviy madaniyat va iqtisodiyotning pedagogik shakl va
vositalarini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etishga alohida ahamiyat
berilgan.
Shu jihatdan ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarida davlat ta’lim
standartlari bo‘yicha ko‘zda tutilgan iqtisodiy ta’lim va iqtisodiy tarbiyani
takomillashtirish, uni o‘quvchilar ongiga singdirib borib, iqtisodiy tafakkurni
shakllantirish muammosi dolzarbdir.
Chunki har bir talaba bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan
bir davrda – uni o‘rab turgan iqtisodiy voqelikni, unda kechayotgan
jarayonni anglashi, tadqiq va tahlil qilib, xulosalar chiqarish imkoniga
ega bo‘lishi lozim. Bu esa har bir fuqarodan iqtisodiyot nazariyasining
asoslaridan xabardor bo‘lishini, uni amalda joriy qilish yo‘l va vositalarini
92
talab darajasida o‘zlashtirishini taqozo etadi. Bu masalalar, asosan, o‘quv
muassasalarida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy tarbiyaning bosh maqsadi – yoshlarda iqtisodiy savodxonlikni,
iqtisodiy ongni, iqtisodiy madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir. Bu esa
shaxsning kamol topish faoliyati vositasida aniq iqtisodga bog‘liq, nazariy
bilimlar tizimini, shuningdek, iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalar
majmuasi, o‘rganuvchining iqtisodiy ongiga bevosita ta’sir etishga imkon
beruvchi bosqichlarni amalga oshirishdir.
Talabalar bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim jarayonida iqtisodiy
bilim asoslarini o‘rganish mobaynida ularning tafakkurlari ham shakllana
boradi. Ular quyidagi bilimlar majmuyi bo‘lib xizmat qiladi: shaxsning
ehtiyoj imkoniyatlarini hisobga olib, aniq reja va dasturlar tuzib, o‘ziga xos
uslub va metodlar asosida amalga oshirishda; shaxsning mustaqil faoliyatida
samarali o‘rin tutadigan aniq iqtisodiy tushunchalarni o‘zlashtirib olishda;
iqtisodning siyosat va bozor munosabatlari bilan bog‘liq qonuniyat asoslari
va ulardan amalda foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini bilib olishda; mustaqil
faoliyat ko‘rsatishda zarur bo‘ladigan barcha iqtisodiy bilim, ko‘nikma va
malakalar majmuini o‘zlashtirishda; hayotda qaysi sohani tanlashidan qat’i
nazar, ehtiyoj darajasida iqtisodiy tayyorgarlikni o‘zida shakllantirishnida;
iqtisodiy bilim asoslaridan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq holda foydalana
olish – shaxs barkamolligini belgilovchi axloqiy sifatlaridan biri, deb
qarashda; iqtisodiy bilim asosidan xabardorlikni o‘z faoliyati davomida
jamiyat va davlat iqtisodiy, huquqiy siyosati asosida namoyon etadi.
Bugungi kundagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ishlab chiqarishning
ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda, ma’rifat va madaniyat hamda
iqtisodiy sohalarga, shu jumladan, ijtimoiy-gumanitar, iqtisodiy bilimlar
doirasiga ham ZPTni joriy etishni taqozo etmoqda.
ZPTni ishlab chiqish va amalga oshirish ilmiy muammo sifatida
iqtisodiy yo‘nalishdagi o‘quv yurtlarida maxsus ilmiy tadqiqotlar olib
borishni ko‘zda tutadi. Bunda, eng avvalo, quyidagilarni aniqlash lozim:
– ZPTni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish uchun ijtimoiy-
pedagogik asoslar mavjudligini aniqlash;
– ta’lim majmuyi sifatida nimani anglatishi va qanday tarkibiy
qismlardan tashkil topganligini belgilash;
– PTning funksional majmuyi jarayon sifatida nimalardan iboratligini
aniqlash;
93
– ZPT «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadlariga qay darajada
to‘g‘ri kelishi va uni baholash mumkinligini ko‘rsatib berish;
– PTning majmualar nazariyasining asosiy qonuniyatlariga mosligini
nazoratda tutib turish yo‘l-yo‘rig‘ini ishlab chiqish.
Shuni aytish lozimki, ZPT, pedagogika ilmining tadqiqot obyekti
sifatida, aniq fanlarni o‘qitish uslubi bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy-
iqtisodiy fanlarni o‘qitishga ham yangicha yondashuv sifatida qayd qilinishi
kerak.
Hozirgi kunga kelib, jamiyatimiz jadallik bilan taraqqiy etib, iqtisodiy
va siyosiy mavqeyi kundan-kunga ortib bormoqda. Biroq ijtimoiy sohada
va, ayniqsa, ta’lim-tarbiya jarayonida umumiy taraqqiyotdan biroz orqada
qolish sezilmoqda. Bunday noxush vaziyatdan chiqib ketish yo‘llaridan
biri ta’lim-tarbiya jarayonini qabul qilingan davlat standartlari asosida
texnologiyalashtirishdir.
Rivojlangan bir qator mamlakatlarda muvaffaqiyat bilan qo‘llanib
kelayotgan ilg‘or PTni o‘rganib, xalqimizning milliy pedagogika
an’analaridan hamda ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan
holda respublikamizning milliy PTsini yaratish bugungi kunning talabi
hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda ta’limni axborotlashtirishda asosiy yo‘nalish turli
o‘quv fanlari bo‘yicha pedagogik dastur vositalarini yaratishdan iborat
bo‘lib qoldi. Biroq mavjud va ishlab chiqilayotgan kompyuter texnikasi
bazasidagi pedagogik dastur vositalari o‘qitish nuqtayi nazaridan ta’lim
sifatida muhim siljishlarga olib kelishi mumkin emas. Buning sabablaridan
biri kompyuter texnologiyalarini an’anaviy tashkil etilgan o‘qitish jarayoniga
joriy etila boshlanganligida bo‘lib, o‘z mazmuni va metodi bo‘yicha bu
texnologiya aniq maqsadga yo‘naltirilmagan. Shu munosabat bilan iqtisodiy
ta’lim tizimiga ATni joriy qilish muammo va istiqbollarini ko‘rib chiqish
favqulodda muhimdir.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitishda innovatsiyali PTni qo‘llash orqali uzluksiz
ta’lim samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilayapti. PT – ta’lim
berish va zamonaviy ATni qo‘llash yordamida talabalarning shaxsiy
sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkoniyatini beruvchi o‘quv
vositalari bo‘lib, u o‘ziga xos didaktik va uslubiy asosga ega.
94
Iqtisodiy fanlarning o‘qitilish sifati va samaradorligini oshirish
maqsadida, PTni zamonaviy axborot texnologiyalar imkoniyatlari asosida
uch turdagi o‘quv mashg‘ulotlariga, ya’ni ma’ruza, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks
holda qo‘llash tavsiya etiladi.
Iqtisodiy fanlardan o‘rganilayotgan materiallarning o‘quv soatlari
miqdori hisobga olingan holda mavzu bloklariga ajratiladi, har bir ma’ruza
mavzu blokiga 2-8 o‘quv soati oralig‘ida vaqt ajratiladi hamda ushbu mavzu
blokiga mos amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari mazmuni va hajmi
belgilanadi. Bu usulda har bir mavzuni o‘rganishdagi ichki izchillik va
uzviylik to‘la saqlanadi va talabalarda mavzuga oid malaka va ko‘nikmalarni
to‘laroq va maqsadliroq shakllantirish imkoniyati kuchayadi.
Innovatsiyali texnologiyalarni o‘qitish jarayonida yuqori
malakali, raqobatbardosh o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ularning kasbiy
omilkorliklarini shakllantirish, metodik mahoratini ko‘tarish, o‘qituvchi-
pedagoglarni ZPT bilan qurollantirish asosiy omil bo‘lib qolmoqda.
Iqtisodiy fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi
bir treninglar (texnologiyalarga)ga tavsifnoma berib, ba’zilarini o‘tkazish
tartibi to‘g‘risida quyidagi metodik tavsifnoma beriladi:
«TARMOQLAR» metodi - talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr
doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni
o‘rgatishga qaratilgan.
«3x4» metodi - talabalarning erkin fikrlashi, keng doirada turli
g‘oyalarni bera olishi, ta’lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil
etib, xulosa chiqara olishi, ta’rif bera olishiga qaratilgan.
«BLITS-O‘YIN» metodi – harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil
etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil
fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
«INTERVYU» texnikasi - talabalarga savol berish, eshita olish, to‘g‘ri
javob berish, savolni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatishga qaratilgan.
«IYERARXIYA» texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan
oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy
fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.
«BUMERANG» texnikasi - talabalarni dars jarayonida, darsdan
tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni
95
yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish
hamda bir dars davomida barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
«TALABA» treningi - talabalar bilan individual holda ishlash
o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash
yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan,
«O‘QITUVCHI SHAXSI» treningi – o‘qituvchining innovatsiyali
faoliyatini ochib beruvchi «O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar»
mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon
qilishga qaratilgan.
«MULOQOT» texnikasi – o‘qituvchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga
jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil
etishni o‘rgatishga qaratilgan.
«BOSHQARUV» texnikasi – o‘qituvchilarni auditoriyani
boshqarishdagi usullari hamda talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari
bilan tanishtiruvchi va shunga o‘rgatishga qaratilgan.
«AQLIY HUJUM » - muammolarni hal qilishda keng qo‘llanadigan
anchagina mashhur metoddir. Bu usul katta miqdordagi g‘oyalarni
yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inersiyasidan xoli qilish, ijodiy
vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.
U qatnashchilarni o‘z tasavvurlari va ijodlaridan foydalanishga undaydi
va berilgan har qanday muammoga ko‘p sonli yechimlar topishda yordam
beradi (Bu vaziyatda men nima qilishim kerak? Bu to‘siqni qanday bartaraf
qilishimiz kerak?). Aqliy hujum qadriyatlarni tanlash va muqobillarini
aniqlashga yordam beradi.
Aqliy hujumni o‘tkazish qoidalari, foydalanish usullari quyidagilardan
iborat:
1. O‘ylash jarayonida hech qanday baholashlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Agar o‘ylash jarayonida g‘oyalarni baholaydigan bo‘lsak, qatnashchilar
e’tiborlarini o‘z fikr va g‘oyalarini himoya qilishga qaratib, ularning
yangilari va yaxshilari ustida bosh qotirmay qo‘yadilar. Baholash qoidadan
istisno qilinishi kerak.
2. Hammani o‘ta xilma-xil kutilmagan g‘oyalar doirasida o‘ylashga
undash kerak. Haqiqatdan ham aqliy hujumda kutilmagan g‘oyalar yuzaga
kelmas ekan, ayrim qatnashchilar o‘z shaxsiy fikrlarini qayta ko‘rib
chiqishlari aniq bo‘lib qoladi.
96
3. G‘oyalar miqdori rag‘batlantiriladi. Miqdor deyarli doimo o‘sib,
sifatga aylanadi. Tezkor izchillikda katta miqdorda g‘oyalar paydo bo‘lganda,
odatda, baholash istisno qilinadi.
4. Har bir kishi o‘zgalar g‘oyasiga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi
mumkin. Oldin taklif etilgan g‘oyalarni biriktirish yoki o‘zgartirishga,
ko‘pincha, sabab bo‘lganlardan ko‘ra yaxshiroq g‘oyalarni keltirib chiqaradi.
Samarali «Aqliy hujum» metodidan foydalanish quyidagilarni taqozo
etadi:
– qatnashchilar bemalol o‘tiradigan qilib joylashtiriladi;
– g‘oyalarni yozish uchun doska yoki varaqlarni tayyorlab qo‘yish;
– muammolarni aniqlash;
– ish qoidalarini belgilash;
– g‘oyalar hech qanaqasiga baholanmaydi;
– fikrlarga to‘liq erkinlik berish;
– miqdorga intilish;
– o‘qish, qayta o‘zgartirish va b.;
– g‘oyalar haqida so‘rash va aytilishi bilan yozib olish;
– qog‘oz varaqlari to‘lganda, ularni devorlarga osib qo‘yish;
– o‘zidan qo‘shib yangi g‘oyalarni rag‘batlantirish;
– ishni davom ettirish va o‘zgalar g‘oyasiga aralashmaslik.
«Aqliy hujum» metodining mohiyati ham o‘ziga xos xususiyatga ega.
Bunda maqsad berilgan qisqa vaqt ichida ma’lum muammoning yechimini
topishga qaratilgan bo‘ladi. Bu psixotexnik o‘yin mashg‘ulot jarayonida
ijodiy va noandoza fikrlashni uyg‘otadi. Bitta yoki bir necha guruh tashkil
etiladi va ular oldiga muammo qo‘yiladi. Talabalar o‘z oldiga qo‘yilgan
muammoni yechish uchun turli g‘oyalarni ilgari suradi. Yechim variantlari
qancha ko‘p bo‘lsa, tanlash jarayoni shunchalik oson bo‘ladi. Har bir ilgari
surilgan g‘oyani atroflicha ko‘rib, kengaytiriladi va ular orasidan eng to‘g‘ri
g‘oyani muammoning yechimi sifatida qabul qilinadi. Muammoni yechish
vaqti oldindan belgilab olinadi va unga qat’iy amal qilinadi. «Aqliy hujum»
o‘yini qiyin vaziyatlardan qutulish chorasini tez topishga, muammoni ko‘ra
bilish chegaralarini kengaytirishga, fikrlash bir xilligini yo‘qotishga va
keng doirada tafakkur yuritishga imkon beradi. Bundan tashqari jamoadagi
munosabatlar o‘zgaradi, kurashish kayfiyatidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga
o‘tiladi va guruh yanada jipslashadi.
97
«TARMOQLAR» (KLASTER) usulining ma’nosi – fikrlarning
tarmoqlanishidir. «Klaster» texnologiyasi – pedagogik strategiya bo‘lib,
u talabalarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam beradi.
Talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq
ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlanishiga
o‘rgatadi. Bu usul biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning
fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, umumlashtirish hamda
talabalarning shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga
undaydi.
«BUMERANG» texnologiyasi. Bu texnologiya bir mashg‘ulot davomida
o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish,
erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli,
munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli
bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi. Har bir
mashg‘ulot davomida talabalarning turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan
o‘qituvchi yoki talaba, iqtisodchi yoki tadbirkor rolida bo‘lishi, kerakli ballni
to‘plashiga imkoniyat yaratadi.
«Bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash va mantiqni shakllantirishga
imkoniyat yaratadi hamda g‘oya va fikrlarni yozma va og‘zaki shakllarda
bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish
imkonini beradi, ya’ni bo‘lajak iqtisodchilarda jamoa bilan ishlash mahorati,
muomalalik, xushfe’llik, o‘zgalar fikriga hurmat, rahbarlik sifatlarini
shakllantirish, ishga ijodiy yondashish, o‘z faoliyatini samarali bo‘lishiga
qiziqish, o‘zini xolis baholash kabilar.
«VEYER» (YELPIG‘ICH) texnologiyasi. Bu texnologiya murakkab,
ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammo xarakteridagi mavzularni
o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda
mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha axborot beriladi va ularning har biri
alohida muhokama etiladi. «Veyer» texnologiyasi tanqidiy, tahliliy, aniq va
mantiqiy fikrlarni rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari va fikrlarini yozma
va og‘zaki shaklda bayon etish hamda himoya qilishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu texnologiya mavzuni o‘rganishning turli bosqichlarida qo‘llanilishi
mumkin:
98
– boshida o‘z bilimlarini erkin faollashtirish;
– mavzuni o‘rganish jarayonida uning asoslarini chuqur fahmlash va
anglab yetish;
– yakunlash bosqichida olingan bilimlarni tartibga solish.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
1. Aspekt (nuqtayi nazar) bilan predmet, hodisa va tushuncha
tekshiriladi.
2. Afzallik – biror narsa bilan qiyoslangandagi ustunlik, imtiyoz.
3. Fazilat – ijobiy sifat.
4. Nuqson – nomukammallik, qoidalarga, mezonlarga nomuvofiqlik.
5. Xulosa – muayyan bir fikrga, mantiqiy qoidalar bo‘yicha dalildan
natijaga kelish.
Ta’limdan tashqari bu texnologiya tarbiyaviy xarakterdagi qator
vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
– jamoa va guruhlarda ishlash mahorati;
– muammolar, vaziyatlarni turli nuqtayi nazardan muhokama qilish
mahorati;
– murosali qarorlarni topa olish mahorati;
– o‘zgalar fikriga hurmat;
– xushmuomalalik;
– faollik;
– ishga ijodiy yondashish;
– muammoga diqqatni jamlay olish mahorati.
Ta’lim samaradorligini oshirishda «Blits-o‘yin», «Chorraha»,
«Muomala texnologiyasi» kabi ish o‘yinlaridan ham foydalanish mumkin.
Masalan, «Agar men … bo‘lsam», «Men shunday qilgan bo‘lar edim»
kabilar.
«Iqtisodchi» texnologiyasi (Mualliflik). Bu usul interfaol texnologiya
bo‘lib, talabalarda fikriy bog‘liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga
imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va
erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Iqtisodiy iboralarni pedagogik
terminlar bilan to‘ldirishda yordam beradi.
«IQTISODCHI - RAHBAR» texnologiyasi. Bu usul talabalarni ijodiy,
mustaqil, obrazli fikrlashga o‘rgatadi. Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash
99
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Masalan, «O‘zini-o‘zi
boshqarish», «Rahbarning tashkiliy qobiliyatlari», «Zamonaviy tadbirkor
shaxsi», «Zamonaviy iqtisodchining shaxsi» deb nomlanuvchi mavzularning
yakunida «Iqtisodchi-rahbar» degan yangi usuldan foydalaniladi. Har
bir talabaga varaqlar tarqatiladi, ularda «Men - firma direktori», «Men -
rektor», «Men - bankir», «Men - tadbirkor», «Men - deputat» kabi savollar
yozilgan bo‘ladi. Har bir guruh talabasi o‘ziga tushgan faoliyatni ta’riflab,
mazmunini ochib beradi,uning ish yuritishi va hatto, kiyinishigacha gapirib
beradi. Javob beruvchi talabaga beriladigan savollarning 5-7tadan oshmasligi
shart. Oxirida tahlil qilingan obrazning ishi va uning kasbiy sifatlari, mehnat
faoliyatining mazmuni, ish sharoitlari, o‘ziga xos harakatlarining manzarasi
ifodalanadi.
Bu o‘yin usuli talabalarni ijodiy, mustaqil, obrazli fikrlashga o‘rgatadi.
Ish rejasini tuzish, tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Psixotexnik o‘yinlar didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatiga ega
bo‘lgan turi hisoblanadi. Bu o‘yinlar o‘quv jarayonida zarur sanaluvchi
malaka, xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi
o‘qitish usuli hisoblanadi. Psixotexnik o‘yinlar ko‘proq umumiy malakalarni
rivojlantirishga qaratilgandir. Masalan, o‘quv jarayonida bilimlarni tartib-
tizimga solish ularni mustahkam egallashga yordam beradi. Axborotni
tizimga solish jarayonida talabadan diqqat talab etiladi. Bunda talabaga
tartibsiz holda axborot tarqatilib, ularni ma’lum belgi asosida guruhlarga
ajratish yuklatiladi.
Press-ekspress uslubiyoti asosida tashkil etiluvchi o‘yinlar
talabalarning bilimlarini mustahkamlashga yordam berish bilan birga ularni
hozirjavoblikka o‘rgatadi. Buning uchun o‘qituvchi tomonidan ma’lum
mavzuga bag‘ishlangan va qisqa javob talab etuvchi 10-15ta savol tuzilishi
lozim. Har bir javob uchun 2-3 soniya ajratiladi. Talabalardan qisqa vaqt
ichida og‘zaki javob berish talab etiladi. Bu jarayonda talaba o‘zi bilgan
axborotlar ichidan kerakli javobni tez topishni o‘rganadi.
«SKARABEY» texnologiyasi. Bu interfaol texnologiya bo‘lib,
u talabalarda fikriy bog‘liqlikni kuchaytiradi, mantiq va xotiraning
rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Talabalarda muammoni hal qilishda
100
o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur
texnologiya mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis
baholash, o‘rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni
aniqlash imkonini beradi hamda turli g‘oyalarni ifodalash va ular orasidagi
bog‘liqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.
«Skarabey» texnologiyasi talabalar tomonidan oson qabul qilinadi,
chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda
ishlab chiqilgan. U talabalar tajribasidan foydalanishni ko‘zda tutadi, faol
ijodiy izlash va fikriy tajriba o‘tkazish imkoniyatlariga ega. «Skarabey»
texnologiyasi alohida ishlarda, kichik guruhlarda va mashg‘ulotlar o‘tish
jarayonida qo‘llanilishi mumkin.
«Skarabey» texnologiyasidan o‘quv materialining turli bosqichlarini
o‘rganishda foydalaniladi:
– boshida - o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish sifatida («Aqliy hujum»);
– mavzuni o‘rganish jarayonida - uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini
belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini
aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o‘rganish, yangi jihatlarini ko‘rsatish;
– oxirida - olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash.
Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni ko‘rsatish mumkin.
Ta’limdan tashqari «Skarabey» texnologiyasi tarbiyaviy xarakterdagi
qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
– o‘zgalar fikriga hurmat;
– jamoa bilan ishlash mahorati;
– imkoniyatni ko‘rsatish ehtiyoji;
– xushmuomalalik;
– ishga ijodiy yondashish;
– o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;
– «men»ligini ifodalashga imkon beradi;
– o‘z faoliyati natijalariga mas’ullik va qiziqish uyg‘otadi.
Psixotexnik o‘yinlar didaktik o‘yinlarning o‘ziga xos xususiyatiga
ega bo‘lgan turi hisoblanadi. Bu o‘yinlar o‘quv jarayonida kerak bo‘luvchi
malaka, xotira, fikrlash, diqqat va tasavvur kabilarni shakllantiruvchi o‘qitish
101
usuli hisoblanadi. Psixotexnik o‘yinlar ko‘proq talabalarni bilim, ko‘nikma
va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Innovatsiyali texnologiyalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan
yuqoridagi texnologiyalar tavsiya qilingan. Bu faoliyatni turli yo‘nalishlar
bo‘yicha bajariladigan ishlar quyidagilarni tashkil etadi:
– oliy maktab o‘qituvchilarini yangi PTga o‘qitish;
– ta’lim muassasalarining fan o‘qituvchilarini o‘qitish;
– ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi rahbar kadrlarini o‘qitish;
– akademik guruhlar murabbiylarini tarbiyaviy texnologiyalarga
o‘qitish.
Shu yo‘nalishlar bo‘yicha ZPT ishlab chiqish, texnologik xaritalar
tuzish, tarqatma materiallar tayyorlash va ulardan amaliyotda foydalanish
lozim. Bunday faoliyatda ko‘chma seminarlar ham amalga oshiriladi.
Ko‘chma seminarlarni tayyorlash va o‘tkazishda har bir o‘quv yurtining
o‘quv-tarbiya jarayoni xususiyatlaridan kelib chiqqan holda dasturlar
yaratiladi.
Bugungi kunda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari ta’lim sohasida
iqtisodiy fanlarni o‘qitish, iqtisodiy ta’lim-tarbiya, o‘zlashtirilgan iqtisodiy
bilimlar darajasini ZPTga suyangan holda tashkil qilish, baholash, iqtisodiy
fanlar bo‘yicha yangi o‘quv dasturlarini yaratish muhim muammolardan
biridir. Shu o‘rinda aytish kerakki, iqtisodiy tarbiya tizimini ishlab chiqishda
uzluksizlik, yaxlitlik va bog‘liqlikni ta’minlovchi «bosqichli ta’lim»
konsepsiyasi tavsiya etildi. Konsepsiya negizida maktabgacha ta’lim
sohasida o‘zlashtirilgan elementar iqtisodiy ta’lim-tarbiyadan to iqtisodiy
madaniyatlilik darajasigacha bo‘lgan jarayon qamrab olinadi. Bu jarayon
tarbiyalanuvchilarga iqtisodiy tayyorgarlik, iqtisodiy tafakkur, fikrga egalik,
iqtisodiy ong va iqtisodiy madaniyatlilik kabi sifatlarni yetkazishni talab
qiladi.
Ma’lumki, bilimlarni nazorat qilish hamda baholashning reyting
tizimiga o‘tilguniga qadar o‘quv jarayoni faqat o‘qituvchi (pedagog)ning
mahoratiga asoslangan. Bilim olishni talabaning faolligi, ijodiy mehnati
asosida tashkil etishga imkon berilmas edi. Berilayotgan bilimlar miqyosi
oshib borayotgan bo‘lsa ham, talabaning bu bilimlarni o‘zlashtirish darajasi
102
talab doirasida emas edi. Bu hol ta’lim jarayoniga talabalarni bir xil uzluksiz
bilim olishga undaydigan, ular olgan bilimlarni jahon talablari darajasiga
yetkazish imkonini beradigan ZPT va ta’lim uslublarini joriy qilishni taqozo
etdi. Shu maqsadda oliy ta’limdan so‘ng, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
tizimida ham bilimlarni nazorat qilish va baholashning reyting amaliyotiga
o‘tildi.
Reyting tizimida iqtisodiy bilimlarni ko‘p bosqichli nazoratini amalga
oshirish va baholashda asosiy uslublardan biri to‘g‘ri tuzilgan testlardan
foydalanishdir. Test sinovlarini ishlab chiqishda uslubiyot didaktik
testologiya nazariyasini tashkil etadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi yoshlarimizni iqtisodiy tarbiyalangan,
ta’lim olgan, iqtisodiy savodxonlik va tayyorgarligi davr talabi darajasida
bo‘lgan, iqtisodiy tafakkuri va ongi yuksak, barkamol insonlar qilib
tarbiyalash muammosiga har tomonlama amaliy va nazariy yordam berish
har bir ziyoli fuqaroning burchidir.
|