103
– o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi, ya’ni kommunikativ
muloqot madaniyatini egallashi
uchun yordam beriladi;
– shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini
namoyon etishiga
imkon yaratiladi;
– hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni
yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam
beradi;
– o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga
mos xulq-atvorni egallash,
kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
– shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
– insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa,
ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni
o‘rganishga e’tibor qaratiladi;
– o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish
ko‘zda tutiladi.
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni talabalarning bilim olish va o‘yin
faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar,
ishbilarmonlar o‘yini, konferensiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi-pedagog avval talabalarni individual (yakka tartibdagi),
so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin
muvaffaqiyatli
chiqqandan so‘ng esa ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki
talabalar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun
zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari,
guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.