118
o‘qituvchi bosh hakam tarzida so‘nggi va hal qiluvchi so‘zni aytadi. O‘quv
materialining o‘quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o‘ta muhim
omildir.
Muammoli topshiriqlar o‘qituvchidan katta va qiyin mehnatni talab
qiladi. Shu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan
variantlarini
topish va qo‘llash murakkab jarayondir.
Loyihaviy topshiriqlar. Biror o‘quv materialini atroflicha va chuqur
o‘rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O‘rganish, tahlil qilish,
baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli
loyihalangan reja zarur. Bu tadbirni o‘tkazish uchun bazaviy va boshlang‘ich
tayanch ma’lumotlar talab qilinadi. O‘quv predmetini o‘zlashtirishning
bosqichlarida davriy ravishda tatbiq qilinadi. Bunday topshiriqlar o‘quvchi
ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari yetaklaydi.
Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning
muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma’lumotlar
yig‘indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo‘ladi.
Rolli o‘yinlar (ishchanlik yoki ishbilarmonlik o‘yinlari). Bunday
o‘yinlar muammoli topshiriqlarning bir ko‘rinishidir.
Sahnalashtirish va
obrazli chiqishlar bunday mashg‘ulotlarning asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik,
bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik,
hozirjavoblik, ijodkorlik, artistizm,
ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlarni namoyish qilishga keng imkon
beradi. O‘qituvchi har bir o‘quvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi
juda muhimdir. Birinchi va ikkinchi darajali ishtirokchilar bo‘lmasligini
ta’minlash ham talab qilinadi. O‘quv mashg‘uloti
hayotdagi aniq vaziyatga
ko‘proq yaqinlashadi.