O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

Rasmiy hujjatdan
TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING
O‘ZLAShTIRISh DARAJALARI
Pedagog va talabaning dasturli faoliyati ta’lim jarayonidan jamiki 
ortiq harakatlarni yo‘qotishga, yuqori hamjihatlikni ta’minlashga va 
pirovard natijada – ko‘zlangan yakuniy natijalarni qo‘lga kiritishga 
intilishni ifodalaydi. Didaktik jarayonni loyihalashda pedagog «texnolog» 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi: har bir darsda ta’lim maqsadini aniq o‘rnatishi, 
o‘tilayotgan o‘quv materiallarini mazmunan saralashda talabalarning 
o‘zlashtirish faoliyati darajalarini, fanni bayon qilishning ilmiy tilini 
hisobga olishi lozim. Shuningdek, tashkiliy shakllarning mosini tanlab, 
belgilangan vaqt doirasida samarali didaktik jarayonni tashkil etadi. Bu 
ko‘rsatkich talabiga mos holda o‘quv-bilish faoliyatini amalga oshirish 
uchun unga oldindan alohida tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi. Umuman 
ta’lim jarayoniga oldindan ishlov bermasdan, yakuniy natijalarining ta’lim 
maqsadiga mos kelishini chamalamasdan, o‘qitish davomida yuzaga 
keladigan noqulay holatlarga bog‘liq holda boshqarish imkoniyatlarini 
hisobga olmasdan turib ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish mumkin 
emas. 
Baholash joriy, oraliq va yakuniy nazoratni o‘z ichiga oladi. Joriy 
nazorat uzluksiz qayta bog‘lanishni ta’minlaydi va, odatda, baholashsiz 
o‘tkaziladi, shuning uchun u bilimlarni shakllantirishda ishtirok etadi. PTda 
qayta bog‘lanish nafaqat o‘qitish jarayonini tuzatib borish uchun, balki o‘quv 
maqsadlarini aniqlashtirish uchun ham xizmat qilishadi. Yakuniy nazoratda 
rejalashtirilgan o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasi baholanadi. 
Reyting nazorati og‘zaki, yozma va test usulida bo‘lishi mumkin:
1. Og‘zaki va yozma nazorat.
Og‘zaki nazoratning afzalliklariga shaxsiy munosabat, o‘qituvchining 
talaba bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga 
mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog 
tomonidan qo‘shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Pedagog 


122
tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tayyorlanish doimo 
talabaning faol fikrlashi bilan bog‘langan.
Og‘zaki javob yaxshi tayyorlangan talabaga o‘zining iqtidorini, 
qo‘shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga imkon beradi. Bevosita 
muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida talabaning bilimlari 
to‘g‘risidagi barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo‘ladi. Shu bilan 
bir vaqtda, og‘zaki nazoratda talabalar bilimlarini baholashda ma’lum 
darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo‘ladi. Har bir 
pedagogda talabalarning o‘zlashtirish darajalarini baholashda doimo xolis 
va shaxsiy munosabat bir vaqtning o‘zida ro‘yobga chiqadi. Yuqorida tilga 
olganimizdek, xorijda olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar ko‘rsatadiki, 
«qisqa vaqt oralig‘ida bir-biridan mustaqil ravishda bitta talabani bitta 
bilimlar sohasida bitta o‘quv maqsadlarida tekshirish ikkita imtihon oluvchi 
bahosining mos kelishi faqat 40-60% hollarda». Bunda bitta imtihon 
topshiruvchi bir imtihon oluvchidan eng yuqori bahoni, boshqasidan esa 
eng past bahoni olgan. Shuningdek, turli pedagoglar tomonidan bitta yozma 
nazorat ishiga qo‘yilgan baholarning ancha farq qilishi ham tasdiqlangan.
Shunday qilib, talabaning yozma va og‘zaki nazoratda olgan bahosi 
ba’zan xolisona bo‘lmaydi. Talabaning bahosi, odatda, nafaqat uning 
bilimlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bilimlarni baholash amaliyotida 
pedagoglar guruhning o‘rtacha darajasini mo‘ljalga oladi. Shuning 
uchun kuchsiz guruhlarda baholar, odatda, ko‘tarilgan, kuchli guruhlarda 
pasaytirilgan bo‘lib chiqadi.
Yozma nazorat o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini hujjatli tarzda 
o‘rgatish imkonini beradi, shuningdek, talabaga o‘z fikrlarini qog‘ozda bayon 
qilish imkonini beradi. Ikki-uch mustaqil ekspertlarning ishlarini tekshirish 
uchun jalb qilish bilan o‘tkaziladigan tashqi yozma nazorat aniq mezonlar 
bo‘lgan taqdirda obyektiv bahoga yaqin baholashga imkon beradi. Ammo 
bilimlarni og‘zaki va yozma nazorat qilishning an’anaviy usuli ma’lum 
kamchiliklarga ham ega:
- imtihonda talaba berilgan biletning 3-4 savoliga javob beradi, baho 
esa butun o‘quv fanini bilish uchun qo‘yiladi;
- farq qilish qobiliyati kuchsiz bo‘lgan 5 ballik shkala ishlatilgan; 
- og‘zaki va yozma nazorat har doim ham bilimlarni baholashning 
obyektivligini, aniqligini va ishonchliligini ta’minlamaydi;


123
- og‘zaki so‘rov ko‘p o‘quv vaqti sarflanishini talab qiladi, yozma ishlar 
pedagoglarning ularni tekshirishga ko‘p mehnat sarflashlari bilan bog‘liq.
So‘nggi yillarda pedagogika fanida bilimlarni og‘zaki va yozma 
nazorat qilish obyektivligini, ishonchliligini etarlicha oshirish usullari ishlab 
chiqilyapti. Ammo shuni hisobga olganda ham bilimlarni og‘zaki va yozma 
tekshirish yetarlicha texnologik emasligicha qoladi, ularni kompyuterlar 
yordamida avtomatlashtirish qiyin. Bu nisbatda bilimlarni test usulida 
nazorat qilish ulardan bir necha marta ustun turadi.
2. Test (inglizcha – sinash) – bu biror bir faoliyatni bajarish uchun 
ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Testning 
to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash va baholash maqsadida har bir testga ekspert 
metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. O‘z etaloniga ega bo‘lmagan har 
qanday test, odatdagidek, bajarilish sifati haqida subyektv mulohaza yuritish 
evaziga xulosa chiqaruvchi nazorat topshirig‘iga aylanib qoladi.
Test nazoratlari va uning afzalliklari:
a) yetarli tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o‘tkazayotgan 
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan xolis pedagogik o‘lchov quroli hisoblanadi;
b) test o‘quv mavzularining barcha asosiy mazmunini qamrab olishi 
mumkin, o‘qitish natijalarini test usulida o‘lchash barcha tekshiriluvchilarga 
baravar qo‘llanadigan oldindan ishlab chiqilgan mezon asosida aniq va 
ishonchli baho beradi;
d) test nazorati texnologiyalashgan, u nisbatan qisqa vaqt ichida ma’lum 
o‘quv mavzulari o‘zlashtirilishining to‘la nazoratini kam kuch va vositalar 
sarflab o‘tkazish imkonini beradi;
e) test nazorati kompyuterlar yordamida oson avtomatlashtiriladi. Bu 
pedagogik test o‘tkazishning asosiy afzalliklaridan biridir.
To‘g‘ri tashkil qilinganda pedagogik test talabalar bilimlarini xolis 
baholash samarasini beradi, chunki bu baho uni qo‘yayotgan odamga bog‘liq 
bo‘lmaydi. U barcha tekshiriluvchilarga bir xil qo‘llanadigan qilib tuzilgan 
mezon bo‘yicha to‘g‘ri yechilgan test topshiriqlari foizi asosida aniqlanadi. 
Shuning uchun pedagogik test to‘la asos bilan o‘qitish natijalarini aniq 
va ishonchli baholashga imkon beradigan pedagogik o‘lchov quroli deb 
ataladi. Ammo bunday baholash faqat ilmiy talablarga rioya qilingan holda 
tuzilgan, tekshiriluvchan va me’yoriga yetkazilgan sifatli test tufayligina 
amalga oshirilishi mumkin.


124
Pedagogik testlardan foydalanilganda ta’lim tizimining barcha 
bo‘g‘inlarida o‘qitish sifatini so‘zsiz oshirish mumkin bo‘lgan yetarli ijobiy 
imkoniyat mavjud. Test o‘tkazish o‘qitishni olib borish va uning natijalariga 
katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Sifatli testlar bilish faolligini oshirishga 
qodir, ular talabalar faoliyatida yuqori mo‘ljallarni belgilaydi, aksincha, 
yomon tuzilgan testlar ta’lim jarayonida aks samara berishi mumkin.
Bilimlarni o‘zlashtirish nazoratining yangi, ilg‘or vositalarini 
kiritadigan reyting tizimidan samarali foydalanishni o‘rganish ham juda 
muhimdir. Talabalar bilimlari sifatini nazorat qilishning reyting tizimi 
deganda har bir talabani o‘qitishning borishi va natijalarini baholashga bir xil 
shaklda yondashuvning o‘zaro bog‘liq ko‘rsatmalari va qoidalar majmuasi 
tushuniladi. 
Oliy o‘quv yurtlarida reyting nazorati tarkibida quyidagilar ifodalanadi:
- nazorat turlari (joriy, oraliq va yakuniy);
- nazorat usullari (og‘zaki, yozma, pedagogik test o‘tkazish, ma’lum 
amallarni bajarish);
- davriylik va o‘qitish davri mobaynida baholashlarning eng kam soni;
- baholash mezoni;
- o‘qitilayotgan fan bo‘yicha yakuniy bahoga talabaning ayrim 
baholarini birlashtirish qoidalari;
- natijalarni rasmiylashtirish qoidasi va boshqa ko‘rsatmalar.
Oliy o‘quv yurtlarida reyting tizimini kiritishning maqsad va vazifalari, 
odatda, quyidagi natijalarga erishish uchun shart-sharoitlar yaratishdan 
iborat:
- talabalar tomonidan davlat ta’lim standartlari talablarining 
o‘zlashtirilishi;
- bilimlarni baholashning xolisligi va uzluksizligini ta’minlash;
- talabalardagi bilish faoliyatining faollashuvi, ularda o‘qishda 
yutuqlarga erishishga intilishning shakllanishi, ta’limga musobaqa hissini 
kiritish, mustaqil ishga muntazam jalb qilish;
- o‘qish jarayonidagi yutuqlar bo‘yicha talabalar o‘rnini aniqlash bilan 
o‘quv faoliyati natijalarini muvofiqlashtirish, ularni o‘qishdagi yutuqlari 
uchun rag‘batlantirish;
- o‘qitish natijalarining taqqoslanishini ta’minlash.


125
Talabalar bilimlarini baholashning ilg‘or reyting tizimi quyidagi asosiy 
talablarga javob berishi kerak:
- uzluksiz ta’lim bosqichining o‘ziga xosligini inobatga olishi;
- o‘quv fanining alohida qismlarini emas, balki yalpi nazoratini amalga 
oshirishi;
- talabalarni o‘qishdagi yutuqlari bo‘yicha yaxshiroq tabaqalash 
maqsadida baholarning ko‘p balli mezoni qo‘llanishi;
- pedagog tomonidan qo‘yiladigan birlamchi baho murakkab matematik 
hisoblashlar bilan bog‘liq bo‘lmasligi (o‘quv vaqtining sarflanishini talab 
etadigan). U pedagog tomonidan o‘quv muassasasida oldindan ishlab 
chiqilgan mezonlar asosida qo‘yiladi;
- har bir o‘quv yurtining uslubiy idorasi ma’muriyat ko‘rsatmalari 
asosida yoki o‘zining qaroriga binoan natijalari yakuniy reyting baholashga 
kiradigan, o‘qitish davridagi barcha predmetlar bo‘yicha og‘zaki, yozma va 
test nazoratlarining eng zarur majburiy sonini o‘rnatadi;
- oliy o‘quv yurtining reyting tizimlari ma’lum bosqich chegarasida 
o‘qitish natijalarining taqqoslanish imkonini ta’minlashi va b.
Ma’lumki, bir xil sharoitda tegishli metodikalar va mavjud 
imkoniyatlardan to‘liq foydalanib o‘qitganda talabalar turli darajadagi 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishadi. Buning asosiy sababi ular 
qobiliyatlarining turlichaligida.
B.Blum o‘tkazgan tadqiqotlarida yuqori qobiliyatlilar yuqori natijalarni, 
o‘rtacha darajadagilar o‘rtacha ko‘rsatkichlarni berishligi aniqlandi. Bunda 
vaqt sarfi ham turlicha ekanligini ko‘rish mumkin: qobiliyatlilar o‘quv 
materialini o‘zlashtirish uchun eng kam vaqt, «o‘rtacha»lar uchun ulardan 
ko‘proq vaqt, «bo‘sh»lar uchun eng ko‘p vaqt zarur bo‘lar ekan. Mavjud 
ta’lim tizimidagi hamma bolalar uchun bir xil teng vaqt, teng sharoitdagi 
ta’lim jarayoni biz xohlaymizmi-yo‘qmi «kuchlilar», «o‘rtachalar» 
va «bo‘shlar»ni vujudga keltiraveradi. An’anaviy ta’limda ushbu 
nomuvofiqlikdan chiqishning ikki yo‘li mavjud: birinchisi – ikkinchi yil 
qoldirib o‘zlashtirish darajasiga erishish; ikkinchi yo‘l – guruh talabalarini 
gomogen guruhlarga ajratish yo‘li bilan ta’limda yuqori samaradorlikka 
erishish.
B.Blum an’anaviy ta’limdan farqli ravishda, ta’lim sharoitining eng 
optimal sharoitini tanlash, birinchi navbatda, o‘qish sur’atini oshirish 


126
orqali to‘la o‘zlashtirishga erishish mumkinligi g‘oyasini ilgari suradi. 
Bunday sharoitda «kuchli» va «bo‘sh»lar o‘rtasidagi o‘zlashtirish farqi 
keskin kamayadi. To‘la o‘zlashtirish modelida mavjud o‘quvchi-talabalar 
guruhining hammasi yuqori natijalarga erishishi uchun o‘quv maqsadlaridan 
kelib chiqadigan natijalar tegishlicha yuqori darajalarda ifodalanishi kerak. 
PT ta’limda reproduktiv o‘zgarish darajasini egallashni kafolatlaydi. 
Talaba produktiv (mahsuldor) va ijodiy o‘zlashtirish darajalarini egallashda 
an’anaviy metodikadagi o‘qitishning muammoli usul va metodlaridan 
unumli foydalanadi. ZPTni yaratishda an’anaviy o‘qitish metodikasidagi 
boy tajriba va ilg‘or PJlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
 Pedagog kurs (bo‘lim, bob)ni loyihalashtirishga kirishar ekan, eng 
avvalo, mezonni to‘g‘ri aniqlashi, ushbu modelda ishlashning asosiy holatini 
hisoblashni bilishi zarur. Shundan keyin kurs maqsadlarini toifalashtirish, 
maqsadlaridan aniqlashtirilgan natijalar olinishini ketma-ketlikda ishlab 
chiqish va ularga mos ravishda diagnostik testlar tayyorlanishi, o‘qituvchi 
(pedagog) o‘rganiladigan materialni qismlarga bo‘lib o‘rganilishi lozim 
bo‘lgan o‘quv birliklarini aniqlashi, ularni tahlil qilishi va o‘rganish bo‘yicha 
qayta ishlab chiqishi lozim. O‘quv birliklari aniqlangach, ularni o‘rganishda 
qanday natijalarga erishishni birma-bir aniqlash, erishilgan natijalarni 
tekshirish uchun diagnostik xarakterdagi test nazoratlarini o‘tkazishi va 
bu nazorat natijalari baholanmasligi kerak. Bunda faqatgina «o‘rgangan», 
«o‘rganmagan» mezonlarida baholanadi va zarur tuzatishlar kiritib boriladi.
Navbatdagi bosqichda har bir test javoblaridagi xato va kamchiliklarni 
tuzatish bo‘yicha talabalar uchun yangi bo‘lgan o‘quv metodikasiga oid 
qayta o‘rganishni tashkil etadi. Ushbu metodikani amalga oshirish quyidagi 
ketma-ketlikda kechadi.
1. Kirish qismi. talabalarni to‘la o‘zlashtirish metodikasida ta’limga 
tayyorlash va ularda rag‘batni vujudga keltirish.
2. To‘la o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan holda har bir o‘quv birligi 
bo‘yicha o‘qitish.
3. Har bir talabada o‘quv materialining to‘la o‘zlashtirilganligini 
baholab borish.
4. Har bir talabaga qo‘yilgan bahoni izohlash.
Loyihalashtirilgan o‘quv jarayonining birligi ikki kichik loyihaga 
ajratiladi. Birinchi qismida an’anaviy ta’limdagidek tushuntirish, ko‘rsatish, 


127
izohlash, asoslash, tushunchalarni shakllantirish, ularni bilish, amalga tatbiq 
qilish kabilar aniq ifodalangan maqsadlar asosida olib boriladi. 
Loyihaning ikkinchi qismida har bir o‘rganilgan o‘quv birligi bo‘yicha 
joriy test sinovlari olinadi. Test sinovlari diagnostik ahamiyat kasb etib, 
teskari aloqa vazifasini o‘taydi, uni o‘tkazishdan maqsad tuzatishlar kiritish, 
to‘ldirishlarni amalga oshirishdan iborat bo‘lib, buning uchun qo‘shimcha 
o‘quv tadbirlari belgilanadi.
Test natijalariga ko‘ra talabalar ikki guruhga ajratiladi: to‘la 
o‘zlashtirishga erishganlar va to‘la o‘zlashtirishga erishmaganlar guruhi.
O‘quv birliklarini to‘la o‘zlashtirmagan talabalar o‘qituvchi (pedagog) 
rahbarligida ushbu o‘quv birliklarini o‘rganishni davom ettiradi. Ular bilan 
qo‘shimcha tuzatish ishlari tashkil qilinadi va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar 
aniqlanadi hamda kamchiliklarni tuzatish uchun mashg‘ulotlar olib 
boriladi. Bu mashg‘ulotlar takroriy bo‘lgani uchun uni bayon qilishda 
yangi usullardan foydalanish va ko‘rgazmali qurollar va o‘qitishning 
texnika vositalarini ishlatish, individual ishlardan foydalanish orqali ushbu 
guruh to‘la o‘zlashtirishga olib chiqiladi. To‘la o‘zlashtirishga erishganlar 
uchun qo‘shimcha topshiriqlar beriladi, ular navbatdagi o‘quv birligiga 
o‘tkazilmaydi. Navbatdagi o‘quv birligini o‘rganishga ikkala guruh ham 
birga kiradi.
O‘z navbatida talabalar o‘quv elementini qaysi darajada o‘zlashtirishlari 
yoki qanday mahorat bilan bajarishlari kerak? Bu savolga psixologlar 
tomonidan yaratilgan faoliyat nazariyasi javob beradi. Har qanday faoliyat 
inson tomonidan oldin o‘zlashtirib olingan axborotlar yordamida amalga 
oshiriladi. Axborotlardan foydalanish xarakteriga qarab faoliyatning ikki 
ko‘rinishini farqlash mumkin: nomahsul va mahsuldor. Ularning bir-biridan 
farqi shundaki, nomahsul faoliyatida inson o‘ziga ma’lum bo‘lgan harakat 
qoidalaridan foydalanadi va bu jarayonda har qanday yangi axborotlar 
yuzaga chiqmaydi, chunki u faqat oldin o‘zlashtirgan usullarni qaytadan 
ishlab chiqadi. 
Talabalar mahsuldor faoliyatni bajarishda doimo yangilikka duch keladi 
yoki yangi obyektlar, hodisa va jarayonlar, faoliyat metodlari vujudga keladi. 
Har ikki faoliyat turi ham mustaqil ravishda yoki tashqaridan ko‘rsatilgan 
ta’sir yordamida bajariladi. Nomahsul faoliyat yo‘riqnoma, lug‘at orqali 
yoki harakatlarni bajarish qoidalari to‘g‘risida boshqa bir axborot manbalari 


128
asosida ko‘rsatmasiz bajarilsa, mahsuldor faoliyat ma’lum metodik 
ko‘rsatmalar ostida bajarilishi mumkin.
Professor N.Saydahmedov yuqorida bayon qilingan fikrlarni hisobga 
olgan holda talabalarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish faoliyatini 
quyidagi 4 daraja asosida ko‘rsatgan:

Download 0,86 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish