“Meni men istagan o‘z suhbatiga arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko‘nglim pisand etmas”.
Alisher Navoiy – g‘azal mulkining sultoni
TALABALAR TANQIDIY FIKRINI RIVOJLANTIRIShDA
INTERFAOL METODLARNING O‘RNI
Tanqidiy fikr – bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z
fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish,
o‘z nuqtaiy nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega
bo‘lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo‘lsak,
fikrlash – bu o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol,
muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi
fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning murakkab o‘zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga
yordam beradi;
- jamoaning ochiq fikrini rag‘batlantiradi;
- aloqa, tushunish va hurmatning ikki tomonlamaligini anglatadi;
- shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:
1. O‘qituvchi (pedagog) bilan talaba o‘rtasidagi hamda talaba bilan
talaba o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni tarbiyalaydi.
2. Mashg‘ulot jarayonida talabaning o‘z tajribasidan foydalaniladi.
3. Ma’lum o‘quv mazmuni talabaning talablariga mos va aniq tarzda
foydalaniladi.
4. Muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan foydalaniladi.
5. Har xil fikr va qarashlar integratsiyalashadi.
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi.
7. Ta’lim o‘qituvchi (pedagog) bilan talabalar orasidagi yoki
talabalarning o‘zlari o‘rtasidagi munosabatlar orqali berib boriladi.
8. Talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi va
ularning tayyorgarlik darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.
138
Mashg‘ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o‘yinli
texnologiyalar talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish, darslik
va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot
madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-hunarga yo‘llash,
didaktik o‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda
mo‘ljalni to‘g‘ri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa
chiqarishga zamin hozirlaydi.
O‘quv dasturlari talablariga muvofiq muammoli yoki munozarali
mashg‘ulotlarning tashkil etilishi tanqidiy va tahliliy fikrlarning rivojida
muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayonida munozarali darslarning ikki xili:
ilmiy munozara darslari va erkin fikrlash darslaridan foydalaniladi.
Interfaol metodlar - o‘zaro fikr almashishga, o‘zaro fikrlarni to‘ldirishga,
goh noverbal, goho verbal ta’sir o‘tkazishga qaratilgan harakatlar
majmuasidir. Interfaol metodlarni qo‘llashda o‘zaro ta’sir asosiga qurilgan
intellektual harakatlar shunchaki ta’sir yoki turtki vazifasini bajarish blan
cheklanib qolmaydi va hamkorlik subyektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish,
noma’lum holatni ochishga (kashf etishga) ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy
mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin.
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi,
o‘zlashtirish darajasi, ta’lim manbayi, didaktik vazifalarga muvofiq va
munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo‘llaniladi:
- o‘qitishning ko‘rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli-evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
- o‘qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlari;
- o‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari;
- o‘qitishning nazorat va o‘zini o‘zi nazorat qilish metodlari.
Metodlar quyidagi guruhchalarni o‘z ichiga oladi:
Birinchi guruh metodlari: o‘quv axborotlarini eshitish orqali qabul
qilish metodlari (og‘zaki metodlar: hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqalar).
Ikkinchi guruh metodlari: o‘quv axborotlarini ko‘rgazmali uzatish va
ko‘rish orqali qabul qilish metodlari (ko‘rgazmali metod, tasviriy namoyish
qilish va boshqalar).
139
Uchinchi guruh metodlari: o‘quv axborotlarini amaliy mehnat
harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya ishlari,
dasturlar tuzish, mashq va masalalar hamda test topshiriqlarini yechish,
mehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol metodlar asosida tuzilgan dars tizimlarida turli strategiyalardan
foydalaniladi. Bunda talabalarga yashirincha usullardan (kitob, konspektlar
va h.k.) foydalanish taqiqlanmaydi, aksincha bunday usullarni qo‘llash
rag‘batlantiriladi.
Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, muammolarni hal
qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qilishga
undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chiqarib, ularni mantiqiy
fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy analitik fikr yuritishga
o‘rgatish, ularning intellektual, zukkolik xislatlarini shakllantirish va ma’lum
yo‘nalishda yanada yuqori darajada rivojlantirish maqsadida muammoli
uslubdan foydalaniladi.
Muammoli vaziyat qanday hosil qilinadi? Buning uchun bajarilishi
lozim bo‘lgan topshiriq e’lon qilinadi. Endi shu vazifani bajarish uchun
talaba bor bilim va ko‘nikmalarini eslaydi, topshiriqni bajarishda shu
paytgacha egallagan bilimlarining yetishmasligini sezish bilan birga talaba
shaxsida ma’lum psixologik qarama-qarshilik shaklidagi holat yuz beradi.
Galdagi muammo topshiriqni bajarish va shu topshiriqni bajarish uchun
yangi bilim, iqtidor va ko‘nikmalarni izlash muammosi paydo bo‘ladi. Ana
shu vaziyat esa muammoli tahsilning boshlanish jarayoni hisoblanadi.
Pedagog talabalarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini zukkolik
bilan boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak bo‘lganda jonli muloqotga
chorlaydi. Talabalar mantiqiy fikrlash davomida ularning jonli mushohadasi,
fikr doirasi pedagog tomonidan izchillik bilan hisobga olinadi va tahsil
oxirida faol talabalarga qo‘yilgan ballar yoki baholarni e’lon qiladi.
Talabalarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va
ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘z tajribalarini tanqidiy nuqtayi nazardan
yanada mustahkamlash, real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda sinash va amaliy
ko‘nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish maqsadida shu uslubdan
foydalaniladi.
Ma’lumki, har qanday fan o‘qitilishi uchun belgilangan maqsadga
ko‘ra, uning mazmuni tanlanadi. Uni o‘zlashtirish uchun unga mos metodlar
140
tanlanadi. So‘ngra o‘quv vositalari va nihoyat, bularga mos ravishda o‘qitish
shakli tanlanadi.
Talabalarning psixologik tayyorgarliklari va fikrlash yoki olingan
bilimlarni o‘zlashtirish darajalariga qarab har bir ta’lim bosqichi uchun mos
mazmun va metodlar tanlanadi. Har bir bosqichning o‘ziga xos mazmunini
bayon qilish mantiqi va metodlari bor. Ta’limda har doim mazmun va
metodlar muammosi mavjud, bu muammolar bir-biri bilan uzviy bog‘langan.
Ta’lim metodlaridagi muammolar «Kimni qanday o‘qitamiz?» degan
savol bilan bog‘liq bo‘lib, bundan ta’lim metodlarini ishlab chiqish uning
mazmuniga bog‘liq ekanligi kelib chiqadi. Bu ikki muammo o‘zaro qarama-
qarshilikda bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi.
Metodikaning maqsadi mazkur fandan yangi o‘quv fani (o‘quv
predmeti) yaratish va bu fanning o‘zlashtirilishini ta’minlashdan iborat.
Bunday o‘quv fanlari talabaning barcha talab va ehtiyojlarini qoniqtirishi,
ZPT talablari asosida «avval o‘qish, so‘ngra, bu o‘qishga o‘rgatish
uchun o‘qitish» prinsipiga asoslanishi, talabaning o‘quv materialini
o‘zlashtirishidagi ko‘rsatkich va o‘zlashtirish darajalari, nazariy va amaliy
bilimlarini egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat
topshiriqlarini belgilash hamda talabalarga individual va tabaqalashgan
holda yondashuvlar xususiyatlarini hisobga olishi lozim.
An’anaviy metodikada talaba shaxsining rivojlanishini hisobga olgan
holda uning bilimi ko‘nikmaga, undan esa malakagacha rivojlanishiga
ahamiyat berilmasligi ayon. O‘qituvchi talabaga iloji boricha o‘rganilayotgan
mavzudan ko‘proq axborot berishga harakat qiladi. O‘qituvchi axborotlarni
to‘plash, axborotlarni tanlash va qayta ishlash, o‘rganilgan axborotlarni
qo‘llash kabi bilishning uchta bosqichdan iborat modeliga har doim
ham rioya qilavermaydi. Keyingi navbatda talabaning bilish faoliyati
(olgan bilimi) uni bilish faoliyatining yangi pog‘onasiga, ya’ni bu bilish
faoliyatining faollashuv jarayoniga ko‘tarishi kerak. Shundagina bilim
ko‘nikmaga, ko‘nikma esa malakaga aylanadi. Talabalar bilish faoliyatining
faollashuvi qator prinsiplarga tayanadi: fanni o‘rganishga qiziqtirish, tayanch
iboralarga asoslanish, muammoli metodlarni qo‘llash, mustaqil ishlarni
tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko‘rgazmali va texnik
vositalardan foydalanish, ta’lim mazmunini turmush bilan bog‘lash, fanlararo
141
aloqadorlikni o‘rnatish va h.k. Bundan esa ta’lim jarayonida o‘qituvchi rioya
qilishi kerak bo‘ladigan asosiy prinsiplar kelib chiqadi:
- talabada o‘z kuchiga ishonish hissiyotini uyg‘otish;
- talabada o‘z vaqtida kerakli yordam berish.
Talabalarning fanlarga oid tanqidiy fikrini bilish maqsadida quyidagi
varaqalar tarqatilgan:
1. Ma’ruzani eshitib yozib bordim, lekin o‘zlashtirilayotgan material
mohiyatini bir davrning o‘zida to‘liq tushunib yetmadim.
2. Oliy ta’limning mazmuni va shakli o‘rta maktabnikidan nimasi
bilandir farq qiladi.
3. Ilmiy tushunchalar, atamalar va ta’riflardan foydalanishda
qiyinchiliklarni his qilaman.
4. Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining mohiyatini tushuna
olmayman.
5. Nazariy bilimlar bilan amaliyot o‘rtasida birmuncha nomutanosibliklar
mavjud.
6. Mustaqil faoliyatni rejalashtirishning oqilona usullari yetishmaydi.
7. Mustaqil bilim olish uchun juda oz vaqt qoladi.
8. O‘quv yili davomida bir qancha materiallar individual ishlashga
yig‘ilib qoladi.
9. Reyting nazoratida his-tuyg‘uda barqarorlikning yetishmasligi sababli
diqqatni bir joyga to‘play olmayman.
10. Seminar mashg‘ulotlari va reyting nazoratiga tayyorlanish uchun
birlamchi manbalarning yo‘qligi yomon oqibatlarga olib keladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh
davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan
birga, tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Ammo
tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv
sharoitlari to‘plami mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun talabalarga quyidagi vaqt
va imkoniyat berilishi zarur;
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
142
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga uning o‘zida
ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlashi.
Shu munosabat bilan talabalar:
- o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttirishi, o‘z fikri hamda g‘oyalarining
qadrini tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etishi;
- turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglashi;
- o‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor turishi
lozim.
Tanqidiy (tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita
bog‘liqdir. Chunki talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, ularda
o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli
ularning bilimlariga o‘qituvchi mas’ul, degan ishonch shakllanib qolgan.
Ta’lim jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va ta’limga o‘zlarining
mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi.
Talabalarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyasi va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga
da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalarning fikrlari, o‘z
tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish
zarur. O‘qituvchi (pedagog) talabalardan muayyan materialni shunchaki
qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan xoli bo‘lishi
lozim. Bu esa talabalarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab
chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi.
Aslida talabalarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar
qimmatli ekanligini ko‘rsata olish kerak. Talabalarning o‘zlari ham o‘z
fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari hamda
masalalarni muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim va zarur hissa bo‘lib
hisoblanishini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni talabalarning o‘zaro bir-birlari bilan fikr
almashishlarini ko‘zda tutadi. O‘zaro fikr almashishda talabalardan diqqat
bilan tinglash, o‘zining qarashlari tizimini so‘rovchiga zo‘rlab o‘tkazish va
boshqa so‘zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab
etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o‘laroq, talabalar
143
o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada
qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida
yaratgan g‘oyalari tizimiga qo‘shib boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda
uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud, ya’ni o‘ziga ishonch hosil
qilish, ishda faol ishtirok etish, o‘rtoqlari va o‘qituvchi bilan fikr almashish,
o‘zgalar fikrini tinglay olish va b.
Umuman olganda, talabalarning tanqidiy (tahliliy) fikrini rivojlantirish
oliy o‘quv yurtlaridagi o‘quv-tarbiya jarayonida kamol toptiruvchi hamda
tarbiyalovchi prinsiplarni amalga oshirishda va talabalarning o‘zini o‘zi
boshqarishida muhim o‘rin tutadi.
|