O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

“Takomillashishning chegarasi yo‘q”.
hikmatli gap
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA PEDAGOGIK 
MAhORAT UYG‘UNLAShUVINING ISTIQBOLLARI
O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan yagona va uzluksiz ta’lim 
tizimini tashkil etuvchi 7 ta ta’lim turi – maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta 
ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan 
keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 


182
ta’limi, maktabdan tashqari ta’lim kabilar orasida oliy ta’lim turi malakali 
mutaxassislar va xalq xo‘jaligi hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida 
xizmat qiluvchi kadrlar tayyorlashning samarali «o‘chog‘i» sifatida 
alohida o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham bu ta’lim turiga alohida 
va jiddiy e’tibor berilishi hayotiy zaruratimiz darajasiga ko‘tarilgan. 
Oliy ta’limning mazmuni va uning hajmini standartlashtirish masalasi 
2001-yilning 16-avgustida Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan 
rasmiy vazifa tarzida tasdiqlandi. Shundan keyingi o‘tgan tarixan qisqa vaqt 
mobaynida ushbu ta’lim turi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar va ularning 
mutasaddilari tomonidan ko‘pgina ijobiy ishlar amalga oshirildi. Fanlar 
bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini yaratish, o‘quv reja va namunaviy 
o‘quv dasturlarini barpo etish, darslik va boshqa o‘quv adabiyotlarining 
yangi avlodini nashrga tayyorlash va ularni o‘quv amaliyotiga kiritish kabi 
ishlar shu jumladandir. Ta’lim mazmunini chuqurlashtirish, ta’limning 
amaliy tamoyillarini takomillashtirish, ta’lim jarayonlarini intensivlashtirish, 
ta’lim texnologiyalarini mukammallashtirish, ta’lim va tarbiyaning birligini 
kuchaytirish, xususan, ushbu ta’lim turining mazmuniga nafaqat bilim, 
ko‘nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil qiluvchi – 
ijodiy faoliyat tajribasi, atrof-muhitga nisbatan ijobiy munosabatlarni ham 
kiritish g‘oyasi kun tartibiga ko‘ndalang qilib qo‘yildi. 
Bunday ulkan vazifalarning maqsadga muvofiq tarzda bajarilishi 
ko‘pgina omillarga bog‘liqdir. Ularni ijtimoiy hayotning quyidagi 
komponentlari ro‘yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy, amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va b.);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
- moddiy, ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib 
qoldirilgan boyliklar).
Ta’lim mazmuni, uning komponentlari, tarkibi, vazifalari haqida so‘z 
ketganda dalillar bilan qonuniyatlar, yaqqollik bilan mavhumlik, bilimlar 
bilan haqiqatni mustaqil bilish metodlari o‘rtasidagi maqbul keladigan 
munosabatlarni aniqlash zarur. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, «Zamonaviy 
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar 
tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish-mamlakatni taraqqiy 


183
ettirishning eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning 
istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarini hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, 
yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, 
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga 
ega bo‘lgan yangi avlodni shakllantirishni ta’minlaydi».
Kadrlar tayyorlash sohasida hozirga qadar amalga oshirilayotgan 
o‘zgarishlar faqat mavjud ta’lim tizimini isloh qilishga qaratilgan edi. 
U shaxs, jamiyat va davlatning ehtiyojlari bilan kasbiy tayyorgarlikning 
amaldagi tizimi o‘rtasidagi tafovutlarni bartaraf etishni ta’minlamas 
edi. Xalqaro tajribani, mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ahvoli va 
muammolarini tahlil qilish asosida uning prinsip jihatidan yangi modeli 
ishlab chiqildi.
Kadrlar tayyorlash tizimi yangi modelining mohiyati va o‘ziga xos 
xususiyati unga asosiy tarkibiy qismlar sifatida quyidagi komponentlar 
kiritilganligidadir:
- shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekt, ta’limga oid 
xizmatlarning iste’molchisi va ularning yaratuvchisi;
- uzluksiz ta’lim – kadrlar tayyorlashning poydevori;
- fan – yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi va ularning 
iste’molchisi; 
- ishlabchiqarish – kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning istiqbolini belgilashni, 
ularning tayyorgarlik darajasi sifatini baholashni, shuningdek, kadrlar 
tayyorlash tizimini qisman moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minlashni 
amalga oshiruvchi asosiy buyurtmachi;
- davlat va jamiyat – kadrlarning tayyorgarligi sifatini nazorat qilish 
va baholashni amalga oshiruvchi, kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib 
olishning bosh kafillari.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» umumiy madaniyatni shakllantirish, 
jamiyatdagi hayotga moslashtirish, kasb-korga va ta’limga oid dasturlarni 
ongli ravishda tanlash hamda keyinchalik ro‘yobga chiqarish uchun 
ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-
sharoitlarni yaratishni, oila va jamiyat, davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini 
anglovchi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur’atlar bilan 
kirib borish jarayoni respublikamiz aholisi uchun ta’lim darajasini 


184
oshiruvchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu birinchi navbatda bozor 
munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib, u jarayon bilim darajasiga, 
iqtisodiyot va ekologiya, kompyuter texnikasi va AT ustuvor bo‘lgan va xalq 
xo‘jaligining rivojlangan tarmoqlariga, ta’lim tizimining takomillashuvi va 
kadrlar tayyorlashga bog‘liq bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlash muammosining samarali yechimi birinchi navbatda 
bugungi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, 
iqtisodiyot, ekologiya, madaniyat, huquqshunoslik va shunga o‘xshash 
boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga, 
har tomonlama chuhur bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi kadrlar tayyorlanishi 
bilan bog‘liqdir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning IX sessiyasida ta’kidlab o‘tganidek: 
«Domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o‘z ustida ishlamasa, o‘z sohasi 
bo‘yicha chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasa, tajriba 
almashtirilmasa, albatta, bunday ahvol o‘quv jarayoniga va uning samarasiga 
salbiy ta’sir qiladi».
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, yuqori 
malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda quyidagilar hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etar ekan:
1. Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro samarali aloqadorligi.
2. Ta’lim korxonalari va professional ta’lim dasturlari turlarining xilma-
xilligi, ularning fan va texnikaning eng so‘nggi yutuqlari, iqtisodiyot va 
texnologiyalarning eng yuqori andozalari va ko‘rinishlaridan foydalanish.
3. Professional ta’lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy 
tarmoqqa aylantirish.
4. Ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik adabiyotlar bilan 
ta’minlash va ularning moddiy-texnik bazasini yaratish hamda ularning 
moliyaviy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash.
5. Professional ta’lim tizimiga eng yuqori malakali o‘qituvchilarni va 
mutaxassislarni jalb ettirish.
6. O‘quv jarayonini axborotlashtirish va kompyuterlashtirish.
7. Kadrlar tayyorlashning sifat bahosini va obyektiv nazorat tizimini 
qo‘llash.
8. Shaxsning rivojlanishi, o‘lchovi, sifat va xulqini, qobiliyat intellektini 
baholash va kasbiy mahorati muammolariga bag‘ishlangan psixologik-
pedagogik izlanishlarni bajarish.


185
9. O‘qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag‘batlantirish va ularni 
ijtimoiy himoya qilish.
Bu holatlarning barchasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da o‘z 
aksini topgan. Bugungi kunning mutaxassisi har tomonlama rivojlangan 
yuqori darajadagi intellektga ega bo‘lgan, fan asoslarini chuqur o‘rgangan 
bilimdon, zukko, dono, fidoyi, ma’rifatli va ma’naviyatli inson bo‘lishi 
kerak. U o‘z mutaxassisligidan tashqari, xorijiy tillardan birini egallagan 
bo‘lishi hamda kompyuter texnikasidan foydalana olishi shart.
Oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi ZPT, ta’lim-
tarbiya jarayonini faollashtirish usullari va o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha 
sifatli bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni ta’minlovchi pedagogik 
usullarni qo‘llay bilishi lozim. U ZPTning mohiyati, maqsadi va vazifalarini 
o‘rganib chiqib, ular haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar, amaliy 
yo‘llanmalar ishlab chiqishi, ilg‘or pedagogik va ATni o‘zlashtirganidan 
so‘ng, uni ta’lim tizimiga joriy eta olishi kerak.
Bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayoni, jamiyatning 
tez o‘zgarib borayotgan turmush sharoiti, ta’lim tizimiga ta’sirchanlik va 
tezkorlik xossalarining berilishini, ya’ni ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot 
talablariga javob berish, shaxs qobiliyati va iste’dodini hisobga olish 
imkoniyat va shart-sharoitlarini yaratishni taqozo etadi. 
O‘quv-tarbiya dasturlarining ta’sirchanligi va tezkorligini ta’minlash 
ta’lim jarayonini differensiatsiyalash muammosi bilan uzviy bog‘liq. 
Hozirgi sharoitda, so‘zda emas, ishda uzluksiz ta’lim tizimiga ta’limni 
differensiyalash prinsip va mexanizmlarini joriy etish kerak.
Ta’limni differensiatsiyalash zamonaviy ta’lim tizimining asosiy 
xususiyatlaridan biridir. U talabalarning shaxsiy ehtiyojlari, layoqati, 
imkoniyatlari, qiziqishlari, kasb tanlashidan kelib chiqqan holda turli 
ko‘rinishda bilim olish imkoniyatini beradi.
O‘quv-tarbiya jarayonida qatnashuvchi barcha subyektlarning o‘zaro 
samarali ta’sirini ta’minlovchi mexanizmlar va shart-sharoitlarni yuzaga 
keltirish zarur. Umuman olganda, ushbu tizimning barcha tarkibiy qismlari 
– oila, uzluksiz ta’lim, mahalla, jamoat birlashmalari, jamg‘armalar mavjud. 
Biroq, birinchidan, ularning o‘z ichidagi samaradorlik faoliyatini ko‘tarish, 
ikkinchidan, samarali ta’sirchanlik, ya’ni uzviyligi, bir-biriga chambarchas 
bog‘liqligidan kelib chiqib ularning faoliyatini takomillashtirish lozim.


186
Ta’lim muassasalarining faoliyatini ijtimoiy institutlar sifatida tubdan 
qayta ko‘rib chiqish zarur. Bunda, maktab, litsey, kollej, institutlarni nafaqat 
ilm-fan maskani, balki haqiqiy madaniy-ma’rifiy markazlarga aylantirish 
kerak. Ular mahalla, oila, jamoat birlashmalari bilan yaqindan aloqada 
bo‘lishlari shart. Ushbu maskanlarda ijod qilish ruhi, ijtimoiy faollik, shaxsiy 
ishtirok, o‘zaro hamkorlik muhitining yaratilishi, bir tarafdan, mustaqil fikr 
yurituvchi shaxsni tarbiyalashga, ikkinchi tarafdan, yangi ijtimoiy muhit, 
tafakkurning shakllanishiga olib keladi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonida modulli 
ta’lim texnologiyasi, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, didaktik o‘yin 
texnologiyalari, muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari 
ishlab chiqildi.
Talabalarda darslik, ilmiy-ommabop va qo‘shimcha adabiyotlar bilan 
mustaqil ishlash ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish 
maqsadida modulli ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi. Modulli ta’lim 
texnologiyalarining o‘ziga xos jihati o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha 
talabalarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur 
tuziladi. Talabalar modul dasturi yordamida mustaqil va ijodiy ishlab, 
mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsadga erishadilar.
Modul dasturlari o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan talabalar bajarishi 
lozim bo‘lgan topshiriqlar, topshiriqlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalarni 
o‘zida mujassamlashtiradi. Ishlab chiqilgan dasturlar mazmun va mohiyatiga 
ko‘ra, talabalarning individual, ikkita talaba birgalikda va kichik guruhlarda 
hamkorlikda ishlashiga mo‘ljallangan modul dasturlariga ajratiladi. Modul 
dasturlarning didaktik maqsadidan kelib chiqib, o‘quv-tarbiya jarayonidan 
o‘z o‘rnida foydalanish yuqori samara beradi.
O‘quv-tarbiya jarayonida hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi 
metodlaridan foydalanish har bir talabani kundalik qizg‘in aqliy mehnatga, 
ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o‘rgatish, shaxs sifatida ongli mustaqillikni 
tarbiyalash, talabada shaxsiy qadr-qimmat tuyg‘usini vujudga keltirish, o‘z 
kuchi va qobiliyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, ta’lim olishda 
mas’uliyat hissini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Hamkorlikda o‘qitish 
texnologiyasi har bir talabaning ta’lim olishdagi muvaffaqiyati guruh 
muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy 
mehnat qilishga, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga, o‘quv materialini 
puxta o‘zlashtirishga zamin tayyorlaydi. 


187
Oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan mashg‘ulotlarda hamkorlikda 
o‘qitish texnologiyasining guruhlarda o‘qitish, zigzag yoki arra, kichik 
guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodlaridan foydalanish uchun 
pedagog har bir metodning didaktik maqsadini anglagan holda o‘quv 
topshiriqlarini tuzadi va ulardan o‘z o‘rnida foydalanish yo‘llarini belgilaydi.
Hozirgi kunda juda ko‘p metodist va pedagog olimlar «ZPT» talabaga 
ta’lim-tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni to‘la kafolatlaydi, 
deb qaralmoqda. To‘g‘ri, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab 
chiqarishda boshqaruvchidan katta kuch talab qilinmaydi. Maxsus 
texnologiyaning o‘zi qo‘yilgan maqsadga to‘la erishishni kafolatlaydi. 
Ammo bu nazariyani PTda to‘laligicha qabul qilib bo‘lmaydi, chunki bunda 
obyekt shaxs bo‘lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani to‘laligicha 
qabul qila olmaydi, aksincha uni inkor qilishi mumkin. Shuning uchun ham 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga kiritishda uning 
boshqaruvchisi bo‘lgan pedagog ko‘zlangan maqsadga erishishning bosh 
kafolatchisi bo‘ladi. Demak, ZPTni uning asosiy negizi bo‘lgan axborotlar 
texnologiyasini ta’lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi bo‘lmish 
pedagogning tayyorgarlik darajasini birinchi o‘rinda hal qilish bugungi kun 
«Pedagogika» fanining eng dolzarb muammolaridan biriga aylandi.
Oliy ta’limda ZPTni o‘quv jarayoniga joriy etish ko‘lamini kengaytirish
bu yo‘nalishda ilg‘or pedagogik tajribalarni tatbiq etish, har bir fan bo‘yicha 
bu sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish; darslik, o‘quv qo‘llanma, 
dastur, ma’ruza matnlarini tayyorlash, ilmiy-metodik ishlarda, o‘quv-tarbiya 
jarayoniga zamonaviy ATni keng joriy etishni rivojlantirish, ularni axborot 
vositalari bilan ta’minlash hamda kommunikatsion tarmoqlarga bog‘lash 
eng muhim vazifa hisoblanadi.
Umuman olganda, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir 
pedagog quyidagi ZPTni, ya’ni:
- ZPTning ilmiy-nazariy asoslari;
- PT konsepsiyasining rivojlanish tarixi;
- ta’lim jarayoniga texnologik yondashish haqida tasavvurga ega 
bo‘lish;
- PTning didaktik qonuniyatlarini;
- o‘qitiladigan fanga tegishli ilg‘or o‘qitish texnologiyalarini;
- didaktik jarayonni ma’lum vaqt chegarasida loyihalanishi;


188
- o‘qitishning faol metodlarini bilish va qo‘llay olish;
- uy vazifalarini maqsadli, tashxisli va aniq o‘quv element turi tarzida 
berish, texnologiya loyihalarining mantiqiy tuzilmasi, korreksiyasi;
- o‘quv maqsadlari tavsiyanomasini ishlab chiqish;
- test topshiriqlarini talaba faoliyat darajalariga mos holda tuzish 
bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish sharti;
- internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish;
- o‘quv jarayoniga elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha 
ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- reyting nazorati va talabalarning bilimlarini obyektiv baholashni 
bilishi kerak.
Bugungi kunda respublikamizda oliy ta’lim tizimi yangi rivojlanish 
pog‘onasiga ko‘tarildi: ikki bosqichli ta’lim – bakalavriat va magistratura 
faoliyat ko‘rsata boshladi; davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi; 
talabalarning mustaqil ta’lim olishini yakka tartibda amalga oshirish joriy 
etilyapti, ta’lim mazmunida fan va ishlab chiqarish integratsiyasi o‘z aksini 
tobora ko‘proq topmoqda; professor-o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini 
oshirishga e’tibor kuchaytirilganligi alohida tahsinga loyiq. 
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni rivojlangan davlatlar tajribalari asosida 
takomillashtirish, uning ishtirokchilari – o‘qituvchi va talaba-magistr 
faoliyatini «subyekt-subyekt» imkoniyatlari asosida tashkil etish zarurati 
bugun barcha oliy o‘quv yurtlarida pedagogika va psixologiya fanlarini 
o‘quv rejasiga kiritish lozimligini isbotladi. Endigi vazifa esa, bu fanlarni 
o‘qitishga alohida e’tibor qaratish, pedagogik faoliyatning sir-u sinoatlarini 
tadqiq qilish asosida amaliy xulosalarni qo‘lga kiritishdir.
Respublikada shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligi e’tirof etilgan 
bir davrda pedagogika fani erkin shaxsni shakllantirish qonuniyatlari, 
yoshlar shaxsini hayotga moslashtirishning shakl va metodlari, mazmuni 
va prinsiplarini o‘rganadi. Endilikda pedagogika o‘z predmeti, fanlar bilan 
aloqasi, pedagogik bilimlar tizimi va ularning mantiqiy tuzilmasi, nazariy 
pedagogik bilimlarni tarbiyaga, ta’lim amaliyotiga qo‘llash masalalariga 
doir muammolarni qaytadan yangicha talqinda qo‘ymoqda. Demak, 
pedagogikada tadqiqotlarning dolzarbligi, bir tomondan, jamiyat ehtiyoji 
– o‘quv-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish bilan, boshqa tomondan esa, 
pedagogik bilimlarning yangilanish va rivojlanish darajasi bilan belgilanar 
ekan.


189
Bugungi kunda erkin shaxsni shakllantirish muammosi ta’lim 
muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni zamonaviy PTga o‘tkazishni taqozo 
etadi. Bu jarayon oson kechmaydi, chunki ixtiyoriy qurilayotgan va joriy 
etilayotgan o‘qitish tizimini qat’iyan ilmiy asoslangan pedagogik tizimga 
aylantirish kerak. V.P.Bespalkoning ta’rifiga ko‘ra «pedagogik tizim ma’lum 
shaxs sifatlarini shakllantirishga tartibli, aniq maqsadni ko‘zlab va oldindan 
o‘ylab pedagogik ta’sir etishni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro 
bog‘liq vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisidir». 
Har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va 
unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad 
o‘zgarsa mavjud tizim ham o‘zgarishi muqarrardir. «Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan 
fuqarolarni tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo‘ydi. Chunonchi, Milliy 
dastur ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi hisoblanib, milliy 
istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga to‘liq mos keladi. Faqat davlat 
buyurtmasigina ta’lim-tarbiyaning umumiy maqsad va vazifalarini aniq 
belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik tizimning mavjudlik 
shartlarini kafolatlaydi. 
PT shunday bilimlar sohasiki, ularning vositasida yangi ming yillikda 
davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o‘qituvchi 
(pedagog) faoliyati yangilanadi, talabalarda hur fikrlilik, insonparvarlik 
tuyg‘ulari tizimi shakllantiriladi.
Bugungi kunga kelib, o‘qituvchi (pedagog)lar metodikani ko‘p hollarda 
texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan ham bu tushunchalarga 
aniqlik kiritish kerak bo‘ladi. Metodika (uslubiyat) o‘quv jarayonini tashkil 
etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Zamonaviy PT esa 
oldindan belgilab qo‘yilgan aniq maqsad yo‘lida o‘qituvchi (pedagog)ning 
kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan 
tadbirlar majmuasi yig‘indisidir.
Zamonaviy PT tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning 
xilma-xilligi, bir tomondan rivojlangan mamlakatlarda ushbu mavzuning u 
yoki bu darajada yechilayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, PTni 
pedagogik amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlarning ma’lum natijasini 
ifodalaydi.
Hozirda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini 
birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada, chunki nazariya va amaliyot 


190
birligining ta’minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l ochadi. 
Demak, zamonaviy PTga pedagogika fanining alohida tarmog‘i sifatida yoki 
faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga yo‘naltirilgan tizim, deb qarash 
mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish 
doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Endilikda ta’lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilanadi, unga mos 
holda mazmun ham, PJ ham yangilanishi bilan inson faoliyati chegarasi 
nihoyatda kengayib borayapti, auditoriyaga o‘qitish imkoniyatlari katta 
bo‘lgan yangi texnologiyalar (sanoat, elektron, axborot) kirib kelmoqda. 
Ro‘y berayotgan sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, bugungi kunda 
«O‘rganish»ning birlamchi jarayonlarini an’anaviy metodika va o‘qitish 
vositalari qolipiga sig‘may o‘qituvchi (pedagog)ning individual qobiliyatiga 
mos kelmay qoldi. Yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim jarayonining 
tarkibiy komponentlariga aylanib borayotgan va o‘zining ma’lum 
xususiyatlarini joriy etadigan texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizual 
vositalar mavjudki, ular zamonaviy PTni real voqelikka aylantirmoqda.
O‘quv-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish tarixiga nazar 
soladigan bo‘lsak, bu jarayon XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab 
obyektiv voqelikka aylandi. Axborotlashtirish esa bu jarayondagi inqilobiy 
«burilish»dir, ya’ni, ta’lim axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi-talaba-
kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir.
Oliy o‘quv yurtlarida talabalarning ilmiy-texnikaviy va ijodkorlik 
qobiliyatlarini o‘stirish har qanday tur, bosqich yoki darajadagi ta’limning 
asosiy vazifalaridan biridir. Zotan, bugungi kun yoshlari texnika va 
texnologiya, iqtisodiyot asoslari borasidagi bilimlardan xabardor bo‘lsa-yu, 
ulardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lmasa, u ko‘zlangan maqsadga 
erisha omaydi. O‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash yo‘llari va 
vositalarini bilishgina ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish, yangi 
texnika, mehnat qurollari va yangi texnologiyalar yaratish imkonini beradi. 
Keng ko‘lamli va mustahkam bilim, ko‘nikma, malaka, qiziquvchanlik, 
tashabbuskorlik, muammolarni mustaqil hal etishda aniq maqsadga intilish 
va shaxsiy faoliyatga nisbatan talabchanlik talaba yoshlar ijodkorlik 
qobiliyatlarini shakllanishining zaminidir.
Talabalar ijodkorlik qobiliyatini shakllantirishning muhim sharti bu 
– faoliyatdir. Demak, pedagogning asosiy vazifasi ushbu faoliyatni tashkil 


191
etish shakl, metod, usul, vosita va yo‘nalishlarini belgilab beruvchi zarur 
axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Axborot ta’minotining haddan 
ziyodligi ham vazifani ijobiy hal etmaydi. Shu sababali axborot ta’minotini 
pedagogik jihatdan boshqarish, ularning ilg‘or texnika va texnologiya 
yutuqlari bilan boyitilganligini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy-texnik taraqqiyot va ijodkorlikka erishish jarayonini pedagogik 
jihatdan boshqarishning predmeti inson omili bo‘lib, u o‘ziga xos ta’lim-
tarbiya ishlari va uni boshqarish, ijodiy masalalarni yechish metodikasi 
va algoritmini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Talabalar ilmiy-texnik ijodkorlik 
faoliyatini tashkil etish, tayyorlash jarayoniga nisbatan pedagogik 
yondashuv tizimi shaxs ijodkorligi va yaratuvchanligini boshqarishning bosh 
masalalaridan biri hisoblanadi va u o‘z ichiga zaruriy axborotlarni yig‘ish, 
tahlil qilish, uni qayta ishlash, maqsadni aniqlash, maqsadga erishish rejasini 
ishlab chiqish, reja bo‘yicha ijodkorlik ishlarini tashkil qilish, uning amalga 
oshishini nazorat qilish, ushbu tizim faoliyatini tartibli olib borish va maxsus 
yechimlar qabul qilish kabi bosqichlarni oladi.
Har qanday boshqarish jarayoni, avvalo, maqsadni belgilash, ya’ni 
maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilishdan boshlanadi. Bu esa boshqarish obyektining 
ayni paytdagi holatini tahlil qilish va uning rivojlanishi mumkin bo‘lgan 
imkoniyatlarini o‘rganishdan boshlanadi. Ilmiy-texnik ijodkorlikni maqsadli 
pedagogik boshqarish mohiyatiga ko‘ra obyektiv tavsifga ega, unda inson 
shaxsini kamol toptirishning obyektiv qonunlari o‘z ifodasini topgan. 
Bundan tashqari maqsadli boshqarish tafakkur mahsuli va ular shaxslarning 
hamkorlikdagi faoliyati jarayonida shakllanadi. Maqsad, o‘z navbatida, 
pedagogik obyektdagi o‘zgarishlarning yo‘nalishlari, boshqarish faoliyatini 
uning asosiy turlari va ularning mazmunini belgilab beradi.
Maqsadli pedagogik boshqarish o‘z mazmuniga ko‘ra vaqt omili va 
sharoitiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi. Yo‘nalish mazmuni esa 
shartli ravishda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy va ilmiy-texnikaviy 
maqsadlar sifatida guruhlanadi. 
Ilmiy-texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning muhim sharti 
maqsadli pedagogik boshqarishda qatnashuvchi shaxsni yuqori darajadagi 
obyektiv axborotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Obyektiv axborotgina 
maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat uchun harakatlantiruvchi vosita bo‘la oladi.


192
Insonning miyasi turli xil axborotlarni turli darajada qabul qilish 
qobiliyatiga ega, bu esa ma’lumotlarni yengil, erkin va qiziqarli uzatishni 
talab etadi. Texnik vositalardan mashg‘ulotlar o‘tkazish jarayonida samarali 
foydalanish didaktika muammosi hisoblanib, asosan, ko‘rsatmalilik 
prinsipini ta’minlash borasidagi faol harakat, usul deb baholanadi.
Ta’lim jarayonida ko‘rsatmalilik zarurati bilish jarayonining xarakteri, 
ya’ni jonli mushohadadan abstrakt tafakkurga, undan keyin esa amaliyotga 
o‘tishi bilan bog‘liq. Pedagog va psixologlarning ta’kidlashicha, sezgi va 
tasavvur qilishdan tashqarida fikrlar harakatlanmaydi, shuningdek, o‘qitish 
jarayonida ham olg‘a siljish bo‘lmaydi. Demak, ko‘rsatmalilik faqat ongga 
ta’sir etish bilan chegaralanmasdan o‘rganuvchidan ma’lum his-hayajonni, 
motivni ham yuzaga chiqaradi, his etish va mantiqiy fikrlash birligi 
asosidagina egallangan bilimlar mustahkamlanadi. 
Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishning yangi pog‘onasida o‘qitishni 
texnik vositalarsiz ko‘tarib bo‘lmaydi. ZPTning muhim ko‘rsatkichlaridan 
biri – axborotlarni talabalarga uzatish tezligi aynan shu vositalar yordamida 
ta’minlanadi
Shunday qilib, fanning rivojlanishi bilan ilmiy-texnik taraqqiyot 
bir-birini taqozo etib, ijodiy faoliyatni tashkil etish jarayonini axborotlar 
bilan ta’minlash muayyan darajada boshqarish yo‘nalishlarini o‘z ichiga 
oladi. Ammo o‘quv mashg‘ulotlarini ta’lim metodlari bilan boyitish ta’lim 
tizimi va mantiqini buzmasligi kerak. Zamonaviy PT talabalarda ijodiy 
qobiliyatni shakllantirishga imkon beruvchi axborotlar yig‘ish hamda 
ulardan mashg‘ulot jarayonida foydalanish yo‘lida ma’lum imkoniyatlarni 
yaratadi. Ushbu ma’lumotlar esa fan asoslarining axborot ta’minoti 
mazmuni va ijodkorlik metodlarini boshqarish imkoniyatlarini belgilaydi. 
Talabalarni ijodiy faoliyatga tayyorlash jarayonining samarasi ko‘p jihatdan 
uning axborot ta’minotiga ega bo‘lishini va pedagogik jihatdan boshqarish 
yo‘nalishlarining tizimli hamda uzluksiz bo‘lishini taqozo etadi.


193
XULOSA
Ma’rifatli va madaniyatli dunyonig ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning 
ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo‘lgan muhit 
hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta 
bo‘ladi. Zero, shaxs mansub bo‘lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-
axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan obyektiv va subyektv 
omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va 
o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o‘rni bor. O‘zbekiston 
Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash 
bo‘yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlashga imkon beradi. Mazkur masalaning dolzarbligini ta’kidlab, 
Prezidentimiz I.A.Karimov “O‘zbekiston innovatsion rivojlanish turining 
hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega”, – 
degan edi. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan 
keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, 
chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishga, 
yuqori malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko‘paytirishga asoslanadi. Bu 
mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar 
qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo‘lib xizmat 
qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz iqtisodiy qudratining 
oshib borishi jamiyatimiz ijtimoiy sohasining markaziy halqasi bo‘lgan 
ta’lim-tarbiya tizimida ham tub islohotlarga olib keldi. O‘quvchi va 
talaba yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan 
ta’lim mazmunini kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish hamda ta’lim 
uzluksizligini ta’minlab berish uchun yangidan-yangi qonunlar va hujjatlar 
qabul qilinmoqda, ZPT yaratilmoqda. Zamonaviy PT fan asoslari bo‘yicha 
talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va 
amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 
Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o‘qitish jarayonida 
bilim oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatining samarali shakl va uslublarini 


194
joriy etish, ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish kerak. O‘quv-
tarbiya jaryonlarini ilmiy va metodik jihatdan mukammal tashkil etish 
muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashg‘ulotlar va mustaqil 
topshiriqlar talabalarni o‘ylashga, ijodiy mehnat qilishga, har tomonlama 
fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarni o‘z hayotiy tajribalariga asoslanib hal 
etishga o‘rgatadi. Mashhur ingliz adibi J.Bernard Shou topib aytganidek, 
“Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu – faoliyatdir.” Ana shunday faoliyatning 
o‘quvchi va o‘qituvchi mehnati ko‘rinishidagi turlari omixtalashganida 
kutilganidan ziyodaroq natijaga erishish mumkin bo‘ladi.
O‘qitishning asosiy tashkiliy shakli bo‘lgan dars va darsdan tashqari 
ishlar, ular qanday ko‘rinishda (an’anaviy yoki noan’anaviy darslar, 
sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv-tarbiya tadbirlari, ma’ruza yoki 
amaliy mashg‘ulotlar) tashkil etilishidan qat’i nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy-
metodik va ma’rifiy-ma’naviy jihatdan to‘laqonli bajarilganidagina yuksak 
pedagogik samarani berishi mumkin. Bunda. albatta, bilim oluvchilarning 
yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi, bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi 
hisobga olingan holda tashkil qilinadigan mashg‘ulotlar ko‘zda tutiladi. 
Buning uchun esa ta’lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidagi 
pedagogik mahorati va kasbiy salohiyati talab qilinadi. O‘t-dalali almashlab 
ekishni dehqonchilik madaniyatiga dunyo amaliyotida birinchi bo‘lib tavsiya 
etgan taniqli tuproqshunos olim R.Vilyamsning “Yomon yer yo‘q, balki 
undan hosil undirish yo‘lini bilmaydigan uquvsiz dehqonlar bor”, degan 
purhikmat iborasiga pedagogik o‘zgarish kiritib aytadigan bo‘lsak, “ Yomon 
o‘quvchi (bilim oluvchi) yo‘q, balki unga o‘qish-o‘rganishning maqbul 
yo‘lini ko‘rsata olmaydigan noshud o‘qituvchi (pedagog, tarbiyachi)largina 
bor”. 
Kuchli bilim, kasbiy metodika va oddiy insoniy fazilatlardan 
iborat uchta xususiyat birlashib o‘qitish jarayonining pirovard natijasini 
belgilaydi. Bilimsizda metodik mahorat bo‘lishiga ishonib bo‘lmaganidek, 
bularning har ikkisiga ega bo‘la turib, odamiylikdan bexabar shaxsning ham 
o‘qituvchiligidan ne foyda? PT va pedagogik mahorat ham yuqorida tilga 
olingan uchlikning tugalligisiz sxolastika botqog‘iga botib turaveradi. 
Ta’lim va tarbiyaning sifat va samaradorligi juda ko‘p omillarga 
bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu borada yagona va qudratli tavsiya yoki 
yo‘l-yo‘riq berib bo‘lmaydi. Hattoki, zamonaviy pedagogik yoki axborat-


195
kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalana bilishning o‘ziga xos 
va o‘ziga mos mezonlari mavjudligini unutmaslik kerak. Noan’anaviylik, 
innovatsiya yoki interfaollik bayrog‘ini baland ko‘taruvchilar ham 
o‘qitishning ming (balki million) yillik an’ana va tajribalari, to‘plangan 
ulkan tajribaviy zaxirasini inkor etmasliklari lozim. Eski va yangining o‘zaro 
munosabati, bazis va ustqurmaning mutanosibligi, an’ana va tashabbusning 
kelishuvchanlik tamoyillarini unutmaslik kerak.
O‘qituvchi (pedagog)ning mehnatiga faqat uning tasarrufidagi 
shaxslarning uquv, ko‘nikma, malaka va bilim sifatiga qarab baho berilishi 
lozim. Ha, aynan bilim sifatiga (bilim darajasi ham emas, qo‘yilgan reyting 
ballari ham emas, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ham emas!) qarab baholash 
odilona ish bo‘ladi.
Oliy o‘quv yurtlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ZPT 
bilan uyg‘unlashgan holda qo‘llash, bo‘lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy 
tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, o‘quv mashg‘ulotlarining 
samaradorligi va o‘qituvchi (pedagog)lar mehnatining foydali ish 
koeffitsiyentini oshiradi. 
Boshqacha aytganda, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitish 
samaradorligini oshirishning muhim sharti – ta’lim jarayoniga tizimli 
yondashuv va rang-barang pedagogik faoliyatdan iborat xizmat ko‘rsatish 
sanaladi.
Ayni davrda, zamonaviy PT – tizimli yondashuvlar asosida 
o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va 
obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik 
vositalarning o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini 
oydinlashtirish, o‘qitish va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan 
usul, metod va vositalarlarni xilma-xillash, ta’lim va tarbiya jarayonlari 
mazmunini chuqurlashtirish – bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini 
takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni 
oxiri yo‘q, deyiladi. Shunday bo‘lgach, PT ham, pedagogik mahorat ham 
sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik 
tashabbuskorlik bo‘lsa – shunchalik kamdek tuyulaveradi. O‘qitishning eng 
oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. O‘qituvchi (pedagog)larning 
faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxir-oqibatda yuksak ijtimoiy buyurtmaning 
bajarilishiga olib keladi.


196

Download 0,86 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish