“Chumolidek mehnat qilsang –  bolaridek izzat topasan”. Xalq hikmati




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

 “Chumolidek mehnat qilsang – 
bolaridek izzat topasan”.
Xalq hikmati
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASh BILAN 
BOG‘LIQ TAShKILIY-USLUBIY IShLAR
Uzluksiz ta’lim tizimida davlat buyurtmasi va ijtimoiy talabga 
muvofiq har bir ta’lim muassasasi va unda xizmat qiluvchi pedagog-kadrlar 
zimmasiga ta’lim–tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, ilm-fanning 
so‘nggi yutuqlarini amaliyotga joriy etish orqali ijodkor, ijtimoiy faol, yuksak 
ma’naviyatli, kasb-hunarli, el-yurtga sadoqatli milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, 
davlat, jamiyat va oila oldida o‘z burchi va javobgarlini his eta oladigan, 
raqobatbardosh barkamol shaxsni tarbiyalash va kamolga yetkazish, ularning 
ongi va qalbiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi muhim vazifalarni 
amalga oshirish yuklatilgan. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi 
ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanish 
bilan uzviy ravishda bog‘liq. 
Ta’lim-tarbiya jarayonlariga ZPTni joriy etish, eng avvalo, pedagogik 
munosabatlarni insonparvarlik va demokratlashtirilishni talab qiladi. Bunday 
munosabatlarni tashkil etmasdan turib qo‘llangan har qanday PT kutilgan 
samarani bermaydi. 
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlik va demokratlashtirish 
asosidagi PT avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, unda hamkorlik, 
g‘amxo‘rlik, bilim oluvchi shaxsini hurmat qilish kabilardan iborat o‘quv 
faoliyati tashkil etiladi. 
Pedagogning o‘quvchi yoki talabaning shaxsiga bo‘lgan insonparvarlik 
munosabati bolalarni sevish, ularning taqdiri uchun qayg‘urish, shaxsga 
bo‘lgan yuksak ishonch, o‘zaro hamkorlik, mukammal muloqot madaniyati, 
ixtiyoriylik va erkinlik, rag‘batlantirish va kamchiliklarga chidamlilik 
hisobiga amalga oshadi. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun o‘quv 
jarayonidagi barcha ishtirokchilarning faolligi va teng huquqliligi talab 
etiladi. 


173
Ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish – bilim beruvchi va bilim 
oluvchilarning fuqarolik huquqlarini tenglashtirish, o‘quvchilarda tanlash va 
o‘z fikri hamda nuqtayi nazarini erkin bayon etish sharoitining yaratilishiga 
olib keladi. Bu O‘zbekiston Respublikasining asosiy qonuni – konstitutsiyasi 
bilan kafolatlangan me’yorlarga ham muvofiq keladi. 
Yangi munosabatlarning o‘zida xos jihati, an’anaviy ta’limdagidan farq 
qilib, o‘quvchilarning mustaqilligi va ijodiy o‘quv faoliyatini ta’qiqlamasdan 
ularni belgilangan maqsadga yo‘naltirish, o‘quv faoliyatini hamkorlikda 
tashkil etish, qiziqtirish, ehtiyojlarni hisobga olish va erkin hamda faol 
mehnatga undash tufayli amalga oshirilishi bilan xarakterlidir. 
Ta’lim-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar 
mazkur jarayonda ZPTni qo‘llashni taqozo etadi. Buning uchun PTni joriy 
etishning o‘ziga xos vositalari zarur bo‘ladi. Ular xilma-xildir. Verbal (nutq 
so‘zlash, ma’ruza, suhbatlashish, savol-javoblar, bahs-munozara, muzokara, 
axborot va ma’lumot berish, kengashish, maslahatlashish, nasihat yoki tanbeh 
berish kabilar), noverbal (imo-ishora, qo‘l va gavda harakatlari yordamida 
ma’lum ma’no-mazmunni ifodalash yoki ta’kidlash), vizual (ko‘rgazmalilik 
elementlari – plakatlar, jadvallar, suratlar, diagrammalar, sxemalar, yozuv 
va tasvirlar, fotosuratlar, tarqatma materiallar, video lavhalar, jonli va 
jonsiz obyektlar, turli buyumlar va b.), audio (magnit yozuvlari, lingofon 
va radio vositalar, musiqa va nutqiy asarlar kabilar), tabiiy (odam, hayvon, 
o‘simlik, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, inshoatlar kabilar), 
o‘quv anjomlari (kitob, atlas, xarita, reaktivlar va boshqalar) kabi vositalar 
farq qilinadi va ular yakka yoki omixta tarzda keng miqyosda qo‘llaniladi. 
Ta’lim jarayonida yangi texnologiyalarni kiritish mexanizmini taniqli 
pedagoglar – J.G‘.Yo‘ldoshev va S.A.Usmonov quyidagicha bayon 
qilishgan: 
1. Pedagogik jamoani yangi PT asoslari bilan tanishtirish – ma’ruza. 
Adabiyotlar tavsiya etish.
2. Yangi texnologiya asosida ishlashni xohlovchi pedagoglar jamoasini 
aniqlash. Ular orqali o‘qituvchilarga PTni qo‘llashdan ko‘zda tutilgan 
maqsadni, uning mohiyatini yetkazish.
3. Yangi PT asosida ishlamoqchi bo‘lgan o‘qituvchilarni shu jarayonga 
tayyorlash yuzasidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish:
– seminar;
– trening;


174
– individual maslahat berish;
– ko‘rgazmali darslar tashkil etish.
4. Yangi texnologiya asosida ishlovchilarning ishini nazorat qilish, 
kuzatuv va tahlillar o‘tkazish, metodik yordamlar ko‘rsatish. Ularning 
hisobotlarini eshitib borish.
5. Yangi PT asosida ishlovchi o‘qituvchilarning metodika kengashida, 
pedagogika kengashlarida chiqishlarini tashkil etish. 
6. Yangi PT bo‘yicha ishlash uchun zarur didaktik materillar, vositalar 
xonasini tashkil qilish.
7. Yangi texnologiya bo‘yicha ishlashning afzalliklarini, o‘quvchilar, 
ota-onalar, pedagogik jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini oshkor etib 
borish.
8. Ilg‘or, innovator pedagoglardan innavator pedagogik jamoani 
shakllantirish.
9. Yangilanishning uzluksizligi, davomiyligini ta’minlash. 
Har bir ta’lim muassasasi o‘z pedagogik jamoasining umumpedagogik 
tayyorligi, istak va xohishlariga muvofiq PTni joriy etish strategiyasi va 
taktikasini o‘ziga moslab rejalashtirishi mumkin.
PTni joriy etish uchun o‘qituvchilar bilan quyidagi tashkiliy tadbirlar 
o‘tkaziladi: 
- yakka tartibda (individual) ishlash (ta’lim muassasasida, kutubxonada, 
uyda, ma’rifiy tadbirlarda);
- juft bo‘lib ishlash (o‘quv yurtida);
- kichik guruhlarda ishlash (ta’lim-tarbiya muassasalarida, hududiy 
tashkilotlarda);
- katta guruhlarda ishlash (mintaqaviy ko‘lamda).
Tajriba almashish, ilg‘or pedagogik faoliyatni ommalashtirish, 
anjumanlarda qatnashish, interfaol mashg‘ulotlar tashkil etish va shular kabi 
ko‘pgina tadbirlar ham amalda tez-tez qo‘llaniladi. 
Bularda quyidagi tartib-qoida va yo‘riqlarga rioya qilinishi lozim: 
- vaqt rejimiga bo‘ysunish;
- vaqtdan unumli foydalanish;
- o‘zgalar fikri bilan hisoblashish;
- boshqalarning tajribasi va mulohazalariga hurmat bildirish, hamkorlik 
va hamjihatlik;


175
- keng fe’llilik va tanqid qilmaslik, tanbeh bermaslik;
- mulohazalilik;
- fikrni lo‘nda bayon etish va boshqalarning fikriga diqqat qilish;
- erkin munozara vaziyatiga bo‘ysunish;
- o‘zaro munosabatda samimiylik hamda xolislik va b.
PTni amaliyotga tatbiq etishda ayrim pedagogik va psixologik 
tajribalarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zlashtirish – shaxsning individual xususiyatiga bog‘liq bo‘lganligi 
uchun o‘quv jarayonini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida tashkil etish, 
diqqatni to‘plash, xotirani mashq qildirish, xarakterni tarbiyalash, axborot 
olishning yakka tartibli usulini keng qo‘llash zarur. 
Shaxsning individual va psixologik diagnostikasi ma’lumotlarini 
amaliyotda hisobga olish va o‘quv faoliyatini takomillashtirishning intensiv 
usullaridan keng foydalanish, bilim oluvchilarning o‘zlashtirish jarayonini 
tekshirish va nazorat qilish hamda baholashda reyting tizimiga bo‘ysunish 
ijobiy natija beradi. Ta’lim berish va tarbiyalash jarayonida shaxsning 
biologik, fiziologik, genetik, sotsial (ijtimoiy) jihatlarini o‘rganib pedagogik 
tadbirlarni tashkil etish va o‘qitish mexanizmini ishga tushirish, avvalo, 
samara, so‘ngra sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi. 
Mashg‘ulotlar turlarining an’anaviy ko‘rinishlari bilan bir qatorda 
noan’anaviy tashkiliy tadbirlarni keng yo‘lga qo‘yish ta’lim oluvchilarning 
sezilarli darajadagi rivojlanishiga olib boradi. Bunday o‘zgarishlar miqdor 
va sifat kesimlarida, vaqt birligi davomida salmoqli natija beradi. Mashq 
qilish tufayli ko‘rish va eshitish sezgilari evaziga bo‘ladigan o‘zlashtirish 
natijalarini oshirish pedagogik tajribada isbotlangan. 
O‘qitishning asosiy tashkiliy shakli – dars va uning uzviy hamda 
mazmuniy davomi bo‘lgan darsdan tashqari ishlar xilma-xil variantlarda 
amalga oshirilganda ta’limning sifat va samaradorligi proporsional ravishda 
ko‘tariladi. Bunda motivatsiyaning ahamiyati katta. Motivatsiya – shaxsni 
o‘qishga, ko‘nikma va malaka egallashga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga 
yo‘naltiruvchi (undovchi) turli sabablarning yig‘indisidir. 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasidagi islohotlarning natijasi 
o‘laroq, pedagogik-psixologik tashhis xizmatining keng ko‘lamda yo‘lga 
qo‘yilishi sodir bo‘ldi. Salbiy va ijobiy motivlar, kamchilik va yutuqlar, 
maqtov va e’tiroz, tanbeh va rag‘bat nisbatlarining shaxs o‘lchamida 
nomuvofiq baholanishi yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Shuning uchun; 


176
- inson farzandi asosiy tarbiyani oilada olishini;
- dastlabki ta’lim va tarbiya elementlari bolaning murg‘akligida 
shakllanishini;
- maktabgacha ta’lim turida berilajak ma’lumotlar va tarbiyaviy fikrlar 
faqat oilaning shu boradagi fondiga yordamchi ekanligini;
- individual yoki tabaqalashtirilgan ta’lim ommaviy yondashuvga 
nisbatan samaraliroq ekanligini;
- o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi eng yaqin va samimiy ta’sir 
funksiyasi kelgusi yutuqlarning garovi bo‘lishini;
- ta’lim va tarbiyadagi muvaffaqiyatlarning ichki (shaxsiy) va tashqi 
(atrof-muhit) omillarga bog‘liqligini;
- bolalik, o‘smirlik, o‘rta va katta yoshlik hamda keksalik davrlaridagi 
aqliy faoliyat bir-biridan jiddiy farq qilishini;
- balog‘at fazasida inson organizmining fiziologik nuqtayi nazardan 
keskin o‘zgarishlarga uchrashi va buning oqibatida ta’lim va tarbiya 
omillariga bo‘lgan munosabatning ijobiy yoki salbiy taraflarga o‘zgarishi 
mumkinligini;
- ta’limdagi muvaffaqiyatlar shaxsning o‘z muammolari, aqliy va 
jismoniy salomatligi, oilaviy ahvoli, jamoatchilik omillari, moddiy ta’minoti, 
qiziqishi va o‘qishga tayyorgarligi, qobiliyati, hayotda orttirgan belgilari
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, motiv va hissiy tuyg‘ulari kabi ko‘pgina 
holatlarga bog‘liqligini pedagogik faoliyatda diqqat markazida tutgan holda 
ishlash, o‘qitish va tarbiyalash lozim. 
Pedagogik amaliyotda PJning moddiy, obyektiv jihati doimo ruhiy 
jarayonlar bilan qo‘shilgan holda mavjud bo‘lib, biri ikkinchisisiz 
mavjud bo‘lmaydi. Bu har qanday faoliyatga, ayniqsa, ta’lim oluvchilar, 
tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilar faoliyatiga ko‘proq tegishli.
PJni psixologik mexanizmlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. 
Odamning shaxs sifatidagi eng asosiy belgisi - uning ijtimoiyligidir. 
Ong va psixik jarayonlar insonning olamni va o‘z-o‘zini anglashiga xizmat 
qiladi. Bunda birinchi va ikkinchi signal tizimlari uyg‘unlikda faoliyat 
yuritadi. Muloqot va fikrni og‘zaki yoki yozma ifodalash va masofaga 
uzatish inson individining eng katta yutug‘idir. Individ ijtimoiy mavjudot 
darajasiga ko‘tarilganda shaxsiy sifatlar mukammallashadi. 
Shaxsning eng xarakterli jihati – uning individualligidir. Individuallik 
shaxs psixologik xususiyatlarining qaytarilmaydigan (betakror) birikmasi 


177
bilan ifodalanadi. Shaxsga ta’sir qilayotgan barcha omillar uning umri 
davomida moddiy va ma’naviy dunyoni hamda o‘zligini anglashiga, ularga 
javob reaksiyasini namoyon qilishiga va axborotlarni o‘zlashtirishiga xizmat 
qiladi. 
Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o‘zgaruvchanlik xususiyatlari 
shaxs xislatlarining bir butunligini va o‘zaro bog‘liqligidan iborat bo‘lgan 
murakkab birlikni, ya’ni uning dinamik strukturasi (tuzilmasi)ni hosil qiladi. 
Shaxsning harakatlantiruvchi kuchlarini va uning psixologik tuzilishini 
hamda faollik manbalarini 3 asosiy omil bilan bog‘lab o‘rganiladi:
1. Tashqi tabiiy va ijtimoiy muhit.
2. Shaxsga umri davomida tizimli tarzda va uzluksiz maromda 
beriladigan ta’lim-tarbiya.
3. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar.
Psixologlar ta’lim-tarbiya jarayonlarining obyektlari va subyektlari 
hisoblanadigan shaxs xaritasining bir qator elementlarini e’tirof etadilar. 
Psixologlar qobiliyatning namoyon bo‘lishida psixomotor, musiqiy, 
vokal, artistlik, badiiy, texnik, matematik, adabiy, ilmiy, pedagogik
tashkilotchilik, axloqiy, huquqiy jihatlarni, xarakterning umumiy xislatlari 
sifatida esa insonparvarlik, vatanparvarlik qat’iylik, soflik, g‘ayratlilik, 
faollik, uyushqoqlik, jamoatchilik, optimizm, ko‘ngilchanlik kabi individual 
xususiyatlarni qayd etishgan. 
Psixik jarayonlar bilan bog‘liq individual xususiyatlar ta’lim jarayonida 
va tarbiyalanishning turli bosqichlarida katta ahamiyat kasb etadi. Bular 
– emotsional muvozanatlilik, diqqat-e’tiborlilik, xotiraviy mustahkamlik, 
kuchli emotsiyalar, tanqidiy tafakkur, farosatlilik, ijodiy xayol, irodalilik, 
maqsadga intiluvchanlik, matonatlilik, qat’iyatlilik, intizomlilik kabi sifatlar 
bilan bog‘liq ijobiy yoki salbiy jihatlardir. 
Insondagi bilimlarning hosil bo‘lishida undagi 5 ta sezgi a’zolari 
vositasida qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotlar nisbati quyidagicha: 
Ko‘rish a’zosi orqali – 80-85 %.
Eshitish a’zosi orqali – 9-13 %.
Hid bilish a’zosi orqali – 2,5-3,5 %.
Teri sezgisi orqali – 1,5-3 %.
Ta’m bilish a’zosi orqali – 1-2 %.
Jami – 100 % gacha.


178
Turli sezgi organlari ishtirokida o‘zlashtirilgan va qayta ishlangan 
axborotning oradan 2 hafta o‘tgach, quyidagi miqdorlari eslab qolinadi:
O‘qilganlar -10 %.
Eshitilganlar – 20 %.
Ko‘rilganlar – 30 %.
Ko‘rilgan va eshitilganlar – 50 %.
Gapirilganlar – 80 %.
Gapirilgan va amalda bajarilganlar – 90 %.
Eslab qolish va o‘zlashtirish bilan bog‘liq unutish, xotiraga joylash, 
qismlarga ajratib yodlash, mexanik yoki anglab yodlash, xotira mashqi 
suggestopediya (bir shaxsning boshqasiga psixik ta’sir ko‘rsatishi), 
suggestiya (lotincha – ishontirish), gipnopediya (uyquda o‘qitish) kabi 
ko‘pgina ta’lim beruvchi va tarbiyalovchi operatsiyalar ham pedagogik 
tizimga tez kirib kelmoqda. 
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari belgilangan maqsadga muvofiq 
yo‘nalish va hajmga ega bo‘lgan ta’lim mazmunini davlat ta’lim standartlari, 
o‘quv rejasi, o‘quv dasturi va darsliklar asosida yetkazishga xizmat qiladi. 
Har qanday texnologiya ta’lim maqsadiga mos sabab bilan yaratiladi. 
PTni qo‘llash bilan bog‘liq ko‘pgina tashkiliy-uslubiy muammolar 
ham borki, bugungi kunda ularni, albatta, e’tiborga olish lozim bo‘ladi. 
Bular – o‘qituvchining kasbiy salohiyati va metodik mahorati, kuchli 
bilimi, o‘quv-metodik ta’minlanganligi, malakasini oshirishi va jahon 
pedagogik tajribasidan xabardorligi, fuqarolik mas’uliyati, axborot 
olamining benihoya kengayib borayotganligi, ta’lim muassasalarining 
moddiy va ma’rifiy imkoniyatlari, bilim va kasb-hunar egallovchilar 
kontingentining dunyoqarashi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq masalalardir. Eng 
muhimi, ZPTdan keng miqyosda foydalanish shiori ostida va innovatsion 
texnologiyalarni joriy etish bahonasida tarix va ijtimoiy hayot sinovidan 
muvaffaqiyatli o‘tib va yashab kelayotgan an’anaviy o‘qitish metodikasi, 
metod va usullaridan voz kechib yubormaslikdir.
Biroq o‘qitish jarayoni dinamik va barhayot jabha bo‘lganligi tufayli 
ham unga yangilik kirishi va yangilanish amaliyotining davom etishi 
tabiiydir. Shuning uchun ham, sinalgan va samara beradigan PTni qo‘llash 
zaruriy holdir. 
Pedagogik faoliyatda qo‘llaniladigan harqanday texnologiyaning 
ishonchliligi, samaradorligi va uning chin zaruratini aniqlashda tajriba-sinov 


179
ishlari muhim ahamiyatga ega. PTni loyihalashtirish, ishlab chiqish va ularni 
amaliyotga joriy qilish jarayonida amalga oshiriladigan tashkiliy va uslubiy 
tadbirlar orasida tajriba-sinovlarni tashkil qilish va o‘tkazish muhim bosqich 
hisoblanadi. 
Shuning uchun ushbu tajriba-sinovlar xususida qisqacha (muxtasar) 
ma’lumot berilishi maqsadga muvofiqdir. 
Pedagogik tajriba-sinovlar o‘tkazishning asl mohiyati amaldagi PTlarni 
takomillashtirishga olib boradigan tadqiqotlar va ularning farazlariga 
muvofiq ravishda, aniq maqsad sari yo‘naltirilgan yangi yo‘nalish, mazmun, 
usul, vosita va yangi ta’lim-tarbiyaviy muhit yaratishdan iboratdir.
Masalani aniq tasavvur qilish uchun asosiy tushunchalarning ta’riflarini 
aniqlab olish lozim.
Tajriba-sinov – bu shunday tafakkur metodi bo‘lib, uning yordamida 
tabiiy yoki sun’iy tarzda yaratiladigan, nazorat qilinadigan, boshqariladigan 
jarayonlar tadqiq qilinadi, muammolarni hal qilishning yangi vositalari 
izlanadi va amalda sinab ko‘riladi. 
Pedagogik tajriba-sinov – bu ilmiy-pedagogik tafakkur metodi bo‘lib, 
pedagogik omillar, shart-sharoitlar, jarayonlar va uslubiy yondashuvlar 
orasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniq rejalar asosida oydinlashtirish 
imkoniyatini beradigan tadbirlardir. 
Nazariy metod – PTni modellashtirish, tahlil qilish, sintezlash, 
taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish, uning tizimlarini 
integratsiyalashtirish va ular o‘rtasidagi eng muhim qonuniy bog‘lanishlarni 
aniqlashdir. 
Empirik metod-tajriba – sinov tadbirlariga oid ma’lum bo‘lgan ilmiy-
nazariy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommabop, qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganish 
va mavjud g‘oyalar, farazlar hamda tajribalarni tahlil qilish evaziga tajriba-
sinovga daxldor modellar va bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar loyihasini 
yaratish, sinab ko‘rish va amaliyotga tatbiq qilish metodidir. 
Tajriba-sinov ishlari natijalarining ishonchliligi va kafolatlanganligi 
muhim ko‘rsatkichdir. Tajriba-sinovlarni amalga oshirish natijasida har 
xil kutilmagan xulosa va natijalar olinishi mumkinligi nazarda tutilishi 
lozim. Buning sababi shundaki, tajriba-sinovlar yakuni hamma vaqt ham 
kafolatli natijalarni beravermaydi. Tajriba-sinovlarning muvaffaqiyati ko‘p 
jihatdan uni o‘tkazuvchining uquv va malakasi, metodik mahorati, bilim va 


180
tajribasi, respondentlar (tajriba-sinov ishtirokchilari)ning soni va ularning 
bu tadbirlarga munosabatlariga bog‘liq.
Tajriba-sinovlarga kirishishdan oldin shu sohaga doir eng maqsadga 
muvofiq ish metodini belgilab olish muhimdir. Bu metodlar, asosan, yuqorida 
aytilgan nazariy hamda empirik tajribalarga asoslangan ikki asosiy guruhga 
bo‘linadi. 
Tajriba-sinovga mavzu qilib olingan muammoga bog‘liq barcha 
me’yoriy va metodik hujjatlar, tavsiyalar, yo‘riqnomalarni o‘rganib chiqish 
zarur hisoblanadi. 
Ta’lim-tarbiya muassasalari faoliyatiga doir turli hujjatlarni tahlil qilish, 
pedagogik kuzatuvlar olib borish, og‘zaki va yozma so‘rovlar o‘tkazish, 
anketa va test savollariga javoblar olish, turli ilg‘or tajribalarni o‘rganish va 
umumlashtirish ishlarini amalga oshirish ham pedagogik tajriba-sinovlarga 
yordam beradi.
Bunday ishlarni tashkil etish va o‘tkazish borasida PT asoslariga doir 
o‘quv qo‘llanmasini davlat tilida birinchilardan bo‘lib yaratgan mualliflar 
– J.G‘.Yo‘ldoshev va S.A.Usmonov eng asosiy tasniflarni taklif etganlar. 
Tajriba-sinov ishlarini tashkil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. PTning tajriba-sinov dasturini tayyorlash.
2. Dasturni amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni yaratish:
- tajriba-sinov ishlarining moddiy bazasini yaratish;
- boshqaruv vazifalarini taqsimlash;
- kadrlarni bu jarayonga maxsus tayyorlashni tashkil qilish.
3. Tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish.
4. Tajriba-sinovda ishtirok etgan pedagoglarni moddiy va ma’naviy 
rag‘batlantirish.
5. Ilmiy rahbar yoki konsultant izlash, tanlab olish va ularni tajriba-
sinov ishlariga jalb etish.
Tajriba-sinov dasturini tayyorlashda quyidagilar nazarda tutiladi:
1. Taklif qilinayotgan PTning dolzarbligini asoslash. Uning asosiy 
mazmunini bayoni.
2. Tajriba-sinov obyektini aniqlash:
- pedagogik jamoa;
- o‘quvchilar;
- tarbiyaviy ish tizimlari va b.
3. Tajriba-sinov predmeti.


181
4. Tajriba-sinov maqsadini talqin etish:
- yangi metodika;
- yangicha tabaqalashtirish;
- yangi dastur yoki o‘quv rejasi;
- ma’lum texnologiyaning yangicha varianti;
- yangi metodik ishlanma va h.k.
5. Tajriba-sinov vazifalarini umumiy hamda xususiy maqsadlar bo‘yicha 
aniq belgilash.
6. Tajriba-sinovning aniq metodikalari va metodlarini tanlab olish. 
7. Tajriba-sinov muddatini belgilash. 
8. Tajriba-sinov bosqichlarini belgilash.
9. Talab qilinadigan vaqt miqdorini belgilash.
10.Tajriba-sinovning aniq bazasini aniqlash. 
11.Tajriba-sinovdan kutilgan natijalarni baholash mezonlarini tanlab 
olish.
12. Kutilayotgan natijalarni belgilash.
13.Tajriba-sinov dasturini ekspertiza qilish tartibini belgilash.
14.Tajriba-sinov jarayoni natijalarini kuzatib borish, nazorat qilish 
qoidalarini belgilash.
15.Tajriba-sinov natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilash va b.
PTning samaradorligini baholash uchun uning uzluksiz kuzatilishi – 
monitoringini tashkil etish lozim. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Chumolidek mehnat qilsang –  bolaridek izzat topasan”. Xalq hikmati

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish