O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

“Yomon o‘quvchi yo‘q, balki uni o‘qitishni uddalay 
olmaydigan noshud o‘qituvchilar bor, xolos”.
XXI asrda aytilgan fikrlardan biri
O‘QITIShNING AYRIM ZAMONAVIY ShAKLLARI
Masofaviy o‘qitish – yangi va ancha progressiv bo‘lgan o‘qitish 
shaklidir. Bu usulning turli xil ta’lim muassasalariga, xususan, iqtisodiy, 
ijtimoiy, huquqiy sohalarga tatbiqi talaba va o‘qituvchi (pedagog)larni 
dunyoning ilg‘or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o‘quv-uslubiy 
ishlanmalari, zamonaviy va so‘nggi axborotlaridan, qayerda bo‘lishidan 
qat’i nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning 
barchasini e’tiborga olgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 
«Ustoz» fondi hamkorligida jahon institutlari bilan oliy ta’limda masofaviy 
o‘qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi.
Bunday loyiha, nafaqat O‘zbekiston uchun, balki O‘rta Osiyoning 
barcha hududlari va Qozog‘iston hamda hamdo‘stlik davlatlari uchun 
masofaviy o‘qitish sohasida jahon banki institutining ilg‘or loyihalaridandir.
Jahon banki loyihasi masofaviy o‘qitish tizimini rivojlantirish uchun 
boshlang‘ich maydon bo‘ladigan masofaviy o‘qitish tarmoqlari infratuzilmasi 
baza elementlarini yaratish, masofaviy o‘qitish usullarini qo‘llash sohasini 
kengaytirish va masofaviy o‘qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy 
texnologiyalarni rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan 
universitetlarda jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo‘llanilishi uning 
hayotiyligi va yuqori ko‘rsatkichga erishilganligini tasdiqladi.
Oliy o‘quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o‘qituvchilar tanlab 
olinib, ular masofadan o‘qitish bo‘yicha qayta tayyorlandi. 2000-yilda jahon 
banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o‘qitish markazlari tashkil 
etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o‘quv metodologiyasini 
masofadan rejimli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo‘yicha 
qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy 
yo‘nalishlar bo‘yicha masofaviy o‘qitish tartibida mashg‘ulotlar o‘tkazish 
uchun texnik baza vositalari tashkil etildi. Internetga ulanish yo‘llari 


162
izlanmoqda. Bularning barchasi berilgan texnologiya turlarining istiqbollari 
to‘g‘risida gapirishga imkon beradi.
Masofaviy o‘qitishning an’anaviy o‘qitish shakllaridan quyidagi 
xususiyatlarini farqlash mumkin:
Egiluvchanlik. O‘ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o‘qitish 
imkoniyatini beradi.
Modullik. O‘quv kursiga bog‘liq bo‘lmagan holatda shaxsiy hamda 
guruh talabiga javob beradigan o‘quv rejasini amalga oshiradi.
Qurshov. Bir vaqtda ko‘p ishtirokchilarga o‘quv axboroti bo‘yicha 
murojaat qilish, tarmoq yordamida o‘zaro axborot almashinuvini to‘g‘ri 
tashkil etish imkonini beradi.
Tejamkorlik. O‘quv maydonlari, texnik vositalar, moddiy va 
ma’naviy ashyolardan unumli foydalanish, o‘quv axborotlarini to‘plangan 
va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularni o‘zlashtiruvchi 
mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni kamaytiradi.
Texnologiklik. Ta’lim berish jarayonida insonni jahonning industrial 
fazosiga kiritishga imkon beradigan yangi axborot va telekommunikatsion 
texnologiyalardan foydalanish.
Ijtimoiy teng huquqlilik. O‘qituvchining turar joyidan, salomatligi, 
moddiy ta’minlanganligidan kelib chiqib, ko‘pchilikka mustaqil ta’lim 
uchun teng imkoniyat yaratiladi.
Baynalmilallik. Ta’lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning 
eksporti va importi ta’minlanadi.
O‘qituvchi (pedagog)larning yangi vazifalari. Masofaviy o‘qitish 
o‘qituvchi (pedagog)ning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. 
O‘qitilayotgan kurslarni doimo takomillashtirish, tinglovchilarning 
ijodiy faolligini va ularning malakasini oshirish, kiritilgan yangilik va 
innovatsiyalarga mos bilim berish jarayonlarini muvofiqlashtirish zarur.
Masofaviy o‘qitish talabaga ijobiy ta’sir etadi. O‘zini o‘zi tashkil 
yetishda, bilim olishga intilishda, kompyuter texnikasi bilan o‘zaro ishlash 
va mustaqil ma’suliyatli vazifalarni hal qilishda uning ijodiy va tafakkur 
salohiyatini o‘stiradi. Masofaviy o‘qitish sifati kunduzgi ta’lim olish 
tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi. 
Masofaviy o‘qitish quyidagi ijtimoiy ahamiyatli masalalarni echishga 
ta’sir etishi lozim:


163
- ta’lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish;
- sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish;
- aholining ijtimoiy va professional harakatchanligini oshirish;
- tadbirkorlik va ijtimoiy faollik, o‘zligin, anglashi tevarak-atrof 
to‘g‘risidagi bilimlarni kengaytirish;
- davlatimizning oliy maktablarida yig‘ilgan bilimlar hamda kadrlarning 
moddiy salohiyatini saqlash va ko‘paytirish;
- butun jahon hamjamiyati chegarasida ta’lim fazosining har bir 
nuqtasida nostrifikatsiyalangan ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashni o‘z 
ichiga olgan yaxlit ta’lim fazosini rivojlantirish;
- geosiyosiy masalalarni yechish va b.

Download 0,86 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish