Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologik asoslari




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologik asoslari
Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati 
haqidagi yangi ma’lumotlarni targ‘ib etish uchun ma’lumotlarni yig‘ish 
usullari va ma’lumotlarni yetkazib beruvchi vositalar majmuyidan 
foydalanish jarayonidir. AT ta’limiy mahsulot va xizmatlarni tashkil etishda 
dasturlamal hisoblanadi.
Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan 
ma’lumotlar majmuyi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va 
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasi.


169
Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini 
va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul 
shartlarni bajarish, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish 
organlarining talablari asosida axborot resurslaridan foydalangan holda 
jamoat birlashmalarini tashkil etish va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yishning 
ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlaridir.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - bu jamiyatni axborotlashtirishning 
muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Ta’limni axborotlashtirish quyidagi qulayliklar va afzalliklar bilan 
bog‘liq o‘zgarishlarda olib keladi:
- jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumotlarni va bilimlarni 
olishga yo‘l ochib berishda;
- shaxs uchun intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantirishda;
- jamiyatning har bir a’zosi hayotida uning faolligi evaziga malaka 
oshirish xizmatlarini tezkor o‘zgartirishda;
- masofaviy o‘qitish o‘zib ketuvchi (ilg‘or) ta’limni tashkil etish va 
uning samarasini oshirishni ta’minlashda;
- ta’lim mahsulotlarini va xizmatlarini yaratish va tashkil etish 
maqsadida turli ATni qo‘llashda;
- guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun AKT 
xizmatlaridan maksimal darajada foydalanishda;
- masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish 
uchun boshqaruv ATdan samarali foydalanishda;
- masofaviy o‘qitish qatnashchilari bilan AKT vositalarining o‘zaro 
axborot almashuvi jarayonlarida;
- fanlar bo‘yicha ekspertlarning to‘plagan bilimlar mahsulotlarini 
masofaviy o‘qitishdan foydalanuvchilar tomonidan olinishining keng 
imkoniyatini beruvchi ekspert tizimli ATni ishga tushirishda va shu kabilar.
Bunday tashkiliy-metodik masalalarning asosiy yechimlaridan biri – 
bu yangi ta’lim texnologiyalarini kiritish, shu bilan birga, respublikaning 
uzluksiz ta’lim tizimida, ayniqsa, birinchi navbatda, oliy ta’limda masofaviy 
o‘qitish uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy 
o‘qitish uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, 


170
tajribali o‘qituvchilar va mutaxassislarning o‘qitilayotgan kishiga yakka 
tartibda yordam berish, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilish, 
ularning bilim saviyasi va malakaviy mukammalligini baholash maqsadida 
AKT turli variantlaridan foydalanishi tufayli talaba va o‘quvchilarning 
o‘qish sifati va mehnat unumdorligi oshadi.
Masofaviy o‘qitish uslubining sifatli qo‘llanilishi borasida quyidagi 
yo‘llanmalar shakllanmoqda:
O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorijlik 
olimlar hamda mutaxassislarning bilim va tajribalarini qo‘llash zamonaviy 
o‘quv qurollaridan foydalanishni e’tiborda tutadi. Bunda turli o‘quv 
manbalaridan foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot 
esa, o‘z navbatida, butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron 
kutubxonalardan olingan axborotlardan foydalanish talaba va o‘quvchilar 
hamda o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
O‘qituvchiga talabni kuchaytirish. Ta’lim jarayonining standart 
holda jamlanishi, o‘qituvchi (pedagog)larning bilim darajasini oshirish 
majburiyatini yuklaydi. Bu uslublar ularning ish natijasi va bilim darajasining 
ko‘tarilishiga yordam beradi.
Erkin va standartlatirilgan ta’lim berish jarayonining ta’minlanishi, 
uzluksiz monitoring imkoniyati, o‘quv jarayonlarining to‘g‘ri nazorat 
qilinishi va boshqarilishi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va o‘quv 
yurtlari tomonidan o‘qituvchi va talabalarning bilim saviyasining tekshirilishi 
(ta’lim jarayonida talaba va o‘qituvchilarning harakatlarini nazorat qilish, 
bunga talabaning faolligi va o‘qituvchi ishining unumliligi, talabalarni 
attestatsiyadan o‘tkazish bilan bog‘liq amallar ham kiradi) masofaviy 
ta’limda ham yo‘lga qo‘yilishi shart. O‘qituvchilarni qayta tayyorlash va 
ularning malakasini oshirish tizimlarining samaradorligini oshirishda ham 
bunday tadbirlar amal qiladi.
O‘qitish turining egiluvchanligi. Qulay vaqtda shug‘ullanish 
mumkinligi, qulay joyda va qulay tezlikda talabalarning bilim bilan 
egallashning turli shakllarini qo‘llash mumkinligi, ular tomonidan 
modellashtirish va ko‘rgazmali vositalarni joyida qo‘llash, axborot va 
bilimlarni yetkazishda ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan 
unumli foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi ta’limning ushbu shakli 
egiluvchanligini ifodalaydi.


171
O‘qituvchining roli va uning pedagogik imkoniyatlari. O‘qituvchining 
talabaga nisbatan shaxsiy yondashuvining turli shakllarini qo‘llash va har 
bir talabaning bilim darajasi va tayyorgarligini har tomonlama o‘rganish 
sharoitining mavjudligida ko‘rinadi.
Talabaning bilim va tadqiqot motivlari hamda stimullarini rivojlantirish. 
O‘quvchi-talabaning o‘qituvchi(pedagog)ga va o‘zaro muloqotida 
ishonchsizlik hissiyoti bilan bog‘liq psixologik to‘siqlarni yo‘qotish, 
talabaning intellektual va ilmiy imkoniyatlarini hamda o‘zini o‘zi tarbiyalash 
va takomillashtirish shart-sharoitlarini kengaytirishga yordam beradi. 
Shuningdek, bilim oluvchilarning aqliy va jismoniy mehnati uyg‘unligini 
ta’minlaydi.
Iqtisodliligi. Bu tizim o‘qitishdagi kechikishlarni kamaytirishni 
ta’minlaydi. O‘qitish xonalaridan foydalanish, yo‘l xarajatlari va taklif 
qilishga malakali o‘qituvchi (pedagog)lar uchun ularning asosiy ish joyidan 
haq to‘lash xarajatlarini kamaytiradi. Ular o‘z bilimlarini masofadan 
o‘qitish shaklida uzatishlari mumkin. Sog‘lig‘i, ijtimoiy va moddiy 
ta’minlanganligidan qat’i nazar, bilim olishning keng imkoniyatlari yaratilib, 
ijtimoiy tenglik yuzaga keladi.
O‘qitish doirasida musobaqa muhitini rasmiylashtirish. Masofadan 
o‘qitish texnologiyasi bu – jamiyatni axborotlashtirish umumiy oqimi va 
yo‘llari bilan jipslashgan bo‘lib, masofaviy o‘qitishning texnik vositalarini 
axborotlashtirish tizimlari va oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish jarayonini 
avtomatlashtirish tizimlari bilan zamonaviy axborotlashtirish texnologiyasi 
asosida birlashuvini ta’minlaydi.
Masofaviy o‘qitish usulidan foydalanishning kamchiligi – 
o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi bevosita muloqot va psixologik birlikning 
chegaralanganligidir.
Umuman olganda, masofaviy o‘qitish tizimi talabalarda ta’lim 
tizimidagi bo‘layotgan dunyoviy o‘zgarishlar, texnik vositalardan foydalanish 
yo‘llari, uning qanchalik afzallik tomonlari va, shu bilan birgalikda, qanday 
kamchiliklari mavjudligi haqida ma’lumot beradi.


172

Download 0,86 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologik asoslari

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish