O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

A.F.Disterveg – nemis pedagogi
KIRISh
O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini tanlab 
olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik 
bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng 
ko‘lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar 
egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga 
yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, 
o‘z navbatida, o‘quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg‘armalarida 
muayyan ijobiy o‘zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning juda ko‘pchiligi 
pedagogik texnologiyalar (PT) va pedagogik mahorat (PM) bilan uzviy 
bog‘liq o‘zgarishlardir. 
O‘quv faoliyati, bu – keng ma’noda inson faoliyatining muayyan 
maqsadlar yo‘nalishida namoyon bo‘lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat 
jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun 
jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O‘quv faoliyati 
insonning ongli va maqsadli mehnati bo‘lib, u shaxsga ta’lim berish, uni 
tarbiyalash va uning rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Ushbu 
jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan tajriba, bilimlar, malaka 
va ko‘nikmalarni o‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O‘quv faoliyati 
insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq holda bolalikdan 
boshlab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy 
ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga ega.
Demak, o‘quv faoliyati inson faoliyatining boshqa turlari singari, 
kishilik jamiyatiga xos bo‘lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. 
Jamiyatning o‘zi murakkab va ziddiyatli o‘zgarishlarga uchrab turar ekan, 
o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida 


4
har xil muayyan shakllarga ega bo‘ladi. Masalan, O‘zbekistonda mustaqillik 
qo‘lga kiritilgandan so‘ng ta’lim sohasida bir qator muhim hujjatlar qabul 
qilindi va uzluksiz ta’lim tizimi shaklan va mazmunan yangi rivojlanish 
bosqichlariga o‘tdi, ya’ni o‘qitish jarayoni takomillashish yo‘liga tushib oldi. 
Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas 
qismi bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan 
belgilanadi. Mustaqillikni mustahkamlashning strategik yo‘lida 
og‘ishmay davom etayotgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo‘liga kirib 
borayotgan mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan 
mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni 
singdirgan holda ta’limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali 
amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy 
va metodik asoslari yaratildi. Bundan asosiy maqsad, komil inson va 
yetuk malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, deb belgilandi. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, 
davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, 
ular o‘zaro bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Mazkur hujjat talablarini 
amalga oshirish esa ta’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta’limi 
taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni qisqa 
vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalarning hal etilishi 
jahon ilmiy jamg‘armasidagi juda katta hajmli axborot fondidan nimani 
ajratib olish, qancha va qanday o‘qitish masalalarining yechimi bilan 
bevosita bog‘liqdir. Ana shu kesimda ta’lim texnologiyalari (TT)ni joriy 
etish bilan aloqador zamonaviy muammolar oydinlashadi. Qolaversa, 
ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada kengroq davom ettirishni davr 
taqozo etmoqda. Pedagogik ta’lim amaliyotida kasbiy tayyorgarlik bilan 
bog‘liq ayrim masalalarning o‘z aksini yaxshi topmaganligi ham tegishli 
o‘qitish metodikalarining takomillashuvini dolzarb masalaga aylantirib 
qo‘ymoqda. 
Hozirgi paytda aksariyat metodist va pedagog-olimlar PT o‘quvchi 
yoki talabalarga ta’lim-tarbiya berishda ko‘zlangan maqsadga erishishni 
to‘la kafolatlaydi, deb qarashmoqda. Lekin bunday fikrlarni obyektiv 
haqiqat o‘rnida qabul qilib bo‘lmaydi, chunki bunda obyekt shaxs 
bo‘lib, uning ongi taklif qilinayotgan texnologiyani to‘laligicha qabul 
qila olmaydi, aksincha, uni inkor qilishi ham mumkin. Shuning uchun, 


5
zamonaviy pedagogik texnologiyalar (ZPT)ni o‘quv jarayoniga kiritishda 
uning boshqaruvchisi bo‘lgan o‘qituvchigina ko‘zlangan maqsadga 
erishishning bosh kafolatchisi bo‘ladi. Agar shu nuqtayi nazardan 
kelib chiqib qaraydigan bo‘lsak, yangi PT (YPT) va uning asosiy negizi 
bo‘lgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni ta’lim tizimiga 
joriy etishda uning boshqaruvchisi bo‘lmish o‘qituvchining tayyorgarlik 
darajasini birinchi o‘ringa qo‘yish lozim. Shu sababli pedagogik jarayonlar 
(PJ)ning kun tartibidagi aksariyat dolzarb muammolarining ijobiy yoki 
maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi ko‘p jihatdan o‘qituvchining kasbiy 
salohiyati va pedagogik mahoratiga bog‘liqdir.
YPT va axborot texnologiyalari (AT)ni o‘quv jarayoniga joriy etish 
ko‘lamini kengaytirish, bu yo‘nalishda ilg‘or tajribalarni tatbiq qilish, har 
bir fan bo‘yicha bu sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish, darslik 
va o‘quv qo‘llanmalari hamda dasturlar va ma’ruza matnlarini elektron 
disketlarga ko‘chirish, ular bilan har bir talabani ta’minlashga erishish, ilmiy 
va ilmiy-metodik ishlarda, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ZPT va 
ATning keng joriy etilishiga erishish, ta’lim tizimini zarur axborot vositalari 
bilan yetarli darajada ta’minlash, ta’lim muassasalarini kommunikatsiyali 
tarmoqlarga bog‘lash kabi vazifalar muhim hisoblanadi.
Xullas, TT - o‘qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O‘quv 
materiallarini tanlash, qayta ishlab o‘quvchi yoki talabalarning bilimiga, 
o‘zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o‘zgartirish ham 
TTga daxldor. PT - o‘z navbatida ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari 
va diagnostik maqsadlari asosida o‘quv jarayonlari, ta’lim-tarbiyaning 
mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, 
ya’ni fan va texnika yangiliklarini o‘zida mujassamlashtiradigan o‘quv 
jarayonidir.
Mazkur qo‘llanmada yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni hal 
etishning ayrim jihatlari, PT va PMning ahamiyati hamda ular bilan bog‘liq 
jarayonlarni o‘rganishning metodik asoslari bayon qilingan.
Qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining talabalari va PJ mexanizmi bilan 
qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Undan oliy o‘quv 
yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, pedagogika va 
o‘qitish metodikasi masalalari bilan shug‘ullanuvchilar ham foydalanishlari 
mumkin.


6
«Kadrlar tayyorlash uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, 
u har birimizdan astoydil, betinim va izchil mehnatni talab qiladi».

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish