• Texnologik yondashuv.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/48
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,86 Mb.
    #110554
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiyalar Omonov

    Tizimli yondashuv – ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik 
    amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsifga ega, u pedagogikada 


    43
    keng qo‘llanadi. «Tizimli yondashuv» tushunchasi, ko‘pincha, «tizimli 
    metod», «tizimli tahlil usuli» tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda 
    anglanadi. Chunki tizimli tahlil usullari ham obyektni yaxlit tizim sifatida 
    o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv tuzilish vazifasiga ko‘ra 
    bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning obyekti yaxlit narsa 
    yoki hodisa hisoblanadi, u obyektning turli qismlarini, qismlarning 
    o‘zaro uzviyligini, tizimning chegaralarini va tizimning atrof-muhit bilan 
    bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi. Bu tizimda bir qancha qoida 
    va prinsiplar majmuyidan foydalaniladiki, ular tadqiqotchilik va amaliy 
    faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
    Texnologik yondashuv. Texnologiya - tayyor mahsulot olish uchun 
    ishlabchiqarish jarayonlarida qo‘llanadigan usul va metodlar majmuyi 
    bo‘lib, shunday usul va metodlarni ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi 
    fan sifatida ta’riflanadi. Texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati shundan 
    iboratki, unda o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o‘quv jarayoni 
    loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng avvalo
    tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini 
    beruvchi amaliy ko‘rsatmali tuzilmada o‘z ifodasini topadi.
    Ta’limga texnologik yondashuv o‘quv jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq 
    bosqichlar va amallarga ajratishni va bo‘lishni, ta’limdan ko‘zlangan natijaga 
    erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, bosqichma-
    bosqich amalga oshirishni, loyihalashtirilgan ish va amallarning barchasini 
    bir xil tarzda bajarishni nazarda tutadi. 
    Qayta takrorlanish xususiyati tufayli ushbu tizim modul shakliga 
    ega bo‘lib, mazmunlar bilan to‘ldirilgan va umumiy tarkibga bog‘langan 
    birliklar, ya’ni ta’limning umumiy maqsadi va mazmuni, o‘quv maqsadi, 
    o‘qitish va baholash jamlamalaridan tashkil topadi. Amalda bu pedagogning 
    qayta-qayta takrorlanuvchan harakatining algoritmi hisoblanadi. Ushbu 
    algoritmning yangi bo‘limlarda qo‘llanishi o‘quv jarayoni ko‘lamini qamrab 
    oladi. 
    Ta’lim jarayonini PT asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, 
    yetakchi pedagoglardan PTning qonun-qoida va tamoyillari asosida uslubiy 
    ashyolarni ishlab chiqish paytlarida yuqoriroq malaka talab etiladi. Loyiha 
    tayyor bo‘lgach, pedagog asosan tashkilotchi va maslahatchi vazifalarini 
    bajaradi. 


    44
    Bu yondashuv, asosan, reproduktiv ta’limga xosdir. Reproduktiv ta’lim 
    tipik vaziyatlarda biror ish-harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida 
    bajarishdir. Reproduktiv daraja uchun PT usulida ta’lim – takror ishlab 
    chiqiladigan konveyerli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan 
    natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq 
    ifodalangan o‘quv maqsadiga mos tarzda qayta tuzilib, ishlab chiqiladi, ba’zi 
    bo‘laklari qismlarga ajratilib, har bir bo‘lakni o‘rganish mustaqil nazorat 
    qilinib, xato va kamchiliklari to‘g‘rilanib boriladi. 
    O‘quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy 
    texnologik jihati – o‘quv jarayonining so‘nggi natijalari bo‘lgan o‘quv 
    maqsadiga erishishga yo‘naltirilganligini ham kuzatish mumkin. Texnologik 
    yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydi.
    Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari ta’lim 
    jarayonining ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va ularning o‘quv-tarbiya 
    jarayoniga joriy etilishini taqozo qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagoglardan 
    ta’lim sohasiga texnologik yondashuvni, PT usulini egallashni va 
    hududimizning milliy, ma’naviy-madaniy xususiyatlarini va an’analarini 
    hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash va ularni rivojlantirishni 
    talab etadi. 
    Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash 
    usullariga bo‘lgan munosabat o‘quv jarayonini samarali va ijodiy 
    rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga 
    yordam beradi.

    Download 0,86 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish