O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

“O‘qitishning hech bir ko‘rinishi 
yaxshi ma’ruza o‘rnini bosa olmaydi”.
A.N. Kononov – akademik
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ShAKLLANIShI VA 
UNING ZAMONAVIY TUZILMASI
Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab va ko‘p komponentlidir. Ta’lim 
samaradorligi pedagog va talabaning faolliligiga, ta’lim vositalarining 
mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy-metodik mukammalligiga, 
jamiyatda ilmli kishilarga bo‘lgan ehtiyojga va boshqa hali aniqlanmagan 
ko‘pgina omillarga bog‘liq. Jamiyat o‘zining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy 
ehtiyojlari asosida ta’lim samaradorligi yuqori bo‘lishini talab etadi.
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy strukturalar 
yaratilayotgan hozirgi kunda keng, chuqur bilimli va bilimlarni amalda 
qo‘llay oladigan shaxslarga talab kuchayib bormoqda. Bilimdon va 
tadbirkor, ijtimoiy faol shaxs jamiyat hayotida, mehnatda o‘zining o‘rnini 
topadi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov «….shuni yaxshilab tushunib 
olishimiz zarurki, jamiyatimizni yanada demokratlashtirish va fuqarolik 
institutlarini shakllantirish, avvalo, aholi siyosiy, ijtimoiy va davlat hayotida 
nechog‘lik faol ishtirok etishi bilan uzviy bog‘liq», deb ko‘rsatdi. Bunday 
faollik vujudga kelishi uchun bilimdon va harakatchan, milliy istiqlol 
g‘oyasiga sodiq bo‘lgan shaxsni shakllantirish kerak.
Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u 
yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga 
o‘rgatsin. Ta’lim jarayonida talabada mustaqil bilim olish ehtiyoji shakllanib 
borishi hozirgi kunning talabidir.
Pedagogik amaliyot va tadqiqotlarda qator ish usullari qo‘llab ko‘rildi. 
Ta’limni muammoli tashkil etish, ta’limda o‘quvchilarni faollashtirish, 
hamkorlik pedagogikasi, tayanch bilimlarga asoslanish, ta’limni 
optimallashtirish va boshqalar tajribadan o‘tdi. Lekin bu pedagogik vositalar 
ayrim o‘qituvchilarda samarali natija bersa ham, uni ommaviy yo‘sinda 
ta’lim tizimiga kiritib bo‘lmadi.


52
PTning asosiy mohiyati ta’limda talabalarni qiziqtirib o‘qitish va 
bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni 
talabalarning aksariyat ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi PTni joriy 
etishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
PT asosida dars o‘tishda eng asosiy talab talabaning hayotiy tajribasi 
avval o‘zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko‘zda 
tutadi. PT o‘rganilayotgan soha bo‘yicha talabalarda bilim yetarlicha 
bo‘lmagan holda ham talabada salbiy kechinmaga o‘rin qoldirmaslikni, 
bu talabaning aybi emasligini tan olishni talab etadi. Faollik ko‘rsatilsa, 
bilimlarni o‘zlashtirib olishga talabalarda ishonch paydo bo‘lishiga erishish 
mumkin.
Mavjud pedagogika fanida dars jarayoniga oid berilgan ma’lumotlarda 
e’tibor ko‘proq yangi bilimlarni bayon etish, uni mustahkamlash va natijasini 
hisobga olishga qaratilgan. Bilim berishda talabaning avvalgi bilimlari, 
hayotiy tajribasi yetarlicha hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o‘tilgan 
mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog‘lash taklif etilgan. Lekin shu yangi 
o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha talabaning bilimini aniqlash, mavzuga xos 
bo‘ladigan dastlabki ma’lumotlarni berish yetarlicha amalga oshirilmagan.
PT talabalarning o‘rganilayotgan soha bo‘yicha bilimlarni esga 
tushirish, jonlantirish yangi bilimni o‘zlashtirishga asos bo‘ladi, deb 
ko‘rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash talabani faollashtirish va bilim 
o‘zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi. Mavzuni o‘zlashtirish erkin 
suhbat, munozara, aqliy hujum va boshqa shakllar orqali kuchaytiriladi.
PT ta’lim amaliyotida uchta darajada qo‘llanadi: 
1. Umumiy pedagogik daraja. Umumiy pedagogik (umumdidaktik, 
umumtarbiyaviy) texnologiya o‘quv-tarbiya jarayonining yaxlit tizimliligi, 
ma’lum bir region, o‘quv yurti tomonidan uzluksiz ta’lim tizimining 
muayyan bir bosqichidagi texnologiyaning umumiy qonuniyatlari, ilmiy-
nazariy asoslari, tamoyillari, amaliyotda qo‘llashning umumiy xususiyatlari, 
shart-sharoitlarini ifodalaydi. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, uzluksiz 
ta’lim tizimining har bir bosqichida ta’lim mazmuni orqali tegishli o‘ziga 
xos maqsad va vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilganligi sababli, 
PT ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bu darajada PT pedagogik 
tizim tushunchasiga sinonim hisoblanadi. Uning tarkibiga ta’lim-tarbiya 


53
jarayonining maqsad va vazifasi, mazmuni, vosita va metodlari, tarbiya 
jarayonining obyekti va subyekt faoliyatining algoritmlari kiradi.

Download 0,86 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish