Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

Ta’limni boshqarishga tizimli yondashuv - bu boshqaruvchi, ya’ni 
o‘qituvchining mavjud imkoniyatlari asosida tahsil oluvchilarga kerakli 
bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘yilgan maqsadga mos holda shakllantirish 
jarayonidir. Ta’limda boshqarish jarayoni turli yo‘llar bilan amalga 
oshirilishi mumkin. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishga 
turli texnologiyalar joriy etilmoqda. Ta’limning harakatchan modelini tuzish 
orqali boshqarish o‘zining samaradorligini ko‘rsatmoqda. Mo‘ljallangan 
texnologiya tizimli yondashuvga asoslangan bo‘lib, quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshiriladi: o‘rganilayotgan fan bo‘yicha ma’lumotlarni tayyorlash; 
tayyorlangan ma’lumotlarni o‘qitish uslubi va maqsadini e’tiborga 
olgan holda ma’lum ketma-ketlikka keltirish; o‘quv materiali mazmunni 
qo‘llamoqchi bo‘lgan pedagogik usullar nuqtayi nazaridan tahlil qilish; PT 


45
qo‘llanilishining tegishli bosqichiga oid maqsadni aniqlash; PTni qo‘llash 
jarayoni ketma-ketligini ishlab chiqish; texnologiyalardan foydalanishga 
oid uslubiy tavsiyalar tayyorlash; texnologiyalarni qo‘llash va erishilgan 
natijalarni bilim, ko‘nikma va malaka tizimlariga ajratish; olingan natijalar 
bo‘yicha sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash; ko‘zlangan maqsadga erishilganlik 
darajasini baholash; ta’limni boshqarish jarayoni to‘g‘risida tegishli xulosalar 
chiqarish va boshqalar. 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni amalga 
oshirish uchun ijodiy pedagogikaga, ijodkor o‘qituvchiga ehtiyoj nihoyatda 
ortib bormoqda. Bugun ta’lim muassasalarida ijodkor o‘qituvchilarning 
mavjud bo‘lishi – davr talabidir.
Pedagogik faoliyat – bu inson shaxsini, uning dunyoqarashini, 
ishonchini, ongini, xulqini shakllantirishga bo‘ysundirilgan cheksiz 
masalalarni yechish jarayonidir. Psixologik-pedagogik adabiyotlarda 
pedagogik faoliyat turlari (ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, 
safarbarlik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik va boshqalar) qator olimlar 
tomonidan tadqiq qilingan. Shu bilan birgalikda, pedagogik faoliyat 
muntazam o‘zgaruvchan, yangilanuvchan va rivojlanuvchanligi bilan ajralib 
turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta’sir ko‘rsatadi. 
Ta’lim-tarbiya jarayonini ZPT bilan ta’minlash vazifasi pedagogdan 
bevosita ijodiy faoliyatni hamda ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan soha 
bilimlarini talab etadi. Demak, texnologiya mavjud ekan, uni ta’lim-tarbiya 
jarayoniga singdirish shart ekan, bu jarayon qayerda kechishi mumkin, 
degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu esa, shaksiz, pedagogik korxonada, ya’ni 
pedagogik ishlab chiqarish jarayonida ro‘y beradi. 
Tarbiyalash texnologiyasi – nisbatan yangi atama bo‘lishiga qaramay 
rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi 
pedagogikada yangi yo‘nalish hisoblangan «ijtimoiy pedagogika» bilan 
birgalikda fuqarolik g‘ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik, mas’uliyat hissi 
va boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga jiddiy ta’sir qilmoqda. 
Ta’kidlash joizki, tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy 
ishlarning g‘oyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu sohadagi 
respublikamiz hukumati tomonidan ishlab chiqilgan maqsad va vazifalarni 
samarali amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi 
mo‘ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta’minlovchi vositalar 
majmuasini ko‘rib chiqadi.


46
O‘qituvchi (pedagog)larning o‘zida muloqot, bahs olib borish 
madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta’lim mazmuniga 
qo‘yiladigan talablar, ayniqsa, muhimdir. O‘zaro hamkorlik pedagogikasi 
– o‘qituvchi (pedagog) va talaba o‘rtasida hamfikrlilik, bir-biriga ishonch, 
o‘zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida, 
yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarning anglab olinishi va e’tirof 
etilishini kafolatlaydi.
Milliy o‘zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g‘oya va 
madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko‘p millatli xalqimiz an’analaridan 
ayrim holda tiklab bo‘lmaydi. Yoshlarning iqtidori va bilimga chanqoqligi 
aynan shulardan quvvat oladi, ma’naviyatga erishish va uning rivojlanishi 
shular bilan chambarchas bog‘liqdir.
Milliy mafkura, psixologik va pedagogik fanlardan foydalanib, 
maqsadlar ketma-ketligini to‘g‘ri «texnologik» tanlay bilish o‘ta muhim. 
Nazariya nuqtayi nazaridan tarbiya uslubiyotini ta’riflash yetarli. Lekin 
texnologik jihatdan barcha tarbiya maqsadlarining qismlarini aniqlash va 
ularni ro‘yobga chiqarish yo‘llarini belgilash zarur bo‘ladi.
«Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bo‘lg‘usi mutaxassislarning 
umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo‘yicha jamlama tarbiyaviy 
ishlar rejasi» – tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol bo‘la oladi. Ushbu 
dastur Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi oliy o‘quv 
yurtlari olimlari va pedagoglarining mehnati mahsulidir. Uning asosi etib, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekistonning 
daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk kelajagini barpo etish, har bir 
talabani ko‘p qirrali, barkamol va Vatanning yuksak g‘oyalariga sodiq shaxs 
sifatida tarbiyalash haqidagi ko‘rsatmalari olingan.
Dasturda asosiy tarbiyaviy yo‘nalishlar va maqsadlar keltirilgan. 
Jumladan, fuqaro tarbiyasi, kasb egallash, shaxsiy mas’uliyat, yuqori 
malakali bo‘lish va kasbiy mahoratni egallashga intilishni tarbiyalash, 
oilaviy hayotga tayyorlash, talabani shaxs sifatida rivojlantirish kabilarga 
alohida e’tibor berilgan. 
O‘quv-tarbiya jarayoniga ZPTni joriy qilish pedagogdan ijodiy 
ishlashni talab etadi. Pedagog o‘zida unga yordam beruvchi tashqi 
imkoniyatlar, ya’ni, nazariy-amaliy materiallar, o‘quv qurollari va vositalari 


47
mavjudligi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Pedagog o‘zidagi 
mavjud ma’lumotlar va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta’lim yo‘nalishi 
bo‘yicha mavjud metodika va ilg‘or o‘qitish uslublarini ko‘zlagan maqsadga 
yo‘naltirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish vositalari, 
ZPT imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olish qobiliyatlari 
mavjud bo‘lsa, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim oluvchiga aniq 
maqsadni belgilab bera olishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, PTni 
qo‘llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni uning vazifalarini belgilab olishga 
olib keladi. Belgilangan maqsad va vazifalarni e’tiborga olgan holda 
ta’limning harakatchan modeli yaratiladi. Modelni ishlab chiqish asosan 
tizimli yondashuv uslubi, maqsadlar tizimini yaratish va unga erishish 
ketma-ketligiga asoslangan holda olib boriladi. Ta’lim modelini yaratish – 
zamonaviy ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biridir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» raqobatbardosh kadrlar tayyorlash 
yuzasidan zamonaviy talablar majmuyini belgilab berdi. Bir-biriga bog‘liq 
bo‘lgan talablarning majmuyi, pedagogning umumlashtirilgan modelini 
tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq asosiy talablar quyidagilardan 
iborat:
– pedagogning ta’lim berish mahorati;
– pedagogning tarbiyalay olish mahorati;
– ta’lim-tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxs fazilati;
– ta’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat 
qila olish mahorati.
Bugungi kunda O‘zbekistonda jahon ta’lim maydoniga kirishga 
yo‘naltirilgan yangi ta’lim tizimi qaror topmoqda. Bu jarayon bilan bir vaqtda 
pedagogik o‘quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli 
o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Ta’limdagi yondashuvlar tarkibi o‘zgarmoqda 
va yangicha munosabatlar o‘rnatilmoqda. Ta’lim tizimida yangi axborotlar 
bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan kuchlar shakllanmoqda, yangi ijodiy 
yechimlar topilmoqda va ta’lim dasturini individuallashtirishga qaratilgan 
sa’y-harakatlar kuchaymoqda.
Ta’lim – PJning muhim tarkibi bo‘lib, o‘quvchi-talaba bilan o‘qituvchi 
(pedagog)ning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlari hisoblanadi. 


48
Ijtimoiy bilimga teng bo‘lgan PTning tashkil topishida fanning roli ortib 
bormoqda.
ZPTning psixologik-pedagogik nuqtayi nazardan takomillashuvining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilar bilan ifodalanadi:
– talabaning yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o‘tishi, ya’ni 
o‘zlashtirib olganini ishlatish imkonini beruvchi aqliy rivojlanish jarayoniga 
o‘tishi;
– bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning dinamik 
tarkibiy tizimlariga o‘tish;
– o‘rtacha o‘zlashtiradigan talabaga yo‘naltirilganlikdan o‘qitishning 
tabaqalashgan va individuallashtirilgan dasturlariga o‘tish;
– talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki ma’naviy irodali tartibga 
solinishga o‘tish va h.k.
Ta’limda zamonaviy didaktika va ta’lim tarkiblarining samaradorligini 
oshirish, yangi g‘oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va amaliy 
asoslanishiga o‘tilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan o‘qitish 
texnologiyalari o‘rtasida bog‘liqlik, amaliyotda davlat ta’lim tizimining 
yangi shakllarining aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoitida o‘tmishning 
pedagogik tizimlarini qo‘llash muhim hisoblanadi. 
PT paydo bo‘lgunga qadar boshqa masalalar qatorida murakkab qurilma 
va jarayonlar o‘rganiladigan ta’lim tizimi doirasida aynan ta’lim jarayonini 
yetarlicha samarali loyihalash qoidasi ishlab chiqilmadi. Bu bo‘shliqni PT 
pedagogning loyihalashtirilgan o‘quv jarayoniga ijodiy yondashuvi uchun 
keng o‘rin qoldirgan holda to‘ldiradi. 
PTning o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, unda o‘quv maqsadlariga 
so‘zsiz erishish o‘quv jarayonida loyihalashtiriladi va amalga oshiriladi. 
Texnologik yondashuv, eng avvalo, yuzakilikda emas, balki rejalashtirilgan 
natijani amalga oshirish imkonini beruvchi konstruktiv, ko‘rsatmali sxemada 
o‘z ifodasini topadi. 
Maqsadga yo‘naltirilganlik, jarayon natijalarini tashxisli tekshiruv, 
ta’limni alohida o‘rgatuvchi epizodlarga bo‘lish, o‘quv jarayonining barcha 
qirralarini bugungi kunda ta’limni qayta ishlab chiqishsikli g‘oyasiga 
mujassamlashtirish imkonini tug‘diradi. U, asosan, quyidagilardan iborat:
– ta’limda umumiy maqsadning qo‘yilishi;
– tuzilgan umumiy maqsaddan aniq maqsadga o‘tish;


49
– talabalarning bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) baholash;
– bajariladigan o‘quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari bog‘lanish 
asosida zudlik bilan ta’lim jarayoniga tuzatish kiritish imkoniyati bo‘lishi 
lozim);
– natijani baholash.
O‘quv maqsadlarining to‘liq standartlashtirilishining me’yori 
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
a) yuqori, ammo mutlaq emas:
b) mutlaq.
Birinchi holatda maqsadning murakkabligi tufayli uni to‘liq 
kuzatuvchan xatti-harakatlar tipiga aylantirish imkonini bermaydi, sikl 
to‘laligicha qayta ishlab chiqilmaydi.
Ikkinchi holatda konveyerli jarayon bo‘lgan ta’limning reproduktiv tipi 
bilan ish yuritiladi.
O‘quv jarayonini PT asosida tashkil etishning rejalashtirish bosqichida, 
yetakchi pedagog olimlar, metodist o‘qituvchilar PTning qonun-qoida va 
prinsiplari asosida uslubiy materiallarni ishlab chiqish paytlarida ulardan 
yuksak malaka talab etiladi. Materiallar tayyor bo‘lgach, pedagog, asosan, 
tashkiliy va konsultativ (ijodiy qo‘shimchalar kiritish imkonini saqlagan 
holda) vazifalarni bajaradi.
O‘quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy 
texnologik jihati – o‘quv jarayonining so‘nggi natijalariga yo‘naltirilganligini 
kuzatish mumkin.
Umumiy ko‘rinishda PT tarkibiga quyidagilar kiradi:
– identifikatsiyalangan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish;
– o‘quv maqsadlari taksonomiyasi;
– o‘quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish;
– maqsadga erishish usullari;
– erishilgan o‘quv maqsadlarini baholash.
PTni tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga 
qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatishdir. 
O‘zaro aloqa PTning asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab 
oladi. O‘qituvchi (pedagog) o‘z oldiga talabalar o‘quv materialining 
mazmunini tushunib, o‘zlashtirib olsin, ma’lum bilimlarni egallab, 


50
amaliyotga qo‘llashga o‘rgansin degan maqsadni qo‘yadi. Biroq o‘zlashtirish, 
tushunish, qo‘llash nimani anglatadi? O‘qituvchi (pedagog) o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadga erishganligini qanday biladi?
Pedagogik maqsadga erishganlik yoki erishmaganlikni bilishning aniq 
vositalari bo‘lgandagina, o‘qituvchi (pedagog) o‘zining mehnati samarali 
ekanligiga va tanlagan metodlarining maqsadga muvofiqligiga, yoki 
aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin.
M.V.Klarin fikri bo‘yicha, o‘qituvchi (pedagog)lar tomonidan 
maqsadlarni belgilashning tipik usullari quyidagicha:
1. O‘quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash.
2. Maqsadni o‘qituvchi (pedagog) faoliyati orqali aniqlash.
3. O‘quvchi-talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy rivojlanish 
ichki jarayonlari va qonuniyatlari orqali o‘quv maqsadini qo‘yish.
O‘qitishning maqsadi va ta’lim mazmunini o‘qituvchi (pedagog) yoki 
talabaning faoliyati orqali belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida 
aniq taassurotga ega bo‘lishga imkon bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar 
faoliyatining faqat tashqi tomondan namoyon bo‘lishini kuzatish mumkin. 
Bu maqsadga erishishning juda sodda va samarasiz yo‘lidir.
Rivojlangan davlatlarda talaba va o‘qituvchi (pedagog)lar uchun 
maqsadlarni alohida-alohida belgilash odat tusiga kirgan. Bu mantiqan 
to‘g‘ri, chunki o‘qitish jarayoni pedagog va talabaning o‘zaro hamkorlikdagi 
faoliyati hisoblanadi. Bunda maqsadlar o‘qituvchi (pedagog)ning faoliyatidan 
kelib chiqqan holda qo‘yiladi (o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsatish, aytib berish 
va h.k.), talabaning xarakterlarida ifodalanadigan natijalar esa ta’limning 
vazifalari deyiladi. Bunday ma’noda ta’lim vazifalari talaba mashg‘ulotning 
oxirida bilishi yoki bajara olishi mumkin bo‘lgan narsani anglatadi. 
Umuman olganda, ta’lim jarayonida vazifalarni o‘lchash, aniqlash, 
o‘qitishni qayta takrorlash imkoniga ega bo‘lish uchun har bir maqsadga 
erishish mezonini bilish kerak, ya’ni ta’lim maqsadi shunday qo‘yilishi 
kerakki, unga erishganlik haqida aniq xulosa chiqarish mumkin bo‘lsin. 


51

Download 0,86 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish