O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

Bernard Shou – ingliz dramaturgi, 
Nobel mukofoti laureati
TA’LIM-TARBIYAGA TEXNOLOGIK YONDAShUV
Mustaqil shaxsni shakllantirish, uni jamiyat va davlat manfaatlari 
yo‘lida ijtimoiy-foydali mehnatga layoqatli kadr darajasigacha tarbiyalash 
– ko‘p qirrali va murakkab jarayondir. Bu borada yurtboshimiz Islom 
Karimovning quyidagi iborasini esga olish o‘rinlidir: “ – Kadrlar tayyorlash 
uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, u har birimizdan astoydil, betinim 
va mashaqqatli mehnatni talab etadi”. Darhaqiqat, bir tomondan, barcha 
davlat tuzilmalari hamda ijtimoiy tashkilotlar, ayniqsa, ta’lim tizimi 
mutasaddilarining zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bunda ta’lim 
tizimini takomillashtirish va uning mazmunini chuqurlashtirish hamda 
ko‘pgina tashkiliy-tarbiyaviy ishlar nazarda tutiladi. Ikkinchi tomondan, 
bevosita ushbu masalani amalga oshirishga burchli bo‘lgan pedagog kadrlar 
zaxirasini shakllantirish va ularni zamon talablari bilan hamnafas tarzda 
kasbiy faoliyat yuritishga tayyorlash davlat va jamiyat zimmasidagi ulkan 
ijtimoiy vazifadir. Kadrlar tayyorlash bilan bog‘liq joriy va istiqboldagi 
vazifalar quyidagilardan iborat:
Birinchidan, erkin tafakkur qila oladigan shaxsni, mustaqillik va 
demokratiya g‘oyalariga sodiq bo‘lgan ongli fuqaroni, o‘z Vatanining 
jonkuyari sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotga ongli ishtirok etishga, ijtimoiy 
jarayonga faol ta’sir ko‘rsatishga, mamlakat taqdiri uchun zimmasiga 
mas’uliyat ola bilishga qodir shaxsni kamol toptirish uchun shart-sharoitlar 
yaratish.
Ikkinchidan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga, tub ma’nodagi 
fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish ishiga demokratiya asoslarini joriy 
etish jarayonlarini jadallashtirish, bahslashish madaniyatini rivojlantirish, 
shaxsning ichki dunyosini boyitish, binobarin, yangicha ijtimoiy qadriyatlar 
va munosabatlarni shakllantirishdir. Boshqacha aytganda, yosh avlodda 
yangicha ong shakllanishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmog‘i kerak.


39
Uchinchidan, yosh avlod milliy istiqlol g‘oyasini to‘liq aniqlay olishi 
lozim.
Tabiiyki, bu uzoq davom etadigan, barcha davlat tuzilmalari va jamoat 
tashkilotlarining, eng avvalo, uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining 
faoliyati va pedagogik sohadagi ishlar mazmunini tubdan qayta ko‘rib 
chiqishni talab etadigan murakkab jarayondir.
Yoshlarni barkamol qilib yetishtirish jarayonida shaxsning tarbiyasi va 
har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga e’tiborni kuchaytirish va ta’lim 
sohasida shaxsning tarbiyasi va har tomonlama rivojlanishiga ustunlik 
berishni ta’minlashdan iborat.
Ta’lim-tarbiya jarayonining uch tarkibiy birligi – tarbiya, ta’lim, 
shaxsni rivojlantirish to‘liq darajada amalga oshirilishiga erishish lozim. 
Ta’lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan voz 
kechish kerak. Bu maqsadda mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashga 
yo‘naltirilgan yangi uslub va vositalar ishlab chiqilishi va joriy etilishi zarur.
Bugungi kunda pedagogikada o‘quvchi-talabalarning ta’lim 
jarayonidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o‘qitish uslublari 
ishlab chiqilgan: muammoli o‘qitish, ish faoliyatini ifodalovchi o‘yinlar, 
rolli o‘yinlar, mavzuli o‘qitish va h.k. Ammo ularni oliy ta’lim tizimida keng 
qo‘llaniladi, deb bo‘lmaydi. Buning sababi har bir mashg‘ulotga tayyorgarlik 
pedagogik izlanishni ko‘zda tutishi, yuksak kasbiy bilim va mahoratni, ishda 
ijodiy yondashuv va ko‘p vaqtni sarflashni talab qilishida bo‘lsa kerak. 
Chunki har bir o‘tiladigan mashg‘ulot ishlanmasi o‘ziga xos xususiyatga 
ega va takrorlanmasdir. Uning ustiga ayrim pedagoglar konservativ fikrlash 
doirasida turib o‘qitishning noan’anaviy usul va metodlariga, ko‘pincha, 
bepisand munosabatda bo‘ladilar.
An’anaviy o‘qitishning usul va metodlari respublikamizda keng 
tarqalgan va ular o‘zining ma’lum tarixiga ham egadir. Biroq ta’lim 
sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda an’anaviy ta’limning imkoniyatlari 
cheklangan. Muhim ta’limiy muammolar o‘z yechimini kutmoqda. Qator 
ilg‘or pedagogik tajribalar to‘liq ommalashgani yo‘q.
Yangi ta’limiy islohotlarning o‘ziga xos jihati, o‘quvchi-talabalarning 
mustaqilligi, ularni belgilangan maqsad sari yo‘naltirish, o‘quv faoliyatini 
hamkorlikda tashkil etish, biror bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirish 
o‘rniga PJni samarali tashkil etish orqali talabalarda fan asoslarini o‘rganishga 


40
bo‘lgan qiziqishni orttirish, ularning imkoniyatlarini chegaralamasdan bilim 
va hunar egallashning demokratik yo‘llarini o‘zlashtirishdan iborat.
PT texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik yondashuv deganda 
tayyor mahsulot (ishlab chiqarish texnologiyasiga o‘xshash) olish uchun 
ishlab chiqarish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar to‘plami 
tushuniladi ya’ni qo‘yilgan maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni 
kafolatlaydigan usul va metodlar majmuasi anglashiladi.
Agar metodni bilish yo‘li, tadqiqot yo‘li yoki biror faoliyatdagi ma’lum 
amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashning harakatlari, operatsiyalari, 
usullari majmuasi bo‘lsa PT – ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya 
jarayonlari, vositalari, shakl va metodlari majmuasi sanaladi.
PTning an’anaviy o‘qitish metodikasidan farqlovchi belgilari ko‘p. PT 
an’anaviy metodikadan, avvalo maqsadlarning qo‘yilishi va unga erishishi 
bilan farqlanadi (ilovaga qaralsin).
PTning usul va metodlari ta’limning umumiy maqsadlari (o‘qituvchi va 
talabaning maqsadlari)ni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va natijalarni 
nazorat qilish, kuzatish hamda baholashga xizmat qiladi. 
Loyihalashtirish faoliyati talabalar bilan ishlashni tashkillashtirishning 
eng ommabop shakllaridandir. Loyihalash metodi – o‘qitishni 
tashkillashtirilish bo‘lib, talabalar rejalashtirish jarayoni va amaliy vazifalarni 
bajarishlari orqali loyiha ko‘rinishda bilim oladi. Loyihalashtirish metodini 
qo‘llash natijasida loyiha ko‘rinishidagi bilim o‘zlashtiriladi.
O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi 
hamkorlik pedagogikasiga tayanib, talabalarning birgalikda ta’lim olishlari 
amalga oshiriladi. Talabalarning hamkorlikda ta’lim olishlari, ta’lim 
jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyihalashtirish 
kabilar ZPTning asosiy metodlari hisoblanadi. 
O‘quv-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik munosabatlar 
mazkur jarayonda ZPTni qo‘llashni taqozo qiladi.
Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo‘llaniladi. 
Og‘zaki-ko‘rgazmali, tadqiqiy, izlanuvchan, tizimli, funksional, kompleks, 
texnologik, muammoli-unsurli, faoliyatli yondashuvlar.

Download 0,86 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish