35
texnologiyasi», «Texnika», «Mahorat», «Axborot texnologiyasi», «Axborot
– kommunikatsiya texnologiyalari», «Ta’lim metodlari», «Tarbiya
metodlari», «Pedagogik mahorat» kabi atamalar, tushunchalar, maxsus va
tanlov kurslari, o‘quv predmetlari shakllanib
va ularning mazmun-mohiyati
o‘zgarib turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda.
Umumpedagogik tushunchalar tizimida texnologiya muammosiga ilmiy
yondashish kuchaymoqda. PT va pedagogik faoliyat hamda o‘qituvchi
kasbiy jadvali bir butun jarayon yoki hodisa tarzida tasavvur qilinadi. Shu
nuqtayi nazardan, PT va pedagogik mahorat o‘zaro qondosh – egizakdir.
PTni o‘qitish jarayonida qo‘llash – sifat va samaradorlikning yetakchi
omillaridan biridir.
PTning o‘z tarkibi va mazmuni bo‘yicha takomillashuvi, uning
kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi.
Bunday dinamik jarayon ta’lim tizimida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar
bilan garmonik tarzda kechadi.
PTning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy hodisa
ekanligida namoyon bo‘ladi va ta’lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq
maqsad va vazifalar,
motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar,
qiziqish va
xohishlarni amalga oshirishda ro‘y-rost ko‘rinadi.