O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

“Qarg‘a ko‘rganini cho‘qiydi, 
mulla bilganini o‘qiydi”
Xalq maqoli
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING MANBALARI
METODOLOGIK ASOSLARI VA UNING TURLARI
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi, 
o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbayi, didaktik vazifalariga qarab, munosib 
ravishda og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy kabi uch guruhga bo‘linadigan 
metodlarning quyidagi variantlari qo‘llaniladi:
– o‘qitishning ma’ruza (suhbat) metodi;
– o‘qitishning amaliy ishlar metodi;


30
– laboratoriya ishlari metodi;
– mustaqil ishlar metodi;
– muammoli-evristik modellashtirish metodi;
– ilmiy-tadqiqot metodlari;
– o‘qitishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
– o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;
– o‘qitishning nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda shuni aytish mumkinki, ta’lim 
muassasalarida yangi PT, zamonaviy o‘qitish uslublaridan foydalanib, jahon 
talablari darajasida o‘quvchi va talabalarni o‘qitish mumkin.
Pedagogik muloqot deganda, odatda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan 
dars mobaynida va darsdan tashqari bo‘ladigan aniq pedagogik funksiyalarga 
ega va qulay psixologik muhitni yaratish, shuning bilan birga, boshqa 
xildagi psixologik optimal ilmiy faoliyat va pedagog bilan o‘quvchilar 
o‘rtasidagi munosabatlar uchun yo‘naltirilgan professional muloqot shakli 
tushuniladi (A.A.Leontev).
Boshqaruv uslublari bo‘yicha birinchi eksperimental psixologik 
izlanishlar 1938-yilda nemis psixologi Kurt Levin tomonidan AQSHda 
emigratsiyalangan natsistlarning Germaniya hududiga qaytishi davomida 
o‘tkazilgan. Bu izlanishda boshqaruv uslublarining kengaytirilgan 
klassifikatsiyasi sifatida avtoritar, demokratik va e’tiborsizlik yoki 
layoqatsizlik uslublari kiritilgan edi.
Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, K.Levin keltirilayotgan boshqaruv 
uslublari bo‘yicha o‘zining buyuk tadqiqotini muallimlarning maktab 
o‘quvchilari ustidan olib boradigan boshchiligini o‘rgangan holda o‘tkazgan 
edi.
O‘zining eksperimentida K.Levin o‘n yoshga to‘lgan maktab 
o‘quvchilarini bir necha guruhlarga bo‘ldi. Bu guruhlardagi bolalar 
bir xil mashg‘ulot bilan, ya’ni qo‘ng‘iroq yasash bilan shug‘ullandilar. 
Eksperimentning haqqoniy o‘tkazilishi maqsadida guruhlar umumiy va 
xususiy belgilari bo‘yicha, yoshi, jismoniy va intellektual ko‘rsatkichlari, 
o‘zaro shaxsiy munosabatlar tizimi va boshqalarning aynan mos kelishiga 
qarab tashkil etildi. Undan tashqari barcha guruhlar bir xil shart-sharoitlarda 
umumiy dastur bo‘yicha ishladilar, bir xil vazifani bajardilar.
Faqatgina instruktorlar, yoki bizga yaqin termin bilan aytganda
muallimlar o‘zlarining boshqaruv uslublari bo‘lmish demokratik, avtoritar 


31
va e’tiborsizlik yoki layoqatsizlik kabi uslublarda guruhlar faoliyatini 
olib borishi bilan farqlanadilar. Har bir muallim o‘ziga biriktirilgan guruh 
bilan olti hafta ishladi. Undan so‘ng o‘zaro guruhlar almashinuvi amalga 
oshirildi. Bu guruhlar bilan yana olti haftalik ish kunlari yo‘lga qo‘yildi va yana 
yangi guruh bilan almashish amalga oshirildi. Bunday jarayon eksperimentni 
imkon qadar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishiga katta yordam berdi. Undan tashqari, 
yuqorida keltirilib o‘tilganidek, guruhlar umumiy va xususiy belgilarga ko‘ra, 
aynan mos kelishiga qarab tashkil etilgan edi, shuning bilan birga, har bir 
muallim har qaysi guruh bilan yana qo‘shimcha ravishda ish olib bordi. 
Natijada guruh omilining ta’siri emas, balki aynan boshqaruv uslublarining 
guruhdagi o‘zaro munosabatlarga ta’siri, faoliyat motivatsiyasi, mehnat 
natijalari va boshqalarning ta’siri kuzatiladi.
K.Levin tomonidan o‘tkazilgan eksperimentda aniqlangan o‘quvchilar 
bilan bo‘ladigan muloqotning u yoki bu xususiyatlarini qisqacha keltirib 
o‘tamiz. Avtoritar uslubning xarakterli tomoni sifatida undagi qattiqqo‘l 
boshqaruv va umumiy nazorat ko‘proq muallimning boshqalarga nisbatan 
buyruq ovozida munosabatlarga kirishishiga va tez ogohlantirishlar berishiga 
olib kelishida ko‘rish mumkin. Shuning bilan ba’zi ishtirokchilarga nisbatan 
sababsiz ogohlantirishlar va boshqalariga esa asossiz maqtovlar yog‘dirilishi 
kuzatiladi. Avtoritar muallim faoliyat va vazifaning umumiy 
maqsadlarinigina emas, balki u kimning kim bilan ishlashini ko‘rsatib, 
uning yechilish yo‘llarini ham belgilab berdi. Vazifalar va ularning 
yechilish yo‘llari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilandi. Bunday 
yondashuv inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab bo‘luvchi 
omil rolini pasaytiradi. Chunki inson bunda o‘zining faoliyatidan kutilayotgan 
maqsadni, ya’ni ushbu bosqichning nima uchun bajarilayotganligini 
va oldinda uni nima kutayotganligini aniq bilmaydi. Undan tashqari 
faoliyatni bosqichma-bosqich tartibga solish va nazorat qilish ishlari shuni 
ko‘rsatdiki, o‘qituvchining ishtirokchilar bilan bo‘ladigan munosabatida 
uning mustaqilligi va javobgarligi sust yoki bu xususiyatlarning unda past 
darajada ekanligi kuzatildi. O‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladigan 
tashabbus yo‘qolib, u xuddi keraksiz xohish sifatida qaraladi. K.Levindan 
so‘ng amalga oshirilgan izlanishlarning ko‘rsatishicha, tashabbus go‘yoki 
avtoritar o‘qituvchining ishonch vakolatini qisqartirar ekan. Aytaylik, 
kimdir ishni boshqacharoq tashkil etishni taklif qilsa, demakki u bu 


32
narsani oldindan ko‘rib chiqmaganligiga shama qilayotgandek tuyular 
ekan. Shuning bilan birga, ma’lum bo‘lishicha, avtoritar lider ishtirokchilar 
muvaffaqiyatini subyektv tarzda baholar ekan.
Demokratik o‘qitish uslubida shaxs emas, balki faktlar muhimligi tan 
olinadi. Ammo demokratik o‘qitish uslubining asosiy xususiyati sifatida 
guruhning o‘rtacha tashlangan masala muhokamasida va uning tashkil 
etilishida faol ishtirok etilishi qaraladi. Natijada ishtirokchilarning o‘ziga 
bo‘lgan ishonchi oshadi va o‘z-o‘zini boshqarish hissi rag‘batlantiriladi. Bu 
uslubda guruhdagi o‘zaro munosabatlar yaxshi kelisha olish tarzida davom 
etadi va bir-biriga bo‘lgan ishonch kuchayadi. O‘qitishda boshqaruvning 
layoqatsizlik uslubining asosiy xususiyati sifatida rahbarning bo‘lib 
o‘tadigan voqea-hodisaga nisbatan javobgarlik hissidan o‘zini olib 
qochishini ko‘rsatish mumkin.
Natijalarning ko‘rsatishicha, eng yomon uslub layoqatsizlik uslubi 
bo‘lib chiqdi. Bu uslubda vazifalar oz bajarilib, ularning sifati ham 
yomon edi. Eng muhimi, bunday guruhda hech qanday javobgarlik hissi 
bo‘lmaganligi va vazifalar murakkab bo‘lmagan qandaydir o‘yinni eslatgani 
tufayli ishtirokchilar unga kam darajada qiziqish hosil qildilar. Avtoritar 
uslubda o‘qituvchi bilan kelishishda ko‘pgina janjallar paydo bo‘lishi 
kuzatildi. Eng samarali uslub sifatida demokratik uslub tan olindi. Guruh, 
ishtirokchilari uchun bu yerda xarakterli xususiyat bo‘lib vazifaga qiziqish 
va ichki faoliyat motivatsiyasi xizmat qiladi. Vazifalarning bajarilish sifati 
va aniqligi oshdi. Shu bilan birga, guruh qobiliyati, erishilgan umumiy 
muvaffaqiyatlar ustidan g‘urur tuyg‘usi, o‘zaro ko‘maklashuv va do‘stona 
munosabatlar kuchaydi.
Bu natijalar keyinchalik amalga oshirilgan izlanishlar asosida ko‘p 
marta tasdiqlandi. Pedagogik muloqotda demokratik uslubning afzalligi 
quyi sinf o‘quvchilaridan boshlab yuqori sinf o‘quvchilarigacha bo‘lgan 
turli guruhlarda isbotlandi. Shu narsa ham ma’lum bo‘ldiki, birinchi sinf 
o‘quvchilarida o‘qishning ikkinchi haftasidayoq maktabga va o‘qishga 
bo‘lgan ishtiyoqning tez sur’atlarda susayishi aynan avtoritar o‘qituvchilar 
boshchilik qilgan guruhlarda kuzatilar ekan. Shunday qilib, maktab 
hayotida va bilim olishda o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan bo‘ladigan 
munosabatlari muhim rolni o‘ynashi aniqlandi. Adolat mezoniga asoslangan 
holda aytish lozimki, zamonaviy sotsial psixologiyaning tasdiqlashicha 


33
shunaqa holatlar ham bo‘ladiki, ba’zida avtoritar uslub eng foydali va 
maqbul bo‘lib chiqadi. Lekin, odatda, ko‘proq pedagogik muloqotda bu 
qoida istisnodir.
Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, 
ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilganida va pedagogik faoliyat jarayonlari 
metodologik hamda psixologik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilinganida ta’lim 
samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya’ni:
- bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari 
darajasida qondiriladi;
- o‘quvchining o‘quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va burchi 
oshadi;
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- u umr bo‘yi o‘z bilimini uning o‘zigina boyitishiga ishonch paydo 
bo‘ladi;
- erkin fikrlash malakasi shakllanadi;
- shaxs jamiyatda o‘zining o‘rnini tezroq topib olishiga muhit yaratadi.
Buning uchun biz o‘quvchiga «Sen buni bilishing kerak», degan 
majburlovchi da’vatdan «Menga bu zarur va men buni bilishga, uni 
hayotda qo‘llashga qodirman», degan ichki ishonch va intilishni uyg‘otishga 
o‘tishimiz kerak.
Shu munosabat bilan doimiy harakatdagi yangi PT bo‘yicha 
tashabbuskor innovatsiyali guruhlar tashkil etilsa, maqsadga muvofiq 
bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy PT ta’lim jarayonida hukm 
surayotgan inqirozdan qutilishning yagona va bosh mezonidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek: «Zamonaviy 
iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar 
tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish – mamlakat taraqqiy 
etishining eng muhim sharti hisoblanadi. Tizimning amal qilishi kadrlarning 
istiqbolda mo‘ljallangan vazifalarni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, 
yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, 
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‘nalish ola bilish mahoratiga 
ega bo‘lgan yangi avlodini shakllantirishni ta’minlaydi».
PTning umumiy muammolari ko‘p sonli va rang-barangdir. Bular 
orasida an’anaviy ta’limga yangicha yondashuvlarni tatbiq qilish, PJni 


34
takomillashtirish, demokratik pedagogika elementlarini shakllantirish va 
ulardan amalda foydalanish, hamkorlik va insonparvarlik pedagogikasini 
kuchaytirish, bilim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsini faollashtirish, ta’lim 
mazmunini didaktik tamoyillar asosida boyitish, o‘quv jarayonini yuksak 
darajada tashkil etish va uni boshqarish, ta’lim-tarbiya jarayonlarining 
uzluksiz monitoringi va nazorati hamda sarhisobini amalga oshirish, 
rivojlantiruvchi va alternativ (muqobil) texnologiyalarni samarali tarzda 
qo‘llash kabilar alohida o‘rin tutadi. 
PTning umumpedagogik, xususiy va kichik darajalari farq qilinadi. 
Bundan tashqari, sezgi a’zolari orqali bilim olishni ifodalaydigan empirik, 
moddiy va ma’naviy olam haqidagi bilimlarni kengaytiruvchi kognitiv, 
ijodiy faollik va o‘quv-izlanish mehnatiga asoslangan evristik, tadqiqot va 
yangilik yaratish faoliyati bilan bog‘liq kreativ, axborot va ma’lumotlarni 
qayta ishlash va o‘zgartirish evaziga ta’lim-tarbiya beruvchi inversion, 
o‘zlashtirilgan bilimlarni omixtalab tugal tafakkurga olib keluvchi integrativ, 
yosh va individual xususiyatlarni hisobga olib o‘qitishga tayanuvchi adaptiv, 
ta’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi bilan o‘qituvchi (tarbiyachi) 
munosabatidagi tenglik va adolatlilikka bo‘ysunuvchi inklyuziv kabi PTning 
yo‘nalishlari shakllangan. Ularning qamrovi yuqorida tilga olingan uch 
xil darajada bo‘lishi mumkin. Umum PT dunyo ta’lim tizimining barcha 
ilg‘or va samarali elementlarini o‘zida jo etadi va keng ko‘lamda amalga 
oshiriladi. Bizning amaldagi uzluksiz va yagona ta’lim tizimimizda umum 
PT yetakchi o‘rinni egallaydi. Ta’lim turlari va yo‘nalishlari, ixtisoslik va 
mutaxassislik tasnifi hamda ta’lim muassasasining o‘ziga xosligi asosida 
xususiy texnologiya joriy etiladi. O‘qitishning asosiy tashkiliy shakli bo‘lgan 
dars va uning bevosita davomi bo‘lgan darsdan tashqari ishlarda kichik 
texnologiyalar qo‘llaniladi hamda ular lokal (mahalliy) pedagogik samaraga 
olib borishi lozim. 

Download 0,86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish