Ijtimoiy buyurtma
Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini
ko‘rsatib berdi: 1. Talabalar. 2. Ta’lim va tarbiyaning maqsadi. 3. Ta’lim va
tarbiyaning mazmuni. 4. Ta’lim jarayoni yoki didaktik jarayon. 5.Pedagogik
ta’lim yoki o‘qitishning texnikaviy vositalari. 6. Ta’lim va tarbiyaning
tashkiliy shakllari.
Yuqorida keltirilgan pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariyaga xos
bo‘lgani kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar
va ularni hal etish texnologiyasi. Didaktik masalalar pedagogik tizim
doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga
erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo‘lishi
lozimligini taqozo etadi. Ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari (DTS),
o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarida o‘z ifodasini topadi. Shu
munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo‘yicha ta’lim mazmunini ishlab
19
chiqish kabi sharafli va mas’uliyatli vazifa yuklatildi. Shunday qilib, PTda
didaktik masalalarning o‘z yechimlarini topishi milliy dasturni ro‘yobga
chiqarishning muhim bosqichidir. Agar pedagog qo‘lida bilimga chanqoq
talabalar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qo‘llanmalar
mavjud bo‘lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun
bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib yangi PTni
amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan, o‘qituvchi
mahoratiga ko‘p narsa bog‘liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan o‘rni
haqida batafsil to‘xtalish zarurati tug‘iladi: 1. O‘qituvchi davlat buyurtmasiga
mos keladigan ta’lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki,
natijada, ma’lum vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik
jarayonni tuzish va joriy etish to‘g‘risida xulosa qilish mumkin bo‘lsin.
2. O‘qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to‘g‘ri keladigan
o‘quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o‘quv dasturi bo‘yicha chuqur
egallashi, muntazam ravishda o‘z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi
zarur. 3. O‘qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik
jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo‘lishi kerak: bu –birinchidan,
jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didaktik
masalalarni ma’lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal
eta oladigan didaktik jarayonni qo‘llashni talab etadi. Ta’lim va tarbiyaga bu
talabni aniqlab beruvchi omil – talaba (o‘quvchi)larning ma’lum faoliyatni
o‘zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchidan, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni
shunday tashkil etish lozimki, bunda mumkin qadar talabalarning keng
doirada tajriba egallashiga imkon tug‘diradigan va ularning aqliy malakasini
rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin. Bu talabni aniqlab beruvchi
omillar: talabalarning o‘qishga bo‘lgan xohishi, o‘quv mehnatiga munosabati
va sog‘lom psixo-fiziologik faoliyati kabilardir.
O‘qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o‘qitishning samarali
shakllaridan foydalana olishi kerak. O‘qitishning tashkiliy shakllari
to‘g‘ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat
asosida bir-birlari bilan bog‘liq ekanligini bildiradi. Bu bog‘lanishlardan
foydalanish va eng maqbul bo‘lgan tashkiliy shakllar topish – ta’limda
rasmiyatchilikni yo‘qotishga yo‘l ochadi. O‘qituvchi pedagogik tizimning
ishtirokchisi bo‘lgan talabaning ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay
20
darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat
qilib borishi lozim. Bu to‘g‘rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni
maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi va tizimdagi
qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
Nazariyani o‘quv amaliyoti bilan bog‘lash zaruratini anglash ZPTning
tuzilmasini aniqlab beradigan bir qator holatlarni belgilashga imkon beradi:
1. Zamonaviylik ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba-sinovda
tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy etishning
majburiyligini taqozo etadi. 2. O‘quv jarayonini maqbullashtirish –
kechiktirib bo‘lmaydigan masaladir. 3. Ilmiylik ta’limda yangi vositalar,
faol metodlar, didaktik materiallarni, tashkiliy masalalarning yangi
yechimlarini qo‘llashni taqozo etadi. 4. Talaba va o‘qituvchining dasturli
faoliyati o‘quv jarayonidan jamiki ortiqcha harakatlarini yo‘qotishga, yuqori
hamjihatlikni ta’minlashga va kerakli natijalarni qo‘lga kiritishga intilishni
ta’minlaydi. 5. Ta’limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik
vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan
keng foydalanish – zamonaviy PTning eng asosiy belgilaridan biridir. 6.
O‘quv jarayoni uchun moddiy-texnika bazasining maqsadga muvofiqligi –
PTning navbatdagi belgisidir. 7. O‘quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli
baholash – PTning o‘z oldiga qo‘ygan natijaviy maqsadidir.
Zamonaviy PT o‘zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan
bog‘liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o‘quv-tarbiyaviy jarayonini
ilmiy asosda qurishga yo‘naltirilgan, o‘qitishning axborotli vositalaridan va
didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan
o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi.
Ta’lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo‘lib, u o‘z rivojlanishida jamiyat
taraqqiyotining yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda ro‘y berayotgan aksariyat
o‘zgarishlarga muvofiq o‘zgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar
ta’lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning
asosiy shartlaridan hisoblanadi. Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili
shuni ko‘rsatadiki, ta’lim sohasiga umumjahon ahamiyatiga molik bo‘lgan
quyidagi asosiy yangiliklar xosdir:
– moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o‘zgarishlar;
– ta’lim tizimi tuzilishidagi muntazam o‘zgarishlar;
– ta’lim texnologiyasida ro‘y beradigan doimiy o‘zgarishlar.
21
Shunday qilib, yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalar –ta’limga
yangi tartib-qoidalarni kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir.
Biroq ularni qanday qilib tatbiq etish va amalda foydalanishni bilib olish,
aslida, hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Buning uchun maxsus tayyorgarlik,
katta kuch va ko‘p vaqt sarflash lozim, ya’ni ta’limda innovatsiyali
jarayonlarning tatbiq qilinishi bilan o‘qituvchining roli pasaymaydi, balki
o‘quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida yana ham ortadi. Bu esa
pedagogdan o‘z ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishni talab etadi.
Chunki yangi tartib-qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbayi sifatida
qolib ketadimi, bu narsa ayni o‘qituvchiga bog‘liq. O‘qituvchi o‘quv
texnologiyasining bevosita tartib-qoidalariga jiddiy tayyorlangan, yo‘l-
yo‘riq olgan, moslangan, ruhlangan bo‘lishi lozim.
Pedagogning ijodiy potensiali uning o‘z ijodkorlik sifatlarini
shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bo‘lishida,
qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda
topqirlik qila olishida, o‘quvchi-talabalarni komillik sari mohirlik bilan
yetaklay olishida ko‘rinadi. PJda o‘zining yangi g‘oyalarni ishlab chiqish
qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o‘qituvchi
iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot-o‘z mohiyatiga ko‘ra odamning
yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bo‘yicha ijodiy ishining
kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o‘qitishda doimo ma’lum
yo‘nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo‘ladi. Pedagogik
izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bo‘lish shakllari kundalik
o‘quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta’sir
usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro
etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samarali foydalanishda ko‘rinadi.
Yangi ta’lim tizimi mazmuniga o‘tmishning qimmatbaho ma’naviy
qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba’zi birlarini qayta
tiklashdan maqsad o‘tmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy
foydalangan holda rivojlanishning yangi pog‘onasiga chiqish demakdir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani
shakllantirish, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Chunki
davlatning asosini ma’naviyat tashkil etadi, ma’naviyatiga e’tibor
22
bermagan davlatning kelajagi ham bo‘lmaydi. Milliy pedagogika
tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy
omillaridan biridir. Yoshlarni mustaqil bilim olishga o‘rgatish – bugungi
kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o‘rinda
ta’kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviy-intellektual
rag‘batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma’naviy intellektual sifatlarni
zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgarishlar
kiritadi. O‘quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual
shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash
tizimi tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga
doir tuzatishlar kiritishi lozim. O‘quvchi va talabalarning bilimini, aqliy
holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga
ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o‘quvchi bilimining
boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Pedagogika fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning
3 vazifasi borligini alohida uqtiradi: 1. O‘zlashtirishni nazorat qilish
va baholash natijalariga qarab davlat ta’lim standartlarining qanday
bajarilayotganligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar
belgilanadi. 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchi-
talabalarda bilimlar yanada kengayadi. 3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar
yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularda ko‘tarinki ruh,
o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo‘ladi.
Mustaqil O‘zbekiston bugungi kunda kelib jahonga o‘z nomini tanitdi.
Iqtisodiy-siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning
rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishi uchun bugungi kunda
kelajak ruhiga mos bo‘lgan zamonaviy kadrlarga ham ehtiyoj sezila
boshladi. Mustaqil davlat o‘zining muhim tarixiy hujjatlariga ham ega
bo‘ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o‘rin
tutadi. Ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish - ta’lim-
tarbiya dasturlarining intellektuallashuvini ta’minlaydi. Demak, yangi
asr – informatsion texnologiyalar asri bo‘lishi bilan bir qatorda ularni o‘quv
jaryonlariga keng ko‘lamda aralashuvini ham taqozo etadi.
|