Pifagor – yunon matematigi va faylasufi
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING UMUMIY ASOSLARI
Bu tushuncha XX asrda paydo bo‘ldi va 1940-1950-yillarda “ta’lim
texnologiyasi” tarzida qo‘llanilib, mazmunan o‘quv jarayonida audio-
vizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab
AQSHda qo‘llana boshladi. Keyinchalik “ta’lim texnologiyasi” o‘rniga
15
“dasturlashtirilgan ta’lim” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So‘ngra
PT - loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o‘quv jarayonini
ifoda eta boshladi. O‘tgan asrning 80-yillarida PT kompyuterli va AT bilan
sinonim tarzda ishlatila boshladi.
Keyingi o‘n yilliklarda pedagog olimlar va o‘qituvchilar diqqatini jalb
qilgan masalalardan biri PT hisoblanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda,
hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg‘in o‘rganilayotganligi, bahs-
munozaraga sababchi bo‘layotganligi ham ta’lim-tarbiyada uning o‘rni
naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash,
uning nazariy va amaliy jihatlarini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari
asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning
empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar
doirasiga o‘tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda.
Avvalo, nega bugunga kelib PTga qiziqish shunchalik kuchaydi,
degan savol tug‘iladi. Aytish mumkinki, rivojlanayotgan davlatlarda,
odatda, birinchi navbatda, PTga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi
sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham
ma’qullandi va 1972-yilda «Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo‘yicha
Xalqaro komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya
ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb baholadi.
Muhimi shundaki, prezidentimiz Islom Karimov tomonidan milliy
dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi
va uning ikkinchi bosqichida «o‘quv-tarbiyaviy jarayonini ilg‘or PTlar bilan
ta’minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
«Texnologiya» atamasi fanga 1872-yilda kirib keldi. PT - bu o‘qituvchi
tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va
bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish
jarayonidir.
Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o‘rnata boshladilar.
Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi.
Shular qatorida, jahondagi progressiv PT degan tushunchalar ham kirib,
pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg‘ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya
bilan O‘zbekistonda PTni o‘rganish yo‘lida ancha ishlar qilindi. Shu
16
jumladan, O‘zbekiston olimlari bilan hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida ham
PTlarning loyihalarini tuzish bo‘yicha ancha ishlar qilindi.
PTlarni o‘quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar
ichida birinchilar qatorida har tomonlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik
olim V.P.Bespalkoning fikricha, «PT – bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq
bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi
shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir». Rossiyalik olimlaridan biri
V.M.Monaxov «PT – avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va
bajarilishi shart bo‘lgan tartibli amallar tizimidir», – degan qisqacha ta’rifni
bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e’tiborni qaratadi. «PT – o‘quv
jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda PJ
turg‘unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektv xususiyatlaridan
uni ozod qiladi», – deydi u. M.V.Klarin fikricha, “PT – o‘quv jarayoniga
texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko‘rsatkichlardan
maqsad kelib chiqib, o‘quv jarayonini loyihalashdir”. V.P.Bespalkoning
o‘zbekistonlik shogirdlaridan N.Sayidahmedov va M.Ochilovlarning
fikricha, “PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) vositalari
yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va
bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini
intensiv shakllantirish jarayonidir”. I.Y.Lernerning fikriga ko‘ra, “PT –
o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab
olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”. O‘zbekistonlik metodist
B.L.Farberman PTga quyidagicha ta’rif beradi: “PT – ta’lim jarayoniga
yangicha yondashuv bo‘lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi
ifodasidir. U PJni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri
asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan
bog‘liq ijtimoiy hodisadir. Polyak olimi J.Bruner «O‘qitish texnologiyasi
– bu o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi ma’lum yo‘l-yo‘riqlar tizimi
bilan bog‘liq bilimlar sohasi» ekanligini e’tirof etdi. Tizimli yondashish
ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga aniqlik kiritila borildi. Rus
olimasi N.F.Talizina esa uning mohiyatini «belgilangan o‘quv maqsadiga
erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat», deb tushuntirdi.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, o‘tgan yillarda PT –
o‘quv jarayonini berilgan dastlabki ta’lim maqsadi va mazmunidan kelib
chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to‘g‘ri, lekin teranroq
17
fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi yoki bunday
yondashishda o‘quvchi shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni
birinchi bo‘lib akademik V.Bespalko payqadi va o‘z asarida «PT – bu
o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni
kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash -
loyihalashdir», deb ta’rifladi.
Shu o‘rinda hamkasbimiz H.Abdukarimovning «Ma’rifat» gazetasida
(1998-yil, 27-may) bosilgan «Zamonaviy PT nima?» maqolasini didaktik
nuqtayi nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da,
undagi bir-biriga zid va ilmiy asoslanmagan ikki ta’rifni keltirib o‘taylik: 1.
«Milliy dastur» – bu yangicha PTning o‘zi». 2. «PT – pedagogik mahorat
to‘g‘risidagi fan». Bu boradagi ta’riflarning xilma-xilligi bir tomondan,
bu mavzuning u yoki bu jihati soxta yechilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi
tomondan, PTni ta’lim amaliyotiga joriy etishga bo‘lgan urinishlarni
ifodalaydi. Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga
bog‘liq bo‘lmagan holda o‘rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida
edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga
mamlakatimizda keng imkoniyatlar tug‘ildi. Nazariya va amaliyot birligining
ta’minlanayotganligini zamonaviy PTning asl mohiyatini aniqlashga yo‘l
ochmoqda. Bizning fikrimizcha, yangi PTga pedagogika fanining alohida
tarmog‘i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga
yo‘naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy
va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini
aniqlaydi. Bu yerda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi
elementlarni o‘rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi,
har qanday o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik
tizimni aks ettiradi. Demak, PT - amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan
ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir.
Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim
o‘zaro bog‘liq bo‘lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig‘indisi bo‘lib,
shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni
maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda
shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda
pedagogik tizim mavjud bo‘lishi kerak. Agar maqsad o‘zgarsa tizim ham
o‘zgarishi shart.
18
«Kadrlar tayryolash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o‘z
javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni
asosiy maqsad qilib qo‘ydi. Demak, milliy dastur bizda ta’lim va tarbiya
sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat
buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab
beradi yoki oliy ta’lim uchun PTning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
Ta’lim turlari uchun umumiy bo‘lgan pedagogik tizim loyihasini quyidagicha
ifodalash mumkin:
|