14
Islom Karimov kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘la ro‘yobga
chiqsa, ijobiy ravishda “portlash effekti” sodir bo‘lishini bashorat qilib,
«Tafakkur» jurnali bosh muharriri savollariga
bergan javobida shunday
degan edi: «Ishonchim komil, agar bu islohotni amalga oshirsak, tez
orada hayotimizda ijobiy ma’nodagi portlash effektiga, ya’ni
uning
samaradorligiga erishamiz». Nazarda tutilgan vazifalar to‘liq amalga oshsa:
1) ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamlakatdagi
mavjud muhit butunlay o‘zgaradi; 2) insonning hayotdan o‘z o‘rnini
topish
jarayoni tezlashadi; 3) jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxs shakllanadi;
4) ta’limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro‘yobga
chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi; 5) oldimizda turgan har qanday
vazifani bajarishda va maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a’zosi
qo‘shadigan hissa «portlash effektiga» olib keladi.
Bu jarayonda yangi PTning bir qancha muammolari o‘z yechimini
topadi. Ular ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar
va axborot bazalarining
yanada mustahkamlanishi, o‘quv-tarbiya jarayonini yangi o‘quv-uslubiy
majmualar, ilg‘or PT bilan to‘liq ta’minlanishi, milliy (elita) oliy ta’lim
muassasalarining qaror toptirilishi va rivojlantirilishi, kasb-hunar ta’limi
muassasalarining mustaqil faoliyat yuritishining ta’minlanishi va o‘zini-
o‘zi boshqarish shakllarining mustahkamlanishi kabi vazifalardir. Bunda
ta’lim jarayonini axborotlashtirish va uzluksiz ta’lim
tizimini jahon axborot
tarmog‘iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olish
ham ko‘zda tutilgan.
«Ishning yaxshi boshlanishi – uning yarmining bajarilishidir».