O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

«Kimki tarixga to‘pponcha o‘qtalsa,
uni kelajak zambarakdan to‘pga tutadi». 
G.K.Jukov – mashhur sarkardaning yon daftaridan 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING PAYDO BO‘LIShI, 
RIVOJLANIShI VA UNING TA’RIFLARI
O‘qish, o‘qitish – inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy 
foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina 
emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari 
yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan 
g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtayi nazardan 
qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. 
Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o‘quvchi uchun 
axborot manbayi – o‘qituvchining o‘zi bo‘ladigan jarayon. 2. O‘quv kitoblari, 
darsliklar yaratilgan va keng qo‘llanilgan bosqich. 3. Audio-vizual vositalar 
qo‘llanilgan bosqich. 4. O‘qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish 
vositalarini qo‘llash bosqichi. 5. O‘qitishni zamonaviy AKTlari vositasida 
boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda PT butunlay yo‘q bo‘lib 
ketmaydi, balki PT keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog‘lanadi, 
yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo‘lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon 
borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom 
etgan. Unda o‘qituvchi o‘z kuchiga, o‘z bilim va mahoratiga asoslanib ish 
bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo‘lyozma kitoblar 
yaratildi, lekin o‘quvchi ularning mazmunini o‘qituvchi faoliyati vositasida 
o‘zlashtiradi. 2-bosqich, ya’ni qog‘oz va o‘quv kitoblari davri hali nihoyasiga 
yetkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi 
esa hamon mukammal emas. Lekin o‘qitishning 1-,2-,3-bosqichlariga xos 
ta’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. O‘quv adabiyotlarini 
joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo‘lgan. Keyingi 
davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o‘zgarishlar kurashsiz amalga 
oshmagan, bunday o‘zgarishlar oson kechmagan. Bugungi kunda ham 


24
1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi 
davrlarda vujudga kelgan o‘quv vositalarini o‘zlashtirib olishga, ta’lim-
tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich 
o‘quv vositalari o‘qituvchidan ko‘p mehnat talab etadi va o‘quvchining 
bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning 
har birida ta’lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o‘qituvchi 
mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo‘llaydiganlar safi 
kengaya borgan.
PTning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot 
texnologiyasi. Uning vazifalari: 
– shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni 
modellashtirish va tahlil etish; 
– muloqotdan olinadigan tasavvurlar
– muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; 
– pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi ; 
– ishga ijodiy yondashish va boshqalar. 
2. Pedagogik talab texnologiyasi: 
– «pedagogik talab» tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari; 
– xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo‘lishi; 
– o‘quvchi-talabaga bo‘lgan hurmat va talab; 
– pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 
3. Baholash texnologiyasi: 
– xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni 
qabul qilish; 
– baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi (pedagog)ning o‘z 
imkoniyatini tahlil etishi va ta’sir samaradorligini oshirishi); 
– pedagogik baholash texnologiyasi. 
4. Axborotning ta’sir ko‘rsatish texnologiyasi: 
– nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, 
demonstratsiyali va ko‘rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri 
sifatida; 
– nutqiy ta’sir etish, suhbat, hamkorlik, tezis, argument, ko‘rgazmalar 
va obrazlar; 
– nutqiy ta’sir etish texnologiyasi; 
– demonstratsiyali va ko‘rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, 
gigiyenik materiallar;


25
– qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya 
qilish texnologiyasi.
5. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi: 
– pedagogik konflikt tushunchasi: 
– konflikt PT elementi sifatida; 
– konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, bo‘sh va mazmunli 
konflikt; 
– holat tahlili (voqeani aniqlash); 
– konflikt; 
– konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); 
– konfliktni echish shakllari (yumor, hazil, mutoyiba). 
Zamonaviy PTning qo‘shimcha elementlari: 1. Psixologik muhit 
yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. 
Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlarni tashkil etish texnologiyasi. 4. 
O‘quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. 
Xulqi va odobi yomon o‘quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik 
himoya texnologiyasi. 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. 
Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
PT atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtayi nazaridan kelib chiqqan 
holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul 
qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO 
tomonidan berilgan ta’rif sanaladi.
PT – ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o‘qitish va bilimlarni 
o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo‘llash, 
ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar 
majmuasidir (umumiy ta’rif). Texnologiya deganda, subyekt tomonidan 
obyektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o‘zgarishiga olib 
keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va 
sharoitlardan foydalanib, obyektga yo‘naltirilgan aniq maqsadli amallarni 
muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. PT amaliyotga joriy etish 
mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. PT – 
ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi PT, zamonaviy PT, 
axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini 
qamrab oladi. Demak, PT didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu 
sohadagi maqsadga erishish yo‘li bo‘lib hisoblanadi.


26
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini 
birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. ZPTni pedagogika fanining 
alohida tarmog‘i sifatida yoki faqat ta’lim amaliyotini maqbullashtirishga 
yo‘naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. ZPT bu sohadagi nazariy va 
amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi. Avvalo, 
zamonaviy PT nimani anglatadi? 1. ZPT o‘quv-tarbiya jarayoni uchun 
loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat 
shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda 
ma’lum bir pedagogik tizim mavjud bo‘ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda 
ijtimoiy buyurtma o‘z ta’sirini o‘tkazadi va ta’lim-tarbiya maqsadini umumiy 
holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini 
o‘z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 2. Bugungi kunda fan-
texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib 
boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan 
dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta’lim 
jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum 
xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, 
audial vositalar ham mavjud bo‘lib, ular ZPTlarni real voqelikka aylantirdi. 
ZPT mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda 
turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari 
va vositalariga egadir. Biroq ZPT inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi 
sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo‘lmagan PJni ifoda etishi 
bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning 
o‘ziga xos xususiyati – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir. ZPT 
boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va 
an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning 
yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni 
texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu 
jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan 
aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi – bu «o‘quvchi yoki talaba 
– kompyuter» o‘rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya PTning tarkibiy 
qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan 
zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. AT insoniyat taraqqiyotining 
turli bosqichlarida ham mavjud bo‘lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan 
jamiyatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi 


27
marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, 
xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan 
xarajatlardan ortiq bo‘ldi, ya’ni AT barcha mavjud texnologiyalar va 
xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o‘rin egallamoqda. ATning 
rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ikkita 
axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning 
paydo bo‘lishi bilan ro‘y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi 
bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM)
ning paydo bo‘lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, 
axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. 
Shu bois yaqin kelajakda respublikamizdagi mavjud barcha o‘quv yurtlarini 
dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta’minlash muammosi paydo bo‘ldi. 
Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini 
tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug‘iladi va u o‘qituvchining yaqin 
ko‘makdoshiga aylanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga ZPTlarni qo‘llash avvalo 
pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirishni 
talab etadi. Chunki bularni amalga oshirmay turib qo‘llangan har qanday 
PT kutilgan samarani bermaydi. Bu ikki jarayon asosidagi PT avtoritar 
texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, PJda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim 
oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, 
ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va 
psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining 
subyekt sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining 
subyekt - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi. Umuman, PT o‘quv jarayoni 
va uning ishtirokchilari bilan bog‘liq barcha maqsadli sa’y-harakatlar 
yig‘indisini anglatishi lozim. 
Hozirgi kunda uning mavjud ta’riflari juda ko‘p va xilma-xildir: 1. 
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar 
va yo‘llar yig‘indisi (Izohli lug‘at). 2. Texnologiya – ishlov berish, 
ahvolni o‘zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig‘indisi 
(V.M.Shepel). 3. PT – o‘qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, 
usullari, yo‘llari tarbiyaviy vositalarning maxsus yig‘indisi va komponovkasi 
(joylashuvi)ni belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi; 
u PJning tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachyov). 4. PT – 
o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni 


28
kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir 
(V.P.Bespalko). 5. PT – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish 
jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov). 6. Ta’lim texnologiyasi – didaktik tizimning 
tarkibiy jarayonli qismi (M.Choshanov). 7. PT – o‘quv jarayonining 
o‘quvchilar va o‘qituvchi uchun so‘zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni 
loyihalash, tashkil qilish va o‘tkazish bo‘yicha hamma detallari o‘ylab 
chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov). 8. PT – 
texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda 
ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni 
o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llash va aniqlashning 
tizimli metodi bo‘lib, ta’limni modernizatsiyalashda harakatlantiruvchi 
kuchdir (YUNESKO). 9. PT – pedagogik maqsadlarga erishish uchun 
foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali va metodologik vositalarning 
tizimli yig‘indisini va ularni amal qilish tartibini bildiradi (M.V.Klarin). 
10. PT, bu – so‘zsiz rioya qilish evaziga eng yuqori natijani kafolatlaydigan 
ko‘rsatmalar emas, balki qonuniyatlar bo‘lib, ularning amaliy ahamiyatidan 
iborat (V.Y.Pityukov). 11. PT – bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga 
singdirish, boshqacha qilib aytganda, PJni muayyan bir tizimga keltirishdir 
(T.Sakomoto). 12. PTning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan 
o‘zlashtirish darajasiga erishishdan iborat bo‘lib, uni tatbiq etishni hisobga 
olgan holda ta’lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo‘ladi 
(U.Nishonaliyev). 13. PT – bu o‘qituvchi (tarbiyachi)ning o‘qitish (tarbiya) 
vositalari yordamida o‘quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-
ketlikda ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan 
belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir (N.Sayidahmedov). 14. 
PT – bu jamiyat ehtiyojidan kelib chiqib, shaxsning oldindan belgilangan 
sifatlarini samarali shakllantiruvchi va aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv 
jarayonini tizim sifatida qarab, uni tashkil etuvchilar, ya’ni o‘qituvchi 
(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma’lum bir 
sharoitda muayyan ketma-ketlikda ko‘rsatilgan ta’sirini va ta’lim natijasini 
nazorat jarayonida baholab beruvchi texnologiyalashgan ta’limiy tadbirdir 
(B.G‘.Ziyomuhamedov). 15. PT bu – obyektiv, moddiy jarayon. Agar biz 
o‘quv-tarbiya jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini 
ajrata olsak, shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega 
bo‘lamiz (V.K. Dyachenko). 16. PT – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha 


29
(innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik 
tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika 
sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi 
hisoblanadi (B.L.Farberman). 17. PT – turli mualliflar (manbalar)ning barcha 
ta’riflari mazmunini o‘zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat
(G.K. Selevko). 
“Texnologiya” tushunchasi keng ma’noda insonning barcha antropogen 
faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. 
Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, 
kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va 
chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik mehnati va metod, 
usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu kungacha 
cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun 
va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib qoldi. PJlar uchun tatbiq qilinuvchi 
texnologiyaning an’anaviy va noan’anaviy, tarixiy, mumtoz, yangi va 
zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta’lim va 
tarbiyasi hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy 
faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nomlanishidan qat’iy nazar, PT 
komil inson tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.

Download 0,86 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish