36
PTning barcha tamoyillari o‘zaro aloqadorlikda va bir-birini taqozo
etgan holda amal qiladi.
PTning o‘qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o‘qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli
sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs
sifatlarini shakllantirish
jarayoni desa bo‘ladi.
PT amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma’lum pedagogik
tizimning loyihasi hisoblanadi.
PT – ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi PT,
axborot
texnologiyasi, yangi tajriba, novator o‘qituvchilar tajribasi, ta’lim
metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab olishi bilan
birgalikda ta’lim jarayonida oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishning yo‘li,
o‘ziga xos instrumentariysi sanaladi.
Demak, PT didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi
maqsadga erishish yo‘li.
PT va o‘qitish texnologiyasi o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan birga farq
qiluvchi tomonlari ham mavjud.
PT ta’lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab oluvchi
yaxlit tizim bo‘lsa, o‘qitish texnologiyasi ma’lum
fanlarni hozirgi
didaktik talablar asosida o‘qitishning yaxlit tizimini tashkil qilad i.
Ularning o‘zaro bog‘liqligi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim
standartlarida o‘z ifodasini topgan.
1. Yangi PTning metodik asoslari davlat ta’lim standartlari
hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o‘quvchi) egallashi
lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim,
ko‘nikma va malakalar DTS talablaridan past bo‘lmasligi kerak.
2. PT va o‘qitish texnologiyalarining maqsadi ijodiy tafakkur sohibini
yetishtirishdan iborat. Bu maqsad – davlat ta’lim standartlarining bosh
talabidir. Ta’lim jarayonidagi har bir texnologiya,
berilgan topshiriqlar
o‘quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday
vaziyat yaratish kerakki, o‘quvchi (talaba) o‘z xohishi bilan izlansin,
tafakkurini rivojlantirsin, intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg‘onsin.
3. Har bir mashg‘ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtning
20-25% ini egallasin, o‘quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi
37
esa vaqtning 70-80% miqdoriga to‘g‘ri kelsin. O‘quvchi ko‘proq amaliy
bilimlarni egallasin va undan nazariy xulosalar chiqara olsin.
4. O‘qitish texnologiyasida bilim berish, bilim
olish usulini tanlash va
o‘rganishga katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida
amalga oshishini ta’minlash.
5. O‘qitish usuli-texnologiyasi yangi PTning asosi hisoblanadi.
6. Ta’lim jarayonida darslarni bahs-munozara, seminar, o‘yinlar,
disputlar, quvnoqlar va zukkolar musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan
vaziyatlar shaklida tashkil etish, ya’ni ta’limda tabaqalashtirilgan
yondashuvni amalga oshirish lozim.
7. Ta’lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib,
rivojlantirib borish asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi PT va
o‘qitish texnologiyalarining uzviyligini ta’minlovchi - lokal (bitta yo‘nalish)
holatining samara berishiga olib keladi.
Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta’limni
texnologiyalashtirish
oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan.
Har bir dars ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi
maqsadlarni ko‘zda tutib amalga oshiriladi.
O‘quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati,
boshqarish faoliyati
kabi o‘ziga xos texnologik vazifalar mavjud:
1. Motivatsiya - o‘quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg‘u-istak,
zaruratni shakllantirishdir. O‘quv jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi uchun
ham asosiy harakatlantiruvchi kuch – ichki motivatsiya bo‘lishi kerak.
2. Bilish faoliyatida e’tiborni asosan quyidagilarga qarata borish
kerak: o‘quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta
o‘zlashtirish
istagini paydo qilish, zarur malaka va ko‘nikmalarni hosil
qilishga moyillik tug‘dirish, tafakkur rivojiga jiddiy e’tibor qaratish va h.k.
Boshqarish faoliyatining vazifalari berilayotgan bilim, ko‘nikma va
malakalar tizimini tashkil etish bilan bog‘liqdir. Darsda qo‘lllanilayotgan
texnologiyalarga ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho
beriladi.
Pedagogik innovatsiya – ta’limga yangiliklarni kiritishdir. Boshqarishda
pedagogik innovatsiyaga rioya qilish zarur.
PT esa dinamik jarayonlarning in’ikosi sifatida rivojlanadi,
takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi.