42
ravishda o‘zlashtirish, harakatning yangi zamonaviy usullarini topish va
tashabbus ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Tadqiqiy–ijodiy yondashuvda pedagog talabaning o‘quv
faoliyatiga
rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, shaxsiy tashabbusini qo‘llab-
quvvatlab, u bilan hamkorlik qiladi hamda uning fikr va qiziqishlarini
doimo nazarda tutadi. Pedagogning talaba shaxsiga bo‘lgan munosabati,
ularga muhabbati va jon koyitishi, yuksak ishonchi, o‘zaro hamkorlikning
vujudga kelishi, muloqot madaniyatining yuqori darajada bo‘lishi,
tahsil
olish jarayonida talabalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan voz kechish va
aksincha, ijobiy rag‘batlantirishning ustunligi tufayli ko‘zlangan maqsadga
erishish, talabalar faoliyatida uchraydigan kamchiliklarga chidamli bo‘lish,
ularni bartaraf etishning eng samarali yo‘llarini qo‘llashda namoyon bo‘ladi.
Ushbu yondashuv bo‘yicha PT variantlari ishlab chiqilgan. Tadqiqiy-ijodiy
yondashuvning ta’lim tizimida o‘z o‘rni bor va u o‘z joyida qo‘llanishi
lozim.
Izlanuvchan yondashuv. Bu yondashuvdagi maqsad
talabalarda
muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani mustaqil
o‘zlashtirish, ta’sir etishning yangi yo‘llarini
yaratish qobiliyatlarini,
shaxsiy
idrokni rivojlantirishdan iboratdir.
Izlanuvchan ta’lim andozasida ta’lim mazmuni tabiat va jamiyat bilan
uzviy o‘zaro ta’sirdagi shaxsni tadqiqotchilik yo‘liga boshlash, uning jadal
ijodiy faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, pedagog ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqarishda
demokratik, rag‘batlantiruvchi yo‘l tutadi, ularning shaxsiy tugallanmagan
tajribani mustaqil o‘zlashtirish,
xatti-harakati, harakatning yangi yo‘llarini
yaratish
qobiliyatlarini, shaxsiy ma’no kasb etishini rivojlantirish yo‘lini
tutadi. Izlanuvchan ta’lim andozasining ta’lim mazmuni, tabiat va jamiyat
bilan o‘zaro ta’siri shaxsni tadqiqotchilik yo‘liga boshlashi uning jadal ijodiy
faoliyati xarakteri bilan bog‘liq.
Pedagog ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatini boshqarishda ijodiy
yo‘l tutadi, talabalarning o‘quv faoliyatining
operativ-texnik jihatlarini
o‘zlashtirishga qadar uning ahamiyati va rag‘batlarini birinchi o‘ringa olib
chiqadi. Bugungi kunga qadar o‘qitishda izlanuvchan yondashuvni o‘z
ichiga oluvchi PT ko‘rinishlari ishlab chiqilgan.