O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

EHM tarmoqlari. Hozirgi vaqtda bilimlarning barcha sohalarida EHM 
yoki kompyuter (lokal yoki global) tarmoqlari keng tarqalgan. EHM lokal 
tarmoqlari uncha katta bo‘lmagan fazoda amalga oshiriladi va axborot 
xizmati turli tarmoqlarining integratori bo‘ladi. Ular tashkilotlardagi barcha 
AT vositalarini birlashtiradi hamda ularning samaradorligini oshiradi. EHM 
global tarmoqlari esa, axborotni katta masofalarga uzatilishini amalga 
oshirish imkonini beradi.
Yo‘ldoshli aloqa tizimlari. Ko‘plab yer ustidagi stansiyalarni va 
yer sun’iy yo‘ldoshidagi retrenslyatorlarni o‘z ichiga oladi. Bugungi 
kunga kelib, bu tizimlar kompyuterlar orasidagi aloqani amalga oshirish 
uchun ma’lumotlar to‘plash hamda televideniye dasturini uzatish uchun 
ishlatilmoqda.
Sun’iy intellekt tizimlari. Sun’iy intellekt elementli AKTning 
boshqalaridan farqi shundaki, oddiy AKTlari faqat statistik ma’lumotlarni, 


64
sun’iy intellekt tizimlari esa bilimlarni ishlab chiqadi. Informatikaning 
alohida yo‘nalishi – sun’iy intellektdir. Odam aqliy faoliyatining ba’zi 
turlarini amalga oshiruvchi dasturli – texnika vositalari ishlab chiqilmoqda.
Elektron pochta – korrespondensiyalar almashishi uchun pochtaga 
o‘xshash axborot uzatish va ishlab chiqishning elektron usullaridan 
foydalanish, ya’ni bosma materiallar, jadvallar va jurnallarni uzatish hamda 
elektron pochta yoki qog‘ozsiz pochta aloqalari xizmatidan iborat bo‘lib, 
u xabarlarni to‘plash, ishlab chiqish va taqdim etish hamda ma’lumotlarni 
uzatish tarmoqlari tizimi.
Elektron pochta asosida aholiga elektron gazeta va jurnallar kabi 
axborot xizmati ko‘rsatish amalga oshiriladi. So‘nggi yillarda jahon bozorida 
elektron nashrlar borgan sari ko‘p o‘rin egallamoqda. Bu jarayon kompakt 
optik disklar keng tarqalishi bilan tezlashdi.
Telekonferensiyalar zamonaviy axborot texnologiyalarning amalga 
oshirilishiga misol bo‘la oladi. Telekonferensiyalarni o‘tkazish uchun 
quyidagi apparaturalardan foydalaniladi: terminallar, televezion kameralar, 
grafik displeylar, katta ekranlar. Shuningdek, telekonferensiyalar orqali 
dolzarb masalalar muhokamasini tezkorlik bilan tashkil etish, muhokama 
uchun istalgan rasmli materiallardan foydalanish, dolzarb masalalarni 
muhokama qilishda ishtirok etuvchi mutaxassislar doirasini kengaytirish, 
xalqaro ma’lumotlar banklaridagi istalgan axborotdan foydalanish kabi 
imkoniyatlar yuzaga keladi. 
O‘qitishning zamonaviy AT talabaning emas, u eng avvalo, o‘qituvchi 
(pedagog)ning texnologiyasidir. Talaba zamonaviy axborot texnologiyasini 
o‘rganmaydi, balki uning mahsulotidan o‘qitishning texnik vositasi 
sifatida foydalanadi. O‘qituvchi (pedagog) zamonaviy texnologiyalarni 
qo‘llab darsga tayyorlanadi, darsni tashkil qiladi, talabalar bilimini 
nazorat qiladi va uning vazifasi ta’lim mazmunini takomillashtirish uchun 
kompyuterlashtirishning eng yuqori darajasidagi ATni ta’lim jarayoniga olib 
kirishdan iborat bo‘ladi.
AT, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida 
ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlashni rivojlantirish omillari 
kompyuterlashtirishning har ikkala yo‘nalishini ham rivojlantirib borish 
zaruriyatiga bog‘lanadi. Buning uchun shu sohada qabul qilingan me’yoriy-


65
huquqiy hujjatlarga asoslangan holda uzluksiz ta’lim tizimining hamma 
bosqichlarida «kompyuterlashtirishning konsepsiyasi» yaratilishi lozim.
Kompyuterli texnologiyalar dasturli o‘qitish g‘oyalarini rivojlantiradi, 
zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari 
bilan bog‘liq ta’limning hali tadqiq qilinmagan yangi texnologik variantlarini 
ochadi. Ta’limning kompyuterli (yangi axborot) texnologiyalari – axborotni 
tayyorlash va uni ta’lim oluvchiga uzatish jarayoni bo‘lib, uning amalga 
oshirish vositasi kompyuter hisoblanadi. Ta’limning kompyuterli (yangi 
axborot) texnologiyalari:
– talabalarda axborot bilan ishlash mahoratini shakllantirish, ularning 
kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirish, «axborotli jamiyat» shaxsini 
tayyorlash, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish imkoni darajasidagi va yetarli 
miqdorda axborot bilan ta’minlash, talabalarda tadqiqotchilik mahoratini, 
optimal qarorlar qabul qilish qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirish 
imkoniyatlarini yaratadi.
Kompyuterli texnologiya mazmuni bir qancha shakllantirilgan 
modelni qo‘llashga asoslangan bo‘lib, bu model kompyuter xotirasiga yozib 
qo‘yilgan pedagogik dasturli vositalar va telekommunikatsiya tarmog‘ining 
imkoniyatlari orqali namoyon bo‘ladi.
ATdan faqat o‘quv jarayonida emas, balki uzluksiz ta’lim tizimida 
faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarni ilmiy-texnik va maxsus axborot bilan 
ta’minlaydigan axborot ishida, ta’lim tizimini boshqarishda va kadrlarning 
malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash tizimida ham foydalanish 
mumkin.
Rivojlangan mamlakatlarda ATni ta’limga joriy etishda ularning texnik 
vositalarini integratsiyalash asosiy yo‘nalish bo‘lmoqda. Shu munosabat 
bilan, hatto «multimedia» tushunchasi paydo bo‘ldiki, u o‘qitishda ko‘pchilik 
texnik vositalardan kompleks foydalanishni bildiradi. Multimediani 
qo‘llagan holda eng muhim narsa o‘quvchi-talabalarni kerakli axborotni 
tanlab olishga o‘rgatishdan iborat bo‘ladi. O‘qituvchi (pedagog)ning vazifasi 
axborotni berishdan iborat emas, balki uni topishda yordam berishidan, 
Bilimlarni egallashda yo‘l ko‘rsatishdan iborat.
Bu kabi o‘qitish vositalari kompleksidan foydalanilgan holda talabaga 
ta’sir ko‘rsatish birgina axborot kanallari (ko‘rish, eshitish va h.k.) orqali 
amalga oshiriladi. Bu esa ta’lim samaradorligini oshiradi.


66
Ta’lim jarayonida ATdan foydalanilganda o‘quvchi-talabalarning 
bilish faoliyatini tashkil etish shakllarini tiklash muammosi yangicha 
hal etilishi lozim. Agar an’anaviy ta’lim sharoitlarida bilish faoliyatini 
tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakllari individual va frontal shakllar 
bo‘ladigan bo‘lsa, ATdan foydalanish sharoitida ularning ikkalasidan bir 
vaqtda foydalanish mumkin. Shuningdek, ta’lim jarayoniga ATning joriy 
etilishi o‘qituvchi (pedagog) vazifasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, ya’ni 
pedagog ta’lim-tarbiya berishdan ko‘ra ko‘proq tadqiqotchi, tashkilotchi, 
maslahatchi va dasturlovchiga aylana boradi. Bularning hammasi o‘qituvchi 
(pedagog)larni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini o‘zgartirishni 
talab qiladi. Tadqiqotchilar ta’kidlaganidek, o‘qituvchi (pedagog)larning 
axborot madaniyati asoslari metodologik, umumta’limiy, umummadaniy 
xarakterda bo‘lib, pedagog xodimlarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish jarayonida barcha o‘quv fanlari kompleksini o‘rganishda 
shakllanishi lozim.
Keyingi yillarda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarini AT bilan jihozlash, 
ta’lim tizimi mazmuni, uni tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish 
borasida katta ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. 
Ma’lumki, o‘qituvchi (pedagog)larning an’anaviy o‘qitish usulida 
laboratoriya va amaliy ishlar o‘tkazilishiga ko‘p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis 
tayyorlashning juda muhim tarkibiy qismidir. U nafaqat talabaning nazariy 
bilimlarini mustahkamlash va o‘quv materialini o‘zlashtirish samarasini 
oshirishga, balki muayyan sohada amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga ham 
ko‘mak beradi. Biroq bunday mashg‘ulotlar to‘laqonli natija bermaydi. 
Chunki laboratoriya jihozlari yetarli darajada emasligi hamda ko‘pgina 
laboratoriya va o‘quv xonalari zamonaviy moslama va uskunalar bilan 
jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati eskirib qolganligi va 
bugungi kun talablariga to‘liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar 
tez sur’atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg‘ulotlar uchun 
laboratoriya va stendlarni har bir o‘quv yilida takomillashtirish talab 
etiladi. Buning uchun esa qo‘shimcha sarf-xarajatlar qilish kerak. Boshqa 
yana bir muhim omil shundaki, ba’zi laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki 
jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt ichida ta’lim oluvchilar takror 
tahlil yoki sinovlar o‘tkazishga qiynalishadi. Holbuki, ma’lum bir sohada 
yetarlicha ish ko‘nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy mashg‘ulotlarni 


67
qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, an’anaviy ish olib borish sharoitida 
laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va 
shu bilan bog‘liq ashyolarga qo‘shimcha sarflar qilinishi bois har doim ham 
bunday qilinavermaydi.
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutaxassis kadrlarini 
tayyorlash uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi, 
samarali, hammabop pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug‘ildi. Buning 
uchun laboratoriya stendlari va o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar barcha 
talabalar uchun nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo‘lishiga erishishi 
lozim. Mashg‘ulotlar o‘ziga jalb etishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni 
hisobga olishi, jarayonlarni jo‘shqin tarzda namoyon etishi, mashg‘ulotlar 
o‘tkazish va o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish, umuman, butun o‘qitish 
samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o‘ziga-o‘zi baho berish 
imkonini ta’minlashi zarur. Aynan shu nuqtayi nazardan zamonaviy ATning 
tatbiq etilishi yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni maqbul tarzda hal qilish 
va an’anaviy o‘qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf etishga 
ko‘mak beradi.
Bugungi kunga kelib, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida virtual 
stendlardan muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xo‘sh, virtual stend deganda 
nimani tushunamiz? 

Download 0,86 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish