• 1. Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni
  • 1. Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni




    Download 471,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi471,43 Kb.
    #243090
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6 semestr 2 mavzu



    Mavzu. INTERNET TARMOG‘IDA MARKETING TADQIQOTLARI O‘TKAZIShNI 
    TAShKIL ETISH
     
    1.
     
    Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni
    2.
     
    Marketing qarorlarini tadqiq qilishda umumjahon o‘rgimchak to‘ri axborotlaridan 
    foydalanish
    3.
     
    Internetda tadqiqotlar turlari va ularni tasniflanishi
    4.
     
    Internetda mijozlar hatti – harakatini o‘rganish
    5.
     
    Internet va elektron pochta xizmati 
     
    1. Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni
    Internet inglizcha -“Internet” – umumjahon kompyuter tarmoqlarining birlashgan tizimi 
    deb nomlanadi. U ma’lumotlar paketiga yo‘naltirilgan IP protokolidan foydalanuvchi qurilmadan 
    iborat. Internetning paydo bo‘lishi va rivojlanishi ko‘plab yondosh va turdosh sohalar yutuqlari 
    bilan uzviy bog‘liq. Bu tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi, operatsion tizimlarning 
    takomillashuvi, dasturlash tillarining rivojlanishi va hokazolardan iborat. Qirq yildan ortiq 
    rivojlanish tarixi davomida Internet ko‘plab hodisalarni boshidan kechirdi. Ularning asosiylari 
    haqida quyida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Global tarmoqning vujudga kelishi. Internetning Vatani 
    AQSh hisoblanadi. U o‘tgan asrning oltmishinchi yillari oxirida ARPANET (Advanced Research 
    Project Agency Network) paketlar kommutatsiyasi tarmoq loyihasidan kelib chiqqan. Dastlab 
    Internet bir-biridan uzoqlikda joylashgan kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatish maqsadida ishlab 
    chiqilgan hamda axborot saqlash va tarqatishning ko‘plab muqobil yo‘llariga ega 
    markazlashmagan hududiy taqsimlangan tarmoq sifatida ko‘zda tutilgan. Bu AQSh Mudofaa 
    vazirligi kompyuterlari o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatishi, harbiy harakatlar, masalan, atom 
    bombasi portlashi natijasida ham tarmoqning ishdan chiqmasligini ta’minlashi taxmin qilingan. 
    World Wide Web. Biznesning, xususan, elektron tijoratning rivojlanish nuqtai nazaridan Internet 
    tarixidagi eng muhim hodisalardan biri, gipermatnli texnologiyaga asoslangan «jahon o‘rgimchak 
    to‘ri» – World Wide Web (WWW) muhitini yaratish hisoblanadi. World Wide Web tarixi 1989 
    yilning mart oyida boshlangan bo‘lib, bunda Tim Berns Li (Tim Bernes Lee) yuqori energiyalar 
    fizikasi sohasida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish uchun telekommunkatsiya muhit loyihasi bilan 
    chiqdi. 1991 yilda esa Shveysariyada joylashgan Yevropa amaliy fizika laboratoriyasi (CERN) 
    butun dunyoga World Wide Web yangi global axborot muhitining yaratilgani haqida xabar qildi. 
    Hujjatlarni formatlash uchun vositalar to‘plamini ifodalovchi gipermatnli til (Hypertext Markup 
    Language, HTM ) yordamida WWW to‘ri Internetda matn, tasvir va ovoz shaklida mavjud bo‘lgan 
    ulkan hajmli barcha axborotlarni bir qilib bog‘ladi. WWW va web-sahifalarni ko‘rib chiqish uchun 
    dasturlar – brauzerlarning paydo bo‘lishi Internetdan foydalanuvchilarga ular ilgari MS Windows 
    turidagi grafik «qobiq»lar bilan ishlash davomida olgan tajriba va ko‘nikmalaridan foydalanish 
    imkonini berdi. Bunda tasvir, matn va boshqa shakldagi axborotlarni bitta hujjatga joylashtirish 
    shart bo‘lmay qoldi. Hujjatning tarkibiy qismlari, shuningdek, uning bo‘limlari turli web-
    serverlarda saqlanishi, hujjat tuzilmasida joylashtirilgan URL-ko‘rsatkichlar yordamida esa 
    bog‘lanishi va gipermatnli hujjatni tashkil qilishi mumkin. Marketing tadqiqotlari zamonaviy 
    korxonalar marketing axborot tizimining asosiy vositalaridan birini ifodalaydi. Bozorni tadqiq 
    etish, iste’molchi did-istaklarini tahlil qilish, sotuvni bashorat qilish, reklama samaradorligini 
    baholash kabi ko‘plab vazifalar faqat ular yordamidagina hal etilishi mumkin. Internet barcha 
    bilimlar sohasida ulkan hajmdagi axborotlarni qamrab olgan, jahondagi yetakchi kompaniyalar va 
    iste’molchilarning keng qatlamlarini aks ettiruvchi o‘ziga xos muhit sifatida marketing 
    tadqiqotlarini o‘tkazish uchun samarali foydalanilishi mumkin. Yuqoridagi boblarda 
    ta’kidlaganimizdek, marketing tadqiqoti bu kompaniyaning tijorat faoliyatida operativ va strategik 
    qarorlar qabul qilish uchun axborot izlash, to‘plash, qayta ishlash va tayyorlash jarayonidir. 
    Internetda marketing tadqiqotlari o‘tkazishni an’anaviy tadqiqotlardan ajratib turuvchi 
    asosiy farqlar axborot to‘plash usullari va ma’lumot manbalari hisoblanadi. Ma’lumot manbalari 


    Tadqiqot rejasi birlamchi va ikkilamchi ma’lumotlardan foydalanishni ko‘zda tutishi mumkin. 
    Birlamchi ma’lumotlar mazkur loyihani amalga oshirishda muayyan maqsadda to‘planadi. 
    Ikkilamchi ma’lumotlar esa boshqa maqsadlar uchun olingan, ma’lum bir shakldagi axborotlar 
    hisoblanadi. Odatda, tadqiqotlar vazifani to‘liq yoki qisman hal qilish uchun to‘g‘ri keluvchi 
    hamda birlamchi ma’lumotlar to‘plash uchun xarajatlarni qisqartirishga imkon beruvchi 
    ikkilamchi ma’lumotlar tahlilidan boshlanadi. Ikkilamchi ma’lumotlarning asosiy manbalari 
    quyidagilardan iborat:

    korxona faoliyati haqidagi ichki ma’lumotlar;

    Internet orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Bu holatda web-sahifa va web-
    saytlar, ma’lumotlar to‘plami, telekonferensiya va fayl serverlari manba vazifasini bajarishi 
    mumkin. Vazifalar qo’yish va maqsadlarni bеlgilash Tadqiqot rеjasini ishlab chiqish
    Axborot to’plash Axborotni tahlil qilish Tadqiqot natijalarini taqdim etish
    Zarur ma’lumotlarni ikkilamchi ma’lumotlar tarkibidan topishning imkoni bo‘lmagan yoki 
    bu ma’lumotlar to‘liq, aniq va yetarli darajada ishonchli bo‘lmagan yoki eskirib qolgan hollarda 
    birlamchi ma’lmotlarni to‘plashga to‘g‘ri keladi. Birlamchi ma’lumot to‘plashning asosiy usullari 
    so‘rovlar, kuzatuv usuli va eksperimentlar o‘tkazish hisoblanadi. Internetda ma’lumot to‘plash 
    usullari Ma’lumot to‘plashda foydalaniluvchi usullar o‘tkazilayotgan tadqiqot turiga qarab ikki xil 
    – birlamchi yoki ikkilamchi usullarga taqsimlanadi. Ikkilamchi marketing tadqiqotlari o‘tkazishda 
    birinchi o‘ringa Internetda zarur axborotlarni qidirish usullari chiqadi. Bugungi kunda asosiy 
    qidiruv vositalari qidiruv tizimlari va kataloglar hisoblanadi. Bir qator hollarda, ulardan 
    foydalanish yetarlicha samara bermagan sharoitlarda tematik saytlar, «sariq sahifalar» va boshqa 
    resurslar bo‘yicha «qo‘lda qidirish» amalga oshiriladi. Birlamchi axborot to‘plashda ma’lumot 
    to‘plashning asosiy usuli sifatida Internet-so‘rovlari, kuzatuv va eksperimentlar xizmat qiladi.
    1. Internet-so‘rovlar o‘tkazishning eng tarqalgan usuli anketa so‘rovlari hisoblanadi. 
    Anketa respondentlar fikrini bilish uchun kiritilgan bir qator savollardan iborat bo‘ladi. Bu vosita 
    moslashuvchanligi va universalligi bilan ajralib turishi sababli u birlamchi ma’lumotlar 
    to‘plashning eng tarqalgan vositasi sanaladi. An’anaviy anketa so‘rovlari o‘tkazishda bo‘lgani 
    kabi, har bir Internettadqiqoti o‘tkazishdan avval anketada foydalaniluvchi savollarni puxta ishlab 
    chiqish va sinovdan o‘tkazish zarur. Bu ishga noprofessional yondashuv voqelikni buzib 
    ko‘rsatishga yoki olingan natijalar noto‘g‘ri talqin qilinishi olib kelishi mumkin.
    2. Kuzatuv usuli biror-bir ob’ekt yoki sub’ektning xulq-atvori muntazam ravishda 
    o‘rganiluvchi marketing tadqiqotlari shaklini ifodalaydi. So‘rov usulidan farqli o‘laroq kuzatuv 
    usuli kuzatilayotgan ob’ektning axborot haqida xabar qilishga tayyor ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi 
    hamda uning xulq-atvori bilan bog‘liq voqea va hodisalar haqidagi ma’lumotlarni ochiq yoki 
    yashirin to‘plash va qayd etish jarayoni hisoblanadi. Kuzatuv predmeti, masalan, xaridorlar xulq-
    atvori yoki tavsifnomalari bo‘lishi mumkin.
    Bu usulga o‘z web-serveri yordamida firmalar tomonidan o‘tkaziluvchi marketing 
    tadqiqotlari kiradi. Bu usul web-serverning jurnal fayllaridan (log files) yoki cookie fayllarini 
    qo‘llash asosidagi texnologiyalardan foydalangan holda olinuvchi ma’lumotlarni to‘plash va tahlil 
    qilishdan iborat. Bu ma’lumotlar tashrif buyuruvchilarning xulq-atvoriga, ularning sahifalar 
    bo‘ylab harakatlanish ketmaketligiga yoki web-serverga tashrif buyurish tezligiga taalluqli 
    bo‘lishi mumkin. Saytda qidiruv tizimi joylashtirilgan hollarda foydalanuvchilar kirituvchi 
    so‘rovlar ham qo‘shimcha ravishda to‘planishi va tahlil qilnishi mumkin. Serverga tashrif buyurish 
    statistikasi tahlili imkoniyatlari eng samarali marketing vositalaridan biri sanaladi. 
    Respondentlarning faol ishtirok etishini talab qiluvchi so‘rov o‘tkazishdan farqli o‘laroq, statistika 
    tahlili foydalanuvchilarni faol harakatga jalb etmasdan turib qimmatli axborot to‘plashga imkon 
    beradi. 
    3. Eksperiment usuli ilmiy nuqtai nazardan eng jiddiy usul bo‘lib, sabab-oqibat aloqalarini 
    aniqlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Eksperiment ob’ektlari maxsus tanlab olinishi hamda 
    ularning reaksiyasi o‘rtasida statistik ahamiyatga ega farqlarni aniqlash uchun tashqi muhitni 
    nazorat qilgan holda rejalashtirilgan ta’sirga uchratilishi lozim. Ishga aloqasi bo‘lmagan tashqi 
    omillar nazorat ostiga olingan darajada kuzatilayotgan samaralar eksperiment olib boruvchilarning 


    ob’ektga ta’siriga kiritilishi mumkin. Shu tariqa voqea-hodisalar o‘rtasida aniqlanuvchi aloqalar 
    sabab-oqibat aloqalari, eksperiment maqsadlari esa erishilgan deb hisoblanishi mumkin.

    Download 471,43 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 471,43 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Internetning rivojlanishi va marketing tadqiqotlaridagi o‘rni

    Download 471,43 Kb.
    Pdf ko'rish