• 4. Marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlil usullarini taqqoslash
  • Shkalalashtirish usullarini qiyoslash




    Download 471,43 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/6
    Sana18.05.2024
    Hajmi471,43 Kb.
    #243090
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    6 semestr 2 mavzu

    3. Shkalalashtirish usullarini qiyoslash 
    Yuqoridagi bo‘limda biz shkalalashtirishning to‘rtta usullarini ko‘rib chiqdik. Ya’ni, 
    nominal, tartibli, intervalli va nisbiy usullardir. Ushbu usllurga tegishli o‘lchov birliklari va qiymat 
    darajasi orqali qiyoslanadi va taqqoslash darajalari belgilanadi. 
    Masalan, yuqoridagi misollardan birini qarasak, respondentlardan so‘raladi: Coke yoki Pepsi 
    istaysizmi?!. Bu taqqoslama shkala tartibli va rangli xususiyatlarga ega bo‘lib, nisbiylik darajani 
    anglatadi. Shuning uchun, taqqoslama shkalalashtirishni ba’zan o‘lchovsizlik deb ham atashadi. 
    Demak, Taqqoslanadigan shkalalar ob’ektlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qiyoslash usullarining biridir. 
    Taqqoslama shkalalashtirishning asosiy afzalliklari shundan iboratki, ko‘rinarko‘rinmas farqlarni 
    ajratib beradi. Ikki ob’ektni taqqoslashda respondentlar ikkalasidan birini tanlaydilar. Undan 
    tashqari respondentlar berilgan ballar asosida moyillik vazifasini bajaradilar. Shuning uchun 
    taqqoslama shkalalashtirishni qo‘llash va qabul qilishni izlanuvchilar e’tirof etadilar. Yana boshqa 
    afzalligi ushbu shkalalashtirishning shundaki, nazariy qo‘llanmalarning ishlatish ehtimoli kam va 
    tanlash huquqi respondentlar uchun oson kechadi. Taqqoslama shkalalashtirishning birgina 
    kamchiligi, ularning tartibli tabiatidadir. Ya’ni, o‘rganilayotgan ma’lum ob’ektlar sonining tahlil 
    xossalari chegaralangan. Masalan, RC Colani Coke va Pepsilar bilan taqqoslashda yangi tadqiqot 
    ishlarini olib borish lozim. Ushbu kamchiliklarni ma’lum bir darajada taqqoslanmaydigan 
    shkalalashtirish usullari orqali bartaraf etishadi. Taqqoslanmaydigan shkalalashtirish uslubi – 
    (noncomparative scales) yuqoridagi ikki usuldan biri bo‘lib uning asosiy hususiyati har bir 
    ob’ektning mustaqil baholash orqali aniqlanadi. 
    Shuningdek, taqqoslanmaydigan shkalalashtirish jarayonida olingan ma’lumotlar uzluksiz 
    reyting yoki intervalli shkalalashtirish asosida bajariladi. Masalan, respondentlardan Coke 
    ichimligini 1 dan 6 gacha balli shkala bo‘yicha baholash so‘raladi. (1-judayam yoqmaydi, 6-juda 
    yoqadi).
    Shkalalashtirish uslublari Taqqoslanadigan shkalalashtirish Juftli taqqoslash Tartibli 
    taqqoslash Doimiy summali Uzluksiz reyting shkalalashtirish Taqqoslanmaydigan shkalalashtirish 
    Detallasht irilgan shkalalash tirish RC Cola ichimliklari ham baholanadi. Bunda 8.3-rasmga 
    asosan taqqoslanmaydigan shkalalashtirish usuli bo‘yicha shkalalalr uzluksiz yoki 
    detallashtirilgan bo‘lishi mumkin. Detallashtirilgan reyting shkalasi bo‘yicha o‘z o‘rinda yuqorida 
    ta’kidlanganmizdek, quyidagi shkalalarga bo‘linadi: Laykerta (Likert), Semantik (mohiyatan) 
    tabaqalanish va Stepelya (Stapel) usullariga bo‘linadi. Marketing tadqiqotlarida ko‘pincha 
    taqqoslanmaydigan shkalalashtirish o‘lchovlarini qo‘llashadi.
    4. Marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlil usullarini taqqoslash 
    Iqtisodiy tahlilning an’anaviy usullari eng qadimgi usullar bo‘lib, ular tahlil vujudga kelgan 
    kundan boshlab qo‘llanilib kelinayotgan usullardir. Bularga qo‘yidagilar kiradi: solishtirish usuli; 
    muvozanat usuli (balans usuli); farqli usul; qayta hisoblash usuli; zanjirli almashtirish usuli; indeks 
    usuli; integral usul; nisbiy ko‘rsatkichli usul, teng taqsimlash usuli kabilardir. Bundan tashqari, 
    oldingi mavzularda ta’kidlanganidek, bir qancha statistik usullardan ham foydalaniladi. 

    Download 471,43 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 471,43 Kb.
    Pdf ko'rish