O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/48
Sana03.12.2023
Hajmi0,86 Mb.
#110554
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar Omonov

1. O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida 
o‘qituvchi (pedagog) ilm toliblarini o‘qitadi, talabalar esa faqat berilgan 


168
materialni o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‘qitish asosida 
esa talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan 
ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalari yordamida boshqalar 
bilan yaxshi muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat 
ta’limi olishini rag‘batlantiradi.
2. Mustaqil ta’lim olish imkoniyatining borligi. Masofaviy o‘qitish 
asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish 
bosqichlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan 
inspektorlar o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining 
darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim 
berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan 
ajralmagan holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni 
yaratib beradi. Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda muhim 
o‘rin tutadi.
 4. O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik 
ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish, 
ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, 
masofaviy o‘qitish asosida ta’lim olish oliy o‘quv yurti tomonidan qo‘yilgan 
chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan 
talabalarning boshqalardan ustunligi ularni eng yaxshi, sifatli materiallar 
va o‘qituvchi (pedagog)lar bilan ta’minlashdir. Ta’lim berish va boshqarish 
uslubiyotiga asoslangan holda o‘qituvchi (pedagog) auditoriyada o‘qitish 
shartlaridan xoli bo‘lishi kerak.

Download 0,86 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

Download 0,86 Mb.
Pdf ko'rish