167
etilmoqda. Bu o‘qitish usuli ta’lim talabiga asosan o‘quvchi-talabaning o‘z
ustida ishlashini tashkil etish, ko‘proq bilim olishga intilishi, kompyuter
bilan mustaqil ishlash va olgan bilimlaridan ijodiy foydalanishini ta’minlaydi
hamda olingan bilimlar maxsus o‘quv-uslubiy nashrlar, testlar bilan
tekshirilib, to‘ldirilishi mumkin.
ATning keng miqyosda joriy etilishi bilan masofaviy o‘qitishni bir
qator ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni yechishda ham joriy etish
mumkin. Ta’lim sohasiga bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishda
qulayliklar yaratish bilan respublikamizning malakali mutaxassislarga
bo‘lgan talabi ham qondiriladi. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy va
kasbiy faolliklarini oshirishga erishish mumkin. Xususiy tadbirkorlik bilan
mashg‘ul shaxslarning jamiyat hayotidagi faolligini mustahkamlab, ularning
dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladi. Bu esa oliy ta’lim tizimida yig‘ilgan
ilmiy yutuqlar, mutaxassis xodimlar va ularning ishtirokida yurtimizning
iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashdek ustuvor rejalarni amalga oshirish
vazifasini qo‘ymoqda.
Masofaviy ta’lim berish usuli respublikamiz sarhadlarini bosib o‘tib,
mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va jahon miqyosidagi yirik ta’lim markazlari
bilan muloqotda bo‘lib, ta’lim olishning yangi zamonaviy yaxlit ta’lim
imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi.
Masofaviy o‘qitish geografik jihatdan turlicha joylashgan ta’lim
muassasalari uchun mo‘ljallangan edi. Lekin zamonaviy axborotlar
va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi ta’lim-tarbiya
jarayonini uzoq masofadan turib amalga oshirishga yo‘l ochib berdi.
Natijada masofaviy o‘qitish uslubi asosida o‘qitish tez vaqt ichida oliy va
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘qitishda yangi uslublarni qo‘llashga yana
bir turtki bo‘ldi. Masofaviy o‘qitish bo‘yicha Xalqaro kengashning tahlillari
shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda jahon miqyosida 10 milliondan ortiq
talabalar shu uslub asosida ta’lim olishmoqda. AQSHda shu uslub asosida
o‘qitish maqsadida yangi o‘quv markazlari barpo etilmoqda hamda ular
milliy kadrlarni zamon talablari asosida tayyorlash va qayta tayyorlash
afzalliklariga egadir.
Masofaviy o‘qitishning quyidagi afzalliklari mavjud: