119
Bu kurslarning afzal jihatlari – inson omilini ishga solishga qaratilgan
bo‘lib, maxsus mablag‘lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara
so‘nib
qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda
sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan takror va takror samara
olinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya alohida
yirik yangiliklar yaratishga,
hosil bo‘lgan favqulodda holatlardan noan’anaviy chiqish yo‘llarini izlashga
ham qaratilganligi bilan farqlanadi. Bunday yo‘nalishdagi 50 dan ortiq
kurslar va seminarlar AQSHning yuzga yaqin
shaharlarida va dunyoning
boshqa mamlakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida tashkil etilgan va ular
muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu kurslarning tinglovchilari soni 60
ming nafar atrofidadir.
hamkorlik pedagogikasi. Mumtoz
pedagogik qarashlar nuqtayi
nazaridan o‘qituvchi – PJning subyekt, o‘quvchi
esa obyekti, deb
hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasida esa o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining
subyekt tarzida qaraladi. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchi PJning subyektlari
sifatida tenglashib, hamkorlik pedagogikasi jarayoni tashkil bo‘ladi. Ular
o‘zaro hamkor, hamfikr, hamdo‘st, hamijodkor, hamishtirokchi, hamdard
va hamboshqaruvchi tarzida faoliyat yuritadilar.
Hamkorlik munosabatlari o‘qituvchilar orasida, ma’muriyat bilan,
o‘quvchilar va o‘qituvchilar jamoalari bilan, rahbarlar, ota-onalar va keng
jamoatchilik orasida ham o‘rnatiladi.
Hamkorlik pedagogikasi o‘quvchining ta’lim-tarbiya olish
motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o‘quv-tarbiya
jarayonini
insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tatbiq qilgan holda yuqori sifat
va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.