• Guruhiy ish.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/48
    Sana03.12.2023
    Hajmi0,86 Mb.
    #110554
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
    Bog'liq
    Pedagogik texnologiyalar Omonov

    Munozara. Ko‘pchilik o‘quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim 
    standartlari, o‘qitish dasturlari, o‘quv rejasi va ta’lim muassasasining o‘ziga 
    xosligiga bog‘liq ravishda hamda tinglovchilar (bilim oluvchilar) kontingenti 
    bilan aloqadorlikda munozara tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlarini taqozo etadi. 
    Birinchidan, tinglovchilarning faolligi ta’minlanadi. Ikkinchidan, shubhali 
    vaziyatlarga o‘rin qoldirilmaydi. Uchinchidan, bilim oluvchilarning istak-
    xohishlari to‘la qondiriladi. Eng muhimi, bunday sharoitda o‘quv materiali 
    to‘la-to‘kis o‘zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar 
    mukammal ko‘rinish va mazmunda bo‘ladi. Ko‘rsatma va ta’kidlarning 
    ishonchliligi yuqori darajada bo‘ladi. 
    Munozara ikki turli bo‘ladi: 
    – boshqariladigan;
    – erkin munozara.
    Boshqariladigan munozarada o‘qituvchining ishtiroki sezilarli darajada 
    bo‘ladi, lekin bu ishtirok uning o‘quv jarayonidagi hakamlik mavqeyidan 
    oshib ketmasligi lozim. Erkin munozara esa bilim beruvchi va oluvchilarning 
    demokratik tarzdagi ishtiroki bilan o‘tkaziladi. Bu har ikki turdagi 
    munozaralarda o‘quv haqiqati birinchi o‘rinda turadi. Ilmiy bilimlar jonli 
    mushohada, abstrakt tafakkur orqali nisbiy va absolyut haqiqat yo‘li bilan 
    qo‘lga kiritilishi hisobga olinsa, bilish jarayonining taraqqiyotini belgilovchi 
    tushuncha, kategoriya, faraz, xulosa, qoida, nazariya, qonun va qonuniyatlar 
    munozara davomida mazmunan buzilmasligi muhimdir. 
    Munozaraning natijasini o‘qituvchi oldindan loyihalashi lozim. Bunda 
    oraliq jarayonlar ikkinchi pozitsiyada turadi. Yakuniy xulosalar ilmiy 
    bilish nazariyasiga zid kelmasligi o‘qituvchining kasbiy salohiyati bilan 
    ta’minlanadi. 
    Erkin munozarani anarxiyaga aylantirmaslik – eng muhim pedagogik 
    vazifadir. Uning o‘quv qimmatini boshqariladigan munozaradan kamroq 
    baholab bo‘lmaydi. 
    Munozara mashg‘ulotlari uchun quyidagi shartlarning bajarilishi 
    muhimdir:
    – reglamentga rioya qilish;
    – boshlashdan oldin chuqur fikriy tahlil qilish;


    117
    – ishtirokchilarning maksimal miqdordagi sonini qo‘lga kiritish;
    – o‘qituvchining o‘quvchilariga nisbatan hukmron bo‘lmasligi.
    Passiv o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlash – aksariyat o‘qituvchilar 
    uchun amalda bajarib bo‘lmaydigan jarayondir. Ularni jonlantirish uchun: 
    – savollar beriladi;
    – har bir shaxsning xususiy fikri so‘raladi;
    – to‘g‘ri javoblar rag‘batlantiriladi;
    – noto‘g‘ri javoblar va xatolar to‘g‘rilanadi va to‘ldiriladi. 
    Munozaraning muvaffaqiyati o‘quvchilarning qiziqishi, bilimi, ahilligi, 
    hur fikrliligi va jamoadagi sog‘lom pedagogik-psixologik muhitga ko‘p 
    jihatdan bog‘liq bo‘ladi. 
    Guruhiy ish. Bu so‘nggi yillarda Yevropa mamlakatlarida keng 
    ommaviylik tusini olgan o‘qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta ham 
    ma’lumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli (4-6 nafar) 
    o‘quvchilarning qandaydir muhim o‘quv tadbirida ishtirok etishi va ularning 
    hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg‘ulotning samarasini belgilaydi. 
    Bajarilish darajasi va uning sifatini o‘qituvchi nazorat qiladi. Guruhlarga 
    berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi, galma-gallanishi lozim. 
    Guruhlar bir jinsli (o‘g‘il bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki 
    jinsli (har ikki jins vakillaridan iborat) bo‘lishi mumkin. Ta’lim yo‘nalishi va 
    pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar 
    xususiy holat uchun shakllantiriladi. 
    Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o‘quv mebellarini talab qiladi. 
    O‘qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar bo‘lishi lozimligi ham 
    qiyinchilik tug‘diradi. 

    Download 0,86 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti

    Download 0,86 Mb.
    Pdf ko'rish