110
Talabalarning ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish va
qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy o‘yinlar
muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni talabalar
o‘zaro hamkorlikda avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini
ijodiy qo‘llanish va izlanish orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik
o‘yinlar
ijodiy o‘yinlar deb ataladi.
Ijodiy o‘yinli mashg‘ulotlardan «Kasb pedagogikasi» fanini o‘qitishda
va «Kasb ta’limi muassasasini boshqarish» mavzusini o‘rganishda
foydalanish mumkin. Bunda talabalar teng sonli guruhlarga ajratilib, ularga
shartli ravishda «Boshqarma boshlig‘i», «Kasb-hunar kolleji rahbari»,
«Akademik litsey direktori» deb nom beriladi. Bu yerda mutaxassislarning
har qaysi guruhi ijodiy izlanib, kelgusidagi ishlarini rejalashtirishga
o‘rganadilar. O‘qituvchi tomonidan tavsiya etilgan topshiriqlarni bajarib,
dalil va isbotlar asosida o‘z javoblarini bildiradilar.
Ijodiy o‘yin mashg‘ulotlarida guruhdagi barcha talabalar hamkorlikda
ishlaydilar, avvalgi mashg‘ulotlarda o‘zlashtirgan
bilimlarini yangi
vaziyatlarda qo‘llaydilar. Bu esa ularda o‘z bilim va iqtidoriga nisbatan
ishonch hissini uyg‘otadi.
Quyida «
Kasb ta’limi muassasasini boshqarish» mavzusidagi ijodiy
o‘yinli mashg‘ulotning qisqa ssenariysi keltiriladi.
Mavzu: «
Kasb ta’limi muassasasini boshqarish».
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. Talabalarni mashg‘ulotning mavzusi, maqsadi va borishi bilan
tanishtirish.
III. Yangi mavzuni o‘rganish.
Yangi mavzuni o‘rganishdan oldin guruhdagi talabalar teng sonli 3 ta
guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh talabalari «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (keyingi
o‘rinlarda – O‘MKHT) markazi boshlig‘i» maqomini olib, kelgusida «O‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi» faoliyatini rejalashtirishni o‘rganadilar. Shu
bo‘yicha ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to‘ldiradilar:
111
№ Toshkent shahrining
geografik va demografik
shart-sharoitlarini va tegishli
sohadagi
mutaxassislarga
bo‘lgan mahalliy ehtiyojlarini
hisobga olgan holda O‘MKHT
muassasalarini tashkil etish
yuzasidan takliflar ishlab
chiqish.
Ta’lim muassasasini
boshqarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar
Izoh
1.
2.
3.
4.
Ikkinchi guruh talabalari «Iqtisodiyot kasb-hunar kollejining rahbari»
maqomiga ega bo‘lib, kollej faoliyatini kelgusida rivojlantirish maqsadida
rejaga kiritilgan ishlarni umumlashtirib, ma’ruza
tayyorlaydilar va quyidagi
jadvalni to‘ldiradilar:
№ Iqtisodiyot yo‘nalishi
bo‘yicha kasb-hunar kol-
lejining istiqbolli ish rejasini
ishlab chiqish
Ta’lim muassasasini
boshqarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar
Izoh
1.
2.
3.
4.
Uchinchi guruh talabalari «Iqtisodiyot akademik litseyi direktori»
maqomiga ega bo‘lib, akademik litsey faoliyatini kelgusida rejalashtirishni
o‘rganadilar hamda ma’ruza tayyorlaydilar va quyidagi jadvalni to‘ldiradilar:
№ Iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha
akademik litseyning istiqbol
ish rejasini ishlab chiqish
Ta’lim muassasasini
boshqarish bo‘yicha
ko‘rsatmalar
Izoh
1.
2.
3.
4.
112
«Rahbarlar» kelgusida bajarishi mumkin bo‘lgan
ishlarni
rejalashtirganlaridan so‘ng, ko‘rgazmali qurollar asosida ma’ruzalarini bayon
qiladilar. Guruhlar o‘rtasida savol-javob, bahs va munozara o‘tkaziladi.
IV. Talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va reyting
tizimi asosida baholash
V. Mashg‘ulotni yakunlash.
VI. Uyga vazifa berish.