88
9-MAVZU. O„ZBEKISTONDA SUG„URTA BIZNESINI
AVTOMATLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
9.1 Raqamli iqtisodiyot sharoitida sug„urtaning rivojlanishi va
evolyusiyasi
Avtomatlashtirilgan
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
yetarlicha barqaror bo‗lgan ish yuritishlar mavjud bo‗lgandagina samarali
va rentabelli bo‗ladi, chunki avtomatlashtirish faqat barqaror, ma‘lum
qoidalarga bo‗ysunuvchi jarayonlargagina xosdir, shuning uchun
qo‗llanilayotgan
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining
o‗zgaruvchan sharoitlarda moslanuvchanlik xususiyati muhim ahamiyatga
ega bo‗ladi. Agarda har bir ish holati o‗z xususiyatlariga ega bo‗lib,
qonuniylikka to‗la amal qilinmasa yoki buzilsa, u holda axborot tizimlari
va texnologiyalarini joriy qilish vaqt va mablag‗ xarajatlaridan boshqa
hech qanday natijaga olib kelmaydi. Demak, sug‗urta bilan bog‗liq barcha
boshlang‗ich va hisobot hujjatlari ulardan yetarlicha uzoq muddat
davomida foydalanishni e‘tiborga olgan holda ishlab chiqilgan va
tasdiqlangan bo‗lishi lozim. Sug‗urtalashga ariza (anketa), polis, sug‗urta
shartnomasi, sug‗urta hodisasi haqidagi dalolatnomalar, foydani hisoblash
turlari va buxgalterlik balanslari zararlarigacha bo‗lgan hujjatlarni misol
sifatida keltirish mumkin.
Shuningdek, barcha ishchi jarayonlar har tomonlama puxta ko‗rib
chiqilgan, nizom, ko‗rsatma-yo‗riqnomalar va qoidalar hujjatli ko‗rinishda
rasmiylashtirilgan bo‗lishi zarur. Xususan kim, qachon va qanday
sharoitlarda kompaniya nomidan polislarga yuridik maqom beradi,
brokerlar bilan hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi, to‗lovlar kim
tomondan va qachon amalga oshiriladi, zararlarni kim va qanday
baholaydi kabi axborot jarayonlarini tashkil etish zarur. Barcha
hujjatlarning harakati shartlari va yo‗llari, agarda bu hujjatlar moliyaviy
xususiyatga ega bo‗lsa, u holda pul harakati ham ko‗rsatmalarda (ma‘lum
bir sxemada ifodalangan va yoritib berilgan bo‗lsa yanada maqsadga
muvofiq) yoritib berilishi zarur. Axborot oqimlari har bir hujjatning
mavjudlik siklini to‗liq kuzatish va kompaniyadagi axborot aylanishlarini
tahlil qilib borishga, kelgusida uni tezlashtirish, soddalashtirish, zarurati
bo‗lganda esa, to‗ldirish yoki yangi avtomatlashtirilgan texnologik
yechimlar asosida rivojlantirishga imkon beradi. Aks holda, sug‗urta
89
faoliyatida amaliy jihatdan samarali axborot tizimlari va texnologiyalarini
ishlab chiqish mda joriy qilishning imkoni bo‗lmay qoladi.
Sug‗urta faoliyatida shartnoma munosabatlarini takomillashtirish,
sug‗urta xizmatlari iste‘molchilari ishonchining o‗sishi sug‗urta
shartnomalarini shakllantirishga yangicha yondashuvlarni talab qiladi,
bunda sug‗urta operatsiyalarini amalga oshirish jarayonida sug‗urta
xizmatlari iste‘molchisining ishonchini oshirish vazifasi sharnoma
shartlarini uning amal qilish muddatida tanlash va o‗zgartirish imkonini
taqdim etishni taqozo etadi. Shuningdek, sug‗urta operatsiyalarini amalga
oshirish jarayonida sug‗urta iste‘molchilari manfaatdorligini oshirish va
yangilarini jalb qilish yo‗nalishlari, asoslangan darajadagi shartnoma
shartlarini taqdim etish yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Sug‗urta shartnomasini tuzish va amalga oshirishda barcha tegishli
hujjatlarni elektron hujjat aylanish tizimiga kiritish va uzatish
imkoniyatlari shakllantirilishi kerak. Quyida sug‗urta shartnomalarini
ro‗yxatga olish va ularga xizmat ko‗rsatish, ular bo‗yicha zararlarni
tartibga solish jarayonlarini ko‗rib chiqiladi.
Mijoz (jismoniy yoki yuridik shaxs) va sug‗urta kompaniyasi xodimi
bu jarayonlar sub‘ektlari sifatida ishtirok etadi. Sug‗urta shartnomalarini
ro‗yxatga olish va ularga xizmat ko‗rsatish, ular bo‗yicha zararlarni
tartibga solish jarayoni ob‘ekt sifatida qaraladi. Sug‗urta shartnomalarini
ro‗yxatga olish quyidagi jarayonlardan tashkil topadi:
– kiruvchi hujjatlarni qabul qilish;
– sug‗urtalanuvchi va sug‗urta shartnomasidagi mavjud shartlarni
ro‗yxatga olish;
– sug‗urtalanuvchining qarzlarini hisoblash (sug‗urta to‗lovlarini
grafik asosida to‗lashda);
– to‗lovlarni ro‗yxatdan o‗tkazish;
– sug‗urta qoldiq summasini hisoblash;
– chiquvchi hujjatlarni shakllantirish;
– chiquvchi hujjatlarni chiqarish.
Sug‗urta shartnomasiga xizmat ko‗rsatish quyidagi jarayonlarni
amalga oshiradi:
– kiruvchi hujjatlarni qabul qilish;
– muddati tugagan shartnomalar bo‗yicha ma‘lumotlarga ishlov
berish;
– muddati uzaytiriladigan shartnomalar bo‗yicha ma‘lumotlarga
ishlov berish;
90
– chiquvchi hujjatlarni shakllantirish (shartnoma muddatini uzayti-
rish yoki navbatdagi badalni to‗lash xati)
– shartnoma muddatini uzaytirish natijasida va mijozning ijobiy
sug‗urta tarixini hisobga olgan holda chegirmalarni hisoblash;
– chiquvchi hujjatlarni berish.
Sug‗urta shartnomalari bo‗yicha zararlarni tartibga solish quyidagi
jarayonlarni o‗z ichiga oladi:
– kiruvchi hujjatlarni qabul qilish;
– sug‗urtalanuvchini (sug‗urtalanuvchi shaxs) ro‗yxatga olish;
– sug‗urta hodisasini ro‗yxatga olish;
– sug‗urta shartnomasi bo‗yicha sug‗urta hodisasi tarixini yuritish;
– sug‗urta hodisasini baholash;
– sug‗urta qoplamalari (to‗lovlari) kalkulyasiyasi;
– sug‗urta dalolatnomalarini tuzish va uni ro‗yxatdan o‗tkazish;
– sug‗urta to‗lovlarini ro‗yxatdan o‗tkazish;
– turli guruh alomatlarini hisobga olgan holda butun kompaniya
bo‗yicha sug‗urta to‗lovlari (qoplamalarini) qaydnoma varaqalarini tuzish;
– chiqish hujjatlarini shakllantirish;
– chiquvchi hujjatlarni berish.
Faoliyatning asosiy tashkiliy jarayonlari aniqlangandan so‗ng
sug‗urta kompaniyasining hujjat aylanishlarini andozalashtirish lozim
bo‗ladi. Kompyuterlarga asoslangan axborot tizimi kompaniya
faoliyatining jarayonlari aniqlangan va hujjat aylanishlar tizimi
andozalashtirilgan holatdagina samarali bo‗ladi.
Sug‗urta kompaniyasining kompyuterlarga asoslangan zamonaviy
tizimi – bu kompaniyaning barcha asosiy bo‗linmalari, xizmatlari, hududiy
bo‗linmalarini qamrab oluvchi axborotlarni kiritish, ishlov berish va
saqlash tizimidir hamda tezkorlik, funksional to‗liqlik, tushunarlilik,
kirishimlilik va ishonchlilik talablariga javob beradi. Tezkorlik talabi
bo‗yicha vaqt o‗tib borishi bilan axborotlarning qiymatlilik darajasini
tushib borishi sababli birlamchi hujjatlarni kiritish va ishlov berishga
imkon qadar qisqa vaqt sarflanishi kerak.
Axborot tizimiga kiritilayotgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligini
tekshirish funksiyalari kiritilishi axborotlarning aniqlik darajasi yuqori
bo‗lishiga olib keladi. Axborotlarning eng katta hajmini hisobga olish,
birlamchi hujjatdagi mavjud bo‗lgan ma‘lumotlarning me‘yoriy aktlar va
ko‗rsatmalar, ichki andoza va kelishuvlarga mos kelishi funksional
to‗liqlikni ta‘minlab beradi.
91
Kompaniya bo‗limlarida foydalaniladigan birlamchi ma‘lumotlardan
kiritilayotgan ma‘lumotlar ziddiyatsiz va kelishilgan bo‗lishi kerak,
kelishilmaganlik holatida nazorat mexanizmlari va ma‘lumotlarni
tahrirlash jarayonlari ko‗zda tutiladi.
Ro‗yxatga olish axborotlarini tekshirish bo‗yicha, shuningdek,
kompaniya bo‗limlari joriy faoliyati uchun talab qilinmaydigan hujjatlar
bo‗yicha axborotlarni olishda zaruriy ishlar hajmini olib borish maqsadida
ma‘lumotlarga kirishlik tamoyiliga rioya qilinishi kerak. Ma‘lumotlarning
eng kichik darajada yo‗qotilishi yoki kelgusida tizimning ob‘ektiv hamda
sub‘ektiv omillar tufayli uzilib qolishi holatlarida bu ma‘lumotlarni to‗liq
tiklash imkoniyatini ta‘minlash axborotlarning ishonchlilik darajasini
oshiradi. Kompyuter axborot tizimi kompaniyaning asosiy – shartnoma
tuzish, shartnomalarga xizmat ko‗rsatish, to‗lovlar, tahlil, ekspert kabi
ichki bo‗linmalarga mos holda quyi tizimlardan tashkil topishi kerak. Bu
quyi tizimlar asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun
kompaniya rahbariyatiga aniq va tezkor axborotlarni yetkazib berishga
yo‗naltirilgan bo‗ladi.
Ekspert quyi tizimi kompaniyaning quyidagi asosiy masalalarini
yechish xususiyatiga ega ekspert tizimini ifoda qiladi:
– sug‗urtalashning ma‘lum shartlari bo‗yicha mijoz uchun sug‗urta
mahsulotini tanlashda qaror qabul qilishning tezkorligi;
– kompaniya bosh ofisidan uzoqda joylashgan kompaniya tuzilmaviy
bo‗limlari uchun onlayn tartibida anderrayting siyosatini olib borish
imkoniyati;
– kompaniya sug‗urta mahsulotlari, sug‗urta turlari bo‗yicha tarif
siyosatini tahlil va bashorat qilish;
– berilgan guruhlashtirish ko‗rsatkichlari bo‗yicha hisobot sanasida
kompaniya faoliyatini tahlil qilish (masalan, kompaniya hududiy
bo‗linmalari bo‗yicha to‗lovlarning kelib tushishi, butun kompaniya
bo‗yicha, sug‗urta mahsulotlari, sug‗urta turlari kesimida aniqlangan
zararlar bo‗yicha tezkor axborotlar; haqiqiy to‗lovlar bo‗yicha tezkor
axborotlar).
Ekspert tizimi sug‗urta sohasida ishlab chiqilgan bilimlar bilan birga,
sug‗urta kompaniyasida to‗plangan ma‘lumotlarga asoslanib jarayonlarni
amalga oshiradi. Dastur omillar tizimiga kirish imkoniyatiga ega bo‗lib,
mantiqiy xulosalar yordamida qo‗yilgan masalalarni yechib beradi va
bilimlar bazasida mavjud bo‗lgan axborotlar asosida xulosa chiqaradi.
Malakaviy va muqobil tuzilishga ega bo‗lgan axborot tizimi sug‗urta
kompaniyasining raqobat ustunligini oshirgan holda dasturlashtirish va
92
joriy qilish bosqichlaridan iborat. Bunday tizimlar kompaniya faoliyati
hisobotlarini olish, axborotlar to‗plashni avtomatlashtirish, ma‘lumotlarni
ro‗yxatga olish va ishlov berishni markazlashgan holda yuritish, axborot
ayirboshlash, faoliyatni tezkor tahlil qilish va kelgusida biznes taktikasini
aniqlash kompaniya faoliyatini rejalashtirish va bashorat qilishga imkon
beradi.
Respublikamizda yirik sug‗urta kompaniyalari bilan ishlashning
turli bosqichlarida tezkor xizmat ko‗rsatishni talab qiluvchi ko‗plab
mijozlarning mavjudligi muhim ahamiyatga molik bo‗lsa, ikkinchi
tomondan, ko‗plab sug‗urta kompaniyalarida mijozlar bazasini
rivojlantirishni boshqaruvchi tuzilmaviy bo‗linmalar mavjud emas.
Mijozlar to‗g‗risidagi axborotlar tarqoq holda saqlanishi natijasida bu
faoliyat bilan shug‗ullanuvchi bo‗limlar mijozlar to‗g‗risidagi
ma‘lumotlarga ega emas va aksincha, mazkur bo‗limlardan boshqa
bo‗limlarga ishlov berish va qaror qabul qilish uchun axborotlar to‗liq
bo‗lmagan holda og‗zaki yoki yozma holda kelib tushadi.
Barcha mijozlar to‗g‗risida yetarli darajada ma‘lumotlar bazasiga ega
bo‗lish, hozirgi kunda kompaniya biznesining barqarorligi va
yuksalishidagi asosiy omillardan biridir. Mijozlar to‗g‗risidagi barcha
axborotlar asosida yaratilgan xususiy va ishonchli ma‘lumotlar bazasiga
ega bo‗lish sug‗urta iste‘molchilariga katta mablag‗lar evaziga
qilinayotgan har qanday reklamadan ham kuchliroq ta‘sir kuchiga ega
bo‗ladi, deb aytish mumkin.
Sug‗urta tashkiloti samarali faoliyat yuritishi uchun sug‗urta
bozorining holati va sug‗urta xizmatlariga bo‗lgan talabni tizimli
o‗rganishi, sug‗urtaning yangi turlarini amaliyotga joriy etish zarur.
Yaratilgan har bir xizmat iste‘molchining talabini qondirishi yoki
qondirmasligi ham mumkin. Ijobiy natijaga erishish uchun mijozlarga
xizmat ko‗rsatishning eng maqbul standartlarini qo‗llash, shuningdek
sotuvchilarning bajargan ishiga qarab rag‗batlantirish mumkin. Zafar
qozonishning majburiy sharti shuki, mahsulot mijozning barcha talab va
istaklarini bajarishi zarur. Yaratilgan yangi mahsulot uchun sug‗urta polisi
blankalarining ham yangi ko‗rinishini ishlab chiqish zarur, toki mijozda
sug‗urta kompaniyasining faoliyatida yangilanishlar ro‗y berganligini his
qilsin. Yangi sug‗urta mahsulotini yaratish uchun quyidagi jihatlarni
o‗rganib chiqish maqsadga muvofiq: sug‗urta bozorining talabi, bozorning
rivojlanayotgani yoki turg‗unligi, raqobat muhiti, iste‘molchilar,
sotuvchilar hamda marketing strategiyasi. Mazkur jihatlarni tahlil
93
qilgandan so‗ng boshqa mahsulotlardan farqli yangi sug‗urta mahsulotini
yaratish mumkin bo‗ladi.
Innovatsion sug‗urta marketingi raqobatchilariga nisbatan ko‗proq
foyda olishni istagan sug‗urta kompaniyalari uchun muhim bo‗lib,
innovatsiyalarga va yangiliklarga asoslangan ustun raqobat strategiyasini
shakllantiradi. Shuningdek, innovatsion sug‗urta marketingi faqatgina
bozordagi yangi mahsulotni yoki mavjud mahsulotni realizatsiya qilish
emas, balki yangi texnologiyalardan: yangi mahsulot yoki texnologik
jarayon bo‗yicha ixtiro va nou-xaular uchun litsenziyalarni sotish hamda
uni tayyorlash uchun uskunalarni takomilashtirishni nazarda tutadi.
|