8-MAVZU. SUG„URTA KOMPANIYALARI FAOLIYATIDA
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI QO„LLASH
BO„YICHA XORIJ TAJRIBASI
8.1. Xorij amaliyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
qo„llashning o„ziga xos xususiyatlari
Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida sug‗urta
faoliyatining iqtisodiyotdagi o‗rni yanada muhim ahamiyatga ega bo‗lib
bormoqda. Buni ro‗yobga chiqarishning asosiy vositasi faoliyatga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishdan iborat
bo‗ladi. Aynan ishonchli va dolzarb axborotlarga ega bo‗lish, uni to‗plash,
qayta shakllantirish va ulardan samarali foydalanish har qanday korxona,
tashkilot, muassasalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining asosi
bo‗lib xizmat qiladi. Demak, sug‗urta bozorining istiqboldagi
rivojlanishi va ijobiy dinamikasi ko‗p jihatdan sug‗urta biznesini
yuritishda AKTdan foydalanishni takomillashtirilishga bog‗liq bo‗ladi.
Masalaning
bunday qo‗yilishi, ya‘ni sug‗urta biznesini
boshqarishda AKTdan foydalanishni takomillashtirish zarurligi,
iqtisodiyotning asosiy uslubiyot tamoyillari va amaliy yo‗nalishlari
axborot tizimlariga bog‗liqligini ko‗zda tutadi. Shuning uchun, sug‗urta
biznesida axborot mahsulotlari tushunchasi va xususiyatlari mazkur
sohani axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi.
Sug‗urta kompaniyasi faoliyatida asosiy jarayon va funksiyalarni
avtomatlashtirish nafaqat xodimning mehnat unumdorligini oshirishi,
balki malakali mutaxassislarning asosiy vazifalari bilan ko‗proq
shug‗ullanishiga, biznesning keyingi rivojlanishi yo‗lida marketing
vositalarini har tomonlama joriy qilib borishiga ham zaruriy shart-
sharoitlarni yaratadi. Sug‗urtalovchi va sug‗urta qildiruvchi o‗rtasidagi
ug‗urta shartnomasini tuzish yo‗li bilan rasmiylashtirilib, shartnomalar
tuzishning asosiy sharti, tomonlarning risklarni sug‗urtalash bo‗yicha
moliyaviy shartlar haqidagi kelishuvga erishishi hisoblanadi. Sug‗urtaning
moliyaviy parametrlariga sug‗urta mukofotlari, sug‗urta tarifi, sug‗urta
summasi, franshiza va shu kabi tushunchalarni kiritish mumkin. Bu
tushunchalar ayni paytda, sug‗urta faoliyati axborot tizimini uslubiy
jihatdan ishlab chiqishda asos bo‗ladi.
Umumiy holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali
joriy etish jahon amaliyotidan kelib chiqib, hozirgi kunda sug‗urta
80
biznesini zamonaviy usulda axborotlashtirishni quyidagi ko‗rinishda
shakllantirishi mumkin:
- asosiy biznes jarayonlarini avtomatlashtirish uchun axborot tizimi
majmuasini (ERP - tizimlar) joriy qilish;
- mijozlar bilan o‗zaro munosabatlarni boshqarish tizimlarini joriy
qilish (SRM - tizimlar va Business Intelligence);
- internet-sug‗urta.
Sug‗urta qiluvchilar o‗rtasida polislarni ro‗yxatga olish, sug‗urtalash
va qayta sug‗urtalash shartnomalarini yuritish, brokerlik va agentlik
shartnomalarini yuritish, buxgalterlik va xodimlar ro‗yxati funksiyalari
kabi sug‗urta faoliyatining to‗liq to‗plamini o‗z ichiga oluvchi ERP -
tizimlar zamon talablaridan kelib chiqqan holda qo‗llanilmoqda. ERP -
tizimlari har qanday sug‗urta kompaniyasining sug‗urta shartnomalari,
risklar, mukofotlar, to‗lovlar hamda kelgusida kompaniyaning statistik va
iqtisodiy hisob-kitoblari uchun zarur bo‗lgan boshqa axborotlar haqidagi
boshlang‗ich ma‘lumotlarni to‗plab borish maqsadida keng joriy qilinadi.
Bu tizim ma‘lumotnoma, klassifikatorlarni tuzish, sug‗urta
shartnomasi va polislarini yuritish, qayta sug‗urtalash shartnomalarini
yuritish, shartnomalarning asosiy ko‗rsatkichlarini kiritish yoki hisob-kitob
qilish, barcha shartnomalar bo‗yicha hisob-kitoblarni avtomatlashtirish
funksiyalarini tarkib toptirish va buxgalterlik, sug‗urta hamda qayta
sug‗urtalash bloklari o‗rtasida ikki tomonlama axborot ayirboshlash
tizimlari mavjudligini e‘tiborga oladi.
Mijozlarga xizmatlarni AKT orqali sotishga imkon beruvchi
telemarketing (telefon orqali savdo) ham ERP-tizimlariga taalluqli bo‗lib,
call-center zamonaviy texnologiyalari sug‗urta qiluvchilarga barcha
mijozlar bilan xabarlashib chiqish jarayonidagi inson resurslarining
yetishmasligi muammolaridan xalos qiladi, chunki bu texnologiyada
barcha ishlar avtomat tarzda amalga oshiriladi. Sug‗urta kompaniyalari
sug‗urta mahsulotlarini sotib olish vaqtini qisqartirish uchun sug‗urta
mukofotlarini hisob-kitob qilish va polislardan ko‗chirma qilish
jarayonlarini avtomatlashtiruvchi modullashgan hisob-kitob dasturlaridan
foydalanishlari maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Sug‗urta xizmatlari iste‘molchilariga xizmat ko‗rsatish sohasida
aynan zamonaviy AKTlarning joriy qilinishi raqobatchilar bilan kurashda
qo‗shimcha ustunliklarni beradi. SRM-strategiyalari mijozlarga xizmat
ko‗rsatish, savdo va marketing sohasidagi biznes jarayonlarni
avtomatlashtirish hamda takomillashtirishga imkon beruvchi maxsus
texnologiyalar va dasturiy ta‘minot to‗plami yordamida amalga oshiriladi.
81
Bu esa kompaniyalarga, xizmatlar buyurtmachilariga eng maqbul vaqt
mobaynida, eng qulay aloqa tarmoqlari orqali daromad keltiruvchi takliflar
kiritish imkoniyatini yaratadi.
CRM-tizimlarining asosiy ustuvorliklaridan biri, ma‘lum bir sug‗urta
kompaniyasi va uning xizmatlarini sifatli yo‗lga qo‗yish rejalarini ishlab
chiqishda samarali yondashuvlarni shakllantirish va mijozlarni jalb
qilishdan iboratdir. Rossiya statistikasiga ko‗ra, jalb qilingan va ushlab
qolingan mijozlar sonini besh foizga o‗sishi istiqbolda foydani 84 foizga
o‗sishiga olib kelgan.
Xalqaro sug‗urta bozorida ko‗plab sug‗urta axborot tizimlari
mahsulotlari taklif qilinib, ularni qisqacha tahlil qilib chiqamiz.
Rossiyaning sug‗urta sohasi uchun axborot tizimlarini yetkazib
beruvchi yetakchi TopFinSystems (TFS) kompaniyasining mahsulotlari
tarkiblashtirilgan majmuaviy mahsulotlarni taqdim etadi:
– xodimlari soni 100-140 mutaxassisdan iborat kichik va dinamik
rivojlanib borayotgan kompaniyalar sotib olishi va joriy qilishlari
maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar:
– sotish bilan shug‗ullanuvchi bo‗linmalarning samarali ishlashi,
shuningdek, sug‗urta faoliyatining asosiy biznes jarayonlarini amalga
oshirish bilan shug‗ullanuvchi bo‗linmalar uchun zarur bo‗lgan to‗liq
funksionalli ―Galaktika-straxovanie‖ ro‗yxatga olish tizimi;
– buxgalteriya va moliyaviy ro‗yxatga olish masalalarini yechish,
shuningdek,
xodimlarni
boshqarish
uchun
―Galaktika-Progress‖
tarkibidagi maxsus ―Galatika ERR‖ tizimi.
Xodimlari soni 200-300 mutaxassislardan iborat bo‗lgan yetarli
darajada mijozlarga ega o‗rta hajmdagi kompaniyalar sotib olishlari va
joriy qilishlari maqsadga muvofiq hisoblanuvchi tizimlar:
– kompaniya tarkibidagi barcha bo‗linmalar samarali ishlashini
ta‘minlash uchun to‗liq modullar to‗plamiga ega to‗liq funksionalli
―Galaktika-straxovanie‖ ro‗yxatga olish tizimi;
– to‗liq modullar to‗plami va kompaniyaning bek-ofis bo‗linmalarini
samarali ishlashini ta‘minlovchi litsenziyalarga ega ―Galatika ERR‖
tizimi;
– ―Galaktika-straxovanie‖ tizimiga birlashtiriladigan mijozlar bilan
samarali o‗zaro hamkorlikni ta‘minlash uchun CRM – tizimi
31
.
Turli iqtisodiy tarmoqlar uchun 20 dan ortiq turdagi SRM-tizimlarni
taklif qiluvchi Rossiyaning Siebel Systems kompaniyasining SRM
31
raexpert.ru ma‘lumotlari
82
tizimlari jahon bozorida yetakchi o‗rinlarni egallagan bo‗lib, sug‗urta
sohasi uchun ishlab chiqilgan ―Siebel e-Insurance‖ axborot tizimi o‗zida
sug‗urta kompaniyasining asosiy funksional bo‗linmalari ishini
bosqichma-bosqich avtomatlashtirishga imkon beruvchi modullashgan
tizimni ifoda qiladi. Sug‗urta mahsulotlari sotuvini boshqarish, (Siebel e-
Insurance Sales), anderrayting va sug‗urta shartnomalarini boshqarish
(Personal Lines Policies; Life and Annuities Policies), shartnomalarga
xizmat ko‗rsatish va sug‗urta qoplamalarini (zararlarni) tartibga solish
(Siebel Service), tibbiy sug‗urta (Siebel e-Healthcare) va boshqalar ―Siebel
e-Insurance‖ning
asosiy
modullari
hisoblanadi.
Bunday
tizimlar
kompaniyaga bo‗limlar darajasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini
bosqichma-bosqich joriy qilib borish imkonini yaratadi
32
.
Sug‗urta kompaniyalari va banklar uchun dasturiy ta‘minot yetkazib
beruvchi Avstriyaning mashhur FirstlnEx Internet Services AG
kompaniyasining Connect Insurance axborot tizimi mijozlarga xizmat
ko‗rsatish sifatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu tizim sug‗urta
kompaniyasiga ―timeto market‖ – yangi sug‗urta mahsuloti to‗g‗risidagi
g‗oyani paydo bo‗lishidan boshlab, to uni bozorga olib chiqishgacha
bo‗lgan tamoyilli jarayonlar bo‗yicha va kompaniyadagi mavjud AT
tuzilishini
o‗zgartirmasdan
turib
mahsulotlar
sotish
tizimini
modernizatsiya qilish imkonini beradi.
AQSHda barcha moliyaviy internet-xizmatlarda bo‗lgani kabi
internet-sug‗urta bozori ham birinchi bo‗lib yo‗lga qo‗yildi. Hozirgi kunda
internetda o‗z vakolatxonalarini ochgan ko‗plab amerika sug‗urta
kompaniyalari sug‗urta polislarini sotib olish va xizmat ko‗rsatish uchun
zarur bo‗lgan barcha xizmatlarni ko‗rsatadi. Mijoz internetda on-layn
maslahat, yoritib berilgan xizmatlar turidan kelib chiqqan holda sug‗urta
mahsulotlarini tanlashi mumkin. Shundan so‗ng sug‗urta mukofotlarini
hisoblash va sug‗urta shartnomasini tuzish uchun veb-shakllarni to‗ldirish
zarur bo‗ladi.
Amerika sug‗urta bozorida sug‗urta portallari o‗ziga xos ahamiyatga
ega bo‗lib, odatda tarmoq ma‘lumot resurslari yirik sug‗urta kompaniyalari
axborotlarini
taqdim
etadi.
Tashrif
buyuruvchilar
internet-portal
saytlaridan sug‗urta kompaniyasining individual sayti kabi bevosita
internet orqali sug‗urta polislarini sotib olishlari mumkin. AQSHda yuzlab
sug‗urta portallari mavjud bo‗lib, har birida 20-40 sug‗urta kompaniyalari
ishtirok etadi. Har oyda sug‗urta portallariga 150-200 milliondan ortiq
32
raexpert.ru ma‘lumotlari
83
tashriflar bo‗lib, ma‘lumotlar bazasida 700 mln.dan ortiq
foydalanuvchilar bor. Shu bilan birga individual tarzda internet-sug‗urta
xizmatlarini ko‗rsatuvchi sug‗urta kompaniyalari ham samarali faoliyat
olib boradi.
Sug‗urta kompaniyalari BI mahsulotidan foydalanishlari bilan
sug‗urta biznesini yuritishda manfaatli mijozlarni saralab olish, o‗zaro
samarali hamkorlikning barcha bo‗g‗inlarida qanday mijozlarning
ustuvorligi, mijozlarni segmentlashtirish, yo‗qotishlarni tahlil qilish, mos
kelishlikni tahlil qilish, maqsadli marketingdan foydalanish, kompaniya
faoliyatini tahlil qilish kabi bir qator imkoniyatlarga ega bo‗ladi.
Bulardan tashqari, respublikada sug‗urta bozori rivojlanishi
xususiyatlaridan kelib chiqib ulardan quyidagi tahliliy ishlarni olib
borishda foydalanish maqsadga muvofiq:
– fuqarolik javobgarligini majburiy sug‗urtalash holatini tahlil qilish;
– majburiy va ixtiyoriy sug‗urtalash munosabatlari monitoringini olib
borish.
O‗zbekiston sug‗urta axborot tizimlari bozorida mahalliy ishlab
chiqaruvchilardan bank tizimiga integrallashgan axborot tizimlarini
muvaffaqiyatli joriy qilgan ―Fido-Biznes‖ MCHJ va Rossiyaning ―1C‖
kompaniyasi mahsulotlari muvaffaqiyatlarga erishib bormoqda. Sug‗urta
kompaniyalarining internet-sug‗urta xizmatini yo‗lga qo‗yishlari dastlabki
bosqichda bo‗lib, internet-portaldan faqat axborot-reklama sifatida
foydalanilmoqda.
Respublikada sug‗urta sohasida barcha faoliyatni qamrab oluvchi
AKT ishlanmalari kam va ular asosan kichik kompaniyalarda joriy
qilingan bo‗lib, respublikadagi mavjud mahalliy firmalar tomonidan ishlab
chiqilgan sug‗urta AKT tizimlari yirik kompaniyalarning talablarini
qondira olmaydi. Shu bilan birga, sug‗urta kompaniyalari faoliyatiga joriy
qilingan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sug‗urta faoliyatini to‗la
qamrab olish darajasida emas, balki faoliyatning ma‘lum bir funksiyalarini
amalga oshirishga yo‗naltirilgan. Masalan, ―Kapital Sug‗urta‖ AJ
faoliyatiga
qo‗llanilayotgan
sug‗urta
ma‘lumotlari
majmuasini
axborotlashtirish amaliyoti bilan tanishish shuni ko‗rsatdiki, bu
kompaniyada
hozirgi
kunda,
sug‗urta
sub‘ektlarining
o‗zaro
majburiyatlari, ya‘ni sug‗urtalanuvchining ushbu majburiyatlar bilan
bog‗liq ma‘lumotlarigina axborot tizimi asosini tashkil etadi. Buning
barchasi, axborot tizimlari va texnologiyalari sug‗urta sohasiga to‗laqonli
tatbiq etilmaganligidan darak beradi. Ayni paytda, sug‗urta qiluvchining
84
faoliyatini
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
yordamida
takomillashtirish masalasi qo‗yilmagan.
Shu bilan birga, sug‗urta sohasidagi mavjud AKT bozorida mahalliy
ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan mukammal mahsulotlar
hozirga qadar taklif etilmagan. Shuning uchun sug‗urta kompaniyalari juda
katta risklar bilan bog‗liq bo‗lgan imkoniyati chegaralangan xususiy
yechimlarni
ishlab chiqqan holda
axborot
tizimlarini
mustaqil
rivojlantirishda davom etmoqdalar. Shularni e‘tiborga olgan holda yaqin
kelajakda xorijiy mahsulotlarga bo‗lgan talab oshib ketishini bashorat
qilish mumkin.
|